Universitetining pedagogika instituti maktabgacha


BOSHLANG‘ICH SINFLARDA SON TURKUMIGA OID KOMPETENSIYALAR



Download 12,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/502
Sana29.11.2022
Hajmi12,46 Mb.
#874711
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   502
Bog'liq
Анжуман БухДУПИ.11.05. 2022

BOSHLANG‘ICH SINFLARDA SON TURKUMIGA OID KOMPETENSIYALAR 
Roziqova Ra’no Rustamovna, 
BuxDUPI 1-bosqich talabasi 
 
Annotatsiya: 
Maqolada boshlang‘ich sinflarda son so‘z turkumi sinflar kesimida o‘rganilgan va 
tahlil qilingan. Son so‘z turkumiga oid kompetensiyalar yoritilgan. Son so‘z turkumining nutqiy 
kompetensiyalarni shakllantirishdagi o‘rniga to‘xtalib o‘tilgan. 
Kalit so‘zlar
: son, kompetensiya, raqam, leksik ma’no, grammatik ma’no, tartib son, rim raqami. 
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining nutqiy kompetensiyalarini shakllantirishda har bir o‘quv fani 
muhim ahamiyatga ega. Lekin bu boradagi asosiy vazifa ko‘proq ona tili va o‘qish darslarida olib 
borilishi o‘z natijasiga tezroq erishadi. Xususan, ona tili darslaridagi har bir mavzu o‘ziga xos 
kompetensiyani namoyon etadi. Son so‘z turkumi ham shular jumlasidandir. Son so‘z turkumi ham 
boshlang‘ich sinflarda o‘rgatiladi, amaliyot bilan bog‘liq holda tayanch va fanga oid kompetensiyalari 
shakllantiriladi, rivojlantiriladi. Boshlang‘ich sinflarda sonni o‘rganish jarayoni bosqichma-bosqich, 
osondan murakkabga qarab boyib boradi. Sonlarni leksik va grammatik ma’nolari ham birin-ketin 
o‘rgatiladi, ko‘proq amaliyot bilan bog‘lanadi. Sonni o‘rgatish bosqichlari sinflar kesimida quyidagicha: 
I sinfda son mavzusi bevosita kiritilmagan. “Shaxs va narsalarning miqdorini va tartibini bildirgan 
so‘zlar” mavzusi ostida berilgan. Bu mavzuga 7 soat ajratilgan. Bu mavzular doirasida o‘quvchilar son va 
raqamlarning farqini, sonlarni harfiy ifoda bilan yozishni, raqamlar nomlarini so‘zlar bilan yozishni, 
sanoq bildirgan so‘zlarga nechta? qancha? so‘roqlarini berishni, matn ichidan o‘zi bog‘langan so‘z bilan 
ajratib ayta olishni, sanoqni va tartibni bildirgan so‘zlarni ajratishni o‘rganadi. Bundan tashqari, 
o‘quvchilarga son qatnashgan maqollarni, topishmoqlarni topish va aytish, o‘zi haqida sonlar qatnashtirib 
gapirib berish, tarjimayi hol aytishga ham o‘rgatib boriladi. Bu mashqlar ijodiy ishlash ko‘nikmalarini 
shakllantirish va fikrlash qobiliyatini o‘stirishda juda yaxshi samara beradi. 
II
sinfda esa son Sanoq va tartibni bildirgan so‘zlar mavzusi ostida davom etadi. II sinfda bu 
mavzuga 5 soat ajratilgan. Bu sinfda o‘quvchilarga I sinfda o‘tilgan mavzulari mustahkamlanadi. Keyin 
esa sonlarni 2 guruhga sanoq (miqdor) sonlar va tartib sonlarga ajrata olish ko‘nikma va malakalari 
shakllanadi. I sinfda o‘tilgan bilimlar yanada mustahkamlanib, nechta? qancha? so‘roqlariga javob bo‘lib, 
shaxs va narsaning sanog‘ini, nechanchi? so‘rog‘iga javob bo‘lib, shaxs va narsaning tartibini bildirishi 
singdiriladi. 
III
sinfda «Son ‒ so‘z turkumi» tushunchasi bevosita kiritiladi va 6 soat ajratiladi. O‘quvchilarda 
son predmetning miqdorini bildirishini otga bog‘lanib kelishi yordamida aniqlash ko‘nikmasi o‘stiriladi. 
Bularni o‘rganishda sonning leksik xususiyatlariga asoslanadi. Sonning leksik ma’nosi uni ot bilan 
bog‘liq holda o‘rganishni taqozo etadi. 
IV
sinfda esa asosan sonlar imlosi ustida ishlanadi va bu mavzuni o‘zlashtirish va mustahkamlash 
uchun 11 soat ajratilgan. Bunda sanoq va tartib sonlar, tartib sonlarning harfiy ifoda rim va arab 
raqamlari bilan yozilishi, qo‘sh undoshli sonlarning, grammatik shakllangan sonlarning (ikkov, o‘ntacha, 
beshtaning) imlosi, sonlarning gramm, kilogramm, metr, litr, so‘m, tiyin so‘zlari bilan qo‘llanishi va shu 
so‘z bilan bitta so‘roqqa javob bo‘lishi o‘rganiladi. O‘quvchilarning sonlarning otga bog‘lanishini, 
so‘roqlar yordamida sonni o‘zi bog‘langan so‘z bilan ko‘chirish ko‘nikmalari o‘stiriladi. Demak, 
boshlang‘ich ta’limda son so‘z turkumi 3 yo‘nalishda o‘rganilar ekan: 
1.
Sonning talaffuzi va ma’nosi ustida ishlash kompetensiyasi. 
2.
Sonning grammatik shakllari ustida ishlash kompetensiyasi. 
3.
Sonning imlosi ustida ishlash kompetensiyasi. 
Son so‘z turkumi ustida ishlash dastur talabiga ko‘ra I sinfda boshlanadi va uni o‘rganish jarayoni 
metodik jihatdan 4 bosqichga bo‘linadi. Son boshlang‘ich ta’limda elemantar nazariy tushunchalar 
asosida amaliy o‘rganiladi. Lekin 1-bosqichni to‘liq ma’noda sonni amaliy o‘rganish bosqichi deb 
nomlaymiz. Chunki bu bosqichda umuman nazariyasiz son ustida ishlanadi va bu I sinfning savod 
o‘rgatish va II sinfning 2-yarmiga to‘g‘ri keladi. Bu bosqich sonni o‘rganuvchi keyingi bosqichlarga 
zamin tayyorlanadi. 2-bosqich II sinfga to‘g‘ri keladi. Bu bosqichda asosan 2 vazifa bajariladi: 
1.
Nechta? qancha? so‘roqlariga javob bo‘lib, shaxs va narsalarning sanog‘ini, nechanchi? 
so‘rog‘iga javob bo‘lib, shaxs va narsalarning tartibini bildirgan so‘zlar haqida elementar, nazariy 
tushunchalar shakllantirish; 
2.
Sonlarga so‘roq bera olish, ularning nimani bildirishini ayta olish, ulardan foydalanib o‘z fikrini 
aniq ifodalash, mazmuniga mos holda sonlarni o‘rinli qo‘llash (o‘nta o‘quvchi, o‘ntacha o‘quvchi kabi) 
ko‘nikmasini o‘stirish, lug‘atlardan foydalana olish qobiliyatini shakllantirish. 


77 
Bu bilim va ko‘nikmalar mashqlar bajarish bilan mustahkamlanib boriladi. Dastlabki mashqlar 
tayyor materialdan sonni aniqlashga va izohlashga qaratiladi, keyingi mashqlar esa fikrni va izlanishni 
talab etadi. Mashqlar muayyan izchillikda bir tizimni tashkil etishi lozim. 3-bosqichda (III sinf) son 
tushunchasini shakllantirish hamda o‘quvchilar nutqini yangi sonlar bilan boyitib borish, fikrni aniq 
ifodalash uchun gap va matn mazmuniga mos sonlar tanlash, ularni o‘rinli qo‘llash ko‘nikmalarini 
o‘stiradi. Son tushunchasini shakllantirish o‘quvchilarning shaxs va narsalarning sanog‘ini, tartibini 
bildirgan so‘zlarni o‘zlashtirish sifatiga bog‘liq. Son so‘z turkumi sifatida unga xos bo‘lgan quyidagi 
xususiyatlar ajratiladi: 
a)
shaxs, narsalarning sanog‘ini, tartibini bildiradi; 
b)
nechta? qancha? nechanchi? so‘roqlariga javob bo‘ladi; 
c)
gapda otga bog‘lanib keladi; 
d)
gapda ikkinchi darajali bo‘lak vazifasida keladi. 
Bu bosqichda og‘zaki va yozma shakldagi ijodiy yozma ishlar, tabiat, yil fasllari, qushlar, 
hayvonlar, o‘simliklar haqida kichik hikoya tuzishlar o‘tkaziladi, o‘quvchilarning sondan o‘rinli va 
savodli foydalanishlariga diqqat qaratiladi. Son bilan shakldosh so‘zlar o‘quvchilarga aniqlatiladi, 
ma’nosi izohlanadi. Masalan: uch-uch, yuz-yuz, qirq-qirq. 
4-bosqichda asosiy e’tibor sonning imlosiga qaratiladi, ya’ni sonlarning har bir qismini alohida 
yozish (yetti, yigirma yetti), chiziqchasiz va chiziqcha bilan yozish (7 o‘quvchi, 7-sinf, X sessiya, 8- 
dekabr, 1992-yil), qo‘shimcha qo‘shilgandan keyin son o‘zagidagi o‘zgarishlarni yozuvda to‘g‘ri 
ifodalash (bir+ta=bitta, ikki+ov=ikkov, yetti+ov=yettov, ikki+ala=ikkala), qo‘sh undoshli sonlarning 
yozilishi (ikki, sakkiz, o‘ttiz), sonlarning gramm, kilogramm, metr, litr, so‘zlari bilan qo‘llanishi yangi 
bilim sifatida o‘rgatiladi. Sonning 3-bosqichida o‘rganilgan grammatik xususiyatlari bu bosqichda asosan 
mustahkamlanadi. 
Boshlang‘ich sinflarda sonni o‘rganish ot so‘z turkumi bilan bog‘liq holda amalga oshiriladi. Sonni 
bugungi zamon bilan bog‘lash, hayotiy misollar asosida tushuntirish, innovatsion texnologiyalar asosida 
ma’lumotlarni berish juda muhim sanaladi. Sonlarga doir mashqlar bajarish orqali, ularni og‘zaki tahlil 
qilish orqali ham sonning kompetensiyalari, xususiyatlari, vazifalari namoyon bo‘ladi. Sonlarning ot bilan 
bog‘lanishini o‘rganish asosida esa o‘quvchilar yuqori sinf ona til darslariga zamin tayyorlaydi. Sonni 
o‘rganish jarayoni yuqori sinflarda ham bevosita davom etadi, chuqurlashtirilgan holda olib boriladi. 

Download 12,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   502




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish