454
1. Yassi va fazoviy geometrik shakllarga doir asosiy tushunchalar,
ularning asosiy xossalarini amaliy mazmundagi masalalar еchishda qo‘llay olish, chizma, model va real
dunyodagi geometrik shakllarni taniy olish;
2. Geometrik munosabatlar haqida matematik va mantiqiy fikrni rivojlantirish;
3. Koordinatalar sistemasi va boshqa tasvirlash tizimlarida fazoviy munosabatlarni tasvirlash va
ularning geometrik o‘rnini aniqlash, sodda geometrik yasashlarni amalga oshirish;
4. Matematik vaziyatlarni tahlil qilishda simmetriya va geometrik shakl almashtirishlardan foydalanish;
5. Isbot qilish metodlari va masalalarni еchish algoritmlaridan foydalanish, masalalar еchish jarayonida
asosli matematik mulohazalar yuritish;
6. Masalalarni еchishda geometrik modellashtirish, fazoviy mushohada va vizuallashtirish usullaridan
foydalanish;
7. Turli ob’ektlarning o‘lchanadigan elementlarini, o‘lchov birliklarini bilish, o‘lchov tizimlari va
jarayonlarining mohiyatini tushunish;
8. O‘lchash jarayonida mos o‘lchov usullari, formulalar, o‘quv qurollari, multimediali interaktiv
ilovalar, kalkulyator va o‘lchov asboblaridan foydalanish.
Statistika va ehtimollik (SE)
1. Kerakli ma’lumotlarni topish, aniqlash, yig‘ish va ularga ishlov
berish hamda natijalarni talqin qilish va turli vositalar yordamida taqdim qilish;
2. Ma’lumotlarni tahlil qilish uchun mos statistik ishlov berish usullarini anlash va qo‘llash;
3. Ma’lumotlar asosida tegishli xulosa qilish va bashoratlarni ishlab
chiqish va ularni baholash;
4. Tasodifiy, statistik hodisa va jarayonlar haqida tasavvurga ega
bo‘lish, ularni tadqiq qilish, ehtimollik modellarini ishlab chiqish, ularni talqin qilish, baholash va
ulardan foydalanish[6].
Matematik analiz asoslari (MA)
1. Funksiya, funksiyaning aniqlanish sohasi, qiymatlar to‘plami
tushunchalarini bilish, funksiyalarning turlari: o‘suvchi va kamayuvchi, juft va toq, davriy, teskari va
murakkab funksiyalarni taniy olish, funksiyaning umumiy xossalari: nollari, o‘sish va kamayish oraliqlari,
musbat va manfiy oraliqlari, eng katta va eng kichik qiymatlari, davri, tushunchalarini bilish va ularni sodda
hollarda aniqlay olish;
2. Funksiyaning uzluksizligi va hosilasi tushunchalarining mohiyatini bilish, hosilaning geometrik va
fizik ma’nolarini tushunish hamda funksiyalarni hosila yordamidan tekshirish algoritmini bilish va undan
funksiyalarning xossalarini aniqlashda, shuningdek, amaliy, ekstremumga doir masalalarni еchishda qo‘llay
olish;
3. Darajali, ratsional, irratsional, ko‘rsatkichli (eksponensial), logarifmik, trigonometrik, teskari
trigonometrik funksiyalarni taniy olish va ularning asosiy xossalarini bilish hamda ulardan tenglama va
tengsizliklar, ularning sistemalarini еchishda, shuningdek, amaliy masalalarni еchishda qo‘llay olish;
4. Boshlang‘ich funksiya va aniq integral tushunchalarining mohiyatini bilish va ulardan turli amaliy
(yuz va hajmlarni hisoblash va bajarilgan ishni topish) masalalarni еchishda foydalana olish.
Qisqacha tavsifi: O‘zlashtirilgan bilim va ko‘nikmalarini amaliy masalalarni еchishda va notanish
vaziyatlarda qo‘llay olish (kompetensiyalar).
Mazkur standartlar ham umumlashgan mazmundagi amaliy tatbiq standatlardan iborat bo‘lib, ular
o‘quvchilarning quyidagi aqliy faoliyati sohalarini qamrab oladi (kelgusida ishlatish qulay bo‘lsin uchun aqliy
faoliyat sohalari, mos ravishda M1, M2, M3, M4 va M5 bilan kodlanadi):
Do'stlaringiz bilan baham: