3. Akkadning yuksalishi. Sargon davlati. Kish hokimining
kichik saroy amaldori, kelib chiqishi quyi tabaqadan bo‘lgan
Sargon (rivoyatga ko‘ra u tashlandiq bo‘lgan va keyinchalik Kish
hokimi saroyida tarbiyalangan) mil.avv. 2316-yilda hokimiyat-
ga kelib, o‘zini «Sharrum-ken» (haqiqiy podsho Sargon – ilmiy
adabiyotda) deb e’lon qiladi (mil.avv.2316–2261-yillar). Lugal-
zagissi podsho hokimiyatini kuchaytirishga urinib, shumer ko-
hinlariga suyandi. U o‘zi ishg‘ol qilgan shumer shahar-davlatla-
rining o‘zboshimchaligini tugata olmadi. Ammo uning 25 yillik
hukmronligidan so‘ng shimoldagi Akkad davlati butun shu-
merni bosib oldi. Sargon (mil.avv. 2316–2261-yillar) va uning
vorislari 150 yil davomida mamlakatni boshqardilar. Tarixda
birinchi marta Sargon 5400 askardan iborat yengil qurollangan
muntazam qo‘shin tuzdi. Lugalzagissi davrida Kish shahar dav-
latida sargon ismli (uning asl ismi Sharrukenu bo‘lgan) amal-
dor fitna uyushtirib, Lugalzagissini taxtdan tushirdi. Rivoyatga
ko‘ra past tabaqadan chiqqan. Yoshligida uni Akku ismli suv
tashuvchi boqib oladi. Usta siyosatchi va sarkarda Mesopota-
miyaning shimoli va janubini tarixda ilk bor birlashtirib, yago-
na davlat tuzdi. Umma hokimi Lugalzagissi Sargon bilan uzoq
urush olib bordi. Sargon kuchli qo‘shin bilan 34 jangdan so‘ng
butun Shumerni istilo qildi. Sargon o‘zining 55 yillik podsholigi
davrida butun Mesopotamiyani Akkad davlati qo‘l ostiga bir-
lashtirdi. Bundan tashqari, u Kichik Osiyo, Kipr, Suriya, Elam
va hatto uzoq Janubiy Erongacha harbiy yurishlar qildi. Sargon
davlati hududiga teng keladigan biror-bir davlat Ahmoniylarga-
cha bo‘lgan bir yarim ming yil davomida bo‘lmadi.
Mesopotamiyadagi oldingi shahar-davlatlardan farq qilgan
holda Sargon davlati markazlashgan davlat edi. Sargon va
uning vorislari davrida mamlakatda iqtisodiyot, pul-tovar mu-
nosabatlari, sun’iy sug‘orishga asoslangan dehqonchilik yuk-
saldi. Podshoning mutlaq hokimiyati urug‘ zodagonlari va
oqsoqollar kengashining kuchli qarshiligiga uchradi. Podsho
ularning qarshiligini sindirish, o‘z hokimiyatini mustahkam-
lash uchun xizmatdagi zodagonlar, amaldorlar, qisman ko-
hinlarga tayanib ish ko‘rdi. Ba’zi shaharlarning merosiy «Ji»
97
(hokim)lari o‘rniga podsho o‘z kishilarini tayinladi. Sargon o‘zi
tashkil etgan muntazam qo‘shinga g‘amxo‘rlik qildi. Qo‘shind-
agi askarlarga harbiy xizmati uchun yer ulushi ajratib berdi.
Qo‘shinning qo‘llab-quvvatlashi natijasida podsho («Sharrum»)
ning mutlaq hokimiyati vujudga keldi. Sargon tashkil qilgan
davlatda hokimiyat to‘la unga tegishli bo‘lib, keyin o‘g‘il va ne-
varalariga meros bo‘lib o‘tishi kerak edi.
Shumer shahar-davlatlarining hududi Sargon davlatining
viloyatlari bo‘lib qoldi. Ularning tepasida turgan ensi yoki lugal
podsho noiblari hisoblanar edi. Ibodatxona xo‘jaligi va mulklari
esa podsho davlat xo‘jaligining bir qismi edi. Sargonning qo‘lida
katta miqdorda iqtisodiy kuch to‘planib, uning yordamida ichki
isyonlar va faol tashqi siyosat yuritish uchun harbiy qismlarni
saqlab turish mumkin bo‘ldi.
Podsholar markaziy hokimiyatni mustahkamlash uchun
merosiy «ensi»larni o‘z o‘g‘illari bilan almashtirdilar. Merosiy
hokimlar oddiy amaldorlar darajasiga tushirildi. Podsho ich-
ki siyosatda kohinlarga suyandi. Kohinlarga ko‘plab imtiyozlar
berildi. Podsho va uning o‘g‘illari ibodatxona kohinlari lavozi-
mini bajarganlar. Sargon davrida yangi kanallar qurildi. Sug‘o-
rish inshootlari umumdavlat miqyo sida rivojlantirildi. Yagona
o‘lchov va og‘irlik o‘lchov birliklari joriy qilindi. Akkad Hindis-
ton va Sharqiy Arabiston bilan savdo aloqalarini o‘rnatdi. Sar-
gon hukmronligining so‘nggi yillarida mamlakatda boshlan-
gan ochlik katta g‘alayonlarga olib keldi. Bu g‘alayon mil.avv.
2270-yilda uning o‘limidan so‘ng, kichik o‘g‘li Rumish tomoni-
dan bostirildi.
Sargonning vorisi Rimush Shumer urug‘ zodagonlarining
markaziy hokimiyatga qarshi ko‘targan isyonlarini shafqatsiz
bostirdi. Isyonchi shaharlarga qarshi Rimush uch marta yurish
qildi. Ri mush isyonchi shaharlar Umma va Derning 13 ming-
ga yaqin aho lisini qirib tashladi. U ichki siyosatda kohinlarga
tayanishga harakat qilib, ularga mo‘l-ko‘l hadyalar qildi. Ammo
Rimush o‘z yaqinlarining fitna qurboni bo‘ldi. Uning ukasi
Manishtushu qator qo‘zg‘olonlarni bostirishga majbur bo‘ldi.
U Elamga ikki marta bostirib kirdi. Fors qo‘ltig‘ining sharqiy
qirg‘og‘i tomon dengiz orqali yurish qildi. U podsho hokimiya-
tini mustahkamlash uchun jamoa yerlarini sotib olib, davlat
yer zaxirasini kengaytirdi. Podsho xo‘jalik tizimining asosini
yaratdi. O‘n besh yillik hukmronlikdan so‘ng, Manishtushu
ham yangi saroy fitnasi natijasida o‘ldirildi. Taxtga uning o‘g‘li,
98
Sargonning nabirasi Naram-Suen (mil.avv. 2236–2200-yillar)
o‘tirdi. Naram-Suen ham podsho hokimiyatini mustahkamlash
uchun isyonchi shaharlar, «ensi»lar, urug‘ zodagonlariga qarshi
muntazam kurash olib borishga majbur bo‘ldi. Akkadning yuk-
salishidan norozi bo‘lgan janubdagi shaharlar qo‘zg‘olon ko‘tar-
di. Bu qo‘zg‘lonlar uzoq vaqt davom etib, zo‘rg‘a bostirildi.
Naram-Suen davrida Akkadning yuksalishi kuzatildi. Meso-
potamiya shaharlari to‘la Sargon sulolasi hukmi ostiga o‘tgach,
Naram-Suen o‘zini «Akkadning qudratli xudosi» deb ulug‘lab,
o‘zini relyefl arda ilohiylik ramzi bo‘lgan shoxli bosh kiyim bilan
tasvirladi. Aholi unga iloh sifatida sajda qilishi lozim edi.
Podsho hokimiyatining mustahkam bo‘lishi uchun kuch-
li qo‘shin, ko‘p miqdorda moddiy boyliklar muntazam ra-
vishda zarur edi. Sargon va uning vorislari shimolda Frotning
yuqori qismi va O‘rtayer dengizi qirg‘og‘iga, janubda Elam va
Fors qo‘ltig‘i qirg‘oqlariga, sharq da Eron tog‘lik hududlariga
harbiy istilochilik yurishlar olib borganlar. Bu yurishlarning
asosiy maqsadi o‘lja olish edi. Naram-Suen Subartu, Elam,
Fors qo‘ltig‘iga, Zagros tog‘larida lulubeylarga qarshi g‘olibona
yurishlar olib boradi. Naram-Suenning yurishlari hozir Luvr
muzeyida saqlanayotgan, Naram-Suen stelasi deb nomlangan
qizil ohaktosh taxtada tasvirlangan. Taxtada o‘z qo‘shini bilan
tog‘ cho‘qqisiga chiqib borayotgan Naram-Suen zagros tog‘lik
qabilalarining jangchilaridan birini mahv qilayotgani tasvirlan-
gan. Naram-Suen «Dunyoning to‘rt iqlimi podshosi» unvoniga
ega bo‘ldi va kohinlar Naram-Suenni «Akkad xudosi» deb tan
oldilar.
Naram-Suenning vorisi Sharkalisharri («Barcha podsho-
lar podshosi», mil.avv. 2200–2176-yillar) taxtga o‘tirdi. Uning
davrida Akkad davlatining yemirilishi boshlandi. Istilochilik
urushlari, haddan tashqari ko‘p sarf-xarajatlar va shahar aho-
lisining g‘alayonlari mamlakat iqtisodiyotini izdan chiqardi.
Akkad podsholigining qudratiga Mesopotamiyaga Zagros
tog‘laridan bostirib kirgan tog‘li qabilalardan bo‘lgan qutiylar
chek qo‘ydi. Boshida Naram-Suen ularni og‘ir janglarda yengib,
mamlakatdan haydab chiqargan edi va o‘zi shu urushda halok
bo‘ldi. Ammo qutiy lar Naram-Suenning vorislari davrida Sar-
goniylar hokimiyatining zaiflashganidan foydalanib, yana Me-
sopotamiyaga bostirib kirdilar. Mamlakat qutiylar tomonidan
talon-taroj qilindi. Shumerning mahalliy hokimlari ularga xiroj
to‘ladilar. Lagash hokimlari qutiylar yordamiga tayanib, boshqa
99
shaharlar ustidan o‘z nazoratlarini o‘rnatishga harakat qildilar.
Lagashning zo‘ravonligi janubiy Mesopotamiyada shahar-dav-
latlarning noroziligiga uchradi va qutiylardan ozod bo‘lish vaqti-
da qo‘shni shahar-davlatlar tomonidan Lagash shahri shafqat-
siz buzib tashlandi.
Qutiylar davrida Lagash hokimi bo‘lgan Gudea (mil.avv.
2137–2117-yillar) o‘zining yozuvlari va haykallari bilan ma’lum.
Uning davrida Ningirsu xudosi ibodatxonasi atrofida yagona
ibodatxona xo‘jaligi tashkil etilgan. Gudea bu xudo uchun oli-
nadigan maxsus soliq joriy qildi va qurilish majburiyatini kirit-
di. Gudea Hind daryosi havzasi viloyatlari bilan savdo qildi va
Elam bilan urush olib bordi.
Do'stlaringiz bilan baham: |