Universitetining pedagogika instituti maktabgacha


BOSHLANG‘ICH VA MAKTABGACHA TA’LIM SIFATI VA SAMARADORLIGINI



Download 12,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/502
Sana23.07.2022
Hajmi12,46 Mb.
#845194
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   502
Bog'liq
Анжуман БухДУПИ.11.05. 2022

BOSHLANG‘ICH VA MAKTABGACHA TA’LIM SIFATI VA SAMARADORLIGINI 
OSHIRISH – BUGUNNING DOLZAB MUAMMOSI 
 
Daminov Mirzohid Islomovich, 
Buxoro davlat universitetining Pedagogika instituti direktori 
Pedagogika fanlari nomzodi, dotsent 
 
Bashariyat tamaduni tarixiga nazar solinsa, Osiyo – O‘rta Osiyo, Kichik Osiyoning o‘rni bo‘lak. 
Xususan, dinimizning muqaddas Kalomi – Qur’oni karim da’vatiga ko‘ra ilm-fan, madaniyat yangi 
bosqichga ko‘tarilib, ko‘plab fan va sohalarning tamal toshi qo‘yildi. Bunga misol sifatida medidsina, 



algebra, ilmi nujm kabilarni keltirishimiz mumkin. Ajdodlarimiz farzandlarining ma’rifiy tarbiyasiga 
bolaligidan e’tibor berishgan. Shuning natijasida Imom Ismoil Buxoriy, Al-Xorazmiy, Abu Rayhon 
Beruniy, Ibn Sino, Mirzo Ulug‘beklar yetishib chiqib, insoniyat ilm-fanining hozirgi taraqiyotini asosini 
yaratib berishgan. Ajdodlarga munosib ana shunday yosh avlodni tarbiyalash, nafaqat, yurtboshimizning, 
balki har birimizning orzumiz bo‘lishi lozim. 
Prezidentimiz ta’kidlaganidek, “Atoqli ma’rifatparvar bobomiz Abdulla Avloniyning: “Tarbiya biz 
uchun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidir”, degan hikmatli 
so‘zlarini men qayta-qayta takrorlashdan charchamayman. Keyingi yillarda masalaga mana shunday 
yondashuv bizning ushbu sohadagi faoliyatimiz mezoniga aylandi. Chindan ham, agar biz ta’limni 
o‘zgartirsak, ta’lim insonni o‘zgartiradi. Inson o‘zgarsa – butun jamiyatimiz o‘zgaradi. Intellektual va 
madaniy salohiyatning qanday noyob boylik ekani, nodir talant egalarini tarbiyalab kamolga yetkazish hal 
qiluvchi ahamiyatga ega ekanini unutishga haqqimiz yo‘q”. Bunday da’vatli so‘zlar, albatta, har qanday 
ilm ahliga, qolaversa, yoshlarga ruhiy madad bo‘ladi. 
Darhaqiqat, O‘zbekiston Respublikasi demokratik, huquqiy va fuqarolik jamiyatini qurish yo‘lidan 
ketayotgan bir paytda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning bosh maqsadi va harakatga 
keltiruvchi kuchi har tomonlama rivojlangan barkamol insonni tarbiyalashdan iboratdir. 
Innovatsiya, raqamli texnologiyalar va xalqaro tajribalardan foydalangan holda tashkil etiladigan 
maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda foydalaniladigan uslublarni har bir professor-o‘qituvchi o‘zi 
o‘qitayotgan fani yoki predmetining mazmuni, maqsadi, shuningdek, sharoiti, o‘quvchilarning imkoniyati 
va ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda o‘zgartiradi yoki o‘qitish jarayonida o‘rgangan tajribalari asosida 
o‘zining yangi mualliflik innovatsion, raqamli texnologiyalarini yaratib ulardan foydalanadi. 
Bozor iqtisodiyoti munosabatlari taraqqiy etayotgan hozirgi jamiyatda inson shaxsini rivojlanishiga 
alohida talablar qo‘yilgan. Ta’lim tizimi oldiga o‘quvchilarda shunday ko‘nikmalarni shakllantirish 
vazifasi turibdiki, bu ko‘nikmalar jadal rivojlanayotgan jamiyatga shaxsning moslashuvini ta’minlashga 
xizmat qilishi lozim. 
Shuningdek, uzluksiz ta’lim tizimida yangi malakalarni egallashga imkoniyat yaratilishi talab 
etiladi. Bu jarayonda o‘quvchida hayotiy vaziyatlar, holatlar, betaraf ob’ektlar shaxsiy bilim va 
ko‘nikmalar, muayyan faoliyatning egallanganlik darajasi shakllangan bo‘lishi lozim. 
Bugungi kunda axborotlar uzluksiz yangilanmoqda va eskirgan texnologiyalar zamonaviylari bilan 
almashtirilmoqda. Zamonaviy maktab o‘quvchisi bilimlarni mustaqil egallashga tayyor bo‘lishi kerak. 
O‘quvchilar kichik maktab yoshidayoq potensial imkoniyatlarni o‘zlashtirishlari uchun o‘z faoliyatini 
tashkil etish ko‘nikmalarini egallashlari lozim. Bunda ta’lim-tarbiya jarayoni beqiyos imkoniyatlarga ega. 
Ta’lim-tarbiyaning rivojlanayotgan shaxs ongini boyitishdagi imkoniyatlarini baholab, O‘zbekiston 
Pespublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev “O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha 
rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmonida inson kapitalini shakllantirishning asosiy 
bo‘g‘ini bo‘lgan tizimda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar va ularni hayotga tatbiq etish yo‘llari 
atroflicha belgilab berdilar. 
Mamlakatimiz rivojlanishining muhim sharti zamonaviy iqtisodiyot, fan, madaniyat, texnika, 
texnologiya rivoji asosida kadrlar tayyorlashning takomillashgan tizimining amal qilishiga erishishdir. 
Ta’limning bugungi vazifasi o‘quvchilarni kun sayin oshib borayotgan axborot ta’lim muhiti sharoitida 
mustaqil ravishda faoliyat ko‘rsata olishga, axborot oqimidan oqilona foydalanishga o‘rgatishdan 
iboratdir. Buning uchun ularga uzluksiz ravishda mustaqil ishlash imkoniyati va sharoitini yaratib berish 
zarur. 
Ta’limning samaradorligini oshirish va bilimlarni to‘la egallashlariga erishish, shaxsning ta’lim 
diqqat markazida bo‘lishini va yoshlarning mustaqil bilim olishlarini ta’minlash uchun ta’lim 
muassasalariga yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan va o‘z sohasidagi bilimlarni mustahkam egallashdan tashqari 
zamonaviy innovatsiyalardan, raqamli texnologiyalardan, pedagogik texnologiyalardan va interfaol 
usullardan mukammal xabardor, ulardan o‘quv va tarbiyaviy mashg‘ulotlarni tashkil etishda foydalana 
oladigan o‘qituvchilar kerak. Buning uchun, barcha fan o‘qituvchilarini innovatsion pedagogik 
texnologiyalar va interfaol usullar bilan qurollantirish hamda olgan bilimlarini o‘quv-tarbiyaviy 
mashg‘ulotlarda qo‘llash malakalarini oshirib borish lozim. 
Pedagog o‘z mutaxassisligi bo‘yicha egallagan bilimlari qatorida pedagogik va psixologik 
bilimlarni hamda texnologik yondashuv asosidagi o‘qitish uslubiyotlarini ham egallagan bo‘lishlari zarur. 
Ana shularni e’tiborga olgan holda, innovatsion texnologiyani qo‘llashda quyidagilar muhim: 

o‘qitish jarayonining samaradorligini ta’minlovchi pedagogik malakalarni shakllantirish; 

o‘qituvchi faoliyatining metodologik asosi sifatida pedagogik bilimlar tizimini egallash; 



– o‘qituvchilarning kasbiy faoliyatlari foydalaniladigan uslublar tizimi sifatidagi o‘qitish 
texnologiyasini egallash. 
Bu kabi fikr mulohazalar mazkur anjumanida yana bildiriladi, albatta. 
Oliy ta’lim sohasidagi har bir yangilikni ham, avvalo, maktabdan – boshlang‘ich ta’limdan, 
qolaversa, bog‘chadan boshlash zarurligi yaqqol anglashilmoqda. Shu ma’noda, O’zbekiston 
Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “O`zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimini 2030- 
yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi, “O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim 
tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi hamda 2022 – 2026-yillarga 
mo‘ljallangan “Yangi O‘zekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi 2022-yil 28-yanvardagi 60- 
sonli Farmonlariga hamohang Buxoro davlat universiteti Pedagogika institutida O‘zbekiston Respublikasi 
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Boshlang‘ich va maktabgacha 
ta’lim sifati va samaradorligini oshirish muammolari: innovatsiya, raqamli texnologiyalar va xalqaro 
tajribalar” Respublika ilmiy-amaliy anjumani mazkur masalada nazariy-amaliy jihatdan alohida amaliy 
ahamiyat kasb etadi. 

Download 12,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   502




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish