Universitetining pedagogika instituti maktabgacha


MAKTABGACHA TA’LIMDA QO‘LLANADIGAN O‘YINLARNING PEDAGOGIK



Download 12,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet165/502
Sana23.07.2022
Hajmi12,46 Mb.
#845194
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   502
Bog'liq
Анжуман БухДУПИ.11.05. 2022

MAKTABGACHA TA’LIMDA QO‘LLANADIGAN O‘YINLARNING PEDAGOGIK 
AHAMIYATI 
Boymurodova Gulzoda Toshtemirovna, 
BuxDUPI maktabgacha ta’lim 
kafedrasi dotsenti p.f.d (DSc) 
N. Z. Qodirova, 
BuxDU xorijiy tillar fakulteti 
3 -bosqich talabasi 
 
O‘yin maktabgacha yoshidagi bolalarning asosiy faoliyati bo‘lib, u orqali bola shaxs sifatida 
shakllanadi. O‘yin bolaning kelajakdagi o‘quv, mehnat faoliyati, kishilarga munosabatining qay darajada 
shakllanib borishini belgilaydi. 
O‘yin qadim zamonlardan beri pedagog, psixolog, faylasuf, etnograf, san’atshunos olimlar 
diqqatini o‘ziga tortib kelgan. O‘yin ibtidoiy jamoa tuzumi davridayoq yuzaga kelgan bo‘lib, jamiyat 
hayotida mehnatdan keyin turadi va uning mazmunini belgilaydi. Ibtidoiy jamoa qabilalari o‘z o‘yinlarida 


162 
ovchilik, urush, dehqonchilik ishlarini aks ettirganlar. Masalan, o‘sha davrdagi ba’zi qabilalarning sholi 
sepish jarayoni o‘yinlar bilan juda katta tantana qilib amalga oshirilar edi. 
Ba’zi hollarda esa o‘yin mehnat qilish istagi orqali yuzaga keladi. Masalan, ovchi tyulenni ovlash 
uchun uning oldiga hayvonga o‘xshab sudralib, sirpanib boradi. 
Ayrim hollarda esa bola o‘z o‘yinida oldin kattalar mehnatiga taqlid qiladi, keyinchalik ularning 
mehnatida qatnashadi. O‘yin yosh avlodni mehnatga tayyorlaydi. Bolalar o‘yinini bunday tushunish 
birinchi marta K. D. Ushinskiy tomonidan ta’riflab berilgan edi. U o‘z asarlarida bolalar o‘yinining 
mazmuni ularning hayotdan olgan taassurotlari bilan belgilanib, ular shaxsining shakllanishiga ta’sir 
etadi, deb yozadi. 
Bu fikrni P. F. Lesgaft ham tasdiqlab, bolalar o‘z o‘yinlarida tevarak-atrofdan olgan taassurotlarini 
aks ettiradi deydi. Bunday faoliyat bolaning rivojlanishida katta ahamiyatga egadir. 
Shunday qilib, o‘yinning ijtimoiy voqea ekanligini, o‘yinda tevarak-atrofdagi borliq aks 
ettirilishini ilg‘or olim va pedagoglar o‘zlarining kuzatish va ilmiy tadqiqotlari orqali isbotlab berdilar. 
Bolalarning o‘yini nazariyasiga (XX asrning 20 ‒30-yillarda) E. A. Flerina, 
E. I. Tixeeva, 
E. A. Arkin kabi olimlar asos soldilar; keyinchalik R. YA. Lextman-Abramovich, F. I. Fradkipa, N. M. 
Aksarina, A. P. Usova, D. V. Mendjeritskaya, R. I. Jukovskaya, T. A. Markova, S. L. Novosyolova, E. V. 
Zvorigina va boshqalarning tadqiqot ishlari bolalar o‘yini mavzuini ishlab chiqishga bag‘ishlandi. 
Bolalar o‘yinining tarixi, tabiati, uning rivojlanish qonuniyatlari L. S. Vigotskiy, A. N. Leontev, D. 
B. Elkonin, A. V. Zaporojets kabi psixologlar va ularning davomchilari ilmiy tadqiqot ishlarida o‘z aksini 
topdi. A. V. Zaporojets bolalar o‘yinini ilk yoshdan boshlab kuzatib borishi natijasida uni harakatga 
keltiruvchi sabablar, rivojlanish qonuniyatlari, har xil yosh bosqichlarida bolalar o‘yinining o‘ziga xos 
tomonlari, mazmuni va tuzilishini o‘rganish zarurligini ta’kidlaydi. 
Ilk yoshli bolalar o‘yin faoliyatining birinchi bosqichi tanishtiruvchi o‘yin bo‘lib, u narsa, buyum 
o‘yin faoliyati hisoblanadi. Uning mazmuni qo‘l ishidagi murakkab va nozik harakatlardir. 
Keyingi bosqich aks ettirish o‘yini hisoblanadi. Bu ilk yoshli bolalar o‘yini psixologik 
mazmunining rivojlanishida eng yuqori nuqta hisoblanadi. Kattalar ta’lim-tarbiyaviy ishlarini ma’lum 
izchillik bilan olib borsalar, bu yoshdagi bolalar narsa va buyumlar nomini, nimaga ishlatilishini bilib 
oladi va bu yangi bilimlarni o‘z o‘yinlarida qo‘llay bosh-laydi. Bu yoshdagi bolalar o‘yini mazmuni 
juhatidan predmetli faoliyatni aks ettiradi. 
Birinchi yoshning oxiri va ikkinchi yoshdagi bolalar o‘yinida’ syujetni aks ettirish yuzaga keladi. 
Bola qo‘lidagi buyum bilan undan qanday foydalanish kerakligini aks ettiradi. Masalan, qoshiq bilan 
ovqat eyiladi, piyoladan choy ichiladi, karavotda yotiladi, qo‘g‘irchoqni «onasi» erkalaydi va hokazo. 
Shuning asosida syujetli-rolli o‘yinning dastlabki qirralari yuzaga kela boshlaydi. 
Navbatdagi bosqich rolli o‘yin bo‘lib, unda bolalar o‘zlariga tanish bo‘lgan kattalar mehnati va 
kishilarning ijtimoiy munosabatlarini aks ettiradi. 
Bolalar o‘yin faoliyatining bosqichma-bosqich rivojlanishi to‘g‘risidagi ilmiy tasavvurlar har xil 
yosh guruhlarida bolalarning o‘yin faoliyatiga rahbarlikning aniq sistemali tavsiyalarini ishlab chiqish 
imkoniyatini yaratdi. 
Shunday qilib, bolalar bog‘chasining pedagogik jarayonida o‘yinning tutgan o‘rni juda katta bo‘lib, 
o‘yindan maktabgacha yoshidagi bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berishda keng foydalaniladi. Zero: 

o‘yin bolalarning mustaqil faoliyati bo‘lib, unda bolaning ruhiyati namoyon bo‘ladi; 

o‘yin maktabgacha yoshidagi bolalar hayotini tashkil etish shaklidir: 

o‘yin bolalarni har tomonlama tarbiyalash vositalaridan biridir; 

o‘yin bolalarga ta’lim va tarbiya berishning metod va usulidir; 

o‘yin bolalarni o‘quv faoliyatiga tayyorlash vositasidir. Taniqli pedagog-olimlarning olib 
borgan tadqiqotlari o‘yinga kompleks rahbarlik qilish orqali bolalarga o‘yinning mazmuni, tashkil etilishi, 
tuzilishi, bolalarning axloqiy munosabatlari, bolalar o‘yinining rivojlanish darajasiga ta’sir etish 
mumkinligini ko‘rsatdi. 

Download 12,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   502




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish