Universitetining pedagogika instituti maktabgacha


BOSHLANG‘ICH SINFLARDA O‘QUVCHILAR BILIMINI BAHOLASHNING ZAMONAVIY



Download 12,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet488/502
Sana23.07.2022
Hajmi12,46 Mb.
#845194
1   ...   484   485   486   487   488   489   490   491   ...   502
Bog'liq
Анжуман БухДУПИ.11.05. 2022

 
BOSHLANG‘ICH SINFLARDA O‘QUVCHILAR BILIMINI BAHOLASHNING ZAMONAVIY 
USULLARI 
 
Buxoro tuman 36-umumiy o'rta ta'lim maktabi
boshlang'ich sinf o'qituvchisi Shokirova Saodat Zarifovna 
 
Ushbu maqolada boshlang’ich sinf o’quvchilarining bilmini baholashda xalqaro baholash 
tadqiqotlarining o’rni, ta’lim tizimidagi ahamiyati va mazmuni yoritilgan

Kalit so’zlar. 
TIMSS, PISA, PIRLS, TALIS, kompetensiya, o’quv dasturi, baholash mazmuni
This article discusses the role, importance and content of international assessment research in the 


512 
education system in assessing the knowledge of primary school students.
 
Hozirgi vaqtda har bir insonning hayoti va kasbiy faoliyatida texnogen komponentning o‘sishi 
kuzatilmoqda. Shuning uchun nafaqat kelajakdagi mutaxassisni, balki har bir maktab o‘quvchisini to‘laqonli 
matematik savodxonlik bo‘yicha tayyorlashning ahamiyati ortib bormoqda. Matematikani o‘qitishning 
maqsadlari ham kuchaytirilmoqda. 
Ular matematikaning o‘ziga xos jihatlariga, fanni o‘rganishni va amaliy qo‘llanilishini ham 
rivojlantiradigan shaxsiy xususiyatlariga mos kelishi kerak. Matematik savodxonlikni o‘rganish doimiy 
e’tiborni, qat’iyatni, diqqatni jamlay olish qobiliyatini talab qiladi, ya’ni aqlni rivojlantirishda ham, xarakterni 
shakllantirishda ham muhim rol o‘ynaydi. Chunki amaliy hayot uchun zarur bo‘lgan hisoblash, geometriK 
tasvirlar, formulalar, funksiyalar, grafiklar, diagrammalar, jadvallar bilan bog‘liq bilimlar uchun zarur bo‘lgan 
materiallarni o‘zlashtirish lozim. Demak, matematik savodxonlik – bu shaxsning turli hayotiy vaziyatlar 
(kontekstlar) va masalalar ustida matematik mulohaza yuritish, berilgan muammoni matematika yordamida 
ifodalay olish, muammoni yechishda matematikani qo‘llay olish va olingan natijalardan muammoning 
yechimini talqin qilish va baholashda foydalana olish qobiliyatidir. 
Kelajak egalarining zamonaviy bilim, intellektual salohiyat, ilmu maʼrifat, erkin fikr, ilgʼor 
texnologiyalarni tatbiq etish, jahonda eʼtirof etilgan uslub va anʼanalarni qoʼllash malakasiga ega boʼlishi 
muhim ahamiyatga ega. Taʼlim tizimidagi islohotlar ana shu maqsadga qaratilgan boʼlib, xalqaro mezon 
asosida dunyoning yuksak taraqqiy etgan davlatlarida qoʼllanayotgan va katta samara berayotgan taʼlim 
texnologiyalari, baholashning xalqaro talablariga muvofiq boʼlishiga qaratilmoqda. Dunyoning yuksak 
taraqqiy etgan davlatlarida taʼlim sohasida baholashning PIRLS, TIMSS, PISA, TALIS kabi xalqaro baholash 
dasturlari amaliyotga muvaffaqiyatli tatbiq etilmoqda. Taraqqiyot odimlari bilan jahonga yuz tutayotgan 
mamlakatimizda ham taʼlim sohasida baholashning xalqaro mezonlari qoʼllanilmoqda. Maʼlumki, taʼlim 
sifatini xalqaro standartlar asosida baholash orqali dunyo mamlakatlari bilan qiyosiy tahlillar olib borish 
maqsadida Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2018 yil 8 dekabrda "Xalq taʼlimi tizimida taʼlim sifatini baholash 
sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari toʼgʼrisida"gi qaror qabul qilingan. Qarorda 
taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi huzurida taʼlim sifatini baholash boʼyicha xalqaro 
tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi tashkil etilib, taʼlim sifatini belgilash boʼyicha qator xalqaro 
tadqiqotlarda ishtirok etishi belgilangan.Qolaversa, Oʼzbekiston Pespublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning 
"Oʼzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash 
toʼgʼrisida"gi farmonida inson kapitalini shakllantirishning asosiy boʼgʼini boʼlgan tizimda amalga oshirilishi 
lozim boʼlgan vazifalar va ularni hayotga tatbiq etish yoʼllari atroflicha belgilab berildi. Jumladan, unda 
mamlakatimizning 2030 yilga kelib PISA (The Programme for International Student Assessment) - 
oʼquvchilarning taʼlim sohasidagi yutuqlarini baholash boʼyicha xalqaro dastur reytingida jahonning 30 ta 
ilgʼor mamlakati qatoriga kirishiga erishish vazifasi qoʼyilgan. Xalq taʼlimida sodir boʼlayotgan mazkur 
oʼzgarishlar bevosita oliy taʼlim muassasalari bilan ham bogʼliq boʼlib, maktab va oliy taʼlim muassasalari 
hamkorlik aloqalari yuksalishiga sabab boʼlmoqda. 
PISA - oʼquvchilarni taʼlim sohasidagi yutuqlarini baholash boʼyicha xalqaro dastur boʼlib, undagi test 
jahon davlatlaridagi maktab oʼquvchilarining bilimi va ularni amaliyotda qoʼllay olish mahoratini baholaydi. 
Dasturning asosiy maqsadi - 15 yoshli oʼquvchilar taʼlim dargohida olayotan bilim va tajribalarini ijtimoiy 
munosabatlarda va inson faoliyatida uchraydigan turli xil hayotiy vazifalarni yechishda qanchalik foydalana 
olish qobiliyatini baholashdir. Ushbu sinov har uch yilda bir marotaba oʼtkaziladi. Testda faqat 15 yoshdagi 
oʼsmirlar ishtirok etadi. Maktabdagi taʼlim sifatini monitoring qilishga qaratilgan PISA dasturi asosiy uch 
yoʼnalishda: oʼqish,matematika va ijtimoiy fanlar savodxonligi boʼyicha olib boriladi. Umuman olganda, PISA 
dasturi davlatlarning taʼlim sohasidagi siyosatiga sezilarli darajada taʼsir oʼtkazadi. Har bir davlat oʼtkazilgan 
tadqiqot natijalari asosida oʼzining taʼlim sohasidagi kuchli va kuchsiz tomonlarini xolisona aniqlab, boshqa 
davlatlarga nisbatan mavqeini koʼradi hamda taʼlim muassasalarida oʼquv jarayonini takomillashtirishda oʼz 
yoʼnalishlarini va strategiyasini belgilab oladi.
PIRLS - tadqiqotida 50 dan ortiq davlatlar ishtrok etib kelmoqda. Mazkur xalqaro tadqiqotning maqsadi 
turli xil taʼlim tizimidan iborat boʼlgan davlatlardagi boshlangʼich maktab oʼquvchilarining matnni oʼqish va 
qabul qilish boʼyicha tayyorgarligi hamda oʼquvchilarning har xil yutuqlarga erishishga sabab boʼluvchi taʼlim 
tizimidagi oʼziga xos xususiyatlarni aniqlash va baholashdan iborat. Аlbatta bunday tadqiqot xalq taʼlimi 
sohasidagi ishchilar, olimlar, metodistlar, oʼqituvchilar, ota-onalar va jamoat vakillari uchun katta ahamiyatga 
egadir.
TMSS - ham jahon mamlakatlari taʼlim tizimida keng tadbiq etilmoqda. TMSS dasturi Taʼlim 
sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi IEA (International Association for the Evaluation of 
Educational Achievements) tomonidan tashkil etilgan boʼlib, ushbu tadqiqot 4 va 8 sinf oʼquvchilari orasida 


513 
matematika va ijtimoiy fanlar boʼyicha taʼlimning sifati, darajasi, fanga boʼlgan munosabati, qiziqishini 
aniqlaydi. Har 4 yilda bir marotaba olib boriladi. 
Ushbu tadqiqot PIRLS tadqiqotiga oʼxshab, oʼquvchilar, maktab maʼmuriyati va oʼqituvchilari orasida 
qoʼshimcha soʼrovnomalar oʼtkazadi va fan sohasida toʼsqinlik qilayotgan asosiy omillarni aniqlaydi. Bu esa 
oʼsha mamlakatda ishlab chiqilgan taʼlim standartlarini va taʼlim samaradorligini boshqa davlatlar bilan 
solishtirib koʼrish imkonini beradi. Shu paytga qadar TMSS tadqiqotlari natijalariga koʼra АQSh, Singapur, 
Gonkong, Koreya Respublikasi, Yaponiya, Rossiya, Buyuk Britaniya kabi davlatlarning taʼlim tizimi eng 
yuqori koʼrsatkichlarni egallagan. Taʼkidlash lozimki, ayni shu davlatlarda yuqori texnogiyalarni oʼzlashtirish, 
sanoatlashtirish va yuksak darajadagi taraqqiyot erishish maqsadida aniq fanlarni yuqori darajada 
oʼzlashtirishga alohida eʼtibor qaratilib, unda oʼquvchilar tugʼma isteʼdod va qobiliyatlardan koʼra oʼz ustida 
doimiy ishlash hamda aniq fanlarni oʼqitishda guruh yoki sinfdagi oʼquvchilar sonining 16 nafardan 
oshmasligi belgilangan. Bunday tajriba АQShda ham mavjud boʼlib, 1999 yildan boshlab bitta oʼqituvchi 40 
minutlik dars mashgʼuloti davomida 16 ta bolaga bilim va tarbiya bera olish imkoniyatiga ega ekanligii 
inobatga olgan holda prezident qarori bilan taʼlim muassasalaridagi guruhlarda oʼquvchilar soni 16 nafar etib 
belgilangan.
Umuman olganda mamlakatimizda aynan mana shunday xalqaro dasturlarning taʼlim tizimini baholash 
va monitoring qilishdagi ishtiroki mavjud emasligi yoki oʼquvchi yoshlar bilimlari darajasini baholash yoki 
monitoring qilishning ―Milliy dasturi‖ yaratilmaganligi, hududlar kesimida yoshlar tomonidan u yoki bu 
fanni oʼzlashtirish darajasining sifati va soxada amalga oshirilishi lozim boʼlgan ishlar koʼlamini belgilab 
borish va tegishli islohotlar oʼtkazish imkoniyatini cheklab qoʼymoqda.Shuningdek, boshlangʼich va umumiy 
oʼrta taʼlim muassasalaridagi oʼqitish darajasining islohotlar tempidan ortda qolayotganligi yaqin kelajakda 
malakali kadrlar tanqisligini keltirib chiqaradi. Shuni inobatga olgan holda quyidagi takliflarni amalga oshirish 
joiz deb hisoblaymiz:
1. Xalqaro tajribadan kelib chiqqan holda oʼquvchilar uchun TIMSS olimpiadalari joriy qilish;
2. Xalqaro tajribadan kelib chiqqan holda oʼquvchi yoshlar bilimlari darajasini baholash yoki 
monitoring qilishning TIMSS, PIRLS deb nomlangan platformalarini yaratish;
3. Ilm-fan yutuqlarining eng ilgʼor natijalari va adabiyotlarning ingliz tilida nashr qilinishini inobatga 
olgan holda, maktablarda ingliz tilini oʼrgatuvchi turli xorijiy dasturlarni tadbiq etish masalasini koʼrib 
chiqish;
4. Maktabgacha taʼlim hamda umumiy oʼrta taʼlim muassasalaridagi guruh va sinflarda xalqaro 
tajribada sinalgan usullardan kelib chiqqan holda oʼquvchilar sonining maksimal hamda minimal 
koʼrsatkichlarini belgilab qoʼyish;
5. Maktab dars jadvaliga Xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik ko’rish uchun alohida dars soati qo’shilib, 
o’quvchilarni tayyorlash; 
6. Malaka oshirish insitutlarida o’qituvchilarni xalqaro tadqiqotlar bo’yicha malakaga ega bo’lishlari 
uchun malaka oshirish kurslarini joriy etish; 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI 
1.
Адизова Нигора Бахтиёровна. Оқсоқол Бува, Бола Ва Хон Образлари Қизиқмачоқлар 
Талқинида. Journal of innovations in social sciencesjournal of innovations in social sciences. 02 Issue: 01 | 
2022. 
2.
Adizova Nigora Bakhtiyorovna. The Arrival of Great, Child and Khan Images in Interesting. 
European journal of life safety and stability (ejlss). Www.ejlss.indexedresearch.org Volume 14, 2022 | 
3.
Nigora Adizova Baxtiyorovna. 3-4-sinf ona tili darslarida qoʻllanadigan tayanch kompetensiyalar. 
Journal of Advanced Research and Stability. Volume: 02 Issue: 01 | 2022 
4.
AB Rakhmonovich, AN Bakhtiyorovna. 
THE MAIN MOTIVES AND TASKS OF CHILDREN’S 
FOLKLORE
. Emergent: Journal of Educational Discoveries and Lifelong Learning (EJEDL) 
5.
Нигора Бахтиёровна Адизова, Ҳилола Худойбердиева. 
ҚИЗИҚМАЧОҚЛАРДА ОҚСОҚОЛ 
ВА ХОН ОБРАЗЛАРИ
. Scientific progress 
6.
Nigora Baxtiyorovna Adizova. 
Boshlang’ich sinf o ‘quvchilari nutqini o‘stirishda mustaqil ishlarning 
o ‘rni va ahamiyati
. Scientific progress 
7.
NB Adizova, M Raimqulova. 
Use of alisher navoi’s spiritual and enlightenment views in textbooks 
for grades 1-4
. Актуальные вопросы современной науки и образования, 121-123 
8.
. NA Bakhtiyorovna, NA Bakhtiyorovna. 
Anvar obidjon is a children’s poet
. Middle European 
Scientific Bulletin 
9.
AN Bakhtiyorovna, E Dilsora. 
Visual Aids, Which Are Used In The Educational Process In The Use 
Of Didactic Games
. The American Journal of Social Science and Education Innovations 3 (31), 540-545 


514 
10.
AN Bakhtiyorovna, AN Bakhtiyorovna. 
The role of the fun genre in children’s spiritual 
development
. Middle European Scientific Bulletin 4, 38-40 
11.
Adizova Nigora, Adizova Nodira. 
Alisher Navoiyning tibbiy qarashlari
. Conferences. 

Download 12,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   484   485   486   487   488   489   490   491   ...   502




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish