5.39. IBL - 94 kV tortish tizimi–тяговаясистема ДБЛ – 94 кВ -
traction system (two-wire longitudinal lines) - 94 kV
- 94kV kuchlanishli
va 50(60) Hz chastotali qo‘shimcha ikkita simli bo‘ylama liniyaga ega
bo‘lgan tortish elektr ta’minoti tizimibo‘lib, uning kontakt tarmog‘idagi
nominal kuchlanishi 25 kV, qo‘shimcha simning kontakt tarmog‘iga
nisbatan kuchlanishi esa 66 kV ni tashkil etadi. O‘zgaruvchan tok tortish
tarmog‘i samaradorligini yanada oshirish, 27,5 kV va 2x27,5 kV kuchlanishli
tortish tizimlaridagi kamchiliklarni keskin kamaytirish maqsadida Rossiya
Federatsiyasi Moskva davlat temir yo‘llar universiteti (MIIT) olimlari
tomonidan simmetriyalovchi transformator (ST)larga ega bo‘lgan
bosh(tayanch)
tortuvchi
nimstansiya(BTN)lari,
66,5+27,5=94
kV
kuchlanishli ikkita simli bo‘ylama liniyalari va bir fazali transformatorlar
o‘rnatilgan oraliq tortuvchi nimstansiya(OTN)laridan tashkil topgan tortish
elektr ta’minoti (IBL-94 kV) tizimi taklif etilgan. Bunday tizim
sxemalarining bitta varianti 5.12- rasmda keltirilgan.
Bu sxemada bosh (ta’minlovchi) tortuvchi nimstansiya BTN tortish
elektr ta’minoti tizimini tashqi elektr ta’minoti tizimi bilan bog‘lab turuvchi
yagona zveno hisoblanadi. BTN quvvati 63...80 MVA oralig‘ida bo‘lgan
STlar bilan jihozlangan. Tortish tarmog‘i chap va o‘ng yelka ikkita simli
liniyalar (liniya simlari o‘rtasidagi kuchlanishi 93,9 – 94 kV), quvvati 16 – 25
MVA bo‘lgan bir fazali transformatorlar o‘rnatilgan oraliq tortuvchi
nimstansiyalarni o‘z ichiga oladi. Bu transformatorlarning quvvati tashiluvchi
yuklar hajmi va ta’minlovchi tortuvchi nimstansiyalar orasidagi masofaga
qarab tanlanadi. Ikkita simli liniyalar kontakt tarmog‘i tayanchlari bo‘ylab
164
tortiladi. Ehtiyojga qarab kontakt tarmog‘i 27,5 kV kuchlanish tomonida
ekranlovchi va kuchaytiruvchi simlar bilan kuchaytirilishi mumkin.
BTN dan kontakt tarmog‘iga 27,5 kV, bo‘ylama elektr ta’minoti
liniyalariga esa 94 kV kuchlanishlar beriladi. 5.12-rasmdagi sxemada ST
ning tortish zanjiri tomonida chulg‘amlar ulanishining ikkita bir – biriga
o‘xshash bo‘lgan simmetriyalovchi strukturalarinazarda tutilgan (5.13-rasm).
1,
3,
5
chiqishlarga
ega bo‘lgan birinchi struktura tortuvchi
nimstansiyalardagi transformatorlar o‘rnini bosish uchun nazarda tutilgan. Bu
yerda 1 – 5 va 3 – 5 chiqishlar orasidagi kuchlanishlar 27,5 kV dan bo‘lib,
ular faza jihatdan o‘zaro
ga siljigan. Ikkinchi struktura (2, 4, 5
chiqishlar) birinchisiga o‘xshash va u bilan umumiy chiqish (5) ga ega.
Ushbu umumiy chiqish relslar(yer)ga ulangan. 2 – 5 va 4 – 5 chiqishlar
orasidagi kuchlanishlar
kV dan. 1 va 2 chiqishlardan ta’minlanayotgan
ikkita simli liniya o‘rtasidagi kuchlanish 93,9 kV, 1 chiqish va yer orasidagi -
27,5 kV, 2 chiqish bilan yer orasidagi - 66,4 kV, 3 va 4 chiqishlar orasidagi -
93,9 kV, 3 chiqish bilan yer orasidagi – 27,5 kV, 4 chiqish bilan yer orasidagi
- 66,4 kV
.
1 – 2 va 3 – 4 chiqishlar orasidagi kuchlanishlar faza jihatdan
ga siljigan bo‘lib, u transformatorni simmetriyalovchi effektini ta’minlaydi.
IBL-94 kV tortish elektr ta’minoti tizimi quyidagi afzalliklarga ega:
1)
tashqi
elektr
ta’minoti
tizimiga
ulanadigan
tortuvchi
nimstansiyalar soni keskin kamayadi, seksiyalash postlariga ehtiyoj
bo‘lmaydi, xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar to‘la tarkibda faqat BTN larda
bo‘ladi, OTN larda ularning soni minimumga tushadi, elektr energiyasini
hisobga olish faqat BTNlarda tashkil etiladi;
2) BTN lar orasidagi masofaning uzoqligi ular orasida yuzaga keladigan
muvozanatlovchi toklarni deyarli nolgacha kamayishiga olib keladi, tortish
tizimida hosil qilingan maksimal simmetriyalovchi effekt hisobiga BTN
ta’minlovchi yelkalaridagi yuklamalar bir tekisligi ta’minlanadi;
3) OTN lar yuqori kuchlanishli IBL-94 kVdan ta’minlanishi natijasida
tortish yuklamasini elektr energiyasi bilan ta’minlashda shunday rejim
hosilqilinadiki, uning natijasida tortish yuklamalarini ta’minlashda IBL-94
kV ning tegishli yelkasiga ulangan barcha OTNlar ishtirok etadi. Natijada
elektr energiyasi quvvatidan samarali foydalanish hisobiga BTNlarning
o‘rnatilgan quvvatlari sezilarli darajada kamaytiriladi.
0
90
3
115
0
90
165
5.12- rasm. IBL-94 kV tizimi sxemalarining bitta varianti
5.13-rasm. Simmetriyalovchi transformator kuchlanishlari vektor
diagrammasi
166
Shuni aytib o‘tish joizki, IBL-94 kV tizimi chiqish kuchlanishlari 27,5
kVva 66,5 kVbo‘lgan maxsus transformatorlar ishlab chiqarilishini talab
etadi.
Bosh
(tayanch)
tortuvchi
nimstansiyalarida
simmetriyalovchi
transformatorlar o‘rnatilgan tortish elektr ta’minoti tizimi elektr uzatish
liniyalarining konfiguratsiyasi kam rivojlangan hududlardagi temir yo‘l
uchastkalarini elektrlashtirishda joriy etish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |