Dasturiy ta’minot tizimlarini loyihalash
Mavzu #1 (6 soat) 3-qism:
Dasturiy ta’minоt (DT)ni yaratish jarayoniga kirish. Lоyihalashning o’rni. Tuzilmaviy dasturlashdan misоllar
Tuzilmaviy dasturlash
Modulni dasturlashda u nafaqat kompyuterga, balki insonga ham tushunarli bo‘lishini hisobga olish kerak: modulni ishlab chiquvchilar ham, uni tekshiruvchi shaxslar ham, modulni sozlash uchun test tuzuvchi testchilar ham, modulga talab qilingan o‘zgarishlarni kirituvchi kuzatib boruvchilari ham modul ishi mantiqini qayta-qayta tahlil etishga majbur bo‘ladilar.
Hozirgi zamon dasturlash tillarida ushbu mantiqni g‘oyat chalkashtirib yuboradigan vositalar ko‘p bo‘lib, ular modulni inson uchun tushunilishini qiyinlashtiradi. Shuning uchun to‘g‘ri keladigan til vositalarini tanlash choralarini ko‘rish hamda ma’lum dasturlash tartibiga rioya qilish zarur.
Buning bilan bog‘liq holda Deykstra dasturni bir nechta turdagi boshqarish konstruktsiyalari (tuzilmalar)dan iborat kompozitsiya sifatida qurishni taklif qildiki, bu boshqarish konstruktsiyalari dastur ishi mantig’ini tushunarliroq qilish imkonini beradi. Faqat shunday konstruktsiyalardan foydalangan dasturlash tuzilmaviy (strukturali) dasturlash degan nom bilan ataldi.
Strukturali (tuzilmaviy) dasturlashning asosiy konstruktsiyalari quyidagilardir: ketma-ketlik, tarmoqlanish va takrorlanish (4.4-rasmga qarang). Umumlashma operatorlar (ishlov berish uzellari) - S, S1, S2 hamda predikat (shart) - R ushbu konstruktsiyalarning tarkibiy qismlari (komponentlaridir). Bunda yo qo‘llanayotgan dasturlash tilining oddiy operatori (o‘zlashtirish, kirish, chiqish va protseduraga murojaat qilish operatorlari), yoki tuzilmaviy (strukturali) dasturlash asosiy boshqaruv konsturktsiyalarining kompozitsiyasi bo‘lgan dastur fragmenti umumlashma operator sifatida xizmat qilishi mumkin. Muhimi shundaki, har bitta konstruktsiya boshqaruv bo‘yicha faqat bitta kirish va bitta chiqishga ega.
Tuzilmaviy dasturlash ba’zida «GO TO siz dasturlash» deb ham ataladi. Biroq bu yerda gap operator GO TO da emas, balki undan betartib foydalanishdadir. Ko‘p hollarda tuzilmaviy dasturlash ayrim dasturlash tillarida (masalan, FORTRAN da) aks ettirilganda, o‘tish operatori (GO TO) tuzilmaviy konstruktsiyalarni ishlatish uchun qo‘llanadi. Bu tuzilmaviy dasturlash tamoilini buzmaydi. Dasturni aynan «tuzilmaviy bo‘lmagan» o‘tish operatorlari chalkashtiradi, bunda ayniqsa matn modulida bajarilayotgan o‘tish operatoridan yuqorida (avval) joylashgan operatorga o‘tish chalkashtiradi. Shunday bo‘lsa-da, o‘tish operatorini chetlab o‘tishga urinsak, tuzilmaviy dasturlar nihoyatda katta va qo‘pol bo‘lib ketishi mumkin. Bu esa ularning aniqligiga zarar yetkazadi va matn modulida qo‘shimcha xatolarning paydo bo‘lish havfini tug‘diradi. Shuning uchun mumkin bo‘lgan o‘rinda o‘tish operatorini chetlab o‘tishni maslahat berish mumkin, ammo bu dastur aniqligiga zarar yetkazmasligi kerak.
O‘tish operatorini qo‘llashning foydali jihatlari ham bor. O‘tish operatori yordamida sikldan, ya’ni muayyan tuzilmaviy birlik (umumlashma operator) ishini tugallaydigan alohida shart-sharoit bo‘yicha bajariladigan protseduradan chiqishni amalga oshirish mumkin. Buning bilan u dastur tuzilmasini faqat lokal (ya’ni boshqalarga ta’sir qilmaydigan bitta o‘rinda) buzishi mumkin xolos. Favqulotda (odatda xato) vaziyatlarga nisbatan yuzaga keladigan reaksiya (munosabat)ni dastur tuzilmasida ishga solish ancha qiyinchiliklar tug‘diradi.
Tuzilmaviy dasturlashning asosiy boshqarish konsturktsiyalari
Bunda tuzilmaviy birlikdan muddatdan oldin chiqishnigina emas, balki bu vaziyatga tegishli ishlov berishni ham amalga oshirish (masalan, to‘g‘ri keladigan tashxislash axborotini chiqarib berish) talab qilinadi. Favqulotda vaziyatning ishlovchisi dasturning to‘g‘ri kelgan tuzilmaviy bosqichida turishi mumkin, unga murojaat esa turli quyi bosqichlardan turib amalga oshirilishi mumkin. Favqulotda vaziyatlarga reaksiya (munosabat) quyidagicha amalga oshiriladi. Favqulotda vaziyatlarning ishlovchilari u yoki bu tuzilmaviy birlik oxiriga joylashadi hamda har bir shunday ishlov beruvchi shunday dasturlanadiki, ishini tugatgach, o‘zi o‘rnashtirilgan tuzilmaviy birlik oxiridan chiqishni amalga oshiradi. O’tish operatori shunday ishlov beruvchiga ushbu tuzilmaviy birlikdan turib murojaatni amalga oshiradi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
1. Бухер, Патрик, «Programmiersprachen» (Языки программирования), статья на сайте www.itacademy.cc, 10/2004
2. Бухер, Патрик, «Der Bubble-Sort Algorithmus», статья на сайте www.it-academy.cc, 11/2004
3. Бёме, д-р. P., «Programmiersprachen C/C++» (Язык прогаммирования C/C++), конспект лекций Института информатики Университета им. Мартина-Лютера, Халле-Виттенберг, 1996
4. Блессманн, Бюттнер, Дакс, «Anwendungsentwicklung» (Программирование), Тройсдорф, 2002
5. Бройер, Клаус Ульрих и Мюллер, Карлхайнц, «Umsetzungshilfen für neue Prüfungsstruktur der IT-Berufe» (Помощь в реализации новых экзаменационных стректур для ИКТпрофессий), заключительный отчет», Федеральное министерство образования и исследований (ответственный редактор), Бонн, 10/2000
6. Федеральный институт образования (ответственный редактор), «Erläuterungen und Praxishilfen zur Ausbildungsordnung» (Пояснения и практическая помощь по положению об организации профессиональной подготовки), Берлин, 1998
7. Штабенов, Хельмут и Тодт, Петер, «Informations- und Telekommunikationstechnik» (Информационная и телекоммуникационная техника), Бад Хомбург, 2001
Do'stlaringiz bilan baham: |