357
Kuzatishlarning ko‘rsatishicha, tarbiyachilarning o‘zlari, ko‘pincha shaxslarning mustaqil
tayyorgarligi, ularning ishga munosabatidagi holatning xilma-xilligini bilmaydilar. Pedagog esa ana
shunday holatlarning namoyon bo‘lishiga tayanib, уakka tartibda yaxshiroq, yondoshishni amalga
oshirish mumkin, mustaqil tayoyorgarlik davrida tarbiyalanuvchilarga o‘z ta’sirini muvofiqlatirishi va
taqqoslashi, uni shaxsni shakllantirishning samarali vositasiga aylantirishi mumkin.bunda unga
o‘quvchilarning fe’l-atvoridagi o‘zgarishlar jarayonini va o‘z tarbiyaviy faoliyatining provard natijalarini
oldindan ko‘ra bilish, har bir o‘quvchining xususiyatlarini, uning shaxsiy sifatida mehnatga munosabatini
yaxshi bilish yordam beradi.
O‘quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil etganda, uning mustaqilligini pasaytiruvchi ortiqcha
vasiylik qilishga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Kuzatishlarning ko‘satishicha, tarbiyachilar mustaqil
tayorgarlikning turli bosqichlari (bo‘lajak ishning borishi tushuntiriladi, uy ishi, uning mazmunini
o‘quvchi faoliyatining tartibini to‘la tushuntirib berish hollari uchraydi va hokazo) da o‘quvchilarning
ishida aralashib, ko‘pincha ular mutaqqilligining rivojlanishiga xalaqit beradilar, mustaqil faoliyat
ko‘nikmalari shakllanishiga to‘sqinlik qiladilar. Mustaqil tayyorgarlik jarayonida o‘quvchilar mustaqilligi
muntazam oshib borishi va yordam berish muntazam kamayib borishiga erishish muhimdir,albatta.
Ta’lim muassasalari talabalarining mustaqilligi haqida gapirar ekanmiz, biz bu jarayonning ikki
tomonini ifodalaydigan tushunchalardan: talabalar faoliyatida-mustaqillik darajasidan, tarbiyachi
faoliyatida-yordam berish darajasidan foydalanamiz. Mustaqillik darajasi deganda biz o‘rta maktab
o‘quvchilarining o‘qituvchi yordamiga bo‘lgan ehtiyojini nazarga tutamiz. Yordamga bo‘lgan ehtiyoj
qanchalik yuqori bo‘lsa, o‘quvchilarning mustaqilligi shunchalik past bo‘ladi. Bolalarga yordam
ko‘rsatish darajasini mezoni sifatida biz o‘rta maktab o‘quvchilarining topshiriqlarning bajarish
jarayoniga tarbiyachining aralashuvini qabul qilamiz.
Ayni vaqtda shuni hisobga olish muhimdir, mustaqil tayorgarligi mustaqil faoliyati shakli bo‘lib, u
o‘rta maktab o‘quvchisini o‘qishga o‘rgatar ekan to‘liq; ravishda tarbiyachining rahbarligisiz, muayyan
darajadagi tarbiyaviy kuch-g‘ayrat o‘rta maktab o‘quvchilarning ruhiy-fiziologik kayfiyatiga
mutanosibdir. Agar shaxslar mustaqil tayyorgarligini o‘z faoliyati zanjiridagi tabiiy bo‘g‘in sifatida qabul
qilsalar, o‘qituvchi tomonidan ham, o‘quvchi katta kuch-g‘ayrat sarflash talab etilmaydi. Aksincha,
mashg‘ulotga yomon tayyorgarlik ko‘rish hamma uchun qo‘shimcha qiyinchiliklar tug‘diradi. Har qanday
holatda o‘qituvchi tomonidan ham, o‘quvchilar tomonidan ham ko‘p yoki oz miqdorda kuch g‘ayrat sarf
etishni talab etadigan vaziyatlar vujudga keladi. Mustaqil tayyorgarlik davomida o‘rta maktab
o‘quvchilari mustaqil faoliyatining u yoki bu ko‘nikmasi shakllanayotganda ham xuddi shunday
vaziyatlar vujudga keladi. Bu vaziyatni zarur tarbiyaviy maqsadni amlga oshirishga yordam beradigan
pedagogik jig‘atdan maqsadga muvofiq holatga aylantirish o‘qituvchining mahoratini bildiradi.
O‘rta maktab o‘quvchilarida bilish faolligini oshirish vositalaridan biri-bu darsdan tashqari
tarbiyaviy tadbirlar bo‘lib hisoblanadi. Muayyan o‘quv predmeti yuzasidan o‘tkaziladigan tarbiyaviy
tadbirlar, masalan, fan bo‘yicha viktorinalar, “zakovat”, “mo‘zizalar maydoni”, “bilimdonlar bahsi”
singari tadbirlar bolalarning u yoki bu fan bo‘yicha chuqurroq tayyorgarlik ko‘rishi, shu fanda bo‘lgan
qiziqishni, iqtidorini namoyon etishi, muayyan o‘quv predmeti bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar bilan
tanishib chiqishi uchun imkoniyat yaratadi. Albatta, o‘quv predmetlari uchun faqatgna o‘quv rejasida
ajratilgan sinf soatining o‘zi shu predmetga bo‘lgan o‘quvchining qiziquvchanlik ehtiyojini qondirish
uchun yetarli bo‘lmaydi. Shuningdek darsdan tashqari tarbiyaviy tadbirlar o‘quvchilarda faqat ijtimoiy
munosabatlar yoki ijtimoiy xulq-atvor me’yorlarinigina shakllantirib qolmay, ularning o‘quv-biluv
malakalarini ham shakllanib borishiga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: