162
ovchilik, urush, dehqonchilik ishlarini aks ettirganlar. Masalan, o‘sha davrdagi ba’zi qabilalarning sholi
sepish jarayoni o‘yinlar bilan juda katta tantana qilib amalga oshirilar edi.
Ba’zi hollarda esa o‘yin mehnat qilish istagi orqali yuzaga keladi. Masalan, ovchi tyulenni ovlash
uchun uning oldiga hayvonga o‘xshab sudralib, sirpanib boradi.
Ayrim hollarda esa bola o‘z o‘yinida oldin kattalar mehnatiga taqlid qiladi, keyinchalik ularning
mehnatida qatnashadi. O‘yin yosh avlodni mehnatga tayyorlaydi. Bolalar o‘yinini bunday tushunish
birinchi marta K. D. Ushinskiy tomonidan ta’riflab berilgan edi. U o‘z asarlarida bolalar o‘yinining
mazmuni ularning hayotdan olgan taassurotlari bilan belgilanib, ular shaxsining shakllanishiga ta’sir
etadi, deb yozadi.
Bu fikrni P. F. Lesgaft ham tasdiqlab, bolalar o‘z o‘yinlarida tevarak-atrofdan olgan taassurotlarini
aks ettiradi deydi. Bunday faoliyat bolaning rivojlanishida katta ahamiyatga egadir.
Shunday qilib, o‘yinning ijtimoiy voqea ekanligini, o‘yinda tevarak-atrofdagi borliq aks
ettirilishini ilg‘or olim va pedagoglar o‘zlarining kuzatish va ilmiy tadqiqotlari orqali isbotlab berdilar.
Bolalarning o‘yini nazariyasiga (XX asrning 20 ‒30-yillarda) E. A. Flerina,
E. I. Tixeeva,
E. A. Arkin kabi olimlar asos soldilar; keyinchalik R. YA. Lextman-Abramovich, F. I. Fradkipa, N. M.
Aksarina, A. P. Usova, D. V. Mendjeritskaya, R. I. Jukovskaya, T. A. Markova, S. L. Novosyolova, E. V.
Zvorigina va boshqalarning tadqiqot ishlari bolalar o‘yini mavzuini ishlab chiqishga bag‘ishlandi.
Bolalar o‘yinining tarixi, tabiati, uning rivojlanish qonuniyatlari L. S. Vigotskiy, A. N. Leontev, D.
B. Elkonin, A. V. Zaporojets kabi psixologlar va ularning davomchilari ilmiy tadqiqot ishlarida o‘z aksini
topdi. A. V. Zaporojets bolalar o‘yinini ilk yoshdan boshlab kuzatib borishi natijasida uni harakatga
keltiruvchi sabablar, rivojlanish qonuniyatlari, har xil yosh bosqichlarida bolalar o‘yinining o‘ziga xos
tomonlari, mazmuni va tuzilishini o‘rganish zarurligini ta’kidlaydi.
Ilk yoshli bolalar o‘yin faoliyatining birinchi bosqichi tanishtiruvchi o‘yin bo‘lib, u narsa, buyum
o‘yin faoliyati hisoblanadi. Uning mazmuni qo‘l ishidagi murakkab va nozik harakatlardir.
Keyingi bosqich aks ettirish o‘yini hisoblanadi. Bu ilk yoshli bolalar o‘yini psixologik
mazmunining rivojlanishida eng yuqori nuqta hisoblanadi. Kattalar ta’lim-tarbiyaviy ishlarini ma’lum
izchillik bilan olib borsalar, bu yoshdagi bolalar narsa va buyumlar nomini, nimaga ishlatilishini bilib
oladi va bu yangi bilimlarni o‘z o‘yinlarida qo‘llay bosh-laydi. Bu yoshdagi bolalar o‘yini mazmuni
juhatidan predmetli faoliyatni aks ettiradi.
Birinchi yoshning oxiri va ikkinchi yoshdagi bolalar o‘yinida’ syujetni aks ettirish yuzaga keladi.
Bola qo‘lidagi buyum bilan undan qanday foydalanish kerakligini aks ettiradi. Masalan, qoshiq bilan
ovqat eyiladi, piyoladan choy ichiladi, karavotda yotiladi, qo‘g‘irchoqni «onasi» erkalaydi va hokazo.
Shuning asosida syujetli-rolli o‘yinning dastlabki qirralari yuzaga kela boshlaydi.
Navbatdagi bosqich rolli o‘yin bo‘lib, unda bolalar o‘zlariga tanish bo‘lgan kattalar mehnati va
kishilarning ijtimoiy munosabatlarini aks ettiradi.
Bolalar o‘yin faoliyatining bosqichma-bosqich rivojlanishi to‘g‘risidagi ilmiy tasavvurlar har xil
yosh guruhlarida bolalarning o‘yin faoliyatiga rahbarlikning aniq sistemali tavsiyalarini ishlab chiqish
imkoniyatini yaratdi.
Shunday qilib, bolalar bog‘chasining pedagogik jarayonida o‘yinning tutgan o‘rni juda katta bo‘lib,
o‘yindan maktabgacha yoshidagi bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berishda keng foydalaniladi. Zero:
—
o‘yin bolalarning mustaqil faoliyati bo‘lib, unda bolaning ruhiyati namoyon bo‘ladi;
—
o‘yin maktabgacha yoshidagi bolalar hayotini tashkil etish shaklidir:
—
o‘yin bolalarni har tomonlama tarbiyalash vositalaridan biridir;
—
o‘yin bolalarga ta’lim va tarbiya berishning metod va usulidir;
—
o‘yin bolalarni o‘quv faoliyatiga tayyorlash vositasidir. Taniqli pedagog-olimlarning olib
borgan tadqiqotlari o‘yinga kompleks rahbarlik qilish orqali bolalarga o‘yinning mazmuni, tashkil etilishi,
tuzilishi, bolalarning axloqiy munosabatlari, bolalar o‘yinining rivojlanish darajasiga ta’sir etish
mumkinligini ko‘rsatdi.
Do'stlaringiz bilan baham: