Uo‘K: 821. 111-3 kbk: 84(4Ingl)



Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/43
Sana18.04.2022
Hajmi3,57 Mb.
#559742
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43
Bog'liq
@BOOKS KITOB ANDISHA VA G\'URUR

«Aziz dugonajon!
Agar Siz bizga shafqat yuzasidan bugun men va 
Luiza bilan birga ovqatlanishga rozilik bermas ekan-
siz, biz bir-birimizni yomon ko‘rib qolishimiz mum-
kin. Chunki ikki ayolning kun bo‘yi bir-biri bilan yuz-
ma-yuz bo‘lishi janjalsiz o‘tmaydi. Iloji boricha tezroq 
keling. Akam va uning do‘stlari zobitlar bilan ovqat-
lanishadi.
Hurmat bilan Kerolayn Bingli».
– Zobitlar bilan?! – hayratlandi Lidiya. – Axir, xo-
lam bu to‘g‘rida hech narsa demagandi-ku!
– Boshqa yerda ovqatlanishadi? Esizgina! – dedi 
missis Bennet. 
– Aravadan foydalansam bo‘ladimi? – so‘radi 
Jeyn.
– Yo‘q, jonginam. Yaxshisi, otda ketaqol. Yomg‘ir 
yog‘ay deyapti, sen u yerda tunab qolishingga to‘g‘ri 
kelishi mumkin!
– Xo‘p gapirdingiz-da! – dedi Elizabet. – Agar ular 
o‘zlari Jeynni tashlab ketishmasa.
– Lekin mister Binglining karetasi Meritonda 
bo‘ladi-ku! Xyorstlarning esa otlari yo‘q.
– Nima bo‘lganda ham men aravada ketgim kel-
yapti.
– Qizginam, aniq bilamanki, otang hozir otlar-
ni berib tura olmaydi. Ular hozir fermaga kerak
to‘g‘rimi, mister Bennet? 
– 
Ha, otlar fermaga ko‘proq kerak.


39
– 
Agar siz ulardan bugun foydalansangiz, onam 
juda xursand bo‘lardi, – dedi Elizabet. 
Nihoyat, otalaridan «otlar haqiqatan ham bu-
gun band», degan javobni olishib tinchishdi. Jeyn 
ot minib ketadigan bo‘ldi, onasi uni darvoza oldi-
gacha kuzatib borar ekan, ob-havoning yomonla-
shayotganidan nolib qo‘ydi. Uning umidi ro‘yobga 
chiqdi: Jeyn hali uzoqlashmasdan turib singillarini 
bezovta, onalarini esa rosa xursand qilib chelak-
lab quyganday yomg‘ir yog‘a boshladi. Yomg‘ir kun 
bo‘yi yog‘di va bunday ob-havoda Jeynning qaytishi 
to‘g‘risida gap ham bo‘lishi mumkin emasdi.
– Yaxshi o‘yladim-a! – ob-havo buzilishini xuddi 
o‘zi chaqirgandek, qayta-qayta derdi missis Bennet. 
Faqat ertasi kuni ertalabgina u o‘ylagan narsasi-
ning dahshatini his qildi: nonushta tugay deganda 
Nezerfilddan Elizabet nomiga yozilgan xat keldi.
«Azizam Lizzi! 
Bugun ertalabdan o‘zimni juda yomon seza-
yapman – kecha yomg‘irda ivib ketganimdan bo‘lsa 
kerak. Bu yerdagi qadrdon do‘stlarimiz men biroz 
o‘zimga kelmaguncha ketishim haqida eshitishni 
ham xohlashmayapti. Ular mister Jons meni ko‘rib 
qo‘yishini talab qilishayapti, shuning uchun u meni 
ko‘rgani kelganini eshitib qolsangiz, xavotir olib o‘tir-
mang. Boshim og‘riyapti va tomog‘imda ham biroz 
shamollash bor. 
Sizlarning Jeyningiz».
– Nima derdim, azizam, – Elizabet xatni o‘qib 
tugatgach, xotiniga murojaat qildi mister Bennet, 
– agar qizingiz jiddiy kasal bo‘lib qolsa yoki balki 
o‘lib qolsa, bu sizning ko‘rsatmalaringiz bilan mis-
ter Binglining orqasidan quvish natijasida bo‘lgani-
ni bilish siz uchun taskin bo‘ladi.


40
– Men xavotirlanayotganim yo‘q. Shamollashdan 
o‘lishmaydi! Unga yaxshi qarashadi va u o‘sha yerda 
ekan, unga hech narsa bo‘lmaydi. Ekipaj olishning 
iloji bo‘lganda men uni ko‘rgani borib kelardim. 
Chindan-da xavotirlanayotgan Elizabet opasini 
ko‘rgani borishga qaror qildi. Ekipaj topishning iloji 
yo‘qligi, uning otda yura olmasligi sabab, Nezerfild
-
ga yayov ketishga to‘g‘ri kelardi. U uyidagilarga o‘z 
rejasini aytdi.
– Sen esingni yebsan, – dedi onasi, – shunaqa 
loyda yayov ketish! Axir u yerga yetib borganingda 
senga qarab bo‘lmaydi-ku!
– Men esa Jeynga qarab turishim mumkin bo‘la-
di, aslida, muhimi ham shu.
– Lizzi, balki otlarni olib kelarmiz?
– Hech ham kerak emas. Qaytaga maza qilib yurib 
ketaman. Oldingda aniq maqsad bo‘lganda yo‘lning 
uzoqligi bilinmaydi. Atigi taxminan uch milgina-ku! 
Tushlikkacha uyda bo‘laman.
– Yaqin odamingga yordam berishga tayyorliging-
dan hayratdaman, – dedi Meri. – Lekin ko‘ngilning 
har bir istagini aql tarozusiga solib ko‘rish kerak.
– Meritongacha sen bilan birga boraylikmi? – 
so‘rashdi Ketrin va Lidiya.
Elizabet rozi bo‘ldi va uchala qiz uydan birga 
chiqib ketishdi.
– Agar shoshilsak, balki kapitan Karter ketgun-
cha ulgurarmiz, – dedi Lidiya.
Meritonda ular xayrlashishdi. Singillari zobitlar-
dan birining xotini oldiga ketishdi, Elizabet esa bir 
daladan ikkinchisiga o‘tib, tez yurib ketdi. Loy va 
chuqurlardan sakrab o‘tib, Nezerfildga yetib kel
-
ganda u juda charchagan, kiyimlari loy bo‘lib, yuz-
lari tez yurganidan qip-qizarib ketgan edi.
Uni Jeyndan boshqa barcha yig‘ilgan nonushta 
qilinadigan xonaga olib kirishdi. Elizabetning kelishi-


41
dan hamma hayratga tushgan edi: mister Binglining 
singillari uchun uning shunday vaqtli, shunday 
havoda va yana uch milni yolg‘iz bosib kelishi isho-
nib bo‘lmaydigan voqea edi. Ular qizni xursanddek 
kutib olishgan bo‘lsa-da, Elizabet ularga bu juda ham 
yoq maganini sezib turardi. Mister Binglining o‘zini 
tutishida esa oddiy iltifotdan ko‘ra yuqoriroq nimadir 
bor edi: minnatdorchilik va hurmat sezilib turardi. 
Mister Darsi ko‘p gapirmadi, mister Xyorst esa umu-
man hech nima demadi. Mister Darsi qiz tez yurib 
kelganidan ko‘zlari chaqnab ketgani haqida va shun-
cha yayov yo‘l bosib kelib to‘g‘ri qilganmi yoki yo‘qligi 
to‘g‘risida o‘ylayotgan edi. Mister Xyorstning esa fikr-
zikri nonushtada edi.
Jeynning sog‘lig‘i yaxshi emasdi. U kechasi o‘zini 
yomon his qilgan va hozir o‘rnidan turgan bo‘lsa-da, 
xonasidan chiqa olmayotgan edi. Elizabetning iltimo-
siga ko‘ra, uni bemorning xonasiga olib kirishdi. Sing-
lisining kelishi Jeynni xursand qilib yubordi. U uyi-
dagilarni ortiqcha xavotirga solmaslik uchun xatida 
singlisini ko‘rgisi kelganini yozmagan edi. U umuman 
gapira olmayotgan edi. Miss Bingli qizlarni xonada 
qoldirar ekan, Jeyn zo‘rg‘a bu yerda unga qilishayot-
gan g‘amxo‘rliklari uchun minnatdorchilik bildirdi. 
Elizabet indamay opasiga qarasha boshladi.
Nonushtadan so‘ng ularning oldilariga yana mis-
ter Binglining opa-singillari kirishdi va Elizabet ular 
Jeynga ko‘rsatayotgan e’tiborlarini ko‘rib, juda xur-
sand bo‘ldi. Chaqirtirilgan doktor bemorning qattiq 
shamollaganini aytib, unga bir necha kun o‘rinda 
qimirlamay yotishni buyurdi va dori berib yubo-
rishini aytib, jo‘nab ketdi. Uning aytganlarini qilish-
ga darhol kirishildi, chunki isitma va bosh og‘rig‘i 
kuchayayotgan edi. Elizabet bir daqiqa bo‘lsa-da, 
opasini yolg‘iz qoldirmadi. Boshqa ayollar ham shu 
yerda bo‘lishdi. 


42
Soat uchlarda Elizabet endi ketishi kerakligini his 
qilib, xohlamaygina Jeynga bu haqda aytdi. Miss 
Bingli unga ekipaj taklif qildi va u ketishga hozirlanar 
ekan, Jeyn uning ketayotganidan xafa bo‘lib qolgani
-
ni ko‘rgan miss Bingli Elizabetni Nezerfildda yana bi
-
roz qolishga taklif qilishga majbur bo‘ldi. Taklif qabul 
qilinib, kerakli kiyimlarni olib kelish va uyga xabar 
berish uchun Longbornga odam yuborildi. 

Download 3,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish