podshosi Utu xengal tomonidan tor-mor qilindi. Ularning pod-
kiyib, Shumerni birlashtirdi. Markazlashgan davlat «Shumer
tili bo‘ldi. Utuxengalning safdoshi Ur-Nammu taxtni egallab,
sulolasi deb aytiladi. Ur-Nammu (mil.avv. 2106–2094-yillar)
Nippur va Lagashda sug‘orish inshootlari qurildi. Mamlakat-
to‘plami tuziladi. Bu qonunlar to‘plamidan parchalar yetib
qurildi. Ur shahrida ulkan zinapoyasimon minora – zikkurat
24 m bo‘lgan. Hunarmandchilik bilan shug‘ullanadigan pod-
gi kanal va to‘g‘onlar qurildi. Katta hajmdagi chorvachilik, deh-
edi. III sulola davrida asosiy yer zahirasi podsho qo‘lida to‘plan-
100
Ur shahrining boy arxivida barcha ibodatxona yer-mulkla-
rining batafsil xatlangan hujjatlari saqlanib qolgan. Ibodatxo-
na yerlarida ishchi guruhlari mehnat qilganlar. Ularning ish
miqdori
qat’iy belgilanib, shunga yarasha mahsulot ulushi ol-
ganlar. Ur shahri xarobalaridan topilgan minglab mixxat hujjat-
lari eng mayda xo‘jalik operatsiyalari ustidan qattiq nazorat
o‘rnatilganidan guvohlik beradi. O‘sha davrda podsho oshxona-
si uchun hisobdan chiqarilgan ikki kaptar to‘g‘risidagi mas’ul
xodim va nazoratchilar muhri bosilgan mixxat hujjati ma’lum.
Jamoa yerlari xususiy qo‘llarda to‘plana boshladi. Podsho
jamoachi dehgonlarni xonavayron bo‘lishi jarayonini sekinlash-
tirish uchun jamoa yerlari oldi-sotdisini taqiqladi. Ammo yer-
sizlik kuchayib ketdi. Kambag‘allarning o‘z bolalarini qul qilib
sotishi, qarz uchun vaqtincha qul bo‘lish odatdagi hol bo‘lib
qoldi. Qullar ko‘payib ketdi. Qul 9-10 sikl turgan. Ijtimoiy ta-
baqalanish kuchayib bordi. Tabaqalar o‘rtasida ijtimoiy muno-
sabatlarni barqaror qilish maqsadida davlat hokimiyati ma’lum
bir qonun-qoidalarni joriy qilgan. Shumer-Akkad podsholigi-
ning davlat boshqaruvi III Ur sulola davrida qadimgi Sharq
podsho hokimiyatining tugallangan shakli edi. Podsholar chek-
lanmagan hokimiyatga ega bo‘lib, «Ur podshosi, Shumer pod-
shosi va Akkad podshosi» unvonlariga, ba’zida «dunyoning to‘rt
iqlimi podshosi» unvonlariga ega bo‘lganlar.
Boshqaruv apparati ko‘p sonli amaldorlardan iborat bo‘lib,
amaldorlar davlat xo‘jaligini boshqarishda turli qonun-qoida-
lar, hujjatlarga asoslandilar. III Ur sulolasining yuz yillik hukm-
ronligi davrida Mesopotamiyaning qolgan 3 ming yillik tarixi-
da mavjud bo‘lgan hujjatlarga teng hujjatlarni to‘pladilar. Ur
Naminu va Shulga qonunlar to‘plami, Shulqaning keng va-
kolatlarga ega podsho sudini joriy etilishi davlat hokimiyatini
mustahkamlab, jamiyatni barqaror qilishga qaratilgan.
Shulga faol tashqi siyosat yuritdi. Mamlakat sharqiy chega-
ralaridagi dushman qutiylarga qarshi urush olib bordi. Ur davlati
tarkibiga Mesopotamiya, Suriya, Finikiyaning bir qismi, Zagros
tog‘lari, undan sharqdagi bir necha hududlar va Elam kirgan. Su-
lola bu hududlarda o‘z hokimiyatini kuch ishlatish, muzokara-ke-
lishuvlar va sulolaviy nikohlar tuzish yo‘li bilan ushlab turdi.
Mil.avv. 2025-yil Yuqori Mesopotamiya, Suriya cho‘llari,
Frot o‘rta oqimidagi amoriy qabilalari mamlakatning marka-
ziy hududlariga shiddat bilan hujum boshladi. Urning so‘nggi
podshosi Ibbesuyen amoriylar hujumini qaytara olmadi. Bosh-
qaruv izdan chiqdi. Ishbu-Erra nomli amaldorlardan biri Issin
101
shahrida hokimiyatni qo‘lga oldi. Amoriylar butun mamlakatga
o‘rnashib olib, Ishbu - Errining hokimiyatini rasman tan oldi-
lar. Elam, subariylar Ibbusuenni asirga olib, Ur bilan janubni
egallashga harakat qildilar. Quyi Mesopotamiyani Ishbu - Erra
o‘z qo‘li ostida birlashtirdi. Markazlashgan davlat xo‘jaligi tu-
gatildi. Podsho va ibodatxona yerlari saqlanib qoldi, lekin may-
da bo‘laklarga bo‘linib, kichik oilalarga tegishli majburiyatlar
bilan bo‘lib berildi.
Do'stlaringiz bilan baham: