Universitetining pedagogika instituti maktabgacha


BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINI YOZUVGA O‘RGATISHDA



Download 12,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet126/502
Sana29.11.2022
Hajmi12,46 Mb.
#874711
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   502
Bog'liq
Анжуман БухДУПИ.11.05. 2022

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINI YOZUVGA O‘RGATISHDA 
QO‘LLANILADIGAN INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR 
Subhonova Sabohat, 
BuxDUPI 1-bosqich magistranti 
 
Kalit so‘zi: 
yozuv
, eski maktab, innovatsiya, husnixat, elektron doska, proyektor,yozuv 
taxtasi,chiroyli yozuv daftari, 
ko‘rgazmalilik.
Annotatsiya: 
Bu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini o‘qishga o‘rgatishda qo‘llaniladiga 
innovatsion texnologiyalar, ularning amaliy ahamiyati, yozuvning bola hayotidagi salmog‘i ochib 
beriladi. 
Inson paydo bo‘libdiki o‘z fikrini tog‘-u toshlarga, hayvon terisiga, daraxt po‘stlog‘iga, qog‘ozga 
turli xil belgilar,rasmlar va yozuvlar bilan ifodalashga harakat qiladi.Yozuv kishilarning o‘zaro fikr 
almashishi,bilimlarni egallashning eng qudratli quroli bo‘lib, u orqali biz tarixda insoniyat qo‘lga kiritgan 
barcha yutuqlarni o‘rganamiz va kelajak avlodga zamonaviy uslubda o‘rgatamiz. 


123 
Yozuv ‒ muayyan bir tilda qabul etilgan va kishilar oʻrtasidagi muloqotga xizmat qiladigan yozma 
belgilar yoki tasvirlar tizimi. 
Chiroyli yozuvga o‘rgatish asosan boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari 
zimmasida bo‘ladi. 
Eski maktablarda chiroyli yozuvga alohida ahamiyat berilgan, ammo husnixat mashg‘ulotlari uc 
hun zarur bo‘lgan qoidalar yuzaki tushuntirilgan. Chiroyli yozuvga o‘rgatish vaqtida faqat qalamni q 
anday ushlash qoidalarigina eslatilgan. Qalam bilan bir marta yozilgandan so‘ng uning ustidan qay 
ta yozishga yo‘l qo‘yilmagan, bu yozuv qoidalarini saqlashdagi birdan-bir usul bo‘lgan. Bugungi 
maktablar esa bundan mustasno. Chiroyli yozuvni o‘rgatishda eskicha usuldan emas, balki zamonaviy 
ilg‘or usullardan foydalanish o‘z samarasini bermoqda. 
Ma’rifatparvar shoir, betakror husnixat sohibi Zokirjon Xolmuhammad o‘g‘li Furqat ham: 
Mening maktab aro buldur murodim, 
Xatimdek chiqsa edi imlo-yu savodim 
jumlalari orqali husnixatga alohida e’tibor qaratgan. 
Innovatsiya atamasi lotincha “novatio” so‘zidan olingan bo‘lib yangilanish, o‘zgarish degan 
ma’noni bildiradi.O‘qituvchi innovatsion texnologiyaga asoslanib darsni tashkil qilar ekan, kompyuter, 
proyektor, elektron doska, yozuv taxtasi kabi vositalardan ham unumli foydalana bilishi zarur. 
Elektron doska - bu kompyuter va proyektorga ulanadigan interaktiv displey. Proyektor kompyuter 
ma’lumotlarini doskada aks ettirishga imkon beradi va uni qalam, barmoq yoki boshqa moslama 
yordamida boshqarish mumkin. Elektron doska devorga yoki polga o‘rnatilishi mumkin. Bunday 
vositalardan foydalanish o‘quvchining qiziqishini ortishiga, xatolari ustida ishlashiga, o‘zini yozuv 
daftarida yozayotgandek his qilishiga zamin yaratadi. Elektron doskaning afzalliklari yozuvning istalgan 
qismini o‘chirish, rang-baranglikdan foydalanish orqali bola ongida borliqni turlicha ko‘rishga 
imkoniyatlari katta. Endi o‘quvchi o‘ziga noqulay bo‘lgan bo‘rdan vos kechib markerlarni xuddi 
ruchkadek ishlata oladi, bunda harf elmentlari aniq va ravon nisbatan bexato yozilishiga erishiladi.Darsda 
o‘z fikrini bayon qilishga tortinadigan o‘quvchilar esa yanada faolroq bo‘lishga harakat 
qiladi.Shuningdek foydalanuvchiga keyinchalik foydalanish uchun ma’lumotni saqlashda yoki oldingi 
materilallarga havola qilishlariga imkon beradi.Ya’ni o‘quvchining ma’lum bir muddat oralig‘ida yozuvi 
qay darajada o‘zgarganini solishtira oladi. O‘quvchini baholashda shaffoflik saqlanib qoladi.Bu yangilik 
faqat o‘quvchilarni emas balki o‘qituvchilar uchun ham keng imkoniyatlarni yaratadi.Bunda o‘qituvchi 
qadimdan eskilik sarqiti bo‘lib kelgan, o‘quvchilar uchun endi yangilik bo‘lmay qolgan qog‘oz 
ko‘rgazmalardan vos kechib, o‘zining dars mohiyatini audio va video fayllar orqali namoyish etadi. Bu 
yangilik Yevropa mamlakatlarining barcha sohalarida keng qamrovda kirib bordi. Ayniqsa G‘arb ta’lim 
tizimini busiz tasavvur qila olmaymiz. 
“Elektron taxtalar o‘rta maktab va o‘rta maktab o‘quvchilari uchun motivatsiya urug‘idir”- deydi 
Meri Enn Bell Texasning Xantsvill shtatidagi Sem Xyuston davlat universiteti kutubxonachilik fani 
assistenti. Bellning so‘zlariga ko‘ra, taxtalar guruhlar uchun kompyuterga kirishni maksimal darajaga 
ko‘taradi va turli xil o‘qitish uslublarini, shu jumladan eshitish, sezgir va ko‘rgazmalilik o‘quvchilarni 
qamrab olishi mumkinligini ta’kidlaydi. 
Ko‘zlanilayotgan natijaga erishish uchun faqatgina elektron doskalar bilan cheklanib qolmasdan 
alohida yozuv daftarlaridan foydalanish kerak.Birinchi sinflar uchun alohida husnixat darsi tashkil 
etilgan. Ammo 2-3-4- sinflar uchun ona tili darslarining ma’lum bir daqiqasi ajratiladi.Bu esa o‘quvchilar 
o‘z yozuvi ustida ishlashi kamayadi, husnixatining tezda buzilishiga olib keladi. Buning yechimi sifatida 
alohida husnixat darsini tashkil etish,qo‘shimcha yozuv daftarlaridan foydalanish maqbulroqdir. 
Xulosa qilib aytganda elektron doska, husnixat darslari, qo‘shimcha yozuv daftarlarini tashkil 
qilish hozirgi ta’lim sifatini yanada oshirishga, o‘zbek yozuvini jahon miqyosida munosib o‘rin 
egallashiga, yosh avlodni ijobiy xarakterga ega inson sifatida shakllantirishiga, chiroyli yozuvlar orqali 
atrof-muhitni yanada go‘zalroq ko‘rishiga imkon beradi. 

Download 12,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   502




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish