Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi



Download 3,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet278/345
Sana29.12.2021
Hajmi3,16 Mb.
#84336
1   ...   274   275   276   277   278   279   280   281   ...   345
Bog'liq
jahon tarixi i qism. qadimgi sharq yunoniston rim

RIM ILK RESPUBLIKA DAVRIDA

1. Rimning Italiyani bosib olishi. 2. Ilk respublika davrida 

davlat qurilishi. 3. Mil.avv. VI–III asrlarda Rim jamiyatining 

toifaviy-sinfiy  tuzilishi.  4.  Mil.avv.  VI–III  asrlarda  Italiya-

ning iqtisodiyoti. 

1. Rimning Italiyani bosib olishi. Rimdan etrusk pod-

sholari haydalgandan so‘ng, qisqa bir davrda Rimning Latsi-

ya viloyatidagi yetakchilik roli pasaydi. Rim mil.avv. V–III asr-

larda Apennin yarim orolini bosib olish uchun uzoq urushlar 

olib bordi. O‘sha vaqtda rimliklar qo‘shinlari Sabin, Ekv, Volsk, 

Tuskul boshchiligidagi Lotin shaharlari ittifoqi bilan olib boril-

gan urushlar Rimning g‘alabasi bilan tugadi. Mil.avv. V asrning 

90-yillarida rimliklarning lotinlar bilan ittifoqi etrusklarga qar-

shi bosqinchilik urushlari olib borish imkonini berdi. Tibrning 

o‘ng qirg‘og‘idagi etrusklarning Veya shahri o‘n yillik qamaldan 

so‘ng (mil.avv. 406–396-yillar) bosib olinib, uning aholisi qul-

larga aylantirildi, yerlari esa rimliklar mulkiga aylandi. Ekv, 

volsk va gernik qabilalari ham bo‘ysundirilgach, Tibrning o‘ng 

qirg‘og‘i Rimga bo‘ysundi. Qo‘shni hududlarni bosib olishi nati-

jasida Rimning hududi ancha kengaydi. Urushlar natijasida 

qo‘shnilar hisobidan Rim shahri tribiga 17 qishloq tribi qo‘shib 

olindi. Mil.avv. 396-yilda etrusk shahri Veyini bosib olinishi bi-

lan ularning soni 25 taga yetdi.

Mil.avv. 390-yil Alp tog‘lari orqali Po daryo vodiysini egallagan 

gall qabilalaridan biri senonlar yo‘lboshchi Brenn boshchiligi-

da Etruriyaga bostirib kirdilar. Rim etrusklarga harbiy yordam 

bermadi. Lekin rimliklar gallarga o‘z elchilarini yubordilar. 

Elchilar gallar bilan mensimay muomala qilib, ziddiyat keltirib 

chiqardilar. Gallar etrusk shahri Kluziy qamalini tashlab, Rim-

ga yurish qildi. Ular Rimni urushsiz egalladilar va uni ta lab, 

yondirib yubordilar. Rimliklar yana 7 oy Kapitoliyni himoya 

qildi. Lekin oxir-oqibatda gallarga oltin bilan katta miqdorda 

tovon to‘lashga majbur bo‘ldilar. Rivoyatlarga ko‘ra, rimliklar 

senonlar talab qilgan miqdordagi oltinni taroziga o‘lchab, top-

shirmoqchi bo‘ladilar. Shunda senonlar yo‘lboshchisi qilichini 

tarozini pallasiga tashlaydi. Natijada oltinni miqdori yengil ke-

ladi. Bundan g‘azablangan rimliklar o‘z noroziliklarini bildiradi-




477

lar. Aynan shu vaqtda Brenn «yengilganlarni holiga voy!» mash-

hur so‘zini aytgan.

Rimning zaiflashganidan qo‘shni lotin, volsk, ekv va etrusk-

lar foydalandilar. Ular yana Rimdan mustaqil yashashga o‘tdi-

lar. Rim-lotin ittifoqi (mil.avv. 384-yilda uning a’zolari 47 lotin 

jamoasi bo‘lgan edi) yana tarqalib ketdi. Rim lotin shaharla-

rini yana qayta kuch bilan bo‘ysundirishga majbur bo‘ldi. Lo-

tin ittifoqi faqat 32 yildan keyingina rimliklar tomonidan qay-

ta tiklandi. Mil.avv. IV asr o‘rtalarida Rim kuchli qo‘shin bilan 

Italiyaning bir qancha hududlarini egallab oldi. Mil.avv. IV asr 

o‘rtalarida Rim respublikasi faqat Latsiya viloyatida emas, balki 

butun markaziy Italiyada kuchli davlatga aylandi.

Samniylar o‘rta Italiyaning tog‘li qismida yashab, chorvachilik 

(ayniqsa yilqichilik) va ovchilik bilan shug‘ullanar, temirga ish-

lov berishga usta bo‘lganlar. Ular yuqori harbiy san’atga ega 

edilar. Samniylar boy Kampaniya viloyatiga vaqti-vaqti bilan 

bosqin qilib, uni egallab oldilar. Rim patritsiy va dehqonlari 

uchun samniylarning yerlari va Kampaniyaning unumdor yer-

lari kerak edi. Rim uzun nayza va to‘g‘ri to‘rt burchakli qalqon-

lar bilan qurollangan dovyurak tog‘li qabilalar – samniylar bi-

lan urush boshladi. Jangovar samniy qabilalari Kampaniyada 

o‘rnashib, Rim bilan mil.avv. 354-yildan ittifoqda edilar. Kam-

paniya viloyatidagi Kapuyani rimliklar tomonidan bosib oli-

nishi samniy urushini keltirib chiqardi. Uch samniy urushlari 

bo‘lib o‘tdi. Birinchi samniy urushi mil.avv. 343–341-yillarda 

rimliklar g‘alabasi bilan tugadi.

 Ikkinchi samniy urushi mil.avv. 327–304-yillarni o‘z ichiga 

oladi. Rimliklar Neapolni bosib olishlari bilan bu urush bosh-

landi. Rim urushda lukan va apullar bilan ittifoq tuzdi. Kavdin



 

darasida rimliklar og‘ir mag‘lubiyatga uchradilar va sharman-

dalarcha taslim bo‘ldilar. Rim egallagan shaharlardan chiqib 

ketdi. Rimliklar mil.avv. 316-yilda urushda tub burilish yasa-

dilar. Rim qo‘shini qayta tuzildi. Harakatchan kichik qismlar 

kalta nayza, kalta qilich bilan qurollantirildi. Natijada urush 

harakatlarida rimliklarning qo‘li baland keldi. Urush oxirida 

gernik va ekvlar Rimga to‘la bo‘ysundirildi. Qo‘shimcha hudud-

lar Rim tarkibiga kirdi. Samniylar bilan yana shartnoma tuzil-

di. Gallar etrusklar bilan birlashib, mil.avv. 299-yil Rim hudu-

diga bostirib kirdilar. Samniylar bu qulay vaziyatdan foydala-

nib, Lukaniya viloyatida yana o‘z hukmronliklarini o‘rnatdilar. 




478

Bu uchinchi samniy urushiga olib keldi (mil.avv. 288–290-yil-

lar). Urush Italiyaning turli hududlarini qamrab oldi. Samniy-

lar gallar bilan birga harakat qilib, Umbriyada etrusklar bilan 

qo‘shilishlari lozim edi. Rimliklar Etruriyaga bostirib kirishi 

bilan etrusklar kel’tlardan ajralib ketdilar. Sentin



  yaqinidagi 

jangda (mil.avv. 296-yil) rimliklar samniy-gall qo‘shinlari us-

tidan hal qiluvchi g‘alabaga erishdilar. Etruriya bilan tinch-

lik bitimi imzolandi. Samniylar to‘la bo‘ysundirildi. Etrusk 

shaharlari Rim bilan ittifoq tuzishga majbur bo‘ldi. Ko‘pgina 

hududlar Rim ixtiyoriga o‘tdi. Ularning aholisi cheklangan Rim 

fuqaroligi huquqini (civitas sine suffagrio – «ovoz berish huquqi 

bo‘lmagan fuqarolik») oldi. Pisena aholisi ham g‘oliblarga taslim 

bo‘ldi. Adriatika dengizi sohilida Adriya lotin koloniyasi barpo 

qilinishi bilan Italiyaning sharqiy qirg‘og‘ida Rim hukmronligiga 

asos solindi. Endi O‘rta Italiya to‘la Rim qo‘lida edi. Gallar shi-

molga uloqtirib tashlandi. 

Rimning samniy urushlari lotin ittifoqining barcha qatnash-

chilari uchun og‘ir majburiyat bo‘ldi. Samniy urushidan faqat-

gina Rim foyda ko‘rdi. Rimliklar samniylardan bir qism yerlarni 

tortib oldilar. Lotin shaharlari bunday adolatsizlikka chiday ol-

may, Rim bilan urush boshladilar, lekin ular yengildilar. Urush 

faqatgina mil.avv. III asr boshlarida tinchlik shartnomasi bilan 

tugallandi. Faqatgina mil.avv. 493-yildagina Rim va boshqa lo-

tin shaharlari bilan mudofaa ittifoqi tuzishga erishildi. Bu it-

tifoq mil.avv. V asr davomida saqlanib qoldi va rimliklarni bir 

qancha qo‘shni viloyatlarni bosib olishiga qulay shart-sharoit 

yaratdi. 

Samniy urushlaridan so‘ng rimliklar bevosita Janubiy Itali-

yadagi yunon shaharlari bilan chegaradosh bo‘ldilar. Janubiy 

Italiyadagi yunon shaharlaridan eng katta va qudratlisi Ta rent 

shahri edi. Shaharda dastlab aristokratik, so‘ng demokratik 

boshqaruv tartibi o‘rnatildi. Tarentning o‘z qo‘shini bo‘lmay, 

yunon yollanma askarlari xizmatidan foydalanar edi. Shahar-

ning rimliklar bilan shartnomasi bor edi. Savdo-hunarmand-

chilik va dehqonchilik rivojlangan. Tarent juda boy shahar 

bo‘lib, rimliklar uchun mazali luqma edi. Tarent Rim elchila-

rini haqoratlashda ayblanib, Rim mil.avv. 281-yilda Tarentga 

qarshi urush e’lon qildi. Tarent Epir podshosi Pirrni yordam-

ga cha qirdi. Pirr jangovar fillar bilan Janubiy Italiyaga bostirib 

kirib, Gerakleya va Auskul yonidagi ikki jangda rimliklarni tor-

mor qildi. 



479

Mil.avv. 275-yilda esa Benevent yonida rimliklar Pirr qo‘shin-

larini yanchib tashladilar. Bir necha yildan so‘ng Tarent shahri 

va u bilan ittifoqchi bo‘lgan samniylar, lukanlar va Brutti-

ya

 shahri aholisi Rim hokimiyatini tan olishga majbur bo‘ldi-

lar. Mil.avv. 265-yilda rimliklar etrusklarning markazi bo‘lgan 

Volsiniya shahrini bosib oldilar. Butun Italiya Rubikon daryo-

sidan Sezalp Galliyasidan Messen qo‘ltig‘igacha Rim tarkibiga 

kirdi. Rim kichik bir jamoadan O‘rtayer  dengizining qudratli 

davlatiga aylandi. 

Bosib olingan joylarni aholisi cheklangan Rim fuqaroligi 

(sine suffragio – xalq yig‘inida ovoz berish huquqidan mahrum) 

huquqini oldi. Bu o‘z-o‘zini boshqarish huquqidan va jamoa 

yig‘inlarida ovoz berish huquqidan mahrum bo‘lish demak 

edi. Shahar ishlarini Rimdan yuborilgan prefekt

  boshqarar 

edi. Rimliklar Italiyadagi bosib olingan yerlar aholisini turli 

huquqlarga ega bo‘lgan toifalarga bo‘ldilar. Faqat Rim fuqa-

rolari bo‘lgan patritsiylar va plebeylar hamda Rimga qo‘shib 

olingan lotin shaharlari, Rim shahriga doimiy ko‘chib o‘tgan 

barcha lotinlar huquqlardan foydalanishlari mumkin edi. Rim 

qonunlari bo‘yicha fuqaro nikoh o‘qitish, mulkini erkin tasarruf 

qilish, o‘z moddiy manfaatlari himoyasi uchun sudga murojaat 

qilish, yig‘inlarda ovoz berish va mansablarni egallashi mum-

kin edi. Bu to‘la huquqli fuqarolar Rim triblariga doimiy birik-

tirilgan edi. Bundan tashqari, Italiyaning turli muhim strategik 

markaz larida senat qarori bilan barpo qilingan Rim koloniyala-

rining aholisi ham to‘la huquqli fuqarolar hisoblandi. Chunki 

koloniyalar aholisini Rimdan ko‘chib borganlar tashkil qilgan. 

Koloniyalar o‘z-o‘zini boshqaruviga ega edi.

Cheklangan huquqlarga ega fuqarolar toifasi («sives sine suff-

ragio») ham mavjud edi. Ular Rim odati bo‘yicha nikoh bitimi 

tuzishlari, o‘z mulklarini tasarruf qilish huquqiga ega edilar, le-

kin ular Rimda mansablarni egallash va ovoz berish huquqidan 

mahrum edilar. Bunday cheklangan huquqlarga ega shaharlar 

munitsipiylar deb atalar edi. Ularning ba’zilari Rimdan yuboril-

gan prefekt




Download 3,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   274   275   276   277   278   279   280   281   ...   345




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish