Xulosa va tavsiyalar
O’zbekiston Respublikasi «Ta’lim to’g’risida» gi qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturida oliy ta’lim tizimida yuqori malakali, raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga alohida e’tibor qaratilgan, ya’ni ilmiy-texnikaviy taraqqiyot juda jadal rivojlanayotgan hozirgi davrda talabalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, mustaqil fikrlaydigan, yuqori intellektual salohiyatga ega bo’lgan kadrlar tayyorlash muhim ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega bo’lgan muammolardan biri hisoblanadi. Fan-texnikaning rivojlanib borishi, bugungi uzluksiz ta’lim tizimida kompyuter texnologiyalariga, asoslangan axborot va telekommunikatsion tizimini yuqori darajada shakllantirishni taqozo etmoqda.
Hozirda respublikamiz barcha ta’lim muassasalari va korxona, tashkilotlari zamonaviy kompyuter va axborot texnologiyalari, shu bilan birga tarmoq tizimlari bilan jihozlanganligi, turli sohalarda kompyuter va kommunikatsiya vositalari imkoniyatlaridan samarali foydalanishni, shuningdek malakali mutaxassislarni etkazib berishni taqozo etmoqda.
Ushbu «Server kompyuterning dasturiy ta’minoti va undan foydalanish» mavzusidagi bitiruv malakaviy ishda men kompyuter texnologiyalarining asosi bo’lgan dasturiy ta’minot, uning tarkibi va vazifalari to’g’risidagi, operatsion tizimlar va ularda ishlash printsplari, tarmoq operatsion tizimlarning imkoniyatlari va ularning bir-biriga nisbtan afzallik tomonlari, shu bilan birga Windows NT va boshqa tarmoq operatsion tizimlarning qiyosiy xarakteristikasi, zamonaviy tarmoq operatsion tizimlari hamda Windows 2003 server dasturini o’rnatish, uni sozlash va undan foydalanish to’g’risidagi ma’lumotlarni iloji boricha yoritib berishga xarakat qildim.
Bitiruv ishi kirish, ikkita bob, xulosa va tavsiyalar hamda foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat bo’lib, unda yuqoridagi ma’lumotlar aks etgan va qo’yilgan maqsad va vazifalar asosida bayon etildi.
Bitiruv malakaviy ishda dasturiy ta’minot turlari, dasturiy ta’minot tushunchasi va dasturiy mahsulotning sinflari, tizimli dasturiy ta’minot, bazaviy dasturiy ta’minot, servisli dasturiy ta’minot, server kompyuterlarning dasturiy ta’minotlari va undan foydalanish, tarmoq operatsion tizimining strukturasi, windows nt tarmoq operatsion tizimini boshqa tarmoq operatsion tizimlari bilan qiyosiy xarakteristikalari, zamonaviy operatsion tizimlar obzori, web-serverlar, mijoz-server tizimlarini qurish prinsiplari, Windows operatsion tizimlari imkoniyatlarini solishtirish hamda Windows va Linux tarmoq operatsion tizimlarini taqqoslash, windows server 2003 tarmoq operatsion tizimini sozlash va undan foydalanish, ularning imkoniyatlaridan samarali foydalanish masalalari ko’rib o’tildi.
Kirish qismida tadqiqotning dolzarbligi, tadqiqot ishining maqsad va vazifalari, adabiyotlar taxlili, tadqiqotning ilmiy yangiligi, tadqiqot ishining ob’ekti, tadqiqotning nazariy ahamiyati, tadqiqotning amaliy ahamiyati bayon qilingan.
I-BOB da dasturiy ta’minot turlari, dasturiy ta’minot tushunchasi va dasturiy mahsulotning sinflari, tizimli dasturiy ta’minot, bazaviy dasturiy ta’minot, servisli dasturiy ta’minot to’g’risida ma’lumotlar keltirib o’tilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |