26
vadorlar kun kechirgan. Yuqoridagi ma’lumotlarda qaysi dav-
lat haqida so‘z bormoqda?
A) Xett B) Eron C) Mittani D) Mesopotamiya
14. Bronza davri manzilgohi bo‘lgan Jarqo‘ton yodgorligi
qachon vujudga kelgan?
A) bundan uch yarim ming yil muqaddam
B) bundan uch ming yil muqaddam
С) bundan ikki yarim ming yil muqaddam
D) bundan to‘rt ming yil muqaddam
15. Qaysi davrdan boshlab chorvachilik dehqonchilikdan
ajralib chiqa boshladi?
A) bronza davrida
B) mezolit davrida
C) neolit davrida
D) eneolit davrida
16. Hozirgi qiyofadagi odam qoldiqlari qayerdan topilgan?
A) Xitoy
B) Fransiya
C) Boshqirdiston
D) Germaniya
17. Qachondan boshlab odamlar Nil vodiysidagi serma-
shaqqat turmush sharoitiga moslasha boshladi?
A) mil.avv. IV mingyillik boshi
B) mil.avv. III mingyillik boshi
C) mil.avv. IV mingyillik oxiri
D) mil.avv. III mingyillik oxiri
18. Ilk qoyatosh rasmlari topilgan Lasko g‘ori qayerda joy-
lashgan?
A) Ispaniya
B) Boshqirdiston
C) Kavkaz
D) Fransiya
19. Misrdagi qaysi podsho o‘z xalqini dehqonchilikka
o‘rgatgan?
A) Tutanxamon B) Osiris C) Ptax D) Xapi
20. Qadimgi Hindiston tabiiy sharoiti jihatidan qaysi
mamlakatlarga o‘xshab ketadi?
A) Xitoy va Bobil
B) Mesopotamiya va Xitoy
C) Misr va Xitoy
D) Misr va Mesopotamiya
21. Qadimda bunyod etilgan qaysi inshoot hashamati va
bezaklari jihatidan Misr piramidalari bilan bellasha oladi?
A) Panteon
B) Sin Shixuandi maqbarasi
C) Parfenon
D) Akropol
22. Tog‘lik Attika viloyati joylashgan yarimorol O‘rta
Yuno nistonning qaysi qismida bo‘lgan?
27
A) janubi-g‘arbiy
B) shimoliy-sharqiy
C) janubi-sharqiy
D) shimoliy-g‘arbiy
23. Qadimda qaysi davlatda hamma amal qilishi lozim
bo‘lgan qat’iy intizom va aniq raso rejalashtirilgan turmush
tarzi kabi alohida shart-sharoitlar yaratilgan?
A) Sparta B) Afina C) Xitoy D) Parfiya
24. Kimning hukmronligi davrida Afina eng qudratli dav-
latga aylangan?
A) Filipp II B) Drakont C) Perikl D) Solon
25. Yunonistonda Olimpiada o‘yinlarida
qanday shaxslar
ishtirok etishi mumkin bo‘lgan?
A) jinoyat sodir etmagan, o‘z sha’niga dog‘ tushirmagan
ozod yunon
B) oliy o‘quv yurtini bitirgan
C) harbiy san’atdan xabari bor ozod yunon
D) otasi-onasi ozod yunon bo‘lgan
26. Qaysi yunon faylasufi tarixda odamiylik, sabr-matonat
va jasurlik timsoli bo‘lib qolgan?
A) Demokrit B) Geraklit C) Arximed D) Suqrot
27. Dovon davlati qayerlar bilan bo‘lgan xalqaro savdoda
muhim o‘rin tutgan?
A) Xitoy va Qang‘
B) Xitoy va Sharqning boshqa mamlakatlari
C) Qang‘ va Xorazm
D) Xorazm va Xitoy
28. Qaysi voqeadan so‘ng Yunon-Baqtriya
davlati tarixi
boshlanadi?
A) Antioxning vafot etishidan so‘ng
B) Diodot o‘zini podsho deb e’lon qilganidan keyin
C) Salavkiylar davlati parchalanib ketganidan keyin
D) Salavkiylardan Parfiyaning ajralib chiqishidan so‘ng
29. Kanishka davrida qaysi hududlar Kushon podsholigi
tarkibiga kirgan edi?
1) Janubiy Xitoy; 2) Janubiy-sharqiy Eron; 3) Hindiston; 4)
O‘zbekistonning janubiy viloyatlari; 5) Xo‘tan; 6) Afg‘oniston;
7) Toshkent vohasi; 8) Farg‘ona vodiysi
A) 1, 2, 3, 4
B) 2, 4, 5, 6
C) 3, 4, 5, 6
D) 1, 2, 4, 6
28
30. Quyidagi javoblardan qaysi birida xatolik mavjud?
A) Rivoyatlarga ko‘ra, Kurushkat shahriga fors shohi Kir
II asos solgan
B) Dovon davlati to milodiy II asrgacha mavjud bo‘ldi
C) Buddaviylik dini O‘rta Osiyoda VII asrgacha mavjud
bo‘lgan
D) Badaxshon la’li ishlatilgan buyumlar Misr fir’avnlari
maqbalaridan topilgan
31. Salavkaning Bobil davlati hukmdori bo‘lishidan 32 yil
o‘tgach …
A) Salavka vafot etadi va Antiox ulkan davlat hukmdoriga
aylanadi
B) Antiox sharqiy viloyatlar hokimi deb e’lon qilindi
C) Yunon-Baqtriya davlati vujudga keldi
D) So‘g‘diyona va Marg‘iyona singari yirik shaharlarda
yangi manzilgohlar qurilishi boshlanadi
32. Qadimgi Sharqning quyidagi davlatlari va ularning
poytaxti bilan to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni aniqlang.
1) Ossuriya; 2) Elam; 3) Xett; 4) Urartu; 5) Mauriya
a) Suza; b) Nineviya; c) Tushpa; d) Xattusa; e) Pataliputra
A) 1-b, 2-a, 3-d, 4-e, 5-c
B) 1-e, 2-a, 3-d, 4-b, 5-c
C) 1-c, 2-a, 3-b, 4-e, 5-d
D) 1-b, 2-a, 3-d, 4-c, 5-e
33. Qachonga kelib Rimda xususiy mulk daxlsiz deb e’lon
qilindi?
A) mil.avv. V asr o‘rtalarida B) mil.avv. IV asr oxirida
C) mil.avv. VI asr
D) mil.avv. III asr boshlarida
34. Karfagen shahar-davlati qaysi davlat koloniyasi
bo‘lgan?
A) Yunoniston
B) Rim
C) Finikiya
D) Afrika
35. Yer yuzidagi ilk inson – Odam ato qayerga dafn qilingan?
A) Falastinga
B) Golgofa tog‘iga
C) Misrga
D) Finikiyaga
36. O‘tmishdagi ulug‘vorlik namunasi bu ...
A) Panteon
B) Kolizey
C) Parfenon
D) Akropol