UO‘T 66-9 MENTHA AQUATICA O‘SIMLIGINI EKSTRAKSIYALASHDASPIRTNING ERITUVCHANLIGINI HARORATGA BOG‘LIQ GRAFIGINI MODELLASHTIRISH. Usenov Azamat Bakir o‘g‘li Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti, Mashinasozlik fakulteti tadqiqotchisi, E-mail:azamat_usenov_92@mail.ru
Suyunov Sardor Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti, Mashinasozlik fakulteti tadqiqotchisi, E-mail:azamat_usenov_92@mail.ru
Samandarov Doston Ishmuhammat o‘g‘li Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti, Mashinasozlik fakulteti tadqiqotchisi, E-mail:ishmuxammedovich@mail.ru
Annotatsiya Ekstraktorlarda oqimlarning xulqi shu qadar murakkabki, hozirgi vaqtda ularning qat'iy matematik tavsifini tuzishga ko‘p hollarda imkon bo‘lmaydi. Shu bilan bir vaqtda oqimlar tizimi kimyo-texnologik jarayonlar samaradorligiga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi ma’lum bo‘lib, buning uchun ular jarayonlarni modellashtirishda hisobga olinishi kerak. Bunda oqimlar strukturasining matematik modellari qurilayotgan kimyo-texnologik jarayonni matematik tavsifining asosi sifatida qabul qilinadi. Shuning uchun shu vaqtgacha ishlab chiqilgan apparatlarda oqimlar strukturasining modellari ancha sodda va yarim empirik xarakterga ega. Shunga qaramay, ular real fizik jarayonlarni yetarli darajada aniq aks ettiruvchi modellar (obyektga monand modellar) ni qurishga imkon beradi Ushbu maqolada mentha aquatica (yalpiz) o‘simligi bargidan tabiiy ekstrakt ajratib olish jarayonida erituvchanlikning haroratga bog‘liqligi o‘rganildi. Ekstraktsiyalashda ajratib olish harorat darajasi va xomashyo-erituvchi gidromodulining ta'sirini o‘rganilgan. Olingan ekstraktlarning foizi va erigan moddalar miqdori proporsiya usulida aniqlandi. Yalpiz o‘simligi bargidan olingan kontsentratning fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlari o‘rganilgan. Eksperimentlar natijalari jadval shaklida berilgan. Regressiya tenglamasi tuzildi va korrelatsiya koeffitsienti aniqlandi. Tuzilgan tenglamalaming parametrlari (koeffitsiyentlari) kimyo-texnologik apparatning aniqlovchi o‘lchamlariga (diametri, uzunligi), fizik-kimyoviy jarayonlarni yuz berishini tavsiflovchi qayta ishlanadigan moddalarning xossalari va miqdorlariga (reaksiyalar tezligi konstantalar, diffuziya koeffitsiyentlari) bog‘liq. Tenglamalaming ayrim parametriari hisobiy yo‘1 bilan aniqlanishi mumkin, boshqalari oldin bajarilgan tadqiqotlar natijalari bo‘yicha o‘xshashlik tamoyili yordamida topiladi. Matematik tavsifni tuzishni analitik usullarining kamchiligi sifatida obyektni yetarli to‘liq tavsifidan kelib chiqqan tenglamalar tizimini yechishning qiyinligini ko‘rsatish mumkin. Grafikni modellashtirish usulida olingan natijalar tahlil qilindi. Olingan natija va matematik hisoblangan funksiya modeli bo‘yicha chizilgan grafik keltirilgan. Kalit so‘zlar: Mentha aquatica, ekstraksiya, modellashtirish, regressiya, korrelatsiya, erituvchanlik, modda miqdori