Universitetining pedagogika instituti maktabgacha


ZAMONAVIY BOSHLANGʻICH TA’LIM MUAMMOLARI



Download 12,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet291/502
Sana23.07.2022
Hajmi12,46 Mb.
#845194
1   ...   287   288   289   290   291   292   293   294   ...   502
Bog'liq
Анжуман БухДУПИ.11.05. 2022

ZAMONAVIY BOSHLANGʻICH TA’LIM MUAMMOLARI 
To‘rayeva Sanobar Sulaymonovna 
A.Avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini o‘rganish 
va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti doktoranti 
 
Annotatsiya: 
Boshlang‘ich ta’lim sifat samaradorligini xalqaro talablar darajasida rivojlantirish, 
o‘quvchilarda XXI asr ko‘nikmalarini shakllantirish, o‘quvchilar bilimini baholashning yangi 
metodologiyasini ishlab chiqish, ota-onalarni ta’lim tizimiga jalb etish, Xalqaro baholash dasturlariga 
puxta tayyorgarlik ko‘rish va ularning baholash tizimidan andoza olish. 


288 
Kalit so‘zlar: 
XXI asr ko‘nikmalari, kompetensiya, Xalqaro baholash dasturlari, PISA, PIRLS, 
TIMSS, YUNESKO, davlat ta’lim standarti, o‘quv dasturi, darslik, monitoring, o‘quvchining sog‘ligi, 
nevrotizm, xavfsizligi. 
XXI asr – ijtimoiy globallashuv, axborot asri ekanligi barchamizga ayon. Bu globallashuv 
jarayonida ta’limning oʻrni beqiyosdir. Ta’lim qanchalik mukammal tashkil etilsa, boshqarilsa, 
innovatsiyalarga yoʻgʻrilgan boʻlsa, natija ham, sifat ham shuncha mukammal va samarador boʻladi. 
Yurtimizda ta’lim tizimini isloh qilish, takomillashtirish yoʻlida xalqaro darajadagi innovatsiyalarni 
amliyotga joriy qilish boʻyicha ishlar yashin tezligida amalga oshirilmoqda. Chunonchi, Oʻzbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 187-sonli “Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, 
kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori bilan tasdiqlangan 
umumiy oʻrta ta’limning davlat ta’lim standarti hamda Xalq ta’limi vazirining 2017-yil 3-iyundagi 190- 
sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan umumiy oʻrta ta’lim maktablarining 1-4-sinf fanlari oʻquv dasturi, 
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-dekabrdagi “Xalq ta’limi tizimida ta’lim 
sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 997-sonli 
Qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekistonning yangi taraqqiyot davrida talim-tarbiya 
va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2020-yil 6-noyabrdagi PF-6108-sonli 
farmoni asosida yaratilgan Milliy oʻquv dasturining qabul qilinishi bu innovatsiyalarning jadal suratlarda 
amalga oshirilishini tezlashtirib yubordi. Yuqoridagi me’yoriy hujjatlarda belgilangan vazifani amalga 
oshirishda boshlangʻich ta’lim asosiy oʻrinni egallaydi. Ta’limdagi har bir yangilik boshlangʻich ta’lim 
jarayonini chetlab oʻtmaydi, aynan shu oʻquv jarayonida ta’limda amalga oshirilayotgan innovatsion 
yondashular tajriba-sinovdan oʻtkaziladi. Boshlangʻich ta’lim oʻquv jarayonini zamonaviylashtirish, 
uning sifat-samradorligini baholash borasidagi ishlar soʻnggi oʻn yilda jadallashib bormoqda. Jumladan, 
2013-2017-yillarda boshlangʻich ta’lim fanlari yoʻnalishidagi barcha fanlar uchun multimedia ilovalari va 
oʻquv qoʻllanmalarning yaratilishi, 2014-yilda kompetensiyaviy yondashuvdagi DTS va oʻquv 
dasturining tajriba-sinovdan oʻtkazilishi, 2017-yilda shu DTS va oʻquv dasturining amaliyotga 
joriylanishi, ular asosidagi 1-4-sinf darsliklarining ishlab chiqilishi, 2021-2022-yillarda Milliy oʻquv 
dasturining loyihasining tasdiqlanishi, loyiha asosida 1-2-sinf darsliklarining (Ona tili va oʻqish 
savodxonligi, Matematika, Tabiiy fanlar) yangi avlodi yaratilishi, darsliklarning elektron multimedia 
ilovalari GooglePlay platformasiga joylashtirilishi 2021-yil aprel oyida boshlangʻich 4-sinf oʻquvchilari 
tarixda ilk marotaba PIRLS – 2021 xalqaro baholash dasturidagi ishtiroki, 2021-2022-oʻquv yilidan 
boshlab baholashning elektron platformasi –
www.kundalikcom.uz
ning joriy qilinishi shular 
jumlasidandir. 
Zamonaviy boshlangʻich ta’lim sifatini oshirish muammolari 
Bugungi kunda boshlangʻich ta’lim sifati egallangan bilim darajasida emas, balki hayoti davomida 
bilim olishga boʻlgan qiziqishida, kasbiy va shaxsiy rivojlanishida, egallangan bilimlarni kichik hayotida 
qoʻllay olish kompetensiyasida belgilanadi. 
Zamonaviy dunyoda – inson kapitali har bir mamlakatning barqarorligi va taraqqiyotini 
ta’minlashdagi siyosiy va iqtisodiy resursiga aylanmoqda. Davlat ta’lim tizimi siyosatini ishlab chiqishda 
mamlakatning global makonda raqobatbardoshligiga qanday ta’sir qilishini, oʻzgarishlar qanday ta’lim 
sifati natiajalariga olib kelishini, kelajakda jamiyatning rivojlanish darajasiga mos kelishini inobatga 
olishi lozim. 
Ta’limning rivojlanish darajasi quyidagi asosiy omillarga bogʻliq: 
– 
Jahon hamjiyatining ta’lim jarayonidagi hamkorligi (kengayib borayotgan ijtimoiy makonda 
individul muhitning xilma-xilligi va koʻp sonliligi, shaxslar va guruhlararo muloqotning turli shakllari, 
koʻrinishlari, yashash muhitining rivojlanishi); 
– 
Jahon fuqarolik jamiyatida insonparvarlik tamoyillarini rivojlantirish (hayotiy faoliyatga 
mas’uliyat bilan qarashni rivojlantirishda har bir shaxs huquq va erkinliklarini himoyalash); 
– 
Shaxsning faol, mustaqil va intensiv ijtimoiy (oʻziga xoslik) xarakterdagi yangi ma’naviy 
olamini shakllantirish, jamoa va oʻz manfaati uchun shaxsiy fazilatlarni rivojlantirishi – bu insonning 
butun umri davomida oʻrganishga va qayta oʻqishga tayyorligini bildiradi. 
Yuqorida sanab oʻtilgan har bir omil toʻgʻridan-toʻgʻri ta’lim sohasi va zamonaviy ta’lim 
sifatiga ta’sir qiladi. Hozirgi kunda maktabga boʻlgan talab oʻzgardi. Endi oʻquvchi jamiyatda oʻz oʻrniga 
ega boʻlishi uchun bilimini hayotda qoʻllashni oʻrganishi lozim. Chunki zamonamizda shu orqali 
ta’limning sifati baholanmoqda. 
Biz oʻzlashtirilgan bilim darajasi bilan belgilanadigan sifatning ana’naviy tizimidan cheklanib, 
yangicha zamonaviy talablarga e’tiborni qaratishimiz kerak: ya’ni, 

Download 12,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   287   288   289   290   291   292   293   294   ...   502




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish