Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi



Download 3,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/345
Sana29.12.2021
Hajmi3,16 Mb.
#84336
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   345
Bog'liq
jahon tarixi i qism. qadimgi sharq yunoniston rim

3. Sais davri madaniyati. Bu davrda misrliklar bir qancha 

qo‘shni xalqlar bilan aloqa qilib, madaniy jihatdan ularga an-

cha ta’sir ko‘rsatadi va o‘z navbatida, ulardan ham ko‘p yutuq-

larni o‘rganadilar. Misr bilan Egey dunyosi, Old Osiyo va Nu-

biya o‘rtasida o‘zaro madaniy aloqa va ta’sir tobora kuchayib 

boradi. Bu davrda Misrning siyosiy ta’siri kamayib, o‘zining 

chet ellardagi yerlaridan mahrum bo‘ladi. Misr boshqa mam-

lakatning ta’siriga uchrab, istilo qilingan so‘nggi davrda ham 

uning qo‘shnilar bilan madaniy aloqalari saqlanib qolgan edi.

 

Liviyalik, osuriyalik va efiopiyalik istilochilar Misrning yuksak 

qadimgi madaniyatini bir qadar ta’siriga tushmasligi mumkin 

emas edi. Madaniy jihatdan qoloq bo‘lgan liviyaliklar va efiopiya-

liklar Misrni istilo qilganlaridan so‘ng, bir vaqtlar giksoslar 

singari Misr madaniyati ta’siriga tushib qoldilar.

Misrni istilo qilib, u yerda o‘z sulolalarini barpo etgan liviya-

lik  va  efiopiyalik  podsholar  Misr  fir’avnlari  unvonlarini  qabul 

qildilar. Ular Misr xudolariga sig‘indilar. Misr yozuvlari namu-

nasida o‘z yoz uvlarini yaratdilar. Ular o‘zlaridan oldin o‘tgan 

Misr  fir’avnlarining  rasm-rusmlariga  taqlid  qildilar.  Chunon-

chi, Taxarka o‘zini «Gorgon – ikki tojining egasi» deb e’lon qiladi. 

Nubiya oldin ham Misrning madaniy ta’siri ostida edi. Efiopi-

yaliklar Misrni bosib olgan vaqtda esa, bu ta’sir yanada kucha-

yadi. Misr ibodatxonalarining Nubiya hududlarida saqlanib 

qolgan ko‘pgina xarobalari Misr madaniyati Nubiyaga naqadar 

kuchli ta’sir qilganligidan dalolat beradi. So‘nggi meroit alifbosi 

ham Misrning «demotik» yozuvi asosida vujudga kelgan.

Misr madaniyati Old Osiyo o‘lkalari asosan Falastin, Fini-

kiya va Suriyaga, hattoki Kipr oroligacha yetib borgan. Finikiya 

va Falastin hududlaridan misrliklar san’atidan dalolat beradi-

gan ko‘pgina madaniy yodgorliklar topilgan. Finikiyada Misr 

xudolarining, xususan, Tot, Ptax, Xatxor, Gor va asosan Osiris 

kabi xudolarning ta’siri kuchli bo‘lgan. Aytishlaricha, xudo 

Osirisning jasadi solingan tobutni yoki uning boshini dengiz 



63

to‘lqinlari Bobil shahri devoriga olib kelib qo‘ygan emish. Qa-

dimgi yahudiylarning «Tavrot»ida to‘plangan dunyoviy va diniy 

manbalarda qadimgi Misrning ta’siri g‘oyat kuchlidir. Aton 

sha’niga aytilgan bir madhiya Dovud surasidagi oyatlardan 

biriga o‘xshaydi. Misrliklarning lirikasi Tavrotdagi «Qo‘shiqlar 

qo‘shig‘i» ga yaqin keladi. Misrliklarning «nasihatnoma va karo-

matlari» Tavrot adabiyotidagi va boshqa unga o‘xshash asarlar-

da aks etgan.

Misrning qadimgi madaniyati. Mil.avv. V asrdan yunonlar 

Misr ning va sharqning bir necha minglik ilm-fan va madaniy  

yutuqlarini o‘zlashtirib oldilar. Mil.avv. VIII asrdan boshlab o‘zla-

rining ilk davlat va jamiyatlarini qurishni boshlagan yunonlarga 

juda kuchli ta’sir ko‘rsatgan. Yunonlar Misr kohinlarining qa-

dimgi donishmandligiga, Misrdagi hashamatli, ulug‘vor ibodat-

xonalari tilsimlariga va zeb-ziy natlariga maftun bo‘lgan edilar.

Yunon dostonlaridan biri «Iliada»da Misrdagi Fiva shahrining 

100 ta eshigi bo‘lib, har bir eshikdan ot mingan va jang aravasi 

haydagan 20 ta botir yonma-yon bir qator tizilib, bemalol chiqib 

ketishi mumkinligi aytiladi. Yunon xudosi Apollonning oldin-

gi haykallari gavda sining old tomoni va shu davrdagi boshqa 

haykallarga xos bo‘lgan belgi – kulib turish Misr haykallariga, 

xususan, Sais davri haykallariga juda mosdir. Yunonlarning 

Misrga kelishiga keng yo‘l ochgan Sais fir’avnlari yunon madani-

yatiga ham Misr darvozalarini ochib berdilar. Yunon rassomlari, 

hunarmandlari o‘zlari ishlagan buyumlari, san’at asarlari bilan 

Misrni to‘ldirib yubordilar. 

Yunon va Misr san’atining o‘zaro ta’siri jarayoni kuchayadi. 

Misrga qo‘shiqchi va shoirlar – Orfey, Musey, Gomer, Dedal, Li-

kurg va Solonlarning sayohat qilgani to‘g‘risida afsonalar mav-

jud. Yunonlar ning vaza san’atida Afrika, Misr motivlari: lotos, 

raqsga tushayotgan negrlar, Misr ma’bud va ma’budalari keng 

tasvirlangan. Gerodot Misr tarixini o‘z sayohatidan olgan taas-

surotlari, odamlardan eshitgan hikoya, qissa, ertaklar asosi-

da yoritishga urinadi.Yunonlarning Misrdagi yagona koloniyasi 

Navkratisda yunon hunarmandchiligi yaxshi rivojlanadi. 

San’atdagi badiiy realizm mil.avv. VI asrda o‘zining yuqori 

cho‘q qisiga yetadi. Misrning shu zamonga xos o‘ymakor rasm-

larida rassom odam gavdasining yon tomonini tasvirlab, yuza 

qismiga odamlar va buyumlarni erkin joylashtiradi. Bu davrda 

Misrda portret haykaltaroshligi badiiy jihatdan yuksak rivoj-



64

lanadi. Imxotep haykalining bosh qismi va kohin haykalining 

yashil shiferdan yasalgan bosh qismi portret haykaltaroshli gi-

ning eng nodir namunalaridan hisoblanadi.

Shu davrda Misrda boshqa diniy e’tiqodlarning kirib kelishi 

ham keng quloch yoyadi. Masalan, Misrga Xanaandan olovga 

qurbonlik – kuydirish odati kirib keladi. Finikiyalik va yahudiy 

kolonistlar Misrda o‘z xudolariga atab ibodatxonalar qurdiradi-

lar. Bularning barchasi ba’zi bir jihatdan misrliklarning diniy 

e’tiqodlari o‘zgarishiga olib keladi. Misrda liviyaliklar hukmron-

lik qilgan davrdan boshlab liviyaliklarning qadimgi ma’budasi 

Neytga sig‘inish kuchayib, liviyalik podsholar va ularning voris-

lari Saisda o‘rnashib qolgan XXVI sulola fir’avnlari bu ma’buda-

ga kuchli e’tibor berdilar. Soqolli, pakana xudo Besga sig‘inish 

Misrda so‘nggi vaqtlarda keng yoyilib, to xristianlik davrigacha 

saqlanib qoldi.

Misr bilan qo‘shni davlatlar o‘rtasida o‘zaro madaniy aloqa-

lar chuqurlashib bordi. Misrning an’anaviylikka asoslangan 

madaniyatida boshqa madaniyatlarning ta’siri sezila boshlan-

di. Bu davrda Misrning qadimgi dini va an’analarini unutilib 

yuborilishiga qarshi kuchli harakat seziladi. Sais sulolasi 

davrida chet elliklar ta’siriga qarshi kurash boshlanadi. Misr-

ning ilk gullab-yashnagan davridagi qadimgi davlat ko‘rinish-

larini shu davrdagi til, yozuv, san’at va dinni tiklash, xullas, 

hamma sohada Misrni an’anaviylikda qayta tiklash boshlanib 

ketadi. Misr kohinlari din va turmush sohasida chet elliklar-

ning ta’siriga qarshi bir qancha taqiqlar kiritish yo‘li bilan Misr 

xalqini va birinchi navbatda, o‘zlarini chet elliklar ta’siridan 

himoya qilishga urindilar. Gerodotning yozishicha: «Misr ning 

na erkagi, na xotini hech qachon yunon bilan labini-labi ga 

qo‘yib o‘pishmas, yunon odamining pichog‘i, qoshig‘i, qozoni-

ni tutmas, hattoki yunon odamining pichog‘i bilan chopib 

so‘yilgan halol mol go‘shtini ham yemas edi». Urf-odatlar-

ning ado etilishidagi qat’iy talablar, ba’zi bir ovqatlarni yeyish-

ni man qilinishi misrliklarni chet elliklardan uzoqlashtiradi. 

Ko‘pdan-ko‘p unutilgan urf-odatlarni tiklash, ularni davom 

ettirish, to‘la-to‘kis urf-odatlarga rioya qilish o‘sha davr 

 

yozuv va adabiy yodgorliklarida, san’at asarlari va diniy 



rasm-rusumlarda ochiq sezilib turadi. Alifbo yozuvi belgilari-

ning keng tarqalishiga va ish hujjatlarini yozishga qulay bo‘lgan 

yozuvning, ya’ni demotikaning sodda bo‘lishiga qaramasdan, 



65

murakkab va qadimgi iyeroglif yozuv tizimi saqlanib qoladi va 

hatto bir muncha murakkablashadi. Diniy matnlarda Qadim-

gi podsholik davridagi piramidalardan olingan matn parcha-

lari uchraydi. Qadimgi misrliklarning xudolari bo‘lgan Isida va 

Osirisga sig‘inish keng tarqala boshlaydi.

Yaxmos II zamonida yashagan va bir qancha yuqori 

mansablarni egallagan Pefnefdineyt nomli bir mansabdor yigit 

o‘zini Abidosda Osiris ibodatxonasini tiklash va kengaytirishda 

ko‘rsatgan xizmatini batafsil yozib qoldirgan: «Xarob bo‘lib ket-

gan muqaddas yozuvlar uyi ni yana qaytadan tikladim va Osiris 

sharafiga qilinadigan nazr-niyozlar ro‘yxatini, hamma yozuvlar-

ni tartibga soldim», – deb g‘urur bilan so‘zlaydi. Ammo Misrda 

turli hayvonlarga sig‘inish, jumladan, Bubastisda izzat qilin-

gan ma’buda Bastetga bag‘ishlangan, muqaddas ho‘kiz (Apis)

lar bilan muqaddas mushuklarga sig‘inish so‘nggi vaqtlarda 

keng tarqaladi. Muqaddas hayvonlarning katta qabrlari va hay-

vonlarning hozirda misrshunoslik muzeylarida saqlanadigan 

ko‘pdan-ko‘p haykalchalari va tasvirlari bundan dalolat beradi.

Bu davrda afsun-sehrgarlik ham keng yoyilgan. San’at 

va adabiyotda uzoq o‘tmishni qayta tiklash, eski zamonda-

gi an’analarga, turmush-tarziga taqlid qilish harakati bosh-

lanadi. Tasviriy san’at sohasida Qadimgi podsholik zamoni-

dagi badiiy asarlarga taqlid qi lish, ba’zan esa to‘g‘ridan-to‘g‘ri 

ulardan nusxa olishga intiladilar. Bularning barchasi qadimgi 

madaniyatni sun’iy ravishda tiriltirish bilan mazkur davrdagi 

madaniy-iqtisodiy shakllar o‘rtasida katta ziddiyatlar tug‘ilishi-

ga sabab bo‘ladi. Mil.avv. 525-yilda Misrni Eron davlati bosib 

oldi. Biroq Misr madaniyati yo‘q bo‘lib ketmadi. Bu madaniyat 

qo‘shni xalqlarning, ayniqsa, yunonlarning madaniy taraqqi-

yotiga juda kuchli ta’sir qildi.


Download 3,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   345




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish