411
Kalit so‘zlar: ijtimoiy - huquqiy m’yorlar, кompetensiyaлар, ҳаётий кўникмалар, ta’lim sifati,
o‘qituvchi mahorati, allomalar merosi, qadriyatlar, ma’naviy meros, шахс камолоти.
Mustaqil O‘zbekiston Respublikasida shakllanayotgan milliy istiqlol g‘oyalari fuqarolarni
Respublika Konstitutsiyasida ehtirof etilgan insonparvar, demokratik, huquqiy davlat va huquqiy
jamiyatni barpo etishdek ezgu maqsad atrofida birlashtirishga xizmat qiladi. Har bir fuqaroning ijtimoiy-
siyosiy, huquqiy
faolligini yuzaga keltirish, huquqiy madaniyatini qaror toptirish - fuqarolik (huquqiy)
jamiyatning asosiy talabi sanaladi.
Davrning ushbu o‘ta muhim talabi Yangi O‘zbekiston sharoitida Respublika hukumati tomonidan
qabul qilingan qator qaror va farmoyishlar hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlari
mazmunida o‘zining yorqin ifodasini topgan. Aholi, shu jumladan, yoshlar o‘rtasida huquqiy bilimlar
targ‘ibotini kuchaytirish, huquqiy ta’lim-tarbiyaning samarali, izchil tizimini yaratish, jamiyatda huquqiy
madaniyatni shakllantirish muammolari yuzasidan bir qancha ta’limi-tarbiyaviy tizimli ishlar amalga
oshirilmoqda.
«Tarbiya» fani 1-4-sinflarda haftasiga 1 soatdan, o‘quv yili davomida esa 34 soat o‘qitiladi.
Shuningdek, o‘qituvchilar uchun «Tarbiya» fani bo‘yicha darslarni tashkil qilish yuzasidan zamonaviy
yondashuvlar o‘rin olgan uslubiy qo‘llanma ishlab chiqildi. «Tarbiya» fanini o‘qitish texnologiyasi”
nomli qo‘llanma nashr etildi. «Tarbiya» fani bo‘yicha o‘quv-uslubiy ta’minotning axborot platformasini
yaratish maqsadida internet tarmog‘ining www.tarbiyam.uz domenida fanga doir ma’lumotlar va
vazifalari bayon etilgan o‘qituvchiga uslubiy yordam ko‘rsatuvchi ma’lumotlar bazasi yaratildi. Bu
platformada o‘qituvchilar uchun «Tarbiya» fanining maqsad-vazifalarini ochib beruvchi me’yoriy-
huquqiy hujjatlar – fan konsepsiyasi, Davlat ta’lim standartlari, o‘quv dasturi, uslubiy tavsiyalar, taqvim-
rejalar, fanni o‘qitishga doir texnologiyalar,
dars ishlanmalari, qo‘shimcha manbalar joylashtirilmoqda.
Shuningdek, platformada o‘quvchilar va ota-onalar uchun maxsus ruknlar ham mavjud.«Tarbiya»
fanining darsliklari yaratilib, undagi mavzularga oid videoroliklar darsliklarga QR-kod bilan kiritildi.
Mazkur darslarni o‘tishda zamonaviy yondashuvlarga asoslangan holda o‘quvchilarni fikrlashga
o‘rgatadigan, ularni milliy qadriyatlarimizga sodiq, vatanparvar etib tarbiyalashga xizmat qiladigan
zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanishga alohida e’tibor qaratilgan. «Tarbiya» fanining
o‘quv dasturi va darsliklarida vatanparvarlik,
tadbirkorlik, irodalilik, mafkuraviy immunitet, mehr-
oqibatlilik, mas’uliyatlilik, bag‘rikenglik, huquqiy madaniyat, innovatsion fikrlash, mehnatsevarlik kabi
ko‘nikmalarni shakllantirishga alohida urg‘u berilgan. Xususan, bunda milliy an’analar, ulug‘
allomalarning hayot va yo‘llari,
asarlari, zamondosh qahramonlarning faoliyati ibrat sifatida keng
foydalanilgan. Mavzularni o‘qitishda bugun jahon miqyosida ommalashgan «Loyiha asosida o‘qitish»,
«Qiziqishlar asosida ta’lim berish», «Art-fest», «Namuna ko‘rsatish», «Misollar orqali o‘qitish»,
«Vaziyatlarni tahlil qilish» kabi ta’lim berishning ilg‘or texnologiya va uslublari qo‘llanilmoqda.
Ayniqsa boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ijtimoiy-huquqiy me’yorlarga hurmat hissini
shakllantirishda ushbu darslarning o‘rni bor. Bu jarayonda quyidagilarga e’tibor qaratish lozim:
-boshlangich sinf o‘quvchilarining yosh va psixologik xususiyatlari hamda bilish darajasini
inobatga olgan holda ular tomonidan o‘zlashtirilishi zarur bo‘lgan ijtimoiy-huquqiy me’yorlarni ajratib
olish;
-ko‘rsatilgan yosh davri o‘quvchilarining hayoti, kundalik faoliyatlarida ahamiyatli bo‘lgan
ijtimoiy-huquqiy me’yorlarni ular ongiga singdirishning maqbul shakl, metod va vositalarini aniqlash;
-ijtimoiy-huquqiy me’yorlarning ahamiyatini ko‘rsatish orqali boshlangich sinf o‘quvchilarida
ularni o‘zlashtirishga nisbatan ehtiyojni qaror toptirish;
boshlangich sinf o‘quvchilari tomonidan ijtimoiy-huquqiy me’yorlar mohiyat-mazmunining puxta
anglanishiga erishish;
ijtimoiy-huquqiy meъyorlar to‘grisida maъlumot berishda pedagogik faoliyatning ko‘rgazmali-
amaliy xususiyat kasb etishiga e’tiborni qaratish.
Boshlangich sinf o‘quvchilari ongiga ijtimoiy-huquqiy me’yorlarning mohiyati to‘g‘risidagi
tushunchalarni singdirish, ularga nisbatan hurmatni qaror toptirish masalalar mazkur yo‘nalish doirasida
o‘z yechimini kutayotgan muammolardan biridir.
Ushbu muammoni hal etish bo‘yicha olib borayotgan tadqiqotni olib borishda boshlang‘ich sinf
o‘quvchilarining yosh va psixologik xususiyatlari va bilish darajasiga muvofiq
holda ular tomonidan
o‘zlashtirish mumkin bo‘lgan ijtimoiy-huquqiy me’yorlar ajratib olindi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari
tomonidan o‘zlashtirilishi maqsadga muvofiq deb topilgan ijtimoiy-huquqiy me’yorlar mazmunan ikki
guruhga ajratildi. Ya’ni: ijtimoiy me’yorlar va huquqiy me’yorlar.
412
Har ikki guruhga kiritilgan me’yorlar o‘rtasida muayyan farq (rioya etilishiga ko‘ra majburiylik va
ixtiyoriylik kasb etish) mavjudligiga qaramay, ular umumiy maqsadga - ijtimoiy munosabatlarni
mo‘’tadil tashkil qilish va tartibga solishga yo‘naltirilgandir.
Nazariy tahlil va boshlangich sinf o‘quvchilarining faoliyatlarini kuzatish natijasida ularni quyidagi
ijtimoiy me’yorlar bilan tanishtirish pedagogik jihatdan to‘g‘ri deb topildi: shaxsning oila, jamiyat,
davlat, moddiy borliq, ijtimoiy alokalar va tabiatga bo‘lgan munosabati mazmunini ifodalovchi
mahnaviy-axloqiy qarashlar, milliy mahnaviy-axloqiy qadriyatlar, xalq pedagogikasi g‘oyalari.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari tomonidan huquqiy me’yorlarning o‘zlashtirilishi
va ularga amal
qilinishi ham ahamiyatli bo‘lib, turli ko‘rinishdagi faoliyatni qonuniy tarzda amalga oshirishga
odatlanishlari, qonunlarni hurmat qilish hissiga ega bo‘lishlariga yordam beradi. Huquqiy me’yor ijtimoiy
me’yorlarning bir turi bo‘lib, "ma’lum bir sharoitlarda o‘zini qanday tutish haqidagi axborotdan iborat
bo‘lgan irodaviy tartibga soluvchi ko‘rsatma" sifatida aks etadi. "Uning xususiyati shundaki, bu davlat
bilan mustahkam bog‘langandir. U qonunda yoki boshqa huquqiy aktda aks ettirilgan bo‘lishi, davlatning
majburlash kuchi bilan ta’minlanishi kerak. Huquqiy me’yor ijtimoiy munosabatlarni davlatning
vazifalari va funksiyalari bilan mos kelgan holda tartibga solinishiga qaratilgandir. Davlat esa huquqiy
me’yorlarning amalga oshirilishi shakllarini belgilab beradi"
O‘rganish natijalari boshlang‘ich sinf o‘quvchilari quyidagi huquqiy me’yorlardan
xabardor
bo‘lishlari zarurligini ko‘rsatdi: davlat ramzlari (davlat Prezidenti, bayrog‘i, gerbi, madhiyasi, pul
birligi)ga hurmat ko‘rsatish, davlat va fuqarolar mulkiga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish, jamoat
tartibini saqlash, jamoat transportidan foydalanish, ta’lim muassasasining ichki tartib-qoidalariga rioya
qilish, istehmolchi sifatida huquq va burchlarini bilish.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini huquqiy me’yorlar bilan tanishtirish chog‘ida ularning xarakteriga
ko‘ra tahqiqlovchi, majbur qiluvchi va vakolat beruvchi me’yorlarga
ajratilishini tushuntirish, ularning
mohiyatini ko‘rgazmali tarzda, hayotiy misollar (bevosita o‘quvchilar faoliyatiga oid misollar) yordamida
ochib berish pedagogik faoliyat samaradorligini ta’minlaydi.
Shunday qilib, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ongiga ijtimoiy-huquqiy me’yorlarning mohiyati
to‘grisidagi tushunchalarni singdirish, ularga nisbatan hurmatni qaror toptirish masalalar mazkur
yo‘nalish doirasida o‘z yechimini kutayotgan muammolardan biri hisoblanadi. Bu yo‘lda pedagogik
faoliyatni tashkil etishda boshlangich sinf o‘quvchilarining yosh va psixologiya xususiyatlarini inobatga
olgan holda ularning hayoti, kundalik faoliyatiga aloqador ijtimoiy-me’yorlarni ajratib olish talab etiladi.
Ular haqida o‘quvchilarga ma’lumot berishda esa pedagogik faoliyatning ko‘rgazmali bo‘lishiga erishish,
hayotiy misollardan o‘rinli foydalanish samaradorlikka erishish kafolati sanaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: