Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi



Download 3,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet175/345
Sana29.12.2021
Hajmi3,16 Mb.
#84336
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   345
Bog'liq
jahon tarixi i qism. qadimgi sharq yunoniston rim

 2. Qadimgi yapon davlatlari. Qadimgi yapon madaniyati 

o‘ziga xosligi, an’analarga sodiqligi va sirli ekanligi bilan juda 

qiziqarlidir. Qadimgi yaponlar o‘ziga xos san’at, adabiyot va dun-

yoqarashni har xil va turli xil bosqichlardagi unsurlar asosida 

yaratdilar. Bu madaniyat barcha zamon va makonda o‘z qudra-

ti va jozibasini yo‘qotmay keldi. Orollarda shakllangan yapon 

sivilizatsiyasi turli davrlarda bu yerga ko‘chib kelgan, qit’adan 

ajralgan holda mahalliy iqlimga moslashgan turli etnos larning 

qo‘shilib ketishi oqibatida vujudga keldi.

 Yaponiyaning eng qa-

dimgi aholisi ehtimol protoyapon qabilalari hamda kelib chiq-

ishi malay-polinez qabilalari bo‘lgan. Yaponiya orollarida mil.

avv. III ming yillikda qadimgi neolit madaniyati tarqalgan. Ya-

poniya orollarda joylashgan bo‘lsa-da, qadimgi Sharqiy Osiyo 

bilan yaqin aloqada bo‘lgan. 

Mil.avv. I ming yillikning ikkinchi yarmida yapon orollariga 

Koreya yarim oroli orqali qabilalar migratsiyasi boshlangan. Bu 

qabilalar Kyusyu orolining shimoli, Xonsyu orolining janubida 

ko‘pgina qabrlar qoldirganlar. Migrantlar o‘zlari bilan jez qu-

rollari, ot va sigirlarni olib keldilar. Eng muhimi, sug‘orma sho-

likorlik texnikasi bilan kirib keldilar. Yaponiyada dehqonchilik 

so‘nggi neolit davridan ma’lum bo‘lib, u asosan tariq, grechixa 

va bir qism quruq sholikorlik bo‘lib, uncha katta bo‘lmagan 

xo‘jalik faoliyatidan iborat bo‘lgan. Aholi qirg‘oqbo‘yi baliqchili-

gi, terimchilik va ov bilan shug‘ullangan. Sug‘orma sholikorlik-

ning tarqalishi yangi xo‘jalik madaniyatining shakllanishiga 

olib keldi. 

Misrda metall asri mil.avv. IV ming yillikda boshlandi. Qo‘shni 

Xitoydan Yaponiyaga jez qurollar mil.avv. XIII asrda tarqaldi. 

Mil.avv. III asrda Chjou va Xan davlatlarida temir qurollardan 

foydalanildi. O‘rta Osiyoda temir davri mil.avv. IX–VIII asrlarda 

boshlandi. Ular bilan taqqoslaganda, Yaponiya neolit davriga 



303

kech o‘tdi. Yaponiyada jez va temir qurollar bir vaqtning o‘zida 

mavjud edi. Xitoydagi Xan sulolasi davrida temir qurollar Xitoy 

orqali Yapon orollariga ham yetib keldi. Yaponiya Xan madani-

yati orqali tosh asridan birdaniga temir asriga o‘tdi. 

Yapon tarixshunosligida olti asr (mil.avv. III asrdan milodiy 

III asr gacha) «Yayoy» davri (ilk bor Tokiodagi bu madaniyat-

ning qoldiqlari topilgan joy nomi bo‘yicha) deb ataladi. Yayoy 

madaniyati hayotining asosi sug‘orma dehqonchilik bo‘lgan 

barqaror jamoaning shakllanishi bilan ajralib turadi. Jezdan 

diniy marosim buyumlari bo‘lgan oynalar, qilichlar, qo‘ng‘iroq lar 

va temirdan mehnat qurollari tayyorlangan. Yayoy keramikasi 

paydo bo‘lib, u boshqa keramika madaniyatlaridan farq qilgan. 

Mil.avv. I ming yillik o‘rtalarida Yaponiyadagi barcha qabilalar 

urug‘-jamoa tuzumida yashaganlar. Bu davrda sug‘orma sho-

likorlik va metallga ishlov berish boshlandi.

 Mil.avv. III asr oxirida tuzilgan «Vey Chji» asarida sholi 

ekishga o‘tish jarayoni turli hududlarda uzluksiz yuz bergani 

to‘g‘risida ma’lumot beriladi. Sug‘orma dehqonchilikning 

paydo bo‘lishi urug‘-jamoachilikni yemirilishi, mulkiy ta-

baqalanishga olib keldi. «Vey Chji» asarining muallifi Yaponi-

yada «ekinlardan sholi, kanop, tut daraxtlari o‘stiriladi», «Iki, 

Susima orollarining aholisi janubga boradilar» deb ma’lu-

mot beradi. Bu manba Yaponiyada odamlarning o‘z badani-

ni bo‘yash (tatuirovka qilish) an’anasi keng tarqalganini 

baliqchilik kasbi bilan bog‘laydi: «Ular suvda baliq tutadilar, 

chig‘anoqlarni teradilar va katta baliq, qushlarni qo‘rqitish 

uchun tatuirovka qiladilar». Mil.avv. I asrlarda jez qurollar 

tarqalgan bo‘lsa-da, qishloq xo‘jaligida asosan mehnat qurol-

lari yog‘och va toshdan qilingan. Yer motiga bilan ishlanib, 

hosil yarim oy shaklidagi tosh o‘roqlar bilan o‘rilgan. Pro-

toyapon qabilalarining xo‘jaligi va moddiy madaniyatiga oid 

arxeologik ma’lumotlar bilan birga, qadimgi Xitoy yilnoma-

lari ham qiziqarli ma’lumotlar beradi. 

Yaponiyada jez davri ko‘p sonli protodavlat birlashmalari 

tashkil topgan vaqt bo‘lib, ulardan eng kichiklari faqat bir necha 

ming «hovli»dan iborat bo‘lgan. Shu bilan bir vaqtda, ularning 

birlashuv jarayoni boradi. Agar mil.avv. I asrda davlatchalar 

soni yuzdan ortiq bo‘lsa, milodiy III asrda «Vey Chji» manba-

si faqat ulardan 30 tasini eslatadi. Bu «davlatlar» hokimiyat 

uchun kurashda Xan imperiyasini qo‘llab-quvvatlashiga umid 

qilib, u bilan aloqa o‘rnatganlar. Qadimgi Xitoy xronikalari mil.




304

avv. I asrda «Va odamlari» Koreya yarim orolidagi Xan okrugi 

amaldorlariga sovg‘alar bilan kelganligi to‘g‘risida ma’lumot be-

radi. Keyinchalik Yaponiyadan Xan saroyiga elchilar kela bosh-

laydi. Mil.avv. 56-yilda Loyandagi imrerator Guan U-di saro-

yida shunday elchilardan biri qabul qilinib, unga muhr taqdim 

qiladilar. Muhrda «Xanga bo‘ysunuvchi Va davlati hokimi» 

 

yozuvi bitilgan. Bu qadimgi Xitoyning Xan tipidagi muhridir. 



Yaponiyada davlatchilikning shakllanishi milodiy III–IV asr-

lar bilan belgilanadi. Bu davrda Yapon orollarida bir necha kat-

ta-kichik davlatlar tashkil topdi. Bu vaqtda Janubiy Kyusyu 

orolidagi qabilalar ittifoqi Markaziy Yaponiyaga istilochilik 

yurish larini boshladilar. Bu yurishlar natijasida Yamato dav-

lati shakllandi va u yetakchilik rolini o‘ynashga harakat qildi. 

Xonsyu oroli va uning atrofida Yamato davlatining to‘la hukm-

ronligi o‘rnatildi. Yamato malikasi 238-yilda Shimoliy Xitoyda-

gi Vey imperiyasi bilan aloqa o‘rnatdi va yuborilgan sovg‘alar 

uchun «Veyga do‘st Va malikasi» deb yozilgan oltin muhrini 

oldi. Yamato davlatida ma’muriy tizim shakllangan bo‘lib, aso-

siy hududiy birlik provinsiya bo‘lgan. Manbada «Har bir provin-

siyada bozor bo‘lib, u yerda hukumat amaldori nazorati ostida 

savdo qilinadi» deyiladi. Yamato hududida yagona soliq tizimi 

joriy qilinganligi to‘g‘risida ma’lumotlar mavjud. Yamatoning 

boshqa yapon davlatlari o‘rtasida alohida o‘rin tutgani to‘g‘risi-

da ma’lumotlar bor. Yamato hukmdorining kelib chiqishi ilohiy-

lashtirilgan. U Quyosh ma’budasi Amaterasu avlodi hisoblan-

gan. Uning hokimiyatini muqaddas ramzi qilich, yashma bezagi 

va jez oyna bo‘lgan. 

 Qadimgi Xitoy manbalarida ko‘rsatilgan mahalliy aholi ki-

yimlarini o‘ziga xos xususiyatlari, uy-joylar qurilishidagi jihoz-

lar, qoziqlar ustidagi uylarning tasvirlari bu davr protoyapon 

qabilalari madaniyatining janubdan kelib chiqqani belgilarini 

ko‘rinadi. Mil.avv. I ming yillikning so‘nggi asrlarida Yaponiya 

hududida turli xil madaniy ekinlardan, dehqonchilik unsurlari-

dan asta-sekin so‘nggi davr yaponlariga tegishli o‘ziga xos xo‘ja-

lik ko‘rinishi shakllanadi. 

Xitoy tilidagi yodgorliklar protoyaponlarni «Va odamlari» deb 

ataydi. Manbada ularning ijtimoiy tuzumida tabaqalanishning 

chuqurlashgani ko‘rinadi: «Xalq ichida tengsizlik mavjud. Bir 

kishi ikkinchisiga bo‘ysunadi». Manbalarga ko‘ra, jamiyatda zo-

dagonlar, oddiy aholi va qullar mavjud bo‘lgan. Qulchilik man-

balaridan biri jamoada qarindoshlarni qul qilish bo‘lgan. 




305

Yaponiyaning qadimgi tarixini arxeologik davrlashtirishda 

IV–VII asrlar «qo‘rg‘onlar davri» («Kofun driday») deb ataladi. Bu 

ilgari Yaponiya uchun noma’lum bo‘lib, III asr oxiridan hudud-

da paydo bo‘lgan dafn qilishning o‘ziga xos qabr-qo‘rg‘onlari bi-

lan bog‘liq. Yaponiyadan o‘n mingga yaqin shunday qo‘rg‘onlar 

topilgan.

«Qo‘rg‘onlar davri»da Yaponiya hududida jez mehnat qurol-

lari bilan bir vaqtda, temir qilich va temirdan yasalgan mehnat 

qurollari keng tarqaladi. Shu bilan birga, IV–VIII asrlar madani-

yatini o‘tgan davrlar madaniyatidan ajratib turadigan yana bir 

xususiyat mavjud. Bu davrda chavandozlik, otda yurish san’ati 

bilan bog‘liq o‘ziga xos an’analar yapon orollariga kirib keladi. 

Bu davrga oid Yapon orollaridagi arxeologik topilmalar – uzangi, 

egar va boshqa ot anjomlari Koreya va Shimoliy Xitoydan topil-

gan buyumlarga o‘xshaydi. Jilovlangan ot zodagonning faxr-if-

tixori bo‘lgan. Jilovlangan ot kichik hajmda, juda tabiiy ko‘ri-

nishda mayda loy haykalchalarda ifodalangan. Odatda, qabrga 

qo‘yilgan bu haykalchalar «xaniva» deb atalgan. Qabr-qo‘rg‘on-

lardan topilgan dafn marosimi buyumlari namunalari orasida 

uylar, ibodatxona, ko‘zalar, qurollar, qushlar, kohinlar, askar-

lar tasvirlari bor. Bu tasvirlar bo‘yicha qadimgi yaponlarning 

moddiy-ma’naviy hayotining o‘ziga xos xususiyatlari qayta 

tiklandi. Yapon tarixchilarining fikriga ko‘ra, «qo‘rg‘onlar davri-

da» Yaponiyaga Markaziy Osiyodan ko‘chmanchi qabilalar kirib 

keladilar va ular davlatlarni barpo etadilar. 

Yaponiyada qo‘rg‘onlarning qurilishi ajdodlar ruhiga, qu-

yoshga sig‘inish bilan bog‘langan. Ajdodlar ruhiga sig‘inish 

davlat hokimiyati darajasida, hukmron urug‘ning asoschi-

si Quyosh ma’budasi Amaterasuga sig‘inishda o‘z ifodasi-

ni topdi. Ilk sintoizm xudolar panteoniga – urug‘ ajdodlari 

ruhlari, ilohlari kirgan. Bundan tashqari, joylarda ko‘p sonli 

landshaft ilohlariga ham si’g‘inilgan. Qadimgi yapon rivoya-

tiga ko‘ra, dunyo qorong‘ilik qa’riga cho‘kkanda, Amaterasu 

samoviy g‘orga yashirinadi va xudolar uni sehr usullari yor-

damida boshpanasidan chiqarib olmaguncha, g‘orda o‘tiradi. 

Tarixiy va yarim afsonaviy voqealar qayta ishlanib, «Kodziki» 

va «Nixon syoki» nomli to‘plamlarga kiritildi. Bu to‘plamlar 

sinto mifologiyasi asosida umumdavlat mafkurasini yara-

tishda muhim bosqich bo‘ldi va Yaponiyaning keyingi rivoj-

lanishiga qulay shart-sharoit yaratdi. Birinchi bor jamiyat-

ning turli sohalarini qamrab oladigan qonunchilik «Tayxoryo» 




306

shakllandi. Jamiyatning iqtisodiy asosi bo‘lgan yerning yago-

na egasi davlat edi. 

Yapon diniy e’tiqodi uzoq vaqt mobaynida shakllandi. Ibti-

doiy jamoa davrida ilk diniy tasavvurlar animizm, fetishizm 

va magiya mavjud edi. Yaponiyada magiya ilk ibtidoiy e’tiqod 

shakli bo‘lgan. Odamlar jamoa bo‘lib, turli xil magiya-sehrgar-

lik marosimlarini bajarganlar. Bir manbada shunday ma’lu-

mot keltiriladi: Yamato Ximeko davlati malikasiga «yovuz ruh 

joylashdi va u xalqni zaharladi». Bu dalil ilk davlatlar paydo 

bo‘lganda, ularning hokimlari magiya marosimlarida shomon 

vazifasini bajarganlarini ko‘rsatadi. Davlat boshlig‘i ham bosh-

da turli magiya sehrgarlik marosimlaridagi ijro asosida urug‘ 

jamoa yengilishida saylangan. 

Kyusyu orolining shimolida ulkan jez qilich, nayza, jez 

qo‘ng‘iroqlar topilgan. Ulardan amalda na qurol, na musiqa as-

bobi sifatida foydalanib bo‘ladi. Eh’timol ulardan urug‘ jamoa-

lari magiya marosimlarini o‘tkazishda foydalanganlar. Dehqon-

chilik jamoalarida turli xil sehrgarlik marosimlari yerga ishlov 

berish oldidan va hosilni yig‘ish paytida o‘tkazilgan. 

Hozirgi yapon milliy dini sinto (yapon tilida «xudolar yo‘li») 

asl diniy tasavvurlar va Xitoydagi konfutsiylik va mistik ta’limot 

daosizm ta’siri ostida shakllandi. V asr o‘rtalarida yunon 

hukm dorlari davlat barqarorligini ta’minlash va mafkuraviy 

tarqoqlik 

ni rag‘batlantiradigan sintoning urug‘ va hududlar 

e’tiqodlari kuchini sindirish uchun rivojlangan jamiyat e’tiqodi 

bo‘lgan buddaviylikni qabul qildilar. Buddaviylik dini ehtiyoj-

lariga xizmat qiladigan ibodatxonalar qurildi. Budda va bodxu-

satvalarning haykal tasvirlari va boshqa diniy buyumlar yasala 

boshlandi. Sintoizm bu vaqtda diniy marosimlar o‘tkaziladigan 

inshootlar qurilishi an’analariga ega emas edi. Ilk yapon bud-

da ibodatxonalari janubdan shimolga yo‘naltirilib, Xitoy va Ko-

reya an’analari bo‘yicha qurilgan. Lekin inshootlarning seys-

mologik chidamiga etibor berilgan. Bu hol qurilishda mahalliy 

an’analar mavjud bo‘lganini ko‘rsatadi. Yapon budda ibodat-

xonasida toat-ibodat qiladigan xona bo‘lmagan. Ibodatxona xo-

nalari muqaddas buyumlar saqlanadigan joy vazifasini o‘tagan. 

Nara shahri yaqinidagi ilk budda ibodatxonalaridan biri bo‘lgan 

Xaryudzi ibodatxonasi hozirgacha asl holida saqlanib qolgan. 

Yamato hukmdori Syotoku-taysi VII asr boshlarida davlat ap-

parati va boshqaruv tizimining asosiy shakllarini vujudga kel-

tiradi. U 603-yilda zodagonlik darajasining (rang) yangi tizimini 



307

kiritadi. 604-yilda esa davlatning mafkuraviy asosi qilib, kon-

futsiylik belgilanadi. Hukmron Syotoku-taysi Konfutsiy ta’limo-

tiga ko‘ra, barcha fuqarolar hukmdorga bo‘ysunishlari lozimligi 

to‘g‘risidagi qonunni e’lon qiladi. 607-yilda Syotoku-taysi Xitoy-

ga elchi bilan maktub jo‘natadi. Maktubda shunday yozilgan: 

«Quyosh chiqadigan osmon mamlakati o‘g‘li quyosh botadigan 

mamlakat o‘g‘liga murojaat qiladi». VII asr oxiridan boshlab, 

Yapon davlati eski Yamato nomi o‘rniga Nippon deb atala bosh-

lanadi. Hozirgi «Yaponiya» so‘zi shundan kelib chiqqan. 

Shaharsozlikning rivojlanganligini 710-yilda qurilishi tugal-

langan doimiy poytaxt Nara shahrida ko‘rish mumkin. Shahar 

reja asosida janubdan shimolga 9 ko‘chaga, g‘arbdan sharqqa 

8 ko‘chaga bo‘lingan. 72 hududga bo‘lingan shaharda 200 ming 

kishi yashashi mumkin edi. Savdo-hunarmandchilikning rivoj-

lanishi bilan Yaponiya VIII asrdan o‘z tanga pulini zarb qila 

boshladi.


Download 3,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   345




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish