partiyasi a’zolari asosan kimlarning manfaatlarini himoya
qilgan?
21. Angliyaning XVII asr o‘rtalarida dengiz savdosidagi
asosiy raqibi qaysi davlat bo‘lgan?
22. Eronda qachon va qaysi hukmdor tomonidan deh-
qonlarning yerni tashlab ketishlarini taqiqlovchi farmon
chiqarilgan?
23. Prussiya qiroli Fridrix II qaysi yillar oralig‘ida hukm-
ronlik qilgan?
24. Manjuriya davlati qachondan Xitoy imperiyasining
o‘ta xavfli tashqi raqibiga aylandi?
25. 1832-yildan boshlab qaysi organ Buyuk Britaniyada
davlat budjetini nazorat qilish huquqini qo‘lga kiritdi?
26. Germaniya imperiyasining zaiflashib qolganligidan
foydalanib Fransiya qaysi hududlarni o‘z davlati tarkibiga
qo‘shib olgan?
27. Eron qachon markaziy hokimiyatga bo‘ysunmaydigan
bir qancha mustaqil hududlarga bo‘linib ketgan?
28. Amur daryosining chap sohili qachon Xitoydagi Sin su-
lolasi ixtiyoriga o‘tgan?
256
29. Safaviylar sulolasi vakili Abbos I davrida Eron qaysi
davlatlar bilan savdo-sotiq ishlarini yo‘lga qo‘ygan?
30. Buyuk Britaniyada qachonga kelib aholi soni 12 mln.
kishini tashkil etdi?
31. Yaponiyada Toyotomi Xidayosidan keyin syogunlik
hokimiyatini kim egallagan?
32. XVI asrda Xitoyda Min sulolasiga qarshi muxolifatning
asosiy kuchining aholining qaysi tabaqa vakillari tashkil etagan?
33. Afg‘on qabilalarining yetakchisi Sherxon Sur qaysi yil-
larda Hindistonni idora qilgan?
34. Qachondan Rossiya iqtisodiyotida yangi alomatlar pay-
do bo‘la boshladi. Bu avvalo tovar ishlab chiqarishning, ya’ni
bozorda sotish uchun mahsulot ishlab chiqarishning rivojlani-
shida namoyon bo‘ldi?
35. Qachondan Usmoniylar imperiyasi viloyatlar va sanjoq
(tuman)larga bo‘lingan?
36. Bobur Mirzo 1526-yilning 21-aprelidagi Ibrohim Lo‘diy
qo‘shinini qayerda tor-mor qilgan?
3-TEST
1. Paragvay davlati qachon mustaqillikga erishgan?
2. Amerikada oq tanli aholiga mansub kishi bilan hindular
o‘rtasidagi nikohdan tug‘ilgan avlod qanday nomlangan?
3. Qaysi davlatda fuqarolar lagerlarga bo‘linib yashashgan?
4. Konfederatsiya atamasi qaysi tildan kelib chiqqan va
qanday ma’no beradi?
5. Qachon Hindistonda mahalliy knyazlarning o‘z yerlari-
ga egaligi daxlsiz deb e’lon qilindi?
6. Nemischa – hamyon ma’nosini anglatuvchi tarixiy ata-
ma ma’nosini toping.
7. Uyg‘onish davrining qaysi allomasi yoshligidan xristian
dini asoslari bilan birgalikda N. Kopernik ta’limotini o‘rgangan?
8. «Buyuk geografik kashfiyotlar» davrida X.Kolumb bi-
rinchi borib tushgan San-Salvador oroli hozirgi qaysi davlat
hududida joylashgan?
9. Qachongacha Shimoliy Italiya va uning vositachiligida
butun Sharqning G‘arbiy Yevropa bozorlari bilan aloqalari
Germaniya yerlaridan o‘tardi?
257
10. 1758-yil Eronda hokimiyat tepasiga kelgan sulolani
aniqlang.
11. Shvetsiya qachonga kelib o‘zining buyuk davlat maqo-
mini yo‘qotdi?
12. Yaponiyada 3-syogunlik sulolasiga asos solgan Tokuga-
va xonadoni qanday siyosat orqali markaziy hokimiyatga
bo‘ysunmaslikka intilayotgan kuchlar harakatiga barham
berib, Yaponiyani birlashtirish ishini nihoyasiga yetkazish
mumkin, deb hisoblardi?
13. Rossiya imperatori Pyotr I davrida joriy qilingan kol-
legiya (vazirlik)lar qaysi organga bo‘ysungan?
14. Safaviylar davlati asoschisi Ismoil I Safaviy taxtga kel-
gunga qadar qanday mansabda faoliyat yuritgan?
15. XVII asrda Rossiyadagi qaysi shaharlar boshqa sha-
harlarga nisbatan alohida ajralib turgan?
16. Qaysi mamlakatda pulga bo‘lgan ehtiyojning oshib
borishi natijasida davlat apparatidagi mansablarni sotish va
sotib olish nihoyatda kuchaydi. Viloyat hokimlari, katta-kat-
ta yer-mulk egalari davlat xazinasiga soliq to‘lamay qo‘ydi.
Bu omillar mamlakat mehnatkash qatlamlari orasida keskin
norozilikni kelib chiqishiga sabab bo‘ldi. Bu esa oxir-oqibat
qo‘zg‘olon ko‘tarilishiga olib keldi?
17. Yaponiyada kimning hukmronlik davrida shaharlarga
bozorlar ochish huquqi berilgan edi?
18. Koreyada qachondan boshlab yerga egalik qilishning
feodal shakli o‘rnatilgan edi?
19. Qachondan boshlab G‘arbning ilg‘or mamlakatlarida
hukmron dunyoqarash bo‘lib olgan liberalizm ta’limoti mut-
laq monarxiyaga qarshi faol kurash olib borgan?
20. Eronda shoh huzurida tuzilgan maxfiy kegash tarkibi-
ga qaysi lavozim egalari kirgan?
21. Kimning yozgan pyesalari nemis xalqi uchun o‘ziga xos
ma’rifat alifbosi vazifasini o‘tadi?
22. 1827-yilda Londonda qaysi davlatlar o‘rtasida Turki-
yaga qaram Gretsiyaga muxtoriyat huquqi berilishini ko‘zda
tutuvchi bitim imzolandi?
23. XIX asrda paydo bo‘lgan konservatizm ta’limotining
yetuk namoyandalarini sanab bering.
258
24. Afrikalik mahalliy aholini qulga aylantirish siyosati
qaysi vaqt oralig‘ida bo‘lgan?
25. Erondagi bobiylar qo‘zg‘oloni ishtirokchilarining asosi-
ni kimlar tashkil etgan?
26. Buyuk Britaniya mustamlakalarining chegarasi qa-
chon Afg‘oniston hududiga tutashgan?
27. Qaysi Koreya qiroli davrida guruchdan spirtli ichim-
liklar tayyorlash man qilindi?
28. XIX asrda Afrikada qishloq xo‘jaligi taraqqiy etgan
xalqlar ham yashagan bo‘lib, ular asosan qanday mahsu-
lotlarni yetishtirgan?
29. Injildagi rivoyat asosida mashhur musiqachi Bax
odamlarni qutqarish uchun o‘zini qurbon qilgan qahramon
dramasini qaysi asar orqali bayon etgan?
30. Buyuk Britaniyadan Amerikaga Atlantika okeani tubi
orqali dastlabki telegraf kabeli qachon o‘tkazilgan?
31. Qachondan boshlab Eron xalqaro siyosatda muhim
o‘rin tuta boshladi?
32. Qaysi yozuvchining maqsadi badiiy obrazlar orqali jami-
yatning ma’naviy qiyofasini ochib berishdan, jamiyatdagi bar-
cha tabaqalarning tipik vakillarini ko‘rsatishdan iborat bo‘lgan?
33. Marksizm ijtimoiy-siyosiy ta’limotining paydo bo‘lishi
Yevropaning bir qator mamlakatlarida ishchilar harakati-
ning o‘sishi, ayniqsa, qaysi davlatdagi inqilobiy voqealar bilan
bog‘liq bo‘lgan?
34. Kimyoviy elementlar atom og‘irligining ortib borishi
tartibida joylashtirilsa, ularning xossalari davriy tarzda tak-
rorlanishi aniqlagan olim kim?
35. Texnika muvaffaqiyatlari qachonga kelib mehnat
unumdorligini g‘oyatda oshirish imkonini berdi?
36. «Dividend» atamasi qaysi tildan kelib chiqqan va qan-
day ma’no beradi?
4-TEST
1. AQSH prezidenti Avraam Linkoln qaysi partiya vakili
bo‘lgan va qachon yashagan?
2. Taypinlar qo‘zg‘olonini bostirish uchun Xitoy hukumati-
ga qaysi davlatlar yordam bergan?
259
3. Lion to‘quvchilari 1834-yilgi qo‘zg‘olonda qanday talab-
lar bilan chiqishgan?
4. Rossiyada kim rahbarligida tuzilgan konstitutsiya loyi-
hasida 2 palatali parlament haqida so‘z boradi?
5. XIX asr boshlarida Buyuk Britaniya tomonidan bosib
olingan Kap koloniyasi qayerda joylashgan?
6. «Inqilobga xizmat qilish – bu dengizni shudgor qilish bi-
lan barobardir». Satrlar muallifi kim?
7. Fransiya qiroli Karl X inqilobdan qo‘rqib chet elga qo-
chib ketgach hokimiyat aholining qaysi tabaqa vakillari qo‘li-
ga o‘tdi?
8. Buyuk Britaniyada sanoat to‘ntarishi davrida kimning
ixtirosi zamonaviy to‘p yasashga xizmat qildi?
9. 1725–1800-yillar Rossiya tarixida qanday davr deb nom
olgan?
10. Buyuk fransuz inqilobi ro‘y berishidan 19 yil avval
Xiva xonligida qanday tarixiy voqea yuz bergandi?
11. Kimning dramasida tomoshabinlar obro‘li, aslzodalar-
ning, aslida esa muttahamlarning ayyorligidan g‘azablan-
ganlar?
12. Ispaniya mustamlakasi bo‘lgan Yuqori Peruni ispan
zulmidan ozod qilishda kim yordam bergan?
13. Rossiyada hukmdorning cheklanmagan hokimiyati bu ...
14. Rossiya tarixiga «Vatan urushi» nomi bilan kirgan
urush da hal qiluvchi jang qayerda bo‘lib o‘tgan?
15. XIX asrning o‘rtalarida «Kichik bir uchqun shunday
yong‘in keltirib chiqarishi mumkinki, uning oqibatlarini hat-
to hisobga olib ham bo‘lmaydi». Bu ibora qaysi davlat haqida-
gi tarixiy jarayon haqida bormoqda?
16. Qachon mustamlakachi davlatlar Turkiyada uning
siyosatini belgilashga imkon beruvchi iqtisodiy va siyosiy
mavqega ega bo‘lib oldilar?
17. Qachon Yevropada tovar ishlab chiqarish yuqori sur’at-
larda o‘sa boshlagan?
18. XVII asrning o‘rtalariga kelib qaysi qatlamlar bur-
juaziyaning yuqori qatlamiga aylandi?
19. Angliya Tyudorlar davrida toifaviy vakillik organi ...
20. Fransiyada Avliyo Varfolomeyga bag‘ishlab o‘tkaziladi-
gan diniy bayram qachon o‘tkaziladi?
260
21. XVII–XVIII asrlarda Shimoliy Amerikada nechta mus-
tamlaka shtatlar tuzildi?
22. Eronda qaysi sulola hukmronligi davrida mamlakat
poytaxti Tehron shahriga ko‘chirilgan?
23. 1814-yilgi Vena Kongressiga ko‘ra Germaniya o‘rnida
qanday davlat tuzilgan?
24. Qaysi yillarda Fransiyada qurg‘oqchilik ro‘y bergan?
25. AQSHda fuqarolar urushidan so‘ng g‘arbdagi bo‘sh yot-
gan katta yer jamg‘armasini fermer xo‘jaligi yuritishni ista-
gan shaxslarga bepul bo‘lib berish to‘g‘risida qanday qonun
qabul qilindi?
26. Xitoyda o‘z hukmronligini o‘rnatishga intilayotgan
manchjurlar qachon Koreyaga bostirib kirdilar?
27. Yevropa davlatlarining Usmoniylar imperiyasiga qa-
ram o‘lkalarni egallab olish uchun o‘zaro kurashi tarixga qan-
day nom bilan kirgan?
28. Angliya og‘ir sanoatiga qaysi tarmoqlar kiradi?
29. Italiyalik olim P. Toskanelli yaratgan xaritada Osiyo
qit’asining qirg‘oqlari qaysi hududda ekanligi belgilangan edi?
30. 1519-yilda F. Magellan qayerdan sayohatga chiqqan?
31. Qachon Fransiya zimmasiga 700 mln. frank oltin hiso-
bida kontributsiya to‘lash majburiyati yuklandi?
32. Buyuk Britaniyada yer egalari qanday ataladi?
33. Kimning kashfiyoti yordamida bakteriyalarning ko‘p
kasalliklarga sababchi ekanligi isbotlandi?
34. 1814-yilda Avstriya poytaxti Vena shahrida o‘tkazilgan
Vena Kongressning asosiy maqsadi nima edi?
35. Koreyada zaiflashayotgan feodal tuzumni mustahkam-
lashga bo‘lgan urinishlar qaysi hujjatda o‘z ifodasini topdi?
36. XIX asrda paydo bo‘lgan qaysi ijtimoiy-siyosiy ta’limot-
ning xarakterli belgisi-an’analarni muqaddas deb bilish
bo‘lgan?
261
Do'stlaringiz bilan baham: |