Universitetining pedagogika instituti maktabgacha


Фойдаланилган адабиётлар рўйхати



Download 12,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet181/502
Sana29.11.2022
Hajmi12,46 Mb.
#874711
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   502
Bog'liq
Анжуман БухДУПИ.11.05. 2022

Фойдаланилган адабиётлар рўйхати 
1.
Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2020 йил 
22 декабрдаги “Мактабгача таълим ва тарбиянинг давлат стандартини тасдиқлаш тўғрисида”ги 
802-сон қарори. 
2.
Шин А.В., Мирзиёева Ш.Ш., ва бошқалар. Шахсга йўналтирилган ёндашув асосида 
таълим жараёнини режалаштириш. Методик қўлланма (Биринчи нашр). Тошкент – 2020. 
3.
Евстафьева Л., Набиханова Ш., Пак С. ва бошқалар. Мактабгача таълим муассасасида 
таълим-тарбия фаолиятини мавзули режалаштириш. Тайёрлов гуруҳи. “Илк қадам” дастурига 
илова. Тошкент - 2018 йил. 


182 
2– SHO‘BA: BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA XALQARO BAHOLASH DASTURLARI VA 
XORIJ TAJRIBALARNI TATBIQ ETISH – YANGI O‘ZBEKISTON STRATEGIYASINI 
AMALGA OSHIRISH DRAYVERI SIFATIDA 
BOʻLAJAK BOSHLANGʻICH SINF OʻQITUVCHISINING MATEMATIK-METODIK 
TAYYORGARLIGINI OSHIRISH IMKONIYATLARI 
Saidova Mohinur Jonpoʻlatovna, 
BuxDUPI Boshlangʻich ta’lim nazariyasi va 
metodikasi kafedrasi dotsenti, p.f.f.d (PhD) 
 
Annotatsiya: 
Mazkur maqolada boʻlajak boshlangʻich sinf oʻqituvchisining metodik 
tayyorgarligini oshirishning didaktik tamoyillari, ularni shakllantirish va ta’limda qoʻllash imkoniyatlari 
haqida fikr bildirilgan. 
Kalit soʻzlar: 
dars, boʻlajak boshlangʻich sinf oʻqituvchisi, didaktik tamoyil, boshlangʻich sinf, 
innovatsion texnologiya, zamonaviy ta’lim, ilmiylik, tizimlilik, faoliyat, qayta yondashuvli, boshqaruv, 
samaradorlik, insonparvarlik. 
Bugungi kunda boshlangʻich ta’limni rivojantirish qator muammolarni bartaraf etishga va yangi 
ta’lim qirralarini ochishga imkoniyat yaratadi. Aynan boshlangʻich ta’limda matematikani oʻqitishni 
zamonaviylashtirish va metodik bazani oshirish qator yutuqlarga erishishga dasturulamal boʻlib xizmat 
qiladi. Matematika fani inson aqlini charxlaydi, diqqatini rivojlantiradi, koʻzlangan maqsadga erishish 
uchun qat’iyat va irodani tarbiyalaydi, algoritmik tarzda tartib-intizomlilikka oʻrgatadi va eng muhimi, 
mulohaza yuritishga chorlaydi hamda tafakkurni kengaytiradi. Muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev 
ta’kidlaganidek, “Matematika hamma fanlarga asos. Bu fanni yaxshi bilgan bola aqlli, keng tafakkurli 
boʻlib oʻsadi, istalgan sohada muvaffaqiyatli ishlab ketadi”. 
Mamlakatimizda matematika 2020-yildagi ilm-fanni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlaridan biri 
sifatida belgilandi hamda matematika ilm-fani va ta’limi rivojlantirishini yangi sifat bosqichiga olib 
chiqishga qaratilgan qator tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. 
Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi PF-5712-sonli Farmoni 
asosida qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish 
konsepsiyasi” [1], 2019-yil 9-iyuldagi “Matematika ta’limi va fanlarini yanada rivojlantirishni davlat 
tomonidan qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining 
V.I.Romanovskiy nomidagi matematika instituti faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari 
toʻgʻrisida”gi PQ-4387-sonli Qarori [2], 2020-yil 7-maydagi “Matematika sohasidagi ta’lim sifatini 
oshirish va ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4708-sonli Qarori [3], 
2020-yil 24-yanvardagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida matematika fani va ta’limini har tomonlama 
takomillashtirish va rivojlantirish yuzasidan qator salmoqli vazifalar belgilangan. 
Xususan, Milliy dasturdan oʻrin olgan “Matematika ta’limini rivojlantirish konsepsiyasi” ham 
yuqoridagi matematika ta’limini har tomonlama takomillashtirish hamda yangi sifat bosqichiga olib 
chiqish yuzasidan belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan. 
Bizning fikrimizсha, boshlangʻich sinf oʻquvchilariga matematika oʻqitish uchun oʻqituvchilarning 
metodik tayyorgarligini takomillashtirishning oʻziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat [4, 29-b]: 
1.
“Matematika” va “Matematika oʻqitish metodikasi” fanlarida ilmiy tushunchalarni shakllantirish 
uchun integrativ yondashuv asosida umumiy tushunсhalarni ajratib olish. 
2.
Boʻlajak boshlangʻich sinf oʻqituvchilariga matematikadan kompetensiyaviy yondashuvga 
asoslangan Milliy dastur boʻyicha oʻquvchilarni kasbga tayyorlash. 
3.
Bolalar oʻsishi va rivojlanishiga xos psixologik-fiziologik xususiyatlarni bilish (ta’lim 
uzluksizligi va uzviyligi tamoyili asosida shaxsga yoʻnaltirilgan yondashuv doirasida amalga oshirilishi). 
4.
Bilimlarni oʻzlashtirish jarayonining psixologik qonuniyatlarini, boshlangʻich sinf oʻquvchilariga 
matematikani oʻqitishda didaktik va metodik tamoyillarni bilish. 
5.
Ta’lim jarayonida turli innovatsion pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalardan 
foydalanish. 
6.
Oʻquvchining mustaqil bilim olishga, oʻzini rivojlantirishga va takomillashtirishga muntazam 
intilishi. 
7.
Ilmiy-tadqiqot faoliyati amalga oshirilishi va boshqalar. 


183 
Kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan Milliy dastur asosida boʻlajak boshlangʻich sinf 
oʻqituvchilarining metodik tayyorgarligini takomillashtirishga oid umumkasbiy kompetensiyalarni quyida 
keltirib oʻtamiz: 

nazariyani amaliyotga tatbiq etish boʻyicha: matematika va uni oʻqitish metodikasi fanlaridan 
bilimlarni egallash, fanlarning dolzarb masalalarini his qilish va oʻquvchilarga yetkaza olish; 

metod va texnologiyalarni oʻquv jarayoniga tatbiq etish boʻyicha: an’anaviy va noan’anaviy 
metodlar, innovatsion ta’lim texnologiyalarini fan va mavzularni oʻrgatish vaqtida tanlay olish, oʻz fanida 
metod va texnologiyalarni ijodiy qoʻllay olish, faktlarni tahlil qilish, umumlashtirish, shu asosda xulosa 
shiqara olish; 

ilmiy-metodik ishlarni amalga oshirish boʻyicha: har bir mavzuning ilmiy-nazariy, ilmiy- 
metodik, psixologik, didaktik xususiyatlarini yorita olish, oʻqitishning ilmiy asoslarini tahlil qilib borish, 
metodik birlashmalarda umumiy oʻrta ta’lim maktablari, oʻrta maxsus, kasb-hunar ta’limi mazmunida 
fanning oʻrnini belgilay olishi va uning ilmiy muammolari boʻyicha pedagogik oʻqishlarda ma’ruzalar 
oʻqish, umumiy oʻrta ta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlarida differensial ta’limni yoʻlga qoʻya olish, 
oʻquv jarayoni bilan bogʻliq barcha hujjatlarni yurita olish; 

oʻquv jarayonini tashkil etish va boshqarish boʻyicha: dars tiplarini bilish va ularni maqsadga 
muvofiq tashkil etish, oʻquv reja va fan dasturi, mavzuiy rejani tayyorlay olish, ta’lim muassasasi metodik 
birlashmasi ishini rejalashtirish va unga rahbarlik qila olish, dars jadvalining tuzilish tamoyillarini bilish,
ta’lim muassasasiga rahbarlik qilishni bilish. 
Boʻlajak boshlangʻich sinf oʻqituvchisining metodik tayyorgarligini oshirish didaktik 
imkoniyatlariga tamoyillar, unga nisbatan yondashuv va shakllantiriladigan kompetensiyalar uygʻunligi 
zarur (1-rasm). 

Download 12,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   502




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish