Uranni yer ostida tanlab eritmaga o'tkazish usulida qazib olish


Ekspluatatsion texnologik skvajinalar tarmog'ining zichligi



Download 2,88 Mb.
bet41/81
Sana28.06.2022
Hajmi2,88 Mb.
#715567
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   81
Bog'liq
МАМИЛОВ, Yer ostida tanlab eritmaga o (1) лотин

Ekspluatatsion texnologik skvajinalar tarmog'ining zichligi


Tadqiqotlarda qayd etilganidek, namunalardan eng qulayi texnologik skvajinalar va qatorlar orasidagi masofa nisbati 1:2 bo'lganida shaxmatli joylashuvga ega chiziqli tizim hisoblanadi, nisbatan kamroq qulaylikka egasi esa masofalar nisbati 1:1 bo'lgan to'g'riburchakli joylashuvdagi tizim hisoblanadi.
Texnologik skvajinalar orasidagi masofaning nazariy va taxminiy tushunchasiga keladigan bo'lsak, bu savol oxirigacha o‘z yechimini topmagan. Texnologik skvajinalar orasidagi masofani tanlash - juda murakkab vazifa bo'lib, ko'plab inshootlarning texnik imkoniyatlari va texnologik skvajinalar ekspluatatsiyasi, iqtisodiy va boshqa jarayonlarning geologik va gidrogeologik, gidrodinamik va texnologik faktorlariga bog'liq. Shuning uchun hozirgi kunda amaliyotda texnologik skvajinalar orasidagi masofani tanlash yoki EGDA qurilmasida analog modellashtirish, yoki tajribali yoki ekspluatatsiya qilinayotgan uchastkada qayta ishlash variantlarining bir nechtasini texnik - iqtisodiy jihatdan qo'yish yordamida amalga oshiriladi. Demak, misol uchun KFJB m/kun koeffitsientli ruda filtratsiyasining bitta gidrogen qatlamli koni uchun texnik-iqtisodiy taqqoslama varianti shuni ko'rsatib turibdiki, 25x50 m masofada joylashgan zigzagli texnologik skvajina tizimi optimal hisoblanadi.
Yuborilgan va tortib olingan texnologik skvajinalar qatorlarining har xil masofali yer ostida tanlab eritmaga keltirishning ekspluatatsion bloklari ishining tahlili ko'rsatib turibdiki, qatorlar orasidagi (20-30 m va kamroqqacha) qisqartirilgan masofali texnologik skvajinalar joylashuvi sxemasi qator mavjud yutuqlarga ega:


108


  1. texnologik skvajina tarmog'ining zichligida zahira tayyorlash va bloklarni ekspluatatsiyaga kiritish muddatlari qisqaradi;

  2. boshqa teng kuchli sharoitlarda qatorlar orasidagi masofa qisqarishi oqibatida bloklarni qayta ishlash vaqti kamayadi;

  3. qatorlar orasidagi masofaning kamayishi alohida bloklarni qayta ishlash differensial rejimi uchun yaxshi imkoniyatlarni ta'minlab beradi;

  4. boshqa teng kuchli sharoitlarda yuboruvchi va so'rib oluvchi texnologik skvajinalar orasidagi masofaning qisqartirilishi oqibatida ruda sig'imli jinslarni texnologik ishlashda jalb qilinadigan quvvatlar kamayadi. Bu esa ayniqsa ruda jismlarni qayta ishlashda kislota chiqimlarini kamayishiga sabab bo'ladi;

  5. texnologik skvajinalar qatori orasidagi masofaning yaqinlashishi oqibatida texnologik ishlashga jalb qiluvchi jinslar quvvati kamayishi sabab mahsuldor aralashmalarda uran tarkibi bir qancha ko'payadi;

Shu bilan birgalikda texnologik skvajinalar va qatorlar orasidagi masofaning kamayishi oqibatida ruda yuzasining birligiga keltiruvchi texnologik skvajinalar soni sezilarli oshadi. Mos ravishda eritmaga chiqarilgan metall tannarxida burg'ilash ishlariga ketadigan chiqim ulushi oshadi.
Bayon qilinganlarni hisobga olgan holda mazkur ishning mualliflari quyidagi hisoblash ishlarini amalga oshirishdi. Bu hisob - kitoblar chuqurlikdagi uran zahiralarini aniqlashga ketadigan chiqim ulushi, bitta texnologik texnologik skvajinaqa to'g'ri keladigan yuza va samaradorlikni o‘z ichiga oladi. Hisoblash ishlari 100 metrdan 600 metrgacha chuqurlikda va samarali yuzaning uran bo'yicha amalga oshirilgan va 1 kg/m2 dan 4 kg/m2 gacha o'zgarishida hamda inshootlarga faktik chiqimlarni va ishlab chiqilgan texnologik skvajinalar bog'liqligini hisobga olgan holda amalga oshirilgan.
Yuzali texnologik skvajinalar orqali yer ostida tanlab eritmaga o'tkazishni qazib olish tizimlarida tog’ kon mablag'lari ketma-ketligi va aniqlash sxemasini to'g'ri tanlash muhim ahamiyat kasb etadi. Ruda jismlarining morfologik xilma-xilligi, ruda va rudali jinslarning turli gidrogeologik xossalari, samarali gorizontning geokimyoviy va gidrogeologik xususiyatlari ruda konlarini aniqlanish sxemasiga nisbatan differensial qarashlar chaqiradi.
To'plangan tajribani inobatga olgan holda yuzaviy texnologik skvajinalar orqali yer ostida tanlab eritish tizimi bilan turli morfologik tipli quyidagi konlarni aniqlash va qayta ishlash sxemasini taklif etish mumkin (6.4 rasm).

  1. 50 m enli konlarni markaziy (o'qli) qismida burg'ilangan texnologik texnologik skvajinalarning uzun qatorlari orqali aniqlash va qayta ishlash lozim bo'ladi; bunda qayta ishlashning birinchi bosqichining birinchi yarmida ishchi


109


eritmalarni yuborish amalga oshirilsa, ikkinchisida - tortib olinadi. Kuzatuvchi texnologik skvajinalarda ishchi eritmalarning paydo bo'lishi bilan qayta ishlashning ikkinchi bosqichi keladi: blokning yuborish qismida


takomillashtirilgan mahsuldor eritmalarning tortib olishi amalga oshirilsa, ikkinchisida - teskarisi, ya'ni tortib olinganlari qayta yuboriladi.
Bu smena blok zahirasining to'liq qayta ishlanmaguniga qadar davom ettiriladi. Bunda har keyingi bosqichda amplituda ishchi eritmalarini oshirib borish talab etiladi. Bu holatda ishchi eritmalarning o'zgaruvchi oqimi uchastkasida qayta olingan uran bosqichma-bosqich yer ostida tanlab eritmaga o'tkazish jarayoniga tortiladi.
Ko'rinib turibdiki, boshqa qisqa (eniga 50 m gacha) ko'proq zichlangantexnologik skvajina setkalarining qo'llanishi (masalan, uchyadrli yoki yacheykali) blokni rentabel tarzda qayta ishlash imkoniyatlari bilan cheklanadi. Taklif etilayotgan blokni qazib olish tizimi yuzaviy kommunikatsiyalar bilan mos keluvchi texnologik skvajina bog'lamlari uchun o'zaro almashuvchan (har bir yuborish texnologik skvajinalari bir vaqtda ham so'rib oluvchi hisoblanadi) texnologik skvajinalarni burg'ilash zaruriyatini keltirib chiqaradi.

  1. Eni 50 - 150 m bo'lgan konlar yotishi bo'yicha texnologik skvajinalar qatorlarini aniqlashda tavsiya etiladi. Yuboruvchi texnologik skvajinalarni ruda konlari konturi bo'yicha joylashtirish, so'rib oluvchilarini esa markaziy qismga joylashtirish, hamda ularning holatini qatlam oksidlanish zonasi chegarasi bilan imkoniyatga ko'ra tekislash tavsiya etiladi. Ixtiyoriy ravishda so'rib oluvchi texnologik skvajinalarning ishlab chiqarishini yuboruvchi texnologik skvajinalarning mos ravishda sonining oshishi yoki ularning ishlab chi qarilishi oshirilganda kengaytirilayotgan kon uchastkalarida oshirish lozim.

  2. Eni 150 metrdan ortiq bo'lgan konlarni tekis tozalash texnologik skvajinalarida bo'lgani kabi ruda konlari va orasidagi masofa 50 - 100 m bo'lgan texnologik skvajina qatorlari joylashuv rel'efidan qat'iy nazar tozalash bo'yicha texnologik skvajinalarni aniqlash mumkin. Zarur bo'lganda ruda konlari konturlari maxsuliy eritmalarning kontur tashqarisidagi qatlam suv bilan aralashmasini kamaytirish uchun bloklovchi buyurtma texnologik skvajinalar bilan burg'ilanadi.

Tadqiqotlarda qayd etilganidek, namunalardan eng qulayi texnologik skvajinalar va qatorlar orasidagi masofa nisbati 1:2 bo'lganida zigzagli joylashuvga ega chiziqli tizim hisoblanadi, nisbatan kamroq qulaylikka egasi esa masofalar nisbati 1: 1 bo'lgan to'g'riburchakli joylashuvdagi tizim hisoblanadi.
Texnologik skvajinalar orasidagi masofaning nazariy va taxminiy tushunchasiga keladigan bo'lsak, bu savol oxirigacha o‘z echimini topmagan.


110


Texnologik skvajinalar orasidagi masofani tanlash - juda murakkab vazifa bo'lib, ko'plab inshootlarning texnik imkoniyatlari va texnologik skvajinalar ekspluatatsiyasi, iqtisodiy va boshqa jarayonlarning geologik va gidrogeologik, gidrodinamik va texnologik faktorlariga bog'liq. Shuning uchun hozirgi kunda amaliyotda texnologik skvajinalar orasidagi masofani tanlash yoki EGDA qurilmasida analog modellashtirish, yoki tajribali ekspluatatsiya qilinayotgan uchastkada qayta ishlash variantlarining bir nechtasini texnik - iqtisodiy jihatdan qo'yish yordamida amalga oshiriladi. Demak, misol uchun KFJB m/kun koeffitsientli ruda filtratsiyasining bitta gidrogen qatlamli koni uchun texnik- iqtisodiy taqqoshlama varianti shuni ko'rsatib turibdiki, 25x50 m masofada joylashgan zikzakli texnologik skvajina tizimi optimal hisoblanadi.


Tozalash bo'yicha texnologik skvajina qatorlari bilan enli konlarni (300 m dan ortiq) aniqlashda cheklovchi tartib orqali pyeriferiyadan markazga amalga oshirish tavsiya etiladi. Bunday holatda, yer ostida tanlab eritish uchastkasida ish rivojini oshirishda hosil qilingan depression voronka albatta konning markaziy qismiga qo'shilib ketadi hamda jarayonning texnik va iqtisodiy natijasiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.


111







6.3-rasm. texnologik texnologik skvajinalarning chiziqli sxemasida zahirani ochishning solishtirma narxini hisoblash nomogrammasi:

Download 2,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish