Boshqa tillardan o'zlashtirilgan ayrim so'zlar orfoepiyasi
Turkiy tillarda, ma’lumki,/undoshi bo'lmagan, shuning uchun jonli so'zlashuvda arab, fors va rus tillaridan o'zlashgan so'zlardagi «f» ni «p» deb talaffuz qilish hollari uchraydi: ulfat> ulpat, faner> paner, ferma > perma kabi. Hozirgi o'zbek adabiy tilida ularni «f» bilan talaffuz qilish me’yor holiga kelgan.
So'z yoki bo'g'in boshida undosh tovushlarning qatorlashib kelishi turkiy tillarga xos bo'lmagan. Bu hodisa keyinchalik boshqa tillardan o'zlashtirilgan so'zlar talaffuziga ham ta’sir qilgan — jonli so'zlashuvda so'z yoki bo'g'in boshida yoxud bo'g'indagi ikki undosh orasida bir unlining orttirilishiga olib kelgan: shkaf> ishkop, stakan > istakon, plan > pilon, traktor> tiraktir kabi. Bunday holat so'z oxirida ham uchraydi: aq/> aqil, fikr> fikir, ilm > Him, hukm > hukum kabi. Hozirgi o'zbek adabiy tilida bunday so'zlarni asl holicha (unli orttirmay) talaffuz qilish orfoepik me’yor sanaladi. Bunday me’yor shu tipdagi so'zlarning yozuvdagi shakiini (imlosini) to'g'ri belgilashga ham yordam beradi.
Umumturkiy so'zlarda ikki unli yonma-yon qo'llanmaydi, bu hoi arabtilidan o'zlashgan oila, doir, rais, maorif saodat, mutolaa kabi so'zlar talaffuziga ta’sir qilgan: oila, doir, rais so'zlarida bitta «y» orttirilgan (oyila, doyir,rayis kabi), maorif, saodat, mutolaa so'zlari esa unlilarning diftong- lashuviga — mo.rip, so:dat, mutoia: kabi talaffuz qilinishiga olib kelgan. Keyingi bir asr ichida ms tilidan so'z o'zlashtirishning faollashganligi, ruscha o'zlashmalarning rus tilidagi talaffuz va imlo me’yorlarini o'zbek tiliga aynan singdirish tendensiyasining ustun bo'lganligi o'zbek tilida ikki unlining so'z tarkibida yonma-yon kelishini orfoepik va orfografik me’yorga aylantirdi: biologiya, geometriya, geologiya, geodeziya va boshqalar. Bu hoi arabcha o'zlashmalarda (oila, doir, rais, maorif, saodat, matbaa, mutolaa kabilarda) ham ikki unlining yonma-yon talaffuz qilinishi va yozilishini me’yor darajasiga ko'tardi.
Arab tilidan o'zlashtirilgan ta'na, da’vo, ma'no, e’lon, me’mor, mo'tabar kabi so'zlarning birinchi bo'g'inidagi unlilar arabcha «ayn» tovuShi ta’sirida bo'g'iz artikulatsiyasi bilan cho'ziqroq talaffuz etiladi.
Rus tilidan o'zlashgan so'zlarda «i» unlisi o'zbek tilining «i» unlisidan torroq va cho'ziqroq talaffuz etiladi. Qiyos qiling: tish (o'zb.) — tip > ti:p (rus.), //‘/(o'zb.) - tir> //./-(rus.) kabi.
Rus tilidan o'zlashtirilgan ko'p bo'g'inli so'zlarning urg'usiz ochiq bo'g'inidagi «i» o'zbekcha «i» dan torroq va cho'ziqroq talaffuz etiladi. Qiyos qiling: bilan (o'zb.) — bilet (rus.), kinoya (o'zb.) — kino (rus.) kabi.
Rus tili orqali o‘zlashtirilgan so‘zlarning so‘nggi ochiq, urg‘uli bo‘g‘inida «i» unlisi o'zbekcha «i»dan tor va cho‘ziq talaffuz etiladi. Qiyos qiling: maxsi (o‘zb.) — taksi (rus.), tepki (o‘zb.) — konki (rus.) kabi. Urg‘uli bo‘g‘inning boshqa tiplarida (yopiq, to‘la yopiq bo‘g‘inlarda) ham ruscha «i» o‘zbekcha «i»dan cho‘ziqroq va torroq talaffuz qilinadi. Qiyos qiling: met in (o‘zb.) — nikotin > nikot'v.n (rus.), ovsin (o‘zb.) — ape/sin > apelsim (rus) kabi.
Rus tilidan o‘zlashtirilgan bir bo‘g‘inli so‘zlarda «u» unlisi o‘zbek tHidagi «u»dan cho‘ziqroq va kuchliroq talaffuz etiladi. Qiyos qiling: dud (o‘zb.) — dub > du:b (rus), pul (o‘zb.) — puls > puds (rus.), tush (o‘zb.) — tush > tir.sh (rus.) kabi.
Rus tilidan o‘zlashtirilgan ko‘p bo‘g‘inli so‘zlarning urg‘uli bo‘g‘inida «u» unlisi o‘zbek tilidagi «u»dan ancha cho‘ziq va biroz yo‘g‘onroq talaffuz etiladi. Qiyos qiling: bu-da (o‘zb.) — budka (rus.), mangu (o'zb.) — mangusta (rus.), mavzu (o‘zb < arab.) — meduza (rus.) kabi.
Rus tilidan o‘z!ashtirilgan ko‘p bo‘g‘inli so‘zlarning ürg‘usiz bo‘g‘inidagi «u» qisqa talaffuz qilinadi, ammo o‘zbek tilidagi «u» ayni shu fonetik pozitsiyada ruscha «u»dan ham qisqaroq bo‘ladi. Qiyos qiling: dushman > dbshmen (o‘zb.) — turbina (rus.), muzday > mhzday (o‘zb.) — muzey (rus) kabi.
So‘z boshidagi berkitilmagan, urg‘usiz bo‘g‘inda «u» unlisi ruscha so‘zlarda yo‘g‘onroq, o‘zbekcha so‘zlarda ingichkaroq (yumshoqroq) talaffuz etiladi. Qiyos qiling: uklad (rus.) — uxlamoq (o‘zb.), uzual (rus.) — uzum (o‘zb.) kabi.
Ruscha leksik o‘zlashmalarda «u» unlisi yumshoq undoshdan so‘ng o‘ta ingichka (old qator unli tarzida), qattiq undoshdan so‘ng esa yo‘g‘on (orqa qator unli tarzida) talaffuz qilinadi. Qiyos qiling: abajur va manikur (aöaMyp ea Manuiaop), ultimatum va kastum (yribmuMamyM ea KocmioM), plug va salut (nrtye ea can tom) kabi. Rus tilidan o‘zlashtirilgan so‘zlarda yumshoq undoshdan keyin kelgan «u» o‘zbekcha «u» dan ham ingichkaroq va yumshoqroq talaffuz etiladi. Qiyos qiling: burro (o‘zb.) — byuro (rus.) kabi.
Ruscha leksik o‘zlashmalarning urg‘usiz bo‘g‘inidagi «e» unlisi o‘zbekcha «e» dan ancha tor («i» ga yaqin) talaffuz etiladi: telefon > tilifon, televizor > tiliviz.br, adres > adris kabi.
Rus tili orqali o‘zlashgan so‘zlarda «a» unlisi o‘zbekcha «a» dan yo‘g‘onroq talaffuz etiladi. Qiyos qiling: kana (o‘zb.) — kanal (rus.) kabi.
Rus tilidan o‘zlashtirilgan so'zlardagi o‘rta keng, lablangan «o» unlisi urg‘uli bo‘g‘inda o‘zbek tilidagi o‘rta keng, lablangan «o‘» dan kengroq talaffuz etiladi. Qiyos qiling: ton (rus.) — to‘n (o‘zb.), tok (rus.) — to'k (o‘zb.), tort (rus.) — to'rt (o'zb.) kabi. Urg'usiz bo'g'inda esa ruscha «o» reduksiyaga uchrab, o'ta kuchsizlanadi va «qisqa «i» yoki «a» tarzida talaffuz qilinadi: traktor > tbraktbr, samolyot > samalyot kabi.
Jonli tilda «r» bilan boshlangan arabcha, forscha va ruscha so'zlarning boshida bir «o‘» tovushining orttirilishi ancha keng tarqalgan: ro'za > o'raza, rus > o'ris, ro'mol > o'ramol kabi. Adabiy talaffuz me’yori sifatida ro'za, rus, ro'molshakllari saralangan.
Rus tilidan o'zlashtirilgan so‘zlarning oxirida lab-tish «v» undoshi jarangsiz «f» tarzida talaffuz qilinadi: aktiv > aktif passiv > passif ustav> ustaf kursiv > kursif kabi; «v» ning jarangsizlanishi so'z ichidagi assimilativ holatda ham yuz beradi: avtomat > aftomat, stavka > stafka kabi. Bunday talaffuz adabiy til uchun me’yor sanaladi, ammo o'zbek tilining o'z so'zlarida qo'llanadigan lab-lab «v» undoshi so'z oxirida ham, jarangsiz undosh ta’sirida ham «f» ga o'tmaydi: ov, birov, ovqat, shavkat kabi. (Bu holat ham orfoepik me’yor sanaladi).
Rus tilidan o'zlashtirilgan so'zlarning ko'pchiligida urg'u erkin bo'ladi, bu hoi o'zbek adabiy tili va talaffuziga ham singib bormoqda: atlas, trolleybus, tramvay kabi.
O'zbek tilidagi urg'u asosan so'zning oxirgi bo'g'iniga tushadi, ammo ayrirn o'zlashgan so'zlarda urg'u so'zning oldingi bo'g'inlarida bo'lishi ham mumkin: hamma, jami, hamisha, afsuski kabi. Bunday holatlardan xabardor bo'lish adabiy talaffuz me’yorlariga amal qilish imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |