325
metodikasi. Dessertatsiya 2020y.
“AVESTO”DA TABIATGA QARSHI QONUNLAR YOXUD “YASHIL MAKON”
TADBIRI
Rahimboyeva Marjona Jamil qizi,
BuxDU Tarix va madaniy me’ros fakulteti
“Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi”
yo‘nalishi IV bosqich talabasi
Annotasiya:
Ushbu maqolada zardushtiylik falasafasida tabiatga qarshi qonunlarning ifodasi
bugungi zamon nigohi bilan ilmiy nazariy tahlil qilingan.
Kalit so‘zlar:
tabiat, inson, rizq, suv, poklik, quyosh, hayot, jonzotlar, hayvonlar, anhor, daryo,
abadiy nur, shod-u hurramlik, hayot manbasi.
Bugungi davr ekologiyasi tabiat bilan bog‘liq hodisalar umumjahon xalqlarining siyosiy ijtimoiy va
muhim ma’naviy muammosidir. Davlatimiz rahbarining “1000 tup ko‘chat”, “Yashil makon” singari
tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qaror farmonlari hozirgi zamon kishilarining tom ma’noda
e’tiborini tortadi. Zero, tabiat, osmon, yer, suv, havo, daraxt va o‘simliklarni
asrab-avaylash yashil
jarayonni kengaytirish masalasi davr muammolariga yetakchilik qiladi.
Qadimgi Xorazm vohasidan topilgan insoniyatning tarixiy taraqqiyotida muhim burilishlar va
tafakkur olamining buyuk sarchashmasi bo‘lgan Avestoda tabiatga qarshi qonunlar mavjud bo‘lib, bu
tasvir zardushtiylikning yuksak ta’limotidan xabar beradi. Dinga qarshi qonun, shaxsga qarshi qonun,
hayvonlarga qarshi qonun, mulkiy jinoyatlar, axloqqa qarshi jinoyatlar, tabiat va tabiiy ne’matlarga qarshi
jinoyatlar Avesto ta’limotida me’yoriy hujjat sifatida qabul qilingan. Yer, suv, havo, olov, o‘simlik
dunyosiga zarar keltiruvchi, ularni ifloslantiruvchi yoki barbod etuvchi xatti harakarlat uchun javobgarlik
joriy qilingan. Avesto odamlarni ezgulikka ,yaxshilikka da’vat etuvchi ilohiy imdod ruhiy va ma’naviy
chaqiriq bo‘lib dunyoga kelgan zardushtiylik diniga sig‘inuvchilar quyosh va suvga e’tiqod
bilan
qarashadi. Suvlar, daryolar, soylar va ko‘llarni Ardvisura-Anaxita-Noxid yulduzi timsolida ko‘rishadi.
Suv orqali butun hayot, borliq taqdirini, mavjudligini ana shu yulduzga bog‘lab, unga hamd-u sanolar
aytishadi, madhlar kuylashadi,
iltijolar qilishadi, to‘kin-sochinlik, farovonlik istab duolar qilinadi.
Jumladan, “barcha suvlarni olqishlaymiz. Barcha ashavanlarning halol qudratini va oliyjanob
firavashiylarini olqishlaymiz. Suvlarni chorlaymiz va sharaflaymiz. Giyohlarni chorlaymiz va
olqishlaymiz. Barcha ashavanlarning pok,zabardast va ezgu fravashiylarini chorlaymiz va olqishlaymiz”.
Ana shu tarzda zardushtiylik ta’limotida suvga farovonlik, rizq-u ro‘z, to‘kin-sochinlik manbai
sifatida qaraladi.
Barcha jonzotlar, hayvonlar, o‘simliklar suv bilan tirik. Rizq-u ro‘z ayni suv orqali
barakali bo‘ladi. Shuning uchun suvga, daryo soylarga va anhorlarga madhiyalar aytilib, ular muqaddas
sanaldi. Suvga nisbatan poklik, pokizalik, aziz-u mukarramlik butun borliqqa qaynoq hayot va jo‘shqin
ruhiyat baxsh etuvchi xilqat sifatida qaraladi. Boshqacha aytganda, Avestoda tabiatning qudratli kuchlari
poetik tafakkur bilan ilohiylashtiriladi. “Muqaddas qadriyatlar ideallar sifatida
tabiatni yashnatuvchi
kuchlar ulug‘lanadi”. Avestoda quyoshga hayot manbai, o‘sish, ulg‘ayish, yashash uchun rag‘bat
beruvchi ilohiy omil timsolida qaraladi. Ikkinchi tomondan quyosh mehr-muhabbat, ezgulik, butun
borliqqa marhamat ko‘rsatuvchi sifatida ifoda etiladi, unga sajdalar qilinadi, hamd-u sanolar aytiladi:
Sen bu xonumonda yorug‘lik bo‘l! Sen bu xonumonda abadiy nur bo‘l! Sen bu xonumonda
munavvar bo‘l!
Uzoq-uzoq zamonlar rastoxezga qadar paydo bo‘lib, sen abad-abad, to mashhar kuniga dovur ezgu
va qudrat soibi bo‘l[1]. Quyoshga ana shu tarzda butun borliqni asraguvchi
va rivojlantiruvchi manba
sifatida qaraladi. Bog‘-u rog‘larning, o‘simliklarning o‘sishi, hayvonot olamining beziyonligi, inson
hayotining qut barakasi va farovonligiga Quyosh bilan bog‘liq holda tushuniladi. “Xurshid-Yasht”da
Quyoshga iltijolar qilinadi, salovatlar aytiladi, hamd-u sanolar o‘qiladi.
-Ey Havm, tog‘lar cho‘qqisida unib o‘s va hamisha yerda shod-u hurram bo‘l! Shubhasiz, sen
Ashah haqiqat sarchashmasisan![1] Bu inson va tabiat o‘rtasidagi munosabatning o‘zaro bog‘liqlik va
uyg‘unlikning o‘ziga xos ko‘rinishi. Ilohiy tafakkur bilan dunyoviy falsafaning sintezlashgan hodisasi.
Havm daraxtiga sig‘inish va iltijolar qilishda tabiatni,
yashillik olamini, giyohlarni, rizq-u ro‘zni,
farovonlikni asrash matlabi yotadi. Oliyjanob “Mazda giyohi” sifatida unga hamdu sanolar o‘qilib, oliy
haqiqatning muqaddas ne’mati darajasiga ko‘tariladi. Uning tog‘lar cho‘qqisida durkun, shod-u hurram,
ya’ni barq urib o‘sishini tilashadi, undan madad so‘rashadi. O‘z taqdirlarini turmush farovonligiga va
rizq-u ro‘z baland bo‘lishini uning timsolida ko‘rishadi. Ana shunday
ilohiy giyohni vujudga
keltiradigan sarzaminga olqishlar aytib iltimoslar qilishadi. Tabiatning har bir giyohiga yuksak e’tirofni
ko‘rsatishadi.