Undosh tovushlar –o’pkadan chiqayotgan havo oqimi ogʻiz va boʻgʻiz boʻshligʻida turli toʻsiqlarga uchrab paydo boʻladigan, tarkibi faqat shovqindan yoki ovoz va shovqindan iborat tovushlar. Ularning talaffuzida havo oqimi sirgʻalib yoki portlab chiqadi. Bu havo oqimi un paychalarini titratib yoki titratmay oʻtadi. Natijada turli jihatdan bir-biridan farqli undosh tovushlar hosil boʻladi.
Undosh tovushlar bir necha jihatdan tasnif qilinadi:
1) ovoz va shovqinning ishtirokiga koʻra;
2) hosil boʻlish oʻrniga (nutq aʼzolarining ishtirokiga koʻra);
3) hosil boʻlish usuliga koʻra;
4) palatalizatsiyaga (tilning qattiq tanglay tomon koʻtarilishiga) koʻra.
Ovoz va shovqinning ishtirokiga koʻra, undosh tovushlar 2 asosiy turga boʻlinadi: sonorlar va shovqinlilar.
A)sonorlar (m, n, ng , l, r) tarkibida shovqinga nisbatan ovoz ustunlik qiladi.
B)shovqinlilar esa faqat shovqindan yoki shovqinga ovoz qoʻshilishidan hosil boʻladigan undosh tovushlardir.
Ovozning qatnashishi yoki qatnashmasligiga koʻra, shovqinli undoshlar ham 2 ga: jarangli undoshlar va jarangsiz undoshlarga boʻlinadi.
A)jarangli undoshlar (b, v,j, n, r, ng, g’, l, m, n, g , d, z, y) shovqinga ovoz qoʻshilgan undoshlardir.
B)jarangsiz undoshlar esa (f, h, k, p, q, s, t, x, sh, ch) faqat shovqinning oʻzidan iborat boʻladi.
Hosil boʻlish oʻrniga koʻra, undosh tovushlar 4 ga boʻlinadi:
1)lab undoshlari lablab undoshlari (p, b, m) va
2)lab-tish undoshlari (v, f)dan iborat;
3)til undoshlari — a)til oldi (b, p, d, t),
b)til orqa (k, g),
c)til oʻrta (y) va
d)chuqur til orqa (q, gʻ, x) undoshlaridan iborat;
4)boʻgʻiz undoshi (h).
Hosil boʻlish usuliga koʻra, undosh tovushlar 4 ga boʻlinadi; A)portlovchilar — nutq aʼzolarining jipslashuvi va havo oqimi bosimining shu aʼzolarni yorib oʻtishi natijasida hosil boʻladigan j, m, n, ng, q, p, d, g, k, t, b undoshlari;
B)sirgʻaluvchilar — nutq aʼzolari bir-biriga yaqinlashib, havo oqimi shu tor oraliqdan sirgʻalib chiqishi natijasida hosil boʻladiganv, f, s, z, g’, y, x, h, sh, l, r undoshlari;
C)titroq tovush — til uchining yuqori milkka tegib-tegmay titrashidan hosil boʻlgan r undoshi;
D)Affrikata(qorishiq) — portlovchi tovush bilan sirgʻaluvchi tovushning yaxlit bitta tovush sifatida talaffuz qilinishidan hosil boʻlgan ch(t+sh), j(d+j), s(t+s) tovushlaridir.
3. Unlilarni tavsiflang. Masalan, O -Lablangan unli, Ort qator unli, Keng unli
I-til oldi, old qator, yuqori tor, lablanmagan unli
E-til oldi, old qator, o’rta keng, lablanmagan unli
A-til oldi, old qator, quyi keng, lablanmagan unli
U-til orqa, orqa qator, yuqori tor, lablangan unli
O’-til orqa, orqa qator, o’rta keng, lablangan unli
4. Undoshlarni tavsiflang. Masalan, B - lab-lab, portlovchi, jarangli, shovqinli undosh
D-til oldi, portlovchi, jarangli, shovqinli undosh
F-lab-tish, sirg’aluvchi, jarangsiz, shovqinli undosh
G-til orqa, portlovchi, jarangli, shovqinli undosh
H-bo’g’iz, sirg’aluvchi, jarangsiz, shovqinli undosh
J-til oldi, portlovchi, jarangli, shovqinli undosh
K-til orqa, portlovchi, jarangsiz, shovqinli undosh
L-til oldi, sirg’aluvchi, jarangli, ovozli undosh
M-lab-lab, portlovchi, jarangli, ovozli undosh
N-til oldi, portlovchi, jarangli, ovozli undosh
P-lab-lab, portlovchi, jarangsiz, shovqinli undosh
Q-chuqur til orqa, portlovchi, jarangsiz, shovqinli undosh
R-til oldi, titroq, jarangli, ovozli undosh
S-til oldi, sirg’aluvchi, jarangsiz, shovqinli undosh
T-til oldi, portlovchi, jarangsiz, shovqinli undosh
V-lab-tish, sirg’aluvchi, jarangli, shovqinli undosh
X-chuqur til orqa, sirg’aluvchi, jarangsiz, shovqinli undosh
Y-til o’rta, sirg’aluvchi, jarangli, shovqinli undosh
Z-til oldi, sirg’aluvchi, jarangli, shovqinli undosh
G’-chuqur til orqa, sirg’aluvchi, jarangli, shovqinli undosh
Sh-til oldi, sirg’aluvchi, jarangsiz, shovqinli undosh
Ch-til oldi, qorishiq(affrikata), jarangsiz, shovqinli undosh
Ng-til orqa, portlovchi, jarangli, ovozli undosh
Do'stlaringiz bilan baham: |