, Eskvilin va boshqa tepaliklardan hamda Rim forumidan ko‘p
sonli qabrlar, ibodatxona poydevorlari, ona bo‘rining jez haykali
va Serviy Tulliy davridagi shahar devori qoldiqlari qazib ochilgan.
Italiyaning boshqa shaharlarida ko‘p sonli arxeologik yodgorliklar
mavjud. Jumladan, milodiy 79-yilda vulqon otilishi natijasida kul
ostida qolib ketgan Pompeya
va Gerkulanum shaharlari arxe-
ologlar tomonidan to‘la qazib ochilgan. Bu shaharlardagi ko‘cha-
lar, uylar va ibodatxonalar to‘laligicha saqlanib qolgan va mil.
avv. I ming yillikdan milodiy II asrgacha mavjud bo‘lgan shahar
me’morchiligi to‘g‘risida boy ma’lumotlar beradi.
Moddiy madaniyat yodgorliklarida yozuvlar juda ko‘p. Qazib
ochilgan inshootlardan etrusk, lotin va yunon yozuvlari topil-
gan. Bu yozuvlar bino devorlari, sopol idishlar, sag‘analar va
toshlarga bitilgan. Rim tarixi bo‘yicha eng qimmatli manbalar-
dan biri bu yozma adabiyotdir. Rim yozuvi mil.avv. VI asrda
paydo bo‘ldi. Rim tarixi bo‘yicha eng birinchi rasmiy hujjatlar-
dan kalendar (taqvim)ni ko‘rsatish mumkin. Kalendar Rim ko-
hinlari – pontifiklar tomonidan olib borilib, unda yig‘ilishlar,
sud va boshqa fuqarolik ishlarini amalga oshirish, diniy tao-
457
milga ko‘ra ruxsat etiladigan hamda taqiq etiladigan kunlar
belgilab qo‘yilgan. Respublika davridan yil hisobi oliy mansab-
dor shaxs – konsullar nomi bilan yuritilgan. Konsullar ro‘yxati
konsul fastlari deb atalgan. Rim lashkarboshilarining o‘tkaz-
gan zafar tantanalarini hisobga olib borish zafar fastlari deb
nomlangan. Bundan tashqari, Rim kohinlari boshlig‘i Buyuk
pontifik har xil tabiat belgilari (quyosh va oy tutilishlari), alo-
hida bayramlar, urushlar, non narxining ko‘tarilishi va h.k
yozib borgan. Bu Rim tarixiy hikoyasining ilk janri bo‘lib, yil
bo‘yicha yozilgan yozuvlar, annallar (annales) yoki yilnomalar
deb atalgan. Bunday yilnomalar mil.avv. V–IV asrlardan tuzil-
gan. Mil.avv. 320-yildan Buyuk pontifik Publiy Mutsiy tomoni-
dan «Buyuk yilnomalar» nomi bilan 80 kitobda jamlangan. Ular
Rim shahriga asos solinishidan boshlanib, Rim tarixi bo‘yicha
asosiy manba hisoblanadi. Qadimgi Rimda mashhur kishilar
sharafiga qisqa yozuvlar (elogiyalar) tuzilgan. Mil.avv. III asrdan
Rim xalqaro siyosatda yetakchi rol o‘ynashi bilan uning tarixi
to‘g‘risida boy ma’lumotlar to‘plana boshlandi.
Mil.avv. II asrda Polibiy kabi yunon yozuvchilarining asar-
lari Rim tarixini o‘rganishda katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Rim-
dagi fuqarolar urushi davri Gay Sallyustiy Krispning tarixiy
monografiyalarida aks etdi («Katalina fitnasi», «Yugurta uru-
shu»). Rim respublikasining so‘nggi davridagi yirik siyosiy ar-
boblar Sitseron va Sezarning asarlari, ilk imperiya davrida Tit
Liviyning Rim tarixi, milodiy I asrda Velley Paterkulning ham
shu nomdagi asarlari yaratildi. Tit Liviyning shaharga asos
solganidan «Rim tarixi» asari tarixida Rimning ichki va tashqi
siyosati, diniy hayoti to‘g‘risida boy ma’lumotlar berilgan. Vel-
ley Paterkulning ikki jildli asarida Rim butun dunyo markazi
sifatida tasvirlangan.
Mil.avv. I asr so‘nggida Rimda yashagan galikarnaslik yunon
Dionisiyning «Rim qadimiyatlari» nomli 20 ta kitobida Rimning
ilk etnik, ijtimoiy-siyosiy va madaniy tarixi batafsil tasvirlana-
di. Bu kitoblardan 9 tasi to‘la saqlanib qolgan bo‘lib, mil.avv.
442-yilgacha bo‘lgan voqealar bayon qilinadi. Rim tarixshunos-
ligining eng yirik vakili Tatsit (milodiy I asr II yarmi – I asr bosh-
lari) asarlarida milodiy I asrdagi voqealar va Rim tarixiga oid
german qabilalari to‘g‘risida qimmatli ma’lumotlar berilgan.
II–IV asrlar tarixiga oid asarlar to‘la saqlanmagan. Ularning
ichida IV asrda tuzilgan «Avgustlar tarixi yozuvchilari», «Impe-
ratorlar tarjimayi hollari» kabi to‘plamlarni ko‘rsatish mumkin.
458
So‘nggi imperiyaning yirik tarixchisi Ammian Martsellin asar-
larida tarixiy voqealar milodiy 378-yiligacha bayon qilingan.
Qadimgi Rim tarixi bo‘yicha muhim ma’lumotlar yunon mu-
alliflari: Plutarx (mil.avv. II asr), Appian (II asr) va Dion Kassiy
(III asr) asarlarida mavjud.
Bundan tashqari, tarixiy voqealarning borishini tiklash
uchun Askaniy Pedian (milodiy I asri), Lutsiy Anney Flor (II asr),
Evtropiy (IV asr) kabi imperiya davri yozuvchilarining yirik
asarlari, har xil kompendiyalar, yozuvchilarning yirik asarlari,
xronografiyalar va obzorlarni ko‘rsatish mumkin.
Rim shahrining arxeologik yodgorliklari alohida ahamiyat-
ga ega. Bu yerdan topilgan qabrlar, uy-joylar, jamoat bino-
lari, mudofaa devorlari, Rim forumi va suv quvurlari muhim
arxeologik manba bo‘lib xizmat qiladi. Rim porti Ostiya to‘la
o‘rganilgan. Rimdagi Kolizey, hammomlar qoldiqlari, Trayan
kolonnasi, Rim devori qoldiqlari saqlanib qolgan. Shimoliy Af-
rikada, Fransiyaning janubida, Ispaniya, Suriya hududida qa-
dimgi rim davriga tegishli me’moriy inshootlar qoldiqlari saqla-
nib qolgan. Italiyalik arxeologlar hozirgi kungacha bu yodgor-
liklarni tarixiy-madaniy jihatdan to‘la tadqiq qilib, Rim tarixini
qayta tiklashda ilmiy jihatdan qimmatli bo‘lgan 100 ga yaqin
tadqiqotlarni e’lon qildilar.
Milodiy 79-yil 24-avgustda Vezuviy vulqoni otilib, Pompey va
Gerkulanum shaharlari lava kulining qalin qatlamlari ostida
qoldi. 1748-yil Pompey shahrini qazish boshlanib, ko‘chalar,
maydonlar va uylar ochila boshlandi. Pompeyda teatr binosi,
amfiteatr, ibodatxonalar, hammomlar, sport maydonlari, sha-
harning bosh maydoni – forum qazib ochilgan. Rimning etrusk-
lar davri, respublika va imperiya davrlarida dinga munosabati-
ni qimmatli ma’lumotlar mavjud bo‘lgan qadimgi kohinlar kol-
legiyasi jadvallari, qabrtosh yozuvlari, nasroniy dini kitoblari,
nasroniy tarixchilarning asarlari orqali bilish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |