Uranni yer ostida tanlab eritmaga o'tkazish usulida qazib olish


Yer ostida ishqorlashda mahsuldor qorishmalarni uzluksiz harakatdagi kolonnalarda yer ustida qayta ishlashning namunaviy kompleksi



Download 2,88 Mb.
bet68/81
Sana28.06.2022
Hajmi2,88 Mb.
#715567
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   81
Bog'liq
МАМИЛОВ, Yer ostida tanlab eritmaga o (1) лотин

Yer ostida ishqorlashda mahsuldor qorishmalarni uzluksiz harakatdagi kolonnalarda yer ustida qayta ishlashning namunaviy kompleksi.
Qurilmalarda CHK, KZS, KRIMZ va PIK kolonnalari qo'llaniladi. Odatda, sorbsiyalash va desorbsiyalash siklida bitta kolonna bo'yicha ekspluatatsiya qilinadi.
Operatsiyalardagi kolonnalarning diametri qorishmalar bo'yicha yer ustidagi kompleksning ishlab chiqarish unumdorligidan kelib chiqqan holda hisoblanadi. KRIMZ nasadkali apparatlarda qorishmani yetkazib berishning chegaraviy chiziqli tezligi 20 km/s dan oshmaydi, bu vaqtda, SNK, KZS va PIK kolonnalari orqali qorishmalarni 25—35 m/s chiziqli tezlikda o'tkazish mumkin. 500 ob/ob sorbent atrofidagi qayta ishlangan qorishmani chiqishida to'yingan sorbentni uzluksiz tashish 0,04 m/s tezlik bilan o'tkazadi. Amaliyotda ko'pincha to'yingan sorbentni pulsatsiyalovchi tashishdan foydalaniladi. Desorbsiyalash bosqichida, qo'llaniladigan anionit va elyuentlarning turlari bilan oldindan aniqlangan sorbent uni regeneratsiyalashni tugallash uchun zarur bo'lgan berilgan vaqt davomida bo'ladi. Uzluksiz desorbsiyalash jarayonida tovar regeneratini oladi, qaytma regenerat fraksiyalari esa mavjud bo'lmaydi.
Uzluksiz regeniratsiyalash jarayoni davriy regeniratsiyalash jarayonidan shu bilan ijobiy farq qiladi. Umuman olganda, sorbsiyali kolonnalarda mahsuldor qorishmani uzluksiz qayta ishlash usuli jarayonida anionitlarni bir vaqtning o'zida eng kam yo'qlashda va sorbsiyalash, desorbsiyalash apparatlari bo'yicha tashish jarayonida maydalanishi hisobiga solishtirma xarajatining bir qancha oshishida amalga oshadi.
10 YER OSTIDA TANLAB ERITMAGA O'TKAZISHNING MAHSULDOR QORISHMALARINI SORBSION QAYTA ISHLASH UCHUN XORIJIY YER USTI KOMPLEKSLARI.
Ko'plab xorijiy firmalar yer ostida ishqorlashda sorbsiyali jarayonlarni uranni mahsuldor qorishmalardan ajratib olish uchun qo'llashadi. Yer ostida ishqorlashning yer usti komplekslarining ishlab chiqarish unumdorligi uran bo'yicha 113-125 t uran atrofida o'zgarib turadi.
Yer usti kompleksiga jo'natiladigan mahsuldor qorishmaning soatlik oqimi 45 m3/soat va undan yuqorini tashkil etadi. Xorijdagi birinchi yer usti kompleksi 1963 yilda “Yuta Konstrakshen end Mayning” (AQSH) firmasi


169


tomonidan ishga tushirilgan. Keyin esa, 1965 - 1969-yillar yer osti


ishqorlashning mahsuldor qorishmalarini qayta ishlovchi komplekslari «Yunion Karbay», “Salko end Stil» firmalari tomonidan ishga tushirildi. «Atlantik Richfild» firmasi yer usti kompleksi 1970 yilda ekspluatatsiyaga topshirildi, 1975-1976-yillarda esa «Mobil Oyl» va «Vayoming Mineral» firmalari o'zning yer ostida ishqorlashning yer usti komplekslarini ekspluatatsiya qilishni boshladi. Uranni ajratib olish uchun barcha yer usti komplekslarida kuchli asosli Daueks- 1 va Amberlit IRA-400 markali stiroldivinilbenzol anionitlari qo'llaniladi. Yer ostida ishqorlashda mahsuldor qorishmani qayta ishlash davriy harkatdagi kolonnalarda amalga oshiriladi, masalan, «Dalko end Stil» firmasining yer usti komplekslarida. Shu tariqa uzluksiz sorbsiyalovchi kolonnalarda, masalan, «Yuta Konstrakshen end Mayning» firmalari komplekslarida amalga oshiriladi. Yer usti komplekslarida uran rudalarini oltingugurtli yer ostida ishqorlashdan keyin va uranni uglekislo ammoniy qorishmalari bilan ishqorlashdan keyin qayta ishlanadi.
Uranni to'yingan anionitdan desorbsiyalash osh tuzi yoki nitrat ammoniy bilan amalga oshiriladi. Tovar regeneratida uran konsentratsiyasi 10 g/l ga etadi. Ko‘p holatlarda, tovar regeneratlaridan diuranat ammoniyni cho'ktiradi va diuranat ammoniyning quyultirilgan pulpasini uran zavodiga tashiladi, masalan «Laki-Mak» firmasi. Agar iste'molchi zavod uzoqda joylashgan bo'lsa, unda quyultirilgan diuranat ammoniy filtralanadi, quritiladi, o'raladi va zavodga jo'natiladi, masalan, “Allid Xei i kale” firmasi, geksaftorid ammoniy ishlab chiqarish uchun. Bunday holatda, quritgich havoni ifloslantiruvchi yagona manba hisoblanadi. U retsirkulyasiyalovchi moy bilan isitiluvchi shnekli konteynerli uskuna ko'rinishida tayyorlangan. Issiq eltuvchi moy siqilgan gaz bilan isitiladi. Quritgichining afzalliklaridan biri - changni minimal olib ketishidir.
Ba'zi yer usti komplekslarida tovar regeneratlari diuranat ammoniyni cho'ktirishdan oldin dastlabki tozalanadi. Masalan, «Dalko end Stil» firmasining yer usti komplekslarida tovar regeneratlari dastlab bir qator aralashmalarni, molibdenni ham qo'shgan holda yo'qotish uchun ko'mirli filtrdan o'tkaziladi. Oxirida esa, davriy ravishda ko'mirdan desorbsiyalaydi va yo'ldosh mahsulot ko'rinishida realizatsiya qilinadi.


170



Download 2,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish