Universitetining pedagogika instituti maktabgacha



Download 12,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/502
Sana29.11.2022
Hajmi12,46 Mb.
#874711
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   502
Bog'liq
Анжуман БухДУПИ.11.05. 2022

Адабиётлар: 
1.
Қoдирoвa Ф.Р., Қoдирoвa Р.М. «Бoлaлaр нутқини ривoжлaнтириш нaзaрияси вa 
метoдикaси» Тoшкент, 2006, “Истиқлол” нашриёти (дарслик), 300 бет. 
2.
Қодирова Ф.Р., Тошпулатова Ш.Қ., Каюмова Н., Аъзамова М.Н. Мактабгача педагогика 
“Тафаккур” нашриёти (дарслик) Тошкент, 2019, 685 бет. 


16 
бет 
3.
Qodirova F.R., Maxmudova D.M. Til va nutq markazlarida ta`limiy faoliyat QDPU 2022, 230 
4.
Азизова. З. Мактабгача катта ёшдаги болаларда қўғирчоқ театри воситасида ахлоқий– 
эстетик сифатларини шакллантириш. п.ф.ф.д.(PhD) Автореф. – Т., 2020. 25 б. 
5.
Махмудова Д. Maktabgacha ta`lim tashkilotlarida rivojlantiruvchi o`yinlar va mashqlar 
to`plami TSHXTXQTMOI -T; 2019, 45 бет 
6.
Махмудова Д. Maktabgacha katta yoshdagi bolalarni kitobxonlikka tayyorlashda ertaklarning 
o`rni. TSHXTXQTMOI -T; 2019, 105 -110 бет 
BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARINING BILIMINI BAHOLASHDA XALQARO 
BAHOLASH TADQIQOTLARNING O’RNI 
 
Adizov Baxtiyor Raxmonivich 
BuxDU professori 
Ushbu maqolada boshlang’ich sinf o’quvchilarining bilmini baholashda xalqaro baholash 
tadqiqotlarining o’rni, ta’lim tizimidagi ahamiyati va mazmuni yoritilgan 
Kalit so’zlar. 
TIMSS, PISA, PIRLS, TALIS, kompetensiya, o’quv dasturi, baholash mazmuni 
This article discusses the role, importance and content of international assessment research in the 
education system in assessing the knowledge of primary school students. 
Hozirgi vaqtda har bir insonning hayoti va kasbiy faoliyatida texnogen komponentning o‘sishi 
kuzatilmoqda. Shuning uchun nafaqat kelajakdagi mutaxassisni, balki har bir maktab o‘quvchisini 
to‘laqonli matematik savodxonlik bo‘yicha tayyorlashning ahamiyati ortib bormoqda. Matematikani 
o‘qitishning maqsadlari ham kuchaytirilmoqda. 
Ular matematikaning o‘ziga xos jihatlariga, fanni o‘rganishni va amaliy qo‘llanilishini ham 
rivojlantiradigan shaxsiy xususiyatlariga mos kelishi kerak. Matematik savodxonlikni o‘rganish doimiy 
e’tiborni, qat’iyatni, diqqatni jamlay olish qobiliyatini talab qiladi, ya’ni aqlni rivojlantirishda ham, 
xarakterni shakllantirishda ham muhim rol o‘ynaydi. Chunki amaliy hayot uchun zarur bo‘lgan hisoblash, 
geometriK tasvirlar, formulalar, funksiyalar, grafiklar, diagrammalar, jadvallar bilan bog‘liq bilimlar 
uchun zarur bo‘lgan materiallarni o‘zlashtirish lozim. Demak, matematik savodxonlik – bu shaxsning 
turli hayotiy vaziyatlar (kontekstlar) va masalalar ustida matematik mulohaza yuritish, berilgan 
muammoni matematika yordamida ifodalay olish, muammoni yechishda matematikani qo‘llay olish va 
olingan natijalardan muammoning yechimini talqin qilish va baholashda foydalana olish qobiliyatidir. 
Kelajak egalarining zamonaviy bilim, intellektual salohiyat, ilmu maʼrifat, erkin fikr, ilgʼor 
texnologiyalarni tatbiq etish, jahonda eʼtirof etilgan uslub va anʼanalarni qoʼllash malakasiga ega boʼlishi 
muhim ahamiyatga ega. Taʼlim tizimidagi islohotlar ana shu maqsadga qaratilgan boʼlib, xalqaro mezon 
asosida dunyoning yuksak taraqqiy etgan davlatlarida qoʼllanayotgan va katta samara berayotgan taʼlim 
texnologiyalari, baholashning xalqaro talablariga muvofiq boʼlishiga qaratilmoqda. Dunyoning yuksak 
taraqqiy etgan davlatlarida taʼlim sohasida baholashning PIRLS, TIMSS, PISA, TALIS kabi xalqaro 
baholash dasturlari amaliyotga muvaffaqiyatli tatbiq etilmoqda. Taraqqiyot odimlari bilan jahonga yuz 
tutayotgan mamlakatimizda ham taʼlim sohasida baholashning xalqaro mezonlari qoʼllanilmoqda. 
Maʼlumki, taʼlim sifatini xalqaro standartlar asosida baholash orqali dunyo mamlakatlari bilan qiyosiy 
tahlillar olib borish maqsadida Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2018 yil 8 dekabrda "Xalq taʼlimi tizimida 
taʼlim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari toʼgʼrisida"gi qaror 
qabul qilingan. Qarorda taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi huzurida taʼlim sifatini baholash 
boʼyicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi tashkil etilib, taʼlim sifatini belgilash 
boʼyicha qator xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etishi belgilangan.Qolaversa, Oʼzbekiston Pespublikasi 
Prezidenti Sh.Mirziyoevning "Oʼzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish 
kontseptsiyasini tasdiqlash toʼgʼrisida"gi farmonida inson kapitalini shakllantirishning asosiy boʼgʼini 
boʼlgan tizimda amalga oshirilishi lozim boʼlgan vazifalar va ularni hayotga tatbiq etish yoʼllari atroflicha 
belgilab berildi. Jumladan, unda mamlakatimizning 2030 yilga kelib PISA (The Programme for 
International Student Assessment) - oʼquvchilarning taʼlim sohasidagi yutuqlarini baholash boʼyicha 
xalqaro dastur reytingida jahonning 30 ta ilgʼor mamlakati qatoriga kirishiga erishish vazifasi qoʼyilgan. 
Xalq taʼlimida sodir boʼlayotgan mazkur oʼzgarishlar bevosita oliy taʼlim muassasalari bilan ham bogʼliq 
boʼlib, maktab va oliy taʼlim muassasalari hamkorlik aloqalari yuksalishiga sabab boʼlmoqda. 
PISA - oʼquvchilarni taʼlim sohasidagi yutuqlarini baholash boʼyicha xalqaro dastur boʼlib, undagi 
test jahon davlatlaridagi maktab oʼquvchilarining bilimi va ularni amaliyotda qoʼllay olish mahoratini 
baholaydi. Dasturning asosiy maqsadi - 15 yoshli oʼquvchilar taʼlim dargohida olayotan bilim va 


17 
tajribalarini ijtimoiy munosabatlarda va inson faoliyatida uchraydigan turli xil hayotiy vazifalarni 
yechishda qanchalik foydalana olish qobiliyatini baholashdir. Ushbu sinov har uch yilda bir marotaba 
oʼtkaziladi. Testda faqat 15 yoshdagi oʼsmirlar ishtirok etadi. Maktabdagi taʼlim sifatini monitoring 
qilishga qaratilgan PISA dasturi asosiy uch yoʼnalishda: oʼqish,matematika va ijtimoiy fanlar 
savodxonligi boʼyicha olib boriladi. Umuman olganda, PISA dasturi davlatlarning taʼlim sohasidagi 
siyosatiga sezilarli darajada taʼsir oʼtkazadi. Har bir davlat oʼtkazilgan tadqiqot natijalari asosida oʼzining 
taʼlim sohasidagi kuchli va kuchsiz tomonlarini xolisona aniqlab, boshqa davlatlarga nisbatan mavqeini 
koʼradi hamda taʼlim muassasalarida oʼquv jarayonini takomillashtirishda oʼz yoʼnalishlarini va 
strategiyasini belgilab oladi. 
PIRLS - tadqiqotida 50 dan ortiq davlatlar ishtrok etib kelmoqda. Mazkur xalqaro tadqiqotning 
maqsadi turli xil taʼlim tizimidan iborat boʼlgan davlatlardagi boshlangʼich maktab oʼquvchilarining 
matnni oʼqish va qabul qilish boʼyicha tayyorgarligi hamda oʼquvchilarning har xil yutuqlarga erishishga 
sabab boʼluvchi taʼlim tizimidagi oʼziga xos xususiyatlarni aniqlash va baholashdan iborat. Аlbatta 
bunday tadqiqot xalq taʼlimi sohasidagi ishchilar, olimlar, metodistlar, oʼqituvchilar, ota-onalar va jamoat 
vakillari uchun katta ahamiyatga egadir. 
TMSS - ham jahon mamlakatlari taʼlim tizimida keng tadbiq etilmoqda. TMSS dasturi Taʼlim 
sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi IEA (International Association for the Evaluation 
of Educational Achievements) tomonidan tashkil etilgan boʼlib, ushbu tadqiqot 4 va 8 sinf oʼquvchilari 
orasida matematika va ijtimoiy fanlar boʼyicha taʼlimning sifati, darajasi, fanga boʼlgan munosabati, 
qiziqishini aniqlaydi. Har 4 yilda bir marotaba olib boriladi. 
Ushbu tadqiqot PIRLS tadqiqotiga oʼxshab, oʼquvchilar, maktab maʼmuriyati va oʼqituvchilari 
orasida qoʼshimcha soʼrovnomalar oʼtkazadi va fan sohasida toʼsqinlik qilayotgan asosiy omillarni 
aniqlaydi. Bu esa oʼsha mamlakatda ishlab chiqilgan taʼlim standartlarini va taʼlim samaradorligini 
boshqa davlatlar bilan solishtirib koʼrish imkonini beradi. Shu paytga qadar TMSS tadqiqotlari 
natijalariga koʼra АQSh, Singapur, Gonkong, Koreya Respublikasi, Yaponiya, Rossiya, Buyuk Britaniya 
kabi davlatlarning taʼlim tizimi eng yuqori koʼrsatkichlarni egallagan. Taʼkidlash lozimki, ayni shu 
davlatlarda yuqori texnogiyalarni oʼzlashtirish, sanoatlashtirish va yuksak darajadagi taraqqiyot erishish 
maqsadida aniq fanlarni yuqori darajada oʼzlashtirishga alohida eʼtibor qaratilib, unda oʼquvchilar tugʼma 
isteʼdod va qobiliyatlardan koʼra oʼz ustida doimiy ishlash hamda aniq fanlarni oʼqitishda guruh yoki 
sinfdagi oʼquvchilar sonining 16 nafardan oshmasligi belgilangan. Bunday tajriba АQShda ham mavjud 
boʼlib, 1999 yildan boshlab bitta oʼqituvchi 40 minutlik dars mashgʼuloti davomida 16 ta bolaga bilim va 
tarbiya bera olish imkoniyatiga ega ekanligii inobatga olgan holda prezident qarori bilan taʼlim 
muassasalaridagi guruhlarda oʼquvchilar soni 16 nafar etib belgilangan. 
Umuman olganda mamlakatimizda aynan mana shunday xalqaro dasturlarning taʼlim tizimini 
baholash va monitoring qilishdagi ishtiroki mavjud emasligi yoki oʼquvchi yoshlar bilimlari darajasini 
baholash yoki monitoring qilishning ―Milliy dasturi‖ yaratilmaganligi, hududlar kesimida yoshlar 
tomonidan u yoki bu fanni oʼzlashtirish darajasining sifati va soxada amalga oshirilishi lozim boʼlgan 
ishlar 
koʼlamini belgilab borish va tegishli islohotlar oʼtkazish imkoniyatini cheklab 
qoʼymoqda.Shuningdek, boshlangʼich va umumiy oʼrta taʼlim muassasalaridagi oʼqitish darajasining 
islohotlar tempidan ortda qolayotganligi yaqin kelajakda malakali kadrlar tanqisligini keltirib chiqaradi. 
Shuni inobatga olgan holda quyidagi takliflarni amalga oshirish joiz deb hisoblaymiz: 
1.
Xalqaro tajribadan kelib chiqqan holda oʼquvchilar uchun TIMSS olimpiadalari joriy qilish; 
2.
Xalqaro tajribadan kelib chiqqan holda oʼquvchi yoshlar bilimlari darajasini baholash yoki 
monitoring qilishning eTIMSS, ePIRLS deb nomlangan platformalarini yaratish; 
3.
Ilm-fan yutuqlarining eng ilgʼor natijalari va adabiyotlarning ingliz tilida nashr qilinishini 
inobatga olgan holda, maktablarda ingliz tilini oʼrgatuvchi turli xorijiy dasturlarni tadbiq etish masalasini 
koʼrib chiqish; 
4.
Maktabgacha taʼlim hamda umumiy oʼrta taʼlim muassasalaridagi guruh va sinflarda xalqaro 
tajribada sinalgan usullardan kelib chiqqan holda oʼquvchilar sonining maksimal hamda minimal 
koʼrsatkichlarini belgilab qoʼyish; 
5.
Maktab dars jadvaliga Xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik ko’rish uchun alohida dars soati 
qo’shilib, o’quvchilarni tayyorlash; 
6.
Malaka oshirish insitutlarida o’qituvchilarni xalqaro tadqiqotlar bo’yicha malakaga ega 
bo’lishlari uchun malaka oshirish kurslarini joriy etish; 

Download 12,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   502




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish