A) Lyudovik XIV
B) Yelizaveta I
C) Genrix VIII
D) Filipp II
34. XVI asrning 1-yarmida Ispaniya Amerikadagi qaysi
hududlarni egalladi?
1) Kolumbiya; 2) Meksika; 3) Ekvador; 4) Chili; 5) Argenti-
na; 6) Peru; 7) Boliviya; 8) Braziliya
A) 1, 3, 6, 7
B) 1, 2, 4, 5
C) 2, 6, 7, 8
D) 3, 4, 5, 7
35. Angliyaga qaysi omil mustamlakalar bosib olishga im-
kon berdi?
A) inglizlarning Shimoliy Amerikadagi Virginiyaga asos
solishi
B) qudratli dengiz davlatiga aylanishi
C) Hindistonni o‘z ta’sir doirasiga aylantirishi
D) qudratli salohiyatga ega bo‘lgan harbiy qurollarning
ixtiro qilinishi
36. Yangi davr boshlarida G‘arbiy Yevropa mamlakatlari-
da dvoryanlar tarkibida qanday o‘zgarish yuz berdi?
1) savdo-sotiq va tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchilar shakl-
landi; 2) savdo kompaniyalarining aksiyadorlari ga aylandilar; 3)
hukumatdan turli soliq yig‘imlarini yig‘ib olish huquqini sotib
137
oldilar; 4) ishlab chiqarishda yollanma mehnatdan foydalanar-
dilar; 5) yer-mulkka egalik qila boshladilar; 6) o‘z qo‘rg‘onlarida
sanoat korxonalari ham tashkil etganlar
A) 1, 2, 3, 4, 5, 6
B) 2, 4, 6
C) 1, 3, 6
D) 1, 2, 3, 4, 6
5-TEST
1. Bir yilda sodir bo‘lgan voqealar to‘g‘ri ko‘rsatilgan javob-
ni aniqlang.
A) Amerigo Vespuchchi vafot etdi, Ispan qiroli mahalliy
hindularni qulga aylantirishni taqiqlovchi qonun chiqardi.
B) Ispanlar Yangi Dunyoda konkista siyosatini boshlashdi,
Kabral Braziliyani kashf etdi.
C) Yelizaveta Angliya taxtiga chiqdi, «Yengilmas armada»
mag‘lubiyatga uchradi.
D) Fransiyada Nant edikti imzolandi, Rus podshosi Boris
Godunov vafot etdi.
2. Paragvay mustaqillikka erishgan vaqtni aniqlang.
A) 1818-yil
B) 1813-yil
C) 1810-yil
D) 1816-yil
3. Martin Lyuter o‘zining «95 tezis» yorlig‘ida ilgari surgan
talablari to‘g‘ri berilgan javobni toping.
A) Rim Papasi taxtiga nemis millatiga mansub bo‘lgan
kishini o‘tqazish
B) protestantlik mazhabini tashkil qilish
C) Germaniyadagi cherkovni Rim Papasi qaramog‘idan
ozod etish
D) Inkvizatsiya sudini taqiqlash
4. Nimaning hisobiga Yangi davrda bozorlar har kuni ish-
lay boshladi?
A) xom ashyoning ko‘payishi bilan
B) yollanma mehnatning kuchayib borishi
C) shaharlarning o‘sib borishi
D) qul savdosining kuchayishi
5. XVII asrga kelib manufaktura ishlab chiqarish qaysi
davlatlarda xo‘jalikning asosiy shakliga aylandi?
A) Fransiya va Shvetsiyada
B) Angliya va Gollandiyada
138
C) Belgiya va Italiyada
D) Ispaniya va Portugaliyada
6. Monroviya manzilgohi tashkil etilgan hudud AQSH-
liklar tomonidan sotib olingan yili Buxoro amirligida ...
A) Dinnosirbek Xiva xoni yordamida amirlik taxtini egal-
lashga harakat qildi
B) Miyonqolda amirga qarshi qo‘zg‘olon bo‘ldi
C) Amir Haydar hukmronligi tugadi
D) Amir Haydarga qarshi Marv aholisi qo‘zg‘olon ko‘tardi
7. XVII asrda quyidagi qaysi davlatda qabul qilingan far-
monning oxirida «hatto o‘lim xavfi ham bu farmonni bekor
qila olmasligi lozim», deb yozib qo‘yilgan edi?
Do'stlaringiz bilan baham: |