Universitetining pedagogika instituti maktabgacha


KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI O‘QUVCHILAR BILISH FAOLIYATINI



Download 12,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet168/502
Sana23.07.2022
Hajmi12,46 Mb.
#845194
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   502
Bog'liq
Анжуман БухДУПИ.11.05. 2022

KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI O‘QUVCHILAR BILISH FAOLIYATINI 
RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI 
Sidiqova Yulduz Sobirovna, 
BuxDUPI 1-bosqich magistranti 
 
Bugungi kunda bilish faoliyatining asosiy xususiyatlari o‘quvchi hamda o‘qituvchilar orasidagi 
o‘zaro hamkorlik va do‘stona munosabatlarda namoyon bo‘ladi.O‘tmishda mavjud bo‘lgan biryoqlama 
nuqtai nazar o‘quvchi o‘quv faoliyatning obekti ekanligiga asoslangan bo‘lib, o‘qituvchi esa mazkur 
jarayonning subekti sifatida turli vazifalarni bajarishga safarbar etilganligida o‘z ifodasini topgan. 
Bugungi kunda o‘quvchilar uchun faoliyatning maqsadi ochiq oydin ifodalangan bo‘lib, o‘quvchilar 
mazkur maqsadni anglashlari uchun harakat qilinadi. Yetakchi g‘oyalar tahlil qilinadi, o‘quv 
materiallarining mazmuni o‘zlashtirishga qulay bo‘lishi uchun kuch sarflanadi, bilimlar, jarayon mantiqi 
va ularni o‘zlashtirishning qimmatini ochadi. Shuningdek o‘quvchilarni faoliyatning zarur usullari bilan 
qurollantiradi. Bu esa o‘z navbatida o‘quvchilarning bilish faoliyatini dasturlashtirish imkoniyatini beradi. 
Mazkur vaziyatda o‘quvchilar obekt sifatida namoyon bo‘ladi. Vazifalarning bajaruvchisi sifatida faoliyat 
ko‘rsatadi. 
O‘quvchilarning bilish faoliyatini rivojlantirish vaziyatida esa ularning shaxsiy faoliyati ta’limning 
samarali usullari bo‘lib, bu jarayonda o‘quvchilar subekt mavqeyini egallaydi. Bunday vaziyatda shaxsiy 
yondashuv hosil bo‘lib, zo‘riqish metodlari o‘rnini bilish jarayonida o‘quvchilarning kuchlarini 
birlashtirish metodi egallaydi. Bunday sharoitda o‘qituvchi faoliyat obekti sifatida namoyon bo‘ladi. Bu 
jarayonda o‘quvchilar muayyan darajadagi mustaqillikka ega bo‘ladi. 
Bilish faoliyatining subekt-subekt xarakterga ega bo‘lishi zamonaviy didaktika talablariga mos 
kelib, bu o‘z navbatida bilish faoliyatini rivojlantirish vaziyatida birinchi darajali ehtiyojga aylanmoqda. 
Ta’lim mazmuni va metodlari birinchi navbatda o‘quvchilarning rivojlanish darajalariga mos kelishi 
lozim. 
Bu yo‘nalishda rivojlantiruvchi ta’lim g‘oyasini amalga oshirish maqsadga muvofiqdir. Biroq 
boshlang‘ich sinflarda rivojlantiruvchi ta’lim nazariyasini qo‘llashning didaktik xususiyatlarini aniqlagan 
holda ishlanmalarni tatbiq qilish talab etiladi. Buning uchun hamkorlikka asoslangan ta’lim jarayonida 
o‘qituvchining bashorat qiluvchilik vazifasi muhim o‘rin egallashini alohida ta’kidlash lozim. Chunki 
o‘qituvchi o‘quvchilarga yangi bilimlarni taqdim etib, ularni o‘zlashtirish usullarini o‘rgatadi. O‘quv 
faoliyati sub’ektlarining o‘zgarishi bugungi kunda ta’lim jarayonida bilish vaziyatini yanada samarali 
tashkil etishga olib keladi. Buning uchun o‘quvchilariga ta’lim berishning yanada maqbulroq usullarini 
yosh va individual xususiyatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqish taqozo qilinmoqda. 
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bilish jarayonini samarali tashkil etishning muhim shartlaridan biri – 
ularda asosiy bilish ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat. Yana shunday yondashuv ham mavjudki, 
bilish faoliyati usullarini shakllantirish maxsus vazifa emas, balki o‘quv jarayonining qo‘shimcha 
natijasidir. Bizningcha, o‘quvchilarning bilish ko‘nikmalarini egallashga oid ishlari o‘z mohiyatiga ko‘ra 
bilimlarning shakllanish jarayoni bilan tengdir. 
Bir qator o‘qituvchilar amaliy faoliyatining tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, o‘quvchilarda muayyan 
o‘quv ko‘nikmalarini shakllantirishga oid ishlarda bir qator qiyinchiliklar vujudga kelmoqda. An’anaviy 
ta’lim tizimida o‘qitish reproduktiv tarzda amalga oshirilgan. Bu jarayonda o‘quvchilarning zarur o‘quv 
usullarini o‘zlashtirishlari bir qadar murakkablashadi. Shunga qaramay bu jarayon o‘zaro aloqadorlikda 
amalga oshishi lozim. Bu shundan dalolat beradiki, bunday sharoitda bilish jarayonini tashkil etish asosan 
o‘qituvchi faoliyati bilan bog‘liq bo‘lib, u o‘quvchilarga tayyor bilimlarni uzatuvchi shaxs sifatida 
namoyon bo‘ladi. Bu esa o‘z navbatida o‘quvchilarning bilish imkoniyatlarini sezilarli darajada cheklaydi 
va bilish usullarining o‘quv jarayonida qo‘llanilishiga to‘sqinlik qiladi. 
Bugungi kunda barcha o‘qituvchilar ham zamonaviy ta’lim texnologiyalari va o‘quvchilarning 
bilish faoliyatlarini rivojlantiruvchi o‘quv vaziyatlari haqida yetarlicha tasavvurga ega emaslar. Ular 
o‘quv materiallarini o‘quvchilarga taqdim etishga oid yangi yondashuvlarni qo‘llashga intilmaydi. 
O‘qituvchilar o‘quvchilarning yosh va individual xususiyatlari asosida bilish faoliyatlarini rivojlantirishga 
yo‘naltirilgan axborot texnologiyalaridan deyarli foydalanmaydi. Shuning uchun ham o‘quvchilar hamda 
o‘quv jarayonining pedagogik-psixologik muammolarini yechmaydi. Chunki axborot texnologiyalari 
o‘quvchilar bilish faoliyatini rivojlantiruvchi metodlarni qo‘llash uchun qulay imkoniyatlar yaratadi. 
Mazkur metodlar esa o‘z navbatida ta’lim nazariyasi va amaliyotini o‘zaro uyg‘unlashtiradi. 
Ta’limning an’anaviy modellaridan yangi, shaxsga yo‘naltirilgan insonparvarlikka asoslangan 
modelga o‘tish yangi pedagogik texnologiyalarni qo‘llash va shu asosda bilish faoliyatini rivojlantiruvchi 
o‘quv vaziyatlarini tashkil etish uchun qulay didaktik imkoniyatlarga ega. Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim 
asosida dasturlashtirilgan o‘qitish g‘oyasi ifodalangan bo‘lib, mazkur g‘oya o‘z navbatida sinfdagi barcha 


165 
o‘quvchilarning mustaqil ishlariga sharoit yaratadi, muayyan darajada o‘quv jarayonini tabaqalashtirish 
imkonini beradi. Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim jarayonida o‘qituvchilar mavqeining o‘zgarishi subyekt- 
subyekt munosabatlariga asoslangan o‘quv vaziyatining vujudga kelishiga imkon beradi. Bu jarayonda 
o‘qituvchi o‘quvchilarning maslahatgo‘yi va maslakdoshi sifatida namoyon bo‘ladi. Bu esa 
o‘qituvchining o‘quv-biluv vaziyatida aqliy faoliyat usullarini samarali qo‘llashiga sharoit yaratadi. 
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari aqliy faoliyatning ikki turini qo‘llashlari maqsadga muvofiqdir. 
Ular: a) reproduktiv; b) izlanuvchi-evristik turlari. Bu usullardan o‘quvchilar bilish faoliyatini 
rivojlantirishning asosiy bosqichida samarali foydalanish tavsiya etiladi. Zarur metodik vosita sifatida 
mazkur turlar orasidagi aloqani ta’minlovchi o‘quvchilarda mustaqil tarzda xususiydan umumiyga va 
aksincha umumiydan xususiyga qarab borish ko‘nikmasini shakllantirish lozim. Bu o‘z navbatida 
umumiy mantiqiy usullarni egallash zaruriyatini ifodalaydi. 
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida yosh va individual xususiyatlari mantiqiy fikrlash ko‘nikmasini 
shakllantirishda bugungi kunda asosiy ta’limiy muammo sifatida namoyon bo‘lmoqda. Chunki 
o‘quvchilar duch keladigan aksariyat qiyinchiliklar o‘quv materiallari doirasida namoyon bo‘ladi. O‘quv 
vaziyatida o‘quvchilar birinchi navbatda asosiy nuqtai nazar sifatida o‘rganilgan hodisalarni tasvirlash 
ko‘nikmalarini tarkib toptirishi lozim. Shu nuqtayi nazardan o‘quvchilarda mantiqiy tafakkurni 
rivojlantirish bilish faoliyatini jadallashtirishga ko‘maklashadi. Bu o‘z navbatida bilishning oqilona, 
aqliy, hissiy usullarini uyg‘unlashtiradi. 

Download 12,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   502




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish