Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi


UMUMHIND DAVLATINING VUJUDGA KELISHI



Download 3,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet149/345
Sana29.12.2021
Hajmi3,16 Mb.
#84336
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   345
Bog'liq
jahon tarixi i qism. qadimgi sharq yunoniston rim

UMUMHIND DAVLATINING VUJUDGA KELISHI.  

«KLASSIK DAVR» 

(mil.avv. II asr – milodiy V asr)

1.  Mil.avv. VI–III asrlarda Hindiston. Ijtimoiy tuzum. 

2.Mil.avv. VI–III asrlarda ijtimoiy-iqtisodiy hayot. 3. «Klassik 

davr». Janubiy Osiyoning siyosiy tarixi (mil.avv. II asrdan – 

milodiy V asrgacha). 

1. Mil.avv. VI–III asrlarda Hindiston. Ijtimoiy tuzum. 

Hindshunoslik adabiyotida mil.avv. VI–III asrlar buddaviylik, 

urbanizatsiya davri yoki magadxa-mauri davri deb ataladi. Mil.

avv. I ming yillik o‘rtalarida Shimoliy Hindiston jamiyatining 

ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarida keskin o‘zgarishlar yuz ber-

di. Bu o‘zgarishlar to‘g‘risida arxeologik va yozma manbalar, 

ayniqsa, budda manbalari boy ma’lumot beradi. 

Mil.avv. I ming yillik o‘rtalarida Shimoliy Hindistonda o‘n 

oltita katta urug‘ va bir necha o‘n kichik davlat paydo bo‘ldi. 

Mil.avv. VI asr oxirida Ahmoniylar Eroni Hind daryosi vodiysi-

ni bosib oldi. Shu vaqtdan boshlab Hindiston Old Osiyo mam-

lakatlari bilan yaqin madaniy aloqaga kirishadi. Bu vaqtda 

Hindistonning asosiy madaniy-siyosiy markazlari Gang vodiy-

sida edi. Magadxa va Koshala Gang daryosining quyi oqimi-

da, Gang va Yamun oralig‘ida Vatsa, Avanti davlatlari o‘rtasi-

da yetak chilik uchun kurash olib bordilar. Vaqt o‘tishi bilan 

Gang vodiysida ko‘p sonli mayda davlatchalar ichidan Magadxa 

podsholigi birinchi o‘ringa сhiqib oldi. Qadimgi Magadxa (hozir-

gi Janubiy Bixar viloyati hududi) qulay geografik, strategik va 

sav do yo‘llari kesishgan hududda joylashgan. Bu davlat boshqa 

bir necha kichik davlatchalarni birlashtirdi. Mamlakat Hindis-

tonning ko‘plab viloyatlari bilan gavjum savdo qilgan. Magadxa 

qazilma boyliklar, jumladan, metallga boy edi. Uning yangi qa-

dimgi poytaxti Rajagrixa shahri edi. Magadxa podshosi Udain 

davrida (mil. avv 461–445-yillar) poytaxt Pataliputraga (hozirgi 

Patna shahri) ko‘chirildi. Bu shahar butun Hindiston bo‘yicha 

eng katta savdo-hunarmandchilik markaziga aylandi. Keyin 

Magadxa taxtida nand sulolasi qaror topdi va Magadxa katta 




256

imperiyaga aylandi. Nand davlati Maurilar imperiyasini tashkil 

topishi uchun shart-sharoit yaratdi. 

Mil.avv. IV asrda Shimoliy Hindistonda Panjobdan to Benga-

liyagacha bo‘lgan yerlar Mauri urug‘idagi magadxalik zodagon 

Chandragupta (mil.avv. 321–297-yillar) tomonidan bo‘ysundi-

rildi. Maurilar imperiyasining tashkil topishi Hindiston tarixida 

muhim tarixiy voqea bo‘ldi. Qadimgi Hindiston tarixida birinchi 

bor chekka janubdan tashqari, ilk bor butun Hindiston hududi 

birlashgan davlat tarkibiga kirdi. 

Antik mualliflar podsho Chandragupta makedoniyalik Alek -

sandr Shimoliy Hindistonda qoldir gan yunon-makedon garni-

zonlari va uning noiblari bilan urush olib borgani to‘g‘risida 

ma’lumot beradilar. Chandragupta Shimoliy-G‘arbiy Hindis-

tondan to Pataliputra hududlarigacha istilochilik urushlarini 

olib borgan. U Nand sulolasining so‘nggi podshosi bilan urush-

da g‘alaba qozondi va Magadxa hududlarini o‘z davlati tarkibiga 

qo‘shib oldi. 

Taxminan mil.avv. 314-yilda Chandragupta yangi Mauri-

lar sulolasi (mil.avv. 317-yildan mil.avv. 180-yilgacha)ga asos 

solib, o‘z mutlaq hokimiyatini o‘rnatdi. Ammo uning davlati 

uchun Salavkiy lar davlati jiddiy raqib edi. Chandragupta bu 

davlatning g‘ayratli hukmdori Salavk Nikator bilan urush olib 

borishga majbur bo‘ldi. Bir necha yillik urushlardan so‘ng har 

ikki tomon o‘rtasida mil.avv. 303 yoki 302-yilda tinchlik shart-

nomasi tuzildi. Shartnomaga ko‘ra, Maurilar  Aleksandr ilgari 

bo‘ysundirgan Hindiston shimoliy-g‘arbidagi ayrim viloyatlarga 

ega bo‘ldilar (Ariya, Araxosiya, Gedrosiyaning bir qismi va Para-

pamisad qabilalari yerlari). Salavk buning evaziga 500 jango-

var filni oldi. Hindiqush tog‘i Salavkiylar va Maurilar o‘rtasidagi 

chegaraga aylandi. Tinchlik shartnomasidan so‘ng Salavk o‘z 

elchisi Megasfenni Maurilar saroyiga yubordi. Megasfen Mau-

rilar saroyida 5 yil yashab, Maurilar davlati davrida Hindiston-

ning ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, davlat tuzumi to‘g‘risida qimmatli 

ma’lumot larni yozib qoldirgan. Chandraguptaning vorisi Bin-

dusara mil.avv. 297–272-yillarda faol istilochilik urushlari olib 

borib, Afg‘onistonning katta qismi, Belujiston, Shimoliy Hindis-

ton va deyarli Dekan yarim orolini to‘liq bo‘ysundirdi.

Megasfendan so‘ng Maurilar saroyiga Salavkiylarning navbat-

dagi elchisi Deymax keldi. Bu elchilik Bindusara podsholigi 

davriga to‘g‘ri keladi. Podsho Bindusara Misr bilan elchilik alo-

qalarini o‘rnatdi. Shu sababli, Maurilar saroyiga Ptolemeyning 




257

elchisi Dionisiy tashrif buyurdi. Bindusara mamlakatning ij-

timoiy-iqtisodiy barqarorligini ta’minlash uchun qator ishlarni 

amalga oshirdi.

Chandraguptaning nevarasi podsho Ashoki davrida (mil.

avv. 272–232-yillar) Maurilar davlati gullab-yashnadi. Bu vaqt-

da butun Hindiston chekka janubdan tashqari yagona davlat-

ga birlashdi. Ashoki hukmronligining sakkizinchi yili Kalingi 

davlatini bosib oldi. Ashoki davlat hokimiyatini mustahkam-

lashga harakat qildi. Uning qonunlari (ediktlar) mamlakatning 

turli hududlarida tosh lavhalarga yozib qo‘yildi. Bu ediktlar 

orqali Ashoki davlatining boshqaruv tizimi, eng muhim siyo-

siy voqealar, podshoning ijtimoiy siyosati to‘g‘risida tasavvur 

hosil qilish mumkin. Umumhind davlatining hukmdori o‘zini 

faqat Magadxa davlatining podshosi deb hisoblagan. Bosqin-

chilik urushlari ma’muriy apparatni to‘liq almashtirish va eski 

siyo siy tuzumni o‘zgartirishga olib kelmagan. Mamlakat asosan 

besh viloyat – noiblikka bo‘lingan. Noibliklarni podsho xona-

doni a’zolari boshqargan. Noibliklar yana kichkina ma’muriy 

hududlarga bo‘lingan. Podsho maxsus amaldorlar (radjuklar)ni 

har uch yoki besh yilda bir marta viloyatlarga mahalliy hokim-

lar faoliyatini nazorat qilish uchun yuborgan.

Podsho hokimiyati poytaxtda oliy mansablarni egallagan 

zodagonlar va podsho qarindoshlaridan tuzilgan podsho ken-

gashi bilan cheklangan. Podsholar ham o‘z navbatida, urug‘ zo-

dagonlari, kshatriylarning imtiyozlarini cheklashga harakat qil-

ganlar. Ularni o‘z tarafdorlari bilan almashtirishga intilganlar. 

Podsholar o‘z qo‘llariga moliyaviy boshqaruvni to‘plab, davlat 

xazinasini to‘ldirishga uringanlar.

Hindistondagi barcha davlatlarning hukmdorlari noan’ana-

viy dinlarga, asosan, budda diniga homiylik qildilar. Mauriylar 

budda dini targ‘ibotiga jiddiy e’tibor berdilar. Turli mamlakat-

larga budda g‘oya larini targ‘ib qilish uchun missionerlar yubo-

rildi. Ayniqsa, Hindiston bilan yaqin aloqada bo‘lgan viloyatlar-

da budda ta’limoti tez qabul qilindi. Shri-Lankada bu jarayon 

jadal sur’atlar bilan kechdi.

Mahalliy tarixchilar Shri-Lankada dehqonchilik, hunarmand-

chilik va davlatchilikning paydo bo‘lishini mil.avv. V asr da Shi-

moliy Hindistondan kelganlar faoliyati bilan bog‘laydi. Shaxzoda 

Singala («Yo‘lbars») ularning boshida turgan. Uning nomi bilan 

mamlakatdagi hukmron etnik guruh – aholi singallar deb aytila 

boshlandi. Arxeologik qazishmalar ham mil.avv. I ming yillik 




258

o‘rtalarida Shri-Lankada birdaniga temir asri madaniyati pay-

do bo‘lganidan guvohlik beradi. Seylon xronikalari Ashokining 

ukasi maxsus missiya bilan mahalliy hokimni budda ta’limo-

tining afzalligiga ishontirgani va tez orada bu yerda ilk budda 

monastirlari paydo bo‘lgani to‘g‘risida hikoya qiladi. Shri-Lanka 

Ashoki davridan to shu kungacha budda dini hukmron bo‘lgan 

mamlakatdir.

Mil.avv. IV–III asrlarda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot natijasida 

umumhind davlatining tashkil topishi muhim ahamiyat kasb 

etdi. Mamlakat miqyosida savdo-hunarmandchilik rivojlanib, 

hududlar o‘rtasidagi iqtisodiy-madaniy aloqalar kuchaydi. 

Bu davrda hunarmandchilik markazlari bo‘lgan shaharlar 

gullab-yashnaydi. Pataliputra, Ujayana, Varanasa va Matxura 

shaharlari rivojlandi. Pataliputra shahriga mil.avv. V asrda asos 

solingan bo‘lib, tez orada shimoliy Hindistonda Magadxa davla-

tining savdo-hunarmandchilik va madaniy markaziga aylandi. 

U Magadxa, Maurilar, Nand, Shung, Gupta davlatlarining poy-

taxti bo‘ldi. Hunarmandlar ixtisosliklar bo‘yicha joylashib, o‘z 

birodarliklari (shreni) ga ega bo‘lganlar. Ba’zi yirik ustaxonalar 

(verflar, qurolsozlik, zargarlik, to‘qimachilik) podshoga qarashli 

bo‘lgan. Mahsulot ishlab chiqarishda joylarning ixtisoslashuvi 

kuzatilgan: Magadxada sholi va metall, mamlakatning shimo-

li-g‘arbi – tariq, yilqi, janub – qimmatbaho toshlar, marvarid va 

ziravorlar, g‘arb – paxta va paxta mahsulotlari bilan shuhrat 

qozongan hokimiyat savdodan katta foyda ko‘rgan. Tashqi sav-

do rivojlangan. 

Mil.avv. V–III asrlarda iqtisodiyotning barcha sohalari o‘sdi. 

Qishloq xoj’aligida yangi yerlar o‘zlashtirildi, sun’iy sug‘orish 

rivojlanib, ekiladigan o‘simliklar soni ko‘paydi. Shimoliy Hindis-

tonning rivojlangan viloyatlarida yerga xususiy mulkchilik sal-

mog‘i o‘sib bordi. Mulk merosiy bo‘lib, oila boshlig‘i mulkning 

to‘la xo‘jayini edi. Xo‘jalikni katta yoki kichik oila yuritdi. Aholi 

qishloq jamoasi bo‘lib yashadi. Qishloqning ichki hayoti jamoa 

tashkiloti orqali boshqarilib, qo‘shnilar o‘rtasidagi ixtiloflar odat 

asosida hal qilingan. Alohida hollardagina ish podsho sudiga-

cha borgan. Qishloq jamoasi oqsoqoli podsho hokimiyati oldida 

jamoaning kafolatchisi bo‘lgan qishloqda dehqonlardan tash-

qari ularga xizmat qiladigan turli kasb egalari ham yashagan. 

Qishloqning shahar bilan aloqasi zaif edi. Jamoa ichida mulkiy 

tabaqalanish kuchli edi. Qishloq jamoalari besh yoki 10 qish-

loq birlashgan katta jamoani ham ba’zida tashkil qilgan. Davlat 




259

jamoaning ichki ishlariga aralashmay, hosilning uchdan biri 

miqyosidagi soliq olish bilan cheklangan amaldorlarga xizma-

ti uchun ma’lum miqdorda yer ulushi bergan. Bu davrda hu-

narmandchilik markazlari bo‘lgan shaharlar gullab-yashnaydi. 

Bundan tashqari, umumhind davlati butun Janubiy Osiyo-

ning barcha hududlari sivilizatsiyalashuvida muhim rol o‘yna-

di. Maurilar imperiyaning mafkuraviy asosi qilib budda dinini 

oldilar. Ayniqsa, Ashoki budda diniga homiylik qilib, mo‘l-ko‘l 

sovg‘alar berib, biddaviylik ibodatxonalari va monastirlarini qu-

rilishini rag‘batlantirdilar. Ashokining davlat va diniy siyosati 

mahalliy zodagon – rojalar va brahmanlik kohinlari qarshiligiga 

duch keladi. Uning o‘limidan so‘ng maurilar sulolasi zaiflashdi. 

Mil.avv. 180-yillar atrofida Maurilar sulolasining so‘nggi vaki-

li o‘z sarkardasi tomonidan o‘ldiriladi. Yangi sulola Shunglar 

hokimiyat  tepasiga  keldi.  Maurilar  davlati  zaiflashib,  mil.avv. 

II asr boshlarida parchalanib ketdi. Lekin u to‘g‘risida xotira 

qoldi. Madaniy birlik – davlat paydo bo‘ldi. Ashoki kapitelida-

gi to‘rt sher hozirgi kunda Hindiston Respublikasining milliy 

ramzi hisoblanadi.




Download 3,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   345




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish