Universitetining jizzax filiali "psixologiya" kafedrasi "psixologik trening asoslari"


-Mavzu:TRANZAKSION TAHLIL. (4 soat)



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/68
Sana23.07.2022
Hajmi1,14 Mb.
#843503
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   68
Bog'liq
2 5235565683579819279

12-Mavzu:TRANZAKSION TAHLIL. (4 soat) 
Reja: 
.Guruhda tranzakt tahlil. Bu nazariya E.Bern tomonidan ishlab chiqilgan. U asosan ijtimoiy 
muammolar va munosabatlarni ijobiylashtirishga qaratilgan. E.Bernning fikricha, odam hayotida uch 
xil pozitsiyadan iborat rolni o'ynaydi: “ota-ona”, “katta odam” va “yosh bola.” Odam hayotida shu 
pozitsiyalardan biriga asoslanib faoliyat ko'rsatishga o'rgangan. Vaziyatga qarab bu pozitsiyaar 
o'zgarib boradi. Ya'ni bolada yoshligidan katta odam haqidagi tasavvuri asosida “katta odam” 
pozitsiyasi, ota-onaning ta'sirida esa “ota-ona” pozitsiyasi vujudga keladi. 
Bolaligidan to'plangan tajriba bolaning shaxsiy pozitsiyasini vujudga keltiradi va bu narsa 
uning munosabatlarida namoyon bo'lishi mumkin. Masalan: bir odam boshqa odamga ota-ona 
pozitsiyasidan turib maslahat qilsa, boshqasi esa bola pozitsiyasidan turib javob qilishi yoki qarama-
qarshilik mavjud bo'lsa, u holda boshqa pozitsiyalarning biridanjavob berishi ehtimol. Qarama-
qarshilik, ya'ni tranzaktsiyalarning qarama-qarshi kelishi konflikt (nizo)larning oldini olish rollarni 
ijro etmasdan turib, yashash uchun o'zidagi “katta odam” pozitsiyasini anglab yetganidagina 
rivojlantirishi mumkin. Bu metod odamning munosabatlarini anglashga yordam beradi. 
E.Bern ildizi psixoanalizga taqaluvchi taniqli konsepsiyani yaratdi. Biroq, E.Bern konsepsiyasi shaxsni 
o’zi bilan va boshqalar bilan munosabatini dasturlovchi xulq-atvor kognitiv sxemalarini aniqlash va 
belgilashga urgu qiluvchi ham psixodinamik, ham bixeviorial yondashuvlar, g‘oyalar va tushunchalarni 
o’zida mujassam etgan. 
Zamonaviy transakt analiz - shaxs nazariyasini, kommunikatsiyalar nazariyasini, bolalar rivojlanish 
nazariyasini o’z ichiga oladi. Amaliyotda u alohida odamlar bilan ishlashdan tashqari er-xotin, oilalar 
va turli guruhlarni korreksiyalash tizimini tashkil etadi.
Bern bo’yicha shaxs tuzilishi(strukturasi) uch «Men» yoki «Ego-xolatlar»ning mavjudligi bilan 
xarakterlanadi: «Ota yoki ona», «Farzand», «Katta». 
«Ota yoki ona» - shartlar, talab va taqiqlarning interiorizatsiyalashgan ratsional meyorlari bilan 
namoyon bo’luvchi «Ego-xolat». «Ota yoki ona» - bu bolalikda ota-onadan yoki boshqa obro’li 
shaxslardan olingan malumot bo’lib, o’z ichiga xulq-atvor qoidalarini, ijtimoiy meyorlarni, u yoki bu 


vaziyatda amalga oshirish mumkin bo’lgan va mumkin bo’lmagan meyor va taqiqlardir. Ota-ona tasiri 
ikki yo’nalishda amalga oshadi: birinchisi, «Mendek qil» shiori ostida olib boriluvchi bevosita yoki 
to’g‘ridan-to’g‘ri tasir, ikkinchisi, «Mendek emas, men aytganimdek qil» shiori bilan amalga 
oshiriluvchi bilvosita tasir. 
«Ota yoki ona» nazorat qiluvchi (taqiqlar, sanksiyalar) yoki g‘amxo’rlik qiluvchi (maslahat, qo’llab-
quvvatlash) bo’lishi mumkin. «Ota yoki ona»ga «Mumkin», «Majbur», «Hech qachon», «Demak. 
Eslab qol», «Qanday bem’anilik», «Bechora» kabi direktiv jumlalar xos. 
«Farzand» - odamdagi mazkur emotiv asos ikki shaklda namoyon bo’ladi. 
1. 
«Tabiiy 
bola» 

bolaga 
xos 
bo’lgan 
barcha 
impulslar: 
ishonuvchanlik, bevositalik, to’g‘rilik, qiziquvchanlikni o’z ichiga oladi; bular odamga 
munosabatlardagi o’ziga xos maftunkorlik va iliqlikni baxsh etadi. Shu bilan birga u injiq, tez xafa 
bo’ladi, egotsentrik, o’jar va agressivdir. 
2. «Adaptatsiyalangan bola» - ota-ona umid va talablariga mos keluvchi xulq-atvorni nazarda tutadi. 
«Adaptatsiyalangan bola»ga 
yuqori konformlik
, o’ziga ishonchsizlik, uyatchanlik, tortinchoqlik xos. 
«Adaptatsiyalangan bola» qatoriga ota-onasiga qarshi chiquvchi «qo’zg‘alonchi» bolalar ham mansub. 
«Farzand»ga «Men xohlayman», «Men qo’rqaman», «Men yomon ko’raman», «Meni ishim yo’q» kabi 
jumlalar xos. 
«Katta (ulg‘aygan) «Men - xolati» - odamni o’z tajribasiga tayangan holda borliqni obyektiv baholash 
va shu asosda mustaqil, vaziyatga mos keluvchi qarorlar qabul qilish qobiliyati. Ulg‘ayganlik holati 
butun xayot davomida rivojlanish imkoniyatiga ega. «Katta»ning lug‘ati reallikga bo’lgan beasos 
mulohazalardan holi ravishda qurilgan bo’lib, obyektiv va subyektiv reallikni obyektiv ravishda 
o’lchash, baholash va ifoda eta olish imkonini beruvchi tushunchalardan iborat. «Kattalik, 
ulg‘ayganlik» xolati ustun odamlar obyektiv ratsional bo’lib, eng muvofiq adaptiv xulq-atvorni amalga 
oshirish imkoniyatiga egalar. 
Agar «Ulg‘ayganlik» holati blokirovkalangan bo’lib, faoliyat ko’rsatmasa, bunday odam o’tmishda 
yashaydi, u o’zgaruvchan dunyoni anglay olmaydi va uning xulqi «Farzand» va «Ota-ona» - hayot 
konsepsiyasi bo’lsa, «Farzand» - xis-tuyg‘ular asosidagi hayot konsepsiyasidir, «Ulg‘ayganlik» - esa 
ma’lumot yig‘ish va uni tahlil etishga qaratilgan tafakkur asosidagi hayot konsepsiyasidir. Bernda 
«Katta», «Ota-ona» va «Farzand» orasidagi qozi rolini o’ynaydi. U «Ota-ona» va «Farzand»da 
yozilgan ma’lumotni taxlil etgan holda mazkur vaziyatda qanday xulq-atvor muvofiqligini, qaysi streo-
tiplardan voz kechib, qaysilarini qoldirish kerakligini tanlaydi. Shu sababli korreksiya doimiy 
«Ulg‘aygan, katta» xulq-atvorni shakllantirishga qaratilgan bo’lib, uning maqsadi «Doimo katta 
(bo’ladi)». 
Bernga muloqot davomida odamlar orasida yuzaga keluvchi voqealarni ifodalovchi maxsus 
terminologiya xos. 
«O’yin» - xulq-atvorning fiksatsiyalangan va anglab bo’lmaydigan streotipi bo’lib, bunda shaxs 
manipulyativ xulq yordamida yaqinlik (ya’ni to’laqonli kontaktlar)dan qochishga intiladi. Yaqinlik - 
foyda olishni mustasno etuvchi, ekspluatatsiyasiz, o’yindan ozod bo’lgan xis-tuyg‘u bilan chin 
ko’ngilli almashinuvi. O’yin tushunchasiga zaiflik, xiyla, javob, zarba, rag‘batlantirish kabi doimiy 
xatti-harakat ma’lum xis-tuyg‘ular bilan birga amalga oshirilib, ko’pgina o’yin hatti-harakatlari xis-
tuyg‘ular olish uchun bajariladi. O’yinning har bir xatti-harakati sinash bilan birga amalga oshirilib, 
ular o’yin boshqa zarbalarga nisbatan ko’proq bo’ladi. O’yin qanchalik chukurlashsa, silash va zarba 
intensivligi shunchalik oshib, o’yin oxiriga kelib maksimumga yetadi. 


O’yinning uch darajasi ajratiladi: 
o’yinning 1- darajasi jamiyatda qabul qilingan bo’lib, ular yashirilmaydi va og‘ir oqibatga olib 
kelmaydi,
o’yinning 2-darajasi yashiriladi, jamiyat tomonidan ma’qullanmaydi va to’g‘irlab bo’lmaydigan deb 
nomlab bo’lmaydigan zararlarga olib keladi; 
o’yinning 3-darajasi yashiriladi, qoralanadi, mag‘lub bo’lgani uchun to’g‘irlab bo’lmas zararlarga olib 
keladi. O’yinlarni odam o’zi bilan o’zi, ko’pgina ikki o’yinlar orasida (bunda har bir o’yinni bir necha 
rollarni ijro etishi mumkin) va ba’zida esa ko’pgina biror tashkilot bilan o’yin tashkil etishi mumkin. 
Psixologik o’yin birin-ketin davom etuvchi yashirin motivatsiyaga ega, aniq va ma’lum natijali 
transaksiya seriyasidan iborat. Yutuq sifatida o’yinchi ongsiz ravishda intiluvchi biror-bir emotsional 
holat aks ettiriladi. 
«Silashlar va zarbalar» - ijobiy yoki salbiy xis-tuyg‘ularni almashinishiga yo’naltirilgan o’zaro 
munosabatlar. Siypalashlar quyidagicha bo’lyshi mumkin: 
Pozitiv: «Siz menga yoqasiz», «Siz juda go’zalsiz». 
Negativ: «Siz menga yoqmaysiz», «Bugun sizning axvolingiz yaxshi emas». 
Shartli (odam hozir bajarayotgan ishga qaratiladi va natijalarni aks ettiradi): «Siz bu ishni yaxshi 
bajardingiz», «Agar ...., sen menga ko’proq yoqarding». 
Shartsiz (odam kim ekanligi bilan bog‘liq): 
«Siz yuqori darajali mutaxassissiz», «Men siz qanday bo’lsangiz, shundayligicha qabul qilaman». 
Qalbaki (tashqaridan pozitivga o’xshaydi, lekin, haqiqatda zarba bo’ladi): «Aqlsiz odamga 
o’xshasangiz ham, albatta, men aytgan gaplarni tushundingiz», «Odatda, kostyumlar sizda qopdek 
osilib tursa ham, bu kostyum sizga juda yarashibdi», 
Odamlarning har qaysi munosabati silash va zarbalarni o’z ichiga olgan bo’lib, ular odamning o’zini 
baholashga katta ta’sir etuvchi odamning silash va zarba bankini tashkil etadi. Har bir odam silashga 
muhtojdirlar, mazkur ehtiyoj o’smirlarda, bolalar va qariyalarda o’tkir namoyon bo’ladi. 
Silash va zarbalar teskari bog‘liqlikka ega bo’lib, odam qanchalik ko’p pozitiv siypalashlarni qabul 
qilsa, shunchalik kam zarba beradi; aksincha, qanchalik ko’p zarba olsa, shunchalik kam siypalash 
beradi. 
«Transaksiya»lar - u yoki bu rolli («katta», «Ota yoki ona», «farzand») pozitsiyasidan boshqa odam 
bilan amalga oshiriluvchi barcha munosabatlar. 
Qo’shimcha, qarama-qarshi va yashirin transaksiyalar- o’zaro ta’sirga kirishuvchi odamlar niyatiga 
mos keladi hamda insonlar orasidagi sog‘lom munosabatlarga kiritiladi. Bunday munosabatlar 
ziddiyatsiz bo’ladi hamda chegaralanmagan vaqtgacha davom etishi mumkin. 
Qarama-qarshi transaksiyalar o’zaro haqorat, o’tkir repliklar bilan boshlanib, eshikni taraqlatib yopish 
(chiqib ketish) bilan yakunlanadi. Bu holda stimulga noo’rin «ega xolatn»ni faollashtiruvchi reaksiya 
briladi. 


Yashirin transaqsiyalar ikki va undan ortiq «ega xolat»larni o’z ichiga olib, ulardagi ma’lumot ijtimoiy 
jihatdan meyoriy stimulga niqoblanadi, biroq javob reaksiyasi psixologik o’yin mazmunini tashkil 
etuvchi yashirin ma’lumot effektidan kutiladi. 
«Undirish» - xulq-atvor usuli bo’lib, u yordamida odamlar odatiy ustanovkalarni realizatsiyalab, o’zida 
salbiy xis-tuyg‘ularni chaqirishdan va o’z hulq-atvori bilan ularni tinchlantirish zarurligini talab 
etishadi. Undirish bu, odatda o’yin yakunida o’yin tashabbuskor (initsiator)i ega 
bo’ladigan biror «sovg‘a», «intilish mazmuni»dir. Masalan, mijozni atrofdagilar tomonidan 
emotsional va psixologik qo’llay olishga yo’naltirilgan ko’p sonli shikoyatlari. 
«Taqiqlar va erta yechimlar» - bolalikda ota-onadan bolalarga «farzand», «ego-holati»i orqali 
beriluvchi xabarni ifodalovchi tayanch tushunchalardan biri bu taqiqlarni xulq-atvorining mustahkam 
matritsalari bilan taqqoslashi mumkin. Mazkur xabarnomaga javob sifatida bola «erta yechimlar» deb 
ataluvchi qarorga keladi, ya’ni xulq-atvor formulalari taqiqlardan kelib chiqadi. 
«Xayotiy ssenariy» - bu shaxs o’ynashi majbur bo’lgan va spektaklni eslatuvchi hayotiy reja. U o’z 
ichiga quyidagilarni oladi: 
ota-onadan beriladigan ma’lumot (ijtimoiy meyorlar, taqiqlar, xulq-atvor qoidalari). Bolalar ota-
onadan umum xayotiy reja hamda odam xayotining turli tomonlari (kasbiy ssenariy, erga tegish-
uylanish ssenariysi, ta’limiy, diniy va h.k.)ga oid verbal ssenariyli xabarlar olishadi. Shu bilan birga 
ota-ona ssenariylari konstruktiv, destruktiv va noproduktiv bo’lishi mumkin. 
Erta yechimlar (ota-ona taqiqlariga javoblar); 
Erta yechimlarni amalga oshiruvchi o’yinlar; 
Erta yechimlarni oqlovchi undirishlar; 
Hayot pyesasi yakunini taxminlari va undan kutiluvchi natijalar. 
«Psixologik pozitsiya yoki asosiy hayotiy ustanovka» - o’zi, ahamiyatga ega boshqa (shaxs)lar atrof 
olam haqidagi tayanch bazali tasavvurlar yig‘indisi bo’lib, odamning asosiy qaror (yechim)lari va xulq-
atvoriga asos yaratadi. Quyidagi asosiy pozitsiyalar farklanadi: 
«Men muvaffaqiyatli - sen muvaffaqiyatli». 
«Men muvaffaqiyatli emas- sen muvaffaqiyatli emas». 
«Men muvaffaqiyatli emas- sen muvaffaqiyatli». 
«Men muvaffaqiyatli - sen muvaffaqiyatli emas». 
«Men muvaffaqiyatli - sen muvaffaqiyatli» - bu to’liq mazmunlik va boshqalarni qabul qilish 
pozitsiyasi. Odam o’zini va o’z atrofini eson-omon, ma’qul deb topadi. Bu omadli, soglom shaxs 
pozitsiyasidir. Bunday odam atrofdagilar bilan yaxshi munosabatda bo’ladi, boshqa odamlarga yaxshi 
qabul qilinadi, mehribon, ishonchga erishuvchan dunyoda yashay oladi, ichki tomondan ozod, 
ziddiyatlardan qochadi, o’zi bilan yoki atrofdagilar bilan kurashishga vaqt sarflamaydi. Bunday 
pozitsiyali inson har bir odamning hayoti uni baxtli yashab o’tishga molik deb hisoblaydi. 


«Men muvaffaqiyatli emas- sen muvaffaqiyatli emas»: Agar inson e’tibor, g‘amxo’rlik bilan o’ralgan 
bo’lib, biror bir voqea-hodisa ta’sirida unga bo’lgan munosabat radikal ravishda o’zgarsa, u o’zini 
muvaffaqiyatli emasdek his eta boshlaydi. Atrof ham negativ tarzda idrok etiladi. 
Bu hayot ma’no-mazmunsizdek va idrok etiluvchi umidsizlik pozitsiyasidir. Mazkur pozitsiya 
e’tibordan holi qarovsiz, atrofdagilari beparvo bo’lgan bolaga yoki katta ayrilishni boshidan kechirgan 
va atrofdagilari undan yuz o’girgan, qo’llab-quvvatlashdan maxrum bo’lgan paytda u o’zini tiklash 
uchun resurslarga ega bo’lmagan katta yoshlilarda yuzaga kelishi mumkin. «Men muvaffaqiyatli emas- 
sen muvaffaqiyatli emas» ustanovkasiga ega ko’pchilik odamlar hayotini katta qismini narkologik, 
psixiatrik va somatik statsionarlarda, ozodlikdan mahrum etish joylarida o’tkazishadi. Ular uchun 
o’zini o’zi barbod etuvchi xulq-atvor asosida yuzaga keluvchi sog‘liq-salomatlik buzilishlari xos 
(xaddan ortiq chekish, alkogol va giyohvandlik moddalarini iste’mol qilish). Bunday ustanovkali inson 
uning va boshqa odamlarning hayoti hech narsa deb hisoblashadi. 
«Men muvaffaqiyatli emas- sen muvaffaqiyatli». Bo’lib o’tayotgan voqea-hodisalar og‘irligi bilan 
yuklangan va ularning aybini o’ziga oluvchi o’zi «Men» ini negativ obraziga ega odam. U o’ziga 
yetarlicha ishonmaydi, omadga da’vo qilmaydi, o’z mehnatini past baholaydi, tashabbus
va 
mas’uliyatni bo’yniga olishdan bosh tortadi. U o’zini unga katta, kuchli, omadli figuralar bo’lib 
ko’rinuvchi atrofdagilardan to’liq tobe va bog‘liq deb biladi. Bunday pozitsiyaga ega odam o’z hayotini 
atrofdagi, omadli, kuchli odamlar hayotidan ancha past baholaydi. 
«Men muvaffaqiyatli - sen muvaffaqiyatli emas». Bu takabburona afzallik sidir. Mazkur 
fiksatsiyalangan emotsional ustanovka erta bolalikda ham, ukdan katta yoshda ham shakllanishi 
mumkin. Bolaliqda mazkur ustanovka ikki mexanizm asosida shakllanishi mumkin. Birinchi holatda, 
oila bolani oilaning boshqa a’zolari va atrofdagilardan ustunligini turli yo’llar bilan ko’rsatib beradi. 
Bunday bola uzi hurmat-izzatda, atrofdagilarni esa kamsitish iqlimida o’sadi. Ustanovka 
rivojlanishining boshqa mexanizmi bola doimiy ravishda sog‘lig‘i va hayoti uchun xavfli bo’lgan 
sharoitlarda bo’lganda yuzaga kelib, bunda bola navbatdagi xaqoratdan so’ng bola uni xafa 
qilganlardan yoki uni himoya qilmaganlardan ozod bo’lishi uchun «Men muvaffaqiyatli - sen esa 
muvaffaqiyatli emas» degan xulosaga keladi. Mazkur ustanovkani odamlar o’z xayotini yuqori 
baholab, boshqa odamlar hayotini qadrlamaydi. 
Transakt analiz quyidagilarni o’z ichiga oladi: 
□ Tizimli tahlil - shaxs tizimi taxlili. 
□ Transaksiyalar analizi - odamlar orasidagi verbal va noverbal o’zaro ta’sir (munosabat)lar. 
□ Yutuqga - xohlangan natijaga olib keluvchi yashirin transaksiyalar, psixologik o’yinlar analizi. 
□ Inson o’zi hoxlamagan holda rioya qiluvchi ssenariy individual hayotiy ssenariy analizi (skript - 
analiz). 
Korreksion ta’sir asosida rolli o’yiilar texnikasi yordamida o’zaro ta’sir (munosabat)larni 
demonstratsiyalashni nazarda tutuvchi «ego-pozitsiya (holat)lar»ni tizimli tahlili yotadi. 
Bunda ikki muammo (boshqalardan) yaqqol ajralib turadi: 
Kontaminatsiyalar, ya’ni ikki turli xil «ego-holatlarni» aralashuvi. 
Ajralishlar, ya’ni «ego-holatlar»ni bir-biridan keskin ajralib, chegaralanib qolishi. 


Transakt analizda ochiq kommunikatsiya (aloqa) tamoyili qo’llaniladi, tushunarli so’zlar bilan 
suhbatlashishadi (mijoz transakt analizga oid adabiyotlar o’qishi mumkin). 
Korreksiya maqsadi. 
Asosiy maqsadi - mijozga o’z o’yinlarini, hayotiy ssenariyni, «ego-holatlar»ini anglashga va (zaruriyat 
bo’lganda) hayot qurish xulq-atvoriga oid yangi qarorlar qabul qilishga yordam berish. Korreksiya 
mazmuni - insonning bo’yniga qo’yilgan xulq-atvor dasturlaridan ozod etish hamda uni to’laqonli 
munosabatlar va yaqinlikka qobiliyatli, mustaqil, spontan bo’lishiga yordam berishdan iborat. 
Shu bilan birga mijoz tomonidan mustaqillik va avtonomlikka erishishi, majburiyat (zo’rlash)lardan 
ozod bo’lishi, samimiyat va yaqinlikka ijozat beruvchi, o’yindan holi bo’lgan haqiqiy mutsosabatlarga 
kirishishi ham korreksiya maqsadiga kiradi. 
Yakuniy maqsad - shaxs 
avtonomiyasiga erishish, xulq, hatti-harakat va xis-tuygulari mas’uliyatini 
qabul qilishdan iborat. 
Psixolog pozitsiyasi. Psixolopshng asosiy vazifasi -zaruriy insaytni ta’minlash. Shu asosida uning 
pozitsiyasiga qo’yiladigan asosiy talablar: hamkorlik, mijozni qabul qilish, Psixolog va ekspert 
pozitsiyalarini o’zaro birlash-tirishdan iborat. Bunda psixolog mijozning «Katta», «ego-xolati»ga 
murojaat qilib, «Farzand»iing injiqliklariga erk bermaydi va mijozdagi g‘azablangan «Ota-ona»ni 
tinchlan-tirmaydi. 
Psixologning (mijoz bilan) suhbatda mijozga tushunarli bo’lmagan terminologiyadan xaddan ortiq 
foydalanishi, uni muammolarni o’z bedadlik (ishonchsizlik)laridan himoyala-nishga intilishi deb 
hisoblanishi mumkin. 
Mijozga qo’yiladigan talab va umidlar (natijalr). Transakt analizdagi ishning asosiy sharti shartnoma 
tuzishdan iborat. Shartnomada mijoz o’zini oldiga qoyuvchi maqsadlar: mazkur maqsadlarga erishish 
yo’llari; o’zaro hamkorona ta’sir bo’yicha psixolog takliflari, mijoz bajarishi zarur bo’lgan talablar 
ro’yxati haqida aniq kelishib olinadi. Mijoz belgilangan maqsadga erishish uchun o’zining qaysi 
qarashlarini, xis-tuyg‘ularini, xulq-atvor streotiplarini o’zgartirishi kerzkligini hal qiladi. Erta yechim 
qarorlarni qaytadan ko’rib chiqgandan so’ng, mijoz avtonomiyaga erishish uchun yo’lida fikrlashni, 
xulq-atvorli va xis-tuyg‘ularini o’zgartiradi. Shartnomaning mavjudligi ikkala tomon (psixolog va 
mijoz)ning o’zaro mas’uliyatini taqozo etadi. 
USULLAR 
Oilaviy modelyatsiyalash texnikasi - psixodrama va «ego-xolatlar»niig elementlarini tizimli tahlilini 
o’z ichiga oladi. Guruhiy o’zaro ta’sir ishtirokchilari o’z oilasi modeli bilan transaksiyalarni qayta 
ifodalaydi. Mijozning psixologik o’yinlari va undirishlari analizi rituallar, vaqt strukturalashuvchi 
analizi, muloqotdagi pozitsiya va nihoyat, ssenariy analizi amalga oshiriladi.
Transakt analiz. Guruhli ish turlarida o’ta samarali bo’lib, qisqa vaqtli psixokorreksion ishga 
mo’ljallangan. Transakt analiz mijozga xulq-atvorni anglamagan sxema va shablonlari chegarasidan 
chiqib, xulq-atvorning o’zga kognitiv strukturasini olgan holda ixtiyoriy, mustaqil xulq-atvorga 
erishish imkonini beradi. 
Geshtelttterapiya metodi. Frederik Perls tomonidan asoslangan bo’lib ushbu metod 
geshtalpsixologiyaning
“shaklfon”
nazariyasi 
zamirida
ishlab
chiqarilgan 
ya’ni 
biron
obe’kt shakl bo’lsa boshqa obe’ktlar shu shaklni anglashga yordamchi 


fon
sifatida
xizmat
qiladi.
Geshtalpsixologiyada
birorta
anglanilgan
shakl 
bo’lsa boshqa xislar anglanmay qoladi, degan tamoilga tayanadi. Odamlar ruhiy muammolarini
keltirib chiqarishda anglanmay qolgan tuzilma geshtalt sifatida xizmat qilishi mumkin. Bu 
muammoni
yechish
uchun
geshtalt
vujudga
kelishi
mijoz
esa 
anglab yetishi shart. Buning uchun terapevt shu yerga va hozir tamoilini qo’yadi. Masalan 
verbalizatsiya orqali shu yerga va xozir anglayapman deb boshlanuvchi so’zlar 
bilan
murojat
qiladi.
Keyin
bu
holatlarning
yaxshi 
yoki 
yomonligi
qulay
yoki
noqulayligi
anglanadi.
Geshtaltterapevt
mijozga
o’zini 
anglashga yordam berish uchun uning hatti - harakatlariga diqqatini qaratadi yani hatti 
harakatini
anglash 
orqali esa geshtalt tuzilishiga muammo yechilishiga yordam berishi mumkin. Mijozdagi himoy
alanish
mehanizmlari uning o’ziga anglatish ham geshtaltterapiya yo’lidir, yani 
odam tashqi olam yo’naltirilgan extiyoj energiyasining ijtimoiy qarama - qarshilik natijasida 
o’ziga
qaytarilishdir.
Bu 
narsa 
retrofleksiya
deb
atalib,

o’ziga
qaytarish 
ma’nosini anglatadi. Bu energiya keyinchalik shu yo’nalishagi boshqa ehtiyojlar 
vujudga kelishiga to’siq bo’lishi mumkin. Masalan birovni o’rniga ehtiyoj tug‘ilishi natijasida
odam
quyida
og‘riq
paydo
bo’lishi 
va buning sababini anglash og‘riq zarbasini yo’qotish mumkin. Keyinchalik Perls odam o’zi
ni o’zi qiynashini “ bu narsani qilaman va buni qilmayman “ degan muloxazani “yuqori va pastki 
” deb nomlangan. 
Neyrolingvistik programmalashtirish. 
Eng
zamonaviy
va 
keng 
tarqalgan 
terapevtik 
yo’nalish bo’lib u mijozning o’zini anglashga hatti harakatlari va so’zlari o’rtasida qarama 
qarshilikni tushinib yetishiga va boshqa odam begona ekanligini tushunishiga yordam beradi. 
NLP yuqorida taxlil qilingan metodlarning eng samaralilarini tanlab qullash natijasidir. NL
P
da 
asosiy lingvistikaga yani so’zlarning tuzilishi ruhiy olamning ko’rsatkichi sifatida qo’llashga as
oslanadi. Reprezintiv sistemada tashqi olam 1 audial 2 vizual 3 kinistik yani asosiy masofali va 
ichki harakat retseptorlari asosida qabul qilinib shu asosda tashqi olamga nutq orqali javob q
aytariladi deb tushuntiriladi. 
Yuqorida 
ko’rib 
o’tilgan terapevtik metodlar ishlashi uchun hozirgi vaqtda ijtimoiy psixologik terapevtik guruxl
ar bilan ishlash yo’nalishi rivojlantirilgan. 1 yilda psixodramma haqida qisqacha to’xtalib gur
uxiy terapiya yo’llarini ko’rib o’tamiz. 
Amerikalik psixolog F.Perlz tomonidan geshtaltpsixologiya, ekzistensializm, psixoanaliz g‘oyalari 
ta’sirida yaratilgan metod amaliyotda katta muvaffaqiyatga erishdi. F.Perlz tomonidan 
geshtaltpsixologiyada idrok sferasiga qo’yilgan figura (shakl) yuzaga kelish qonuniyatini inson xulq-
atvori motivatsiyasi sohasiga ko’chirdi. U ehtiyojlarni yuzaga kelishi va qondirilishini geshtaltlar 
shakllanish va yakunlanish ritmi sifatida ko’rib chiqgan. Perlz bo’yicha, motivatsion sfera 
organizmning o’zini regulyatsiya qilish tamoyili asosida o’z funksiyasini bajaradi. 
Inson o’zi va uni o’rab turgan atrof-olam bilan muvozanatda bo’ladi. O’z ehtiyojlarini, moyilliklarini 
realizatsiyalash -uyg‘un, sog‘lom shaxsga erishish yo’lidir. O’z ehtiyojlarini qondirishga, surunkali 


tarzda to’sqinlik 
qiluvchi
, o’z «Men»ini realizatsiyasidan bosh tortgan inson vaqt qadriyatlarga amal 
qila boshlaydi, bu esa o’z navbatida organizmning o’zini regulyatsiyalash jarayonining buzilishiga 
olib keladi. Geshtaltterapiyaga muvofiq organizm bir butun deb ko’rib chiqiladi va xulq-atvorning 
har qaysi aspektida insonning butun hayoti namoyon bo’lishi mumkin deb hisoblanadi. Organizm-
muhit, inson esa keng «dala»ning bir bo’lagidir. Sog‘lom shaxsda muhit bilan chegara xarakatchan 
bo’lib, aniq bir ehtiyojning paydo bo’lishi muhit bilan «kontakt» (aloqa)ni talab etadi va geshtaltni 
shakllantiradi, ehtiyojni qondirish esa geshtaltni yakunlaydi va muhitdan «chetlanishini» talab etadi. 
Nevrotik shaxsda «kontakt» va «chetlashish» jarayonlari qattiq buzilgan bo’lib, ehtiyojlarni adekvat 
qondirilishini ta’minlaydi.
F.Perlz shaxsiy o’sish - o’zini regulyatsiyalashga hamda ichki dunyo va muhit o’rtasidagi muvozanatni 
koordinatsiyalashga imkon beruvchi o’zini anglash zonalarini kengayish jarayoni deb hisoblagan. U 
anglashni uch zonasini ajratib ko’rsatadi: 
Ichki - badanimizda amalga oshuvchi hodisa va jarayonlar. 
Tashqi - ongda aks etuvchi tashqi voqea-hodisalar. 
O’rta 

fantaziyalar, 
e’tiqodlar, 
munosabatlar. 
Nevrozda birinchi ikkita geshtaltterapiyada o’zini 
regulyatsiya qilish jarayonining buzilishini besh mexanizmi farqlanadi: 
Introyeksiya 
Proyeksiya 
Retrofleksiya 
Defleksiya 
Konfluyensiya 
Intiroyeksiya . - Odamning tashqi olamidagi narsalarni birovlar obro’yiga asoslanib qabul qilib 
olish.” 
Intrekt
singmay
qolgan 
“, 
“chaynalmagan
ovqatga
o’xshaydi”, 
-
deb
yozadi
Perls
Interektni
anglash 
xam muammoni yechishga yordam beradi Masalan, “Qiz bolaning sochi uzun bo’lishi kerak”.
Degan
fikr
intrekt
bo’lishi
mumkin. 
Bu 
narsani 
anglamasdan qabul qilingan qiz chiroyli bo’lish uchun sochini kestiradi. Va vijdon 
azobida qoladi. Buni tushunib yetishi uni vijdon azobidan qutqaradi. 
Proyeksiya. 

Intiroyeksiyaga
qarama 
– 
qarshi, o’z fikrini boshqalarning fikrlari deb qabul qilish. Masalan, hammaga qarama - 
qarshi
turadigan
odam
“ 
Boshqalar ham menga qarshi” degan fikrda bo’lishi mumkin. Boshqalar bunday fikrda bo’lma
sa – da, o’z fikrlaridan qaytmaydi. Perls proyeksiyasining oldini olish uchun “o’z fikriga 
javobgar qiling” degan g‘oyani ilgari suradi. Javobgarlikni qabul qilish orqali, yani 
muammo
o’ziniki
ekanligini
qabul 
qilish
natijasida 
mijoz yetuklikka yetishi mumkin. Geshtaltterapiya - shaxsning o’zligini anglashga ana shu orqali 
o’z muammolarini xozir va u yerda xal qilishga yordam beruvchi metod.


Retrofleksiya-o’ziga burish - ma’lum bir ehtiyojlar ijtimoiy muhit to’sqinligi sababli qondira 
olinmaganligi natijasida, tashqi muhitda manipulyatsiyalashga mo’ljallangan. Energiyani o’ziga 
yo’naltirish hollarida kuzatiladi va qondirilmagan ehtiyoj yoki yakunlanmagan geshtalt sifatida 
ko’pgina agressiv hissiyotlar kabi namoyon bo’ladi. «U boshqalarga qilmoqchi bo’lganlarni o’zicha 
qiladi». «Men» va boshqalar orasidagi ziddiyat ichki shaxsiy ziddiyatga aylanadi. Nutqda «Men»... 
qilishga o’zimni majburlashim kerak» kabi jumlalar mavjudligi retrofleksiya ko’rsatgichi hisoblanadi. 
Defleksiya - real kontakt (aloqa)dan qochish. Defleksiyaga ega inson boshqa odamlar, muammo va 
vaziyatlar bilan bevosita aloqadan bosh tortadi. Defleksiya ko’p gapirish, rituallik, xulk-atvor, 
ziddiyatli vaziyatlarni «tekislash» tendensiyasi shaklida namoyon bo’ladi. 
Konfluensiya (yoki qo’shish) - «Men» va atrof olam o’rtasidagi chegara namoyon bo’ladi. Bunday 
mijozlar qiyin-chilik bilan o’z fikr, tuyg‘u va xohishlarini boshqalarnikidan farqlay oladilar. 
Konflueitsiya o’zida bir qator himoya mexanizmlarini mujassam etib, undan foydalanishda individ 
o’zining asl «Men»idan voz kechadi. 
Neyrolingvistik programmalashtirish. 
Eng
zamonaviy
va 
keng 
tarqalgan 
terapevtik 
yo’nalish bo’lib u mijozning o’zini anglashga hatti harakatlari va so’zlari o’rtasida qarama 
qarshilikni tushinib yetishiga va boshqa odam begona ekanligini tushunishiga yordam beradi. 
NLP yuqorida taxlil qilingan metodlarning eng samaralilarini tanlab qullash natijasidir. NL
P
da 
asosiy lingvistikaga yani so’zlarning tuzilishi ruhiy olamning ko’rsatkichi sifatida qo’llashga as
oslanadi. Reprezintiv sistemada tashqi olam 1 audial 2 vizual 3 kinistik yani asosiy masofali va 
ichki harakat retseptorlari asosida qabul qilinib shu asosda tashqi olamga nutq orqali javob q
aytariladi deb tushuntiriladi. 
Yuqorida sanab o’tilgan mexanizmlar ta’sirida shaxs bir butunligi buziladi, u fragmentlar, alohida 
bo’laklarga bo’lingan holda bo’ladi. Ko’pincha bunday fragmentlar sifatida dixotomiyalar: aktiv-
passiv, qaramlik-alohidalik, ratsionallik-emotsionallik va hokazolar namoyon bo’ladi.
Geshtaltkorreksiyada «tugallanmagan ish» tushunchasi asosiy va markaziy tushunchalardan biri 
hisoblanadi. «Tugallanmagan ish» - bu javobsiz qolgan xis-tuyg‘ular 
reallikni
, bo’lib o’tayotganlarni 
aktual tarzda anglashga to’sqinlik qilish hodisasidir. 
Perlz bo’yicha, «Tugallanmagan ish»ning ko’p uchraydigan va eng og‘ir turlaridan biri xafagarchilik 
bo’lib, u kommunikatsiya (aloqa)lar haqiqiyligini buzadi. 
Tugallanmaganlarni yakuniga yetkazish, emotsional to’siq-lardan ozod etish - geshtaltkorreksiyasining 
muhim qism-laridan biri. 
Yana bir muhim terminlardan biri «qochish, bosh tortish»dir. Mazkur tushuncha yordamida iqrordan 
bosh tortish hamda tugallanmagan ish bilan bog‘liq yoqimsiz kechinmalarni qabul qilish bilan aloqador 
xulq-atvor xususiyatlari aks etadi. Geshtaltterapiya shaxsiy integratsiyasiga erishishda to’xtatilgan xis-
tuyg‘ularni ifodalashni, ular bilan konfron-tatsiyaga kirishishni hamda ularni qayta ko’rib (ishlab) 
chiqishni rag‘batlantiradi. Haqiqiy individuallikni ochish yo’lida geshtaltkorreksion jarayoni mijoz 
F.Perlz tomonidan nevroz bosqichlari deb ataluvchi besh bosqichdan o’tadi. 
Birinchi bosqich - soxta munosabatlar, o’yinlar va rollar bosqichi. Bu qalbaki rolli xulq-atvor, odatiy 
streotiplar, rollar qatlamidir. Nevrotik shaxs boshqa odamlar orzu-umidlari asosida yashab, o’z 


«Men»ini realizatsiyalashdan bosh tortdi. Natijada inson o’z maqsad va ehtiyojlarini qondirishdan 
qochadi, frustratsiya, umidsizlik his etadi, hayot ma’nosini yo’qotadi. 
Ikkinchi bosqich - fobik bosqich - qalbaki xulq-atvor va manipulyatsiyani anglash bilan bog‘liq. Biroq, 
mijoz samimiyat qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligini tasavvur qilganda, uni qo’rquv hissi 
bosadi. Inson haqiqiy o’zligini ko’rsatishdan qo’rqadi va o’z og‘ir kechinmalariga duch kelishdan 
ko’rqadi. 
Uchinchi bosqich - berklik va umidsizlik bosqichi. Bu bosqich inson nima qilishni, qayerga harakat 
qilishni bilmas-ligi bilan xarakterlanadi. U tashqaridan beriladigan 
qo’llashni yo’qotilgani uchun qayg‘uradi, lekin o’z ichiga tayanch nuqtani topishga tayyor emas va 
hech qanday istagi ham yo’q. Natijada inson berklikdan chiqib ketishdan qo’rqgan holda kvo-statusini 
saqlaydi. Bu payt o’z nochorligi achinish bilan xarakterlanadi. 
To’rtinchi bosqich - imploziya, inson o’zini o’zi chegaralagani va o’z «Men»ini bosganligini to’liq 
anglagani bilan shartlangan ichki umidsizlik, o’zidan nafratlanish xolati. Bu bosqichda mijoz o’limdan 
qo’rqishni his etishi mumkin. Bu payt katta miqdordagi energiyani jalb etishi va insonning ichki 
kuchlarini o’zaro kurashi bilan xarak-terlanadi. Buning natijasida yuzaga kelgan bosim, mijozni yo’q 
qilishga qodirdek kuzatiladi. Inson umidsizlikka tushgan holda qat’iylik bilan qaror qabul qilishga 
urinish va bu ishni uddasidan chiqishga intiladi. Bu o’z «Men»iga yo’l ochish qatlamidir. 
Beshinchi bosqich — eksklyuziv, portlash. Mijoz 
ustidan qalbakilikni tashlab
, o’z «Men»i asosida 
yashashni boshlaydi. Mazkur bosqichga yetganlik o’z hissiyotlarini ifodalash va boshdan kechirish 
qobiliyatiga ega autentik shaxs shakllan-ganligidan dalolat beradi. Demak, geshtaltkorreksiya - bu 
shaxsni ozod va mustaqil etishga yo’naltirilgan yondashuv-lardir. 
Korreksiya maqsadlari. Geshtalkorreksiya maqsadi mijoz shaxsini o’sish, qadr-qimmat va ulg‘ayishga 
erishish hamda to’liq integratsiyasiga imkon berish yo’lida blokirovkalarni yechish, insonda mavjud 
tabiiy potensial resurslarni faollash-tirishdan iborat. 
Asosiy maqsad - insonga uning potensialini to’liq realizatsiyalashga ko’maklashish. Bu maqsad bir 
necha yordamchi maqsadlarga tafovutlanadi: 
• o’zini anglashni faolligini ta’minlash; 
lokus nazoratini ichkariga ko’chishi; 
mustaqillikni va o’z-o’zini rag‘batlantirish; 
o’sishga to’sqinlik qiluvchi psixologik bloklarni aniqlash va bartaraf etish. 
Psixolog pozitsiyasi - geshtaltkorreksiyada psixolog mijozning bir butun geshtalt shaxsiga 
integratsiyalangan katalizator, yordamchi, hamkor sifatida ko’rib chiqiladi. Psixolog mijozning shaxsiy 
hissiyotlariga bevosita aralashuvni oldini olishga hamda mazkur his-tuyg‘ularni ifodalashni 
osonlashtirishga urinadi. 
Mijoz bilan o’zaro ta’sirining asosiy maqsadi - mijoz shaxsiy o’sishini ta’minlashga olib keluvchi ichki 
shaxsiy rezervlarni faollashtirish. 
Mijozga qo’yiladigan talablar va kutiladigan natijalar. Geshtaltkorreksiyada mijozga o’z xulq-atvori va 
hayoti sxemasini anglash asosida pozitsiya(xolat)lari interpre-tatsiyalash huquqini o’z ichiga oluvchi 


faol rol beriladi. Mijoz ratsionalizatsiyalashdan kechinmalarni boshdan kechirishga o’tishi kutiladi. 
Mazkur jarayonda mijozning o’z hissiyotlarni verbaliatsiyasidan ko’ra, uni mazkur jarayonga, aktual 
boshdan kechirishga tayyorligi muhim ahamiyat kasb etadi. 
USULLAR 
Geshtaltkorreksiyada psixousullarga katta etibor qaratiladi. Ular o’yin va eksperimentlar deb 
nomlanib, geshtaltkorreksiyaning keng tarqalishida o’yinlar katta ahamiyatga ega.
1. Eksperimental (dissotsiatsiyalangan) dialog - shaxs fragmentlari o’rtasidagi dialogdir. Mijozda shaxs 
fragmentatsiyasi kuzatilganda psixolog shaxsning ahamiyatli fragmentlari orasida dialog o’tkazishni 
taklif etadi. Masalan, agressiv va passiv asos, hujum qiluvchi va himoyalovchilar o’rtasida. Shu bilan 
birga, dialog shaxsiy his-tuyg‘u (masalan, qo’rkuv xissi) bilan, tananing alohida azolari yoki hayoliy 
odam(mijoz uchun ahamiyatli) bilan olib borilishi mumkin. 
Uyin texnikasi quyidagidan iborat: mijoz egallagan kursi(«issiq kursi»)ning qarama-qarshisiga bo’sh 
kursi 
qo’yilib, 
unga 
hayoliy 
suhbatdosh 
«o’tkaziladi». 
Mijoz 
navbatma-
navbat
shaxsning
turli
fragmentlari
sifatida 
kursini almashtirib, u yoki bu psixologik pozitsiyadan replikalar aytadi. 
2. «Katta it» va «kuchukcha». «Katta it» va «kuchukcha» o’yin pozitsiyalaridan foydalanish usuli 
keng tarqalgandir. «Katta it» majburiyatlar, talab va baholarni ifodasidir. «Kuchukcha» esa passiv-
himoya ustanovkalarini ifodalab, majburiyatlarni bajarmaslik yo’lida bahonalar qidiradi. Mazkur 
pozitsiyalar orasida shaxs ustidan to’liq nazorat uchun kurash olib boriladi. 
«Katta it» talablarga muvofiq bo’lmaga xulq-atvor nati-jasidagi jazi xavfi yoki salbiy oqibatlarni 
taxmin etish orqali bosim ko’rsatishga harakat qiladi. «Kuchukcha»ga agressivlik xos bo’lmaganligi 
sababli, u to’g‘ridan-to’g‘ri kurashishga kirishmay, turli xiylalar ishlatadi. Hayot davomida bunday 
dialoglar dam o’zini majburlab biror ish qilishga undasada, shu bilan bir vaqtda turli bahona va o’zini 
oqlashlar bilan manipulyatsiya qilishida yuzaga keladi. Mashg‘ulotlar davomidagi tizimli va samimiy 
dialoglar orqali mijozga o’z shaxsi ustidan amalga oshirilayotga mazmunsiz manipulyatsiyalarni to’liq 
anglash, samimiylikni oshirish va o’zini boshqarish samaradorligini oshirish imkonini beradi. 
Mazkur texnika yaqqol namoyon bo’luvchi energetik poten-sialga ega bo’lib, mijozning adekvat xulq-
atvorga bo’lgan motivatsiyasini kuchaytiradi. 
3. Aylana bo’iicha yurish yoki aylana qilish. Guruhli ishlarda qo’llaniluvchi mashhur psixotexnika 
bo’lib, bunda yetakchi(psixoterapiyani olib boruvchi) iltimosi bilan mijoz guruxdagi boshqa 
qatnashchilarni navbatma-navbat aylanib chiqib, ularga biron gap aytadi yoki ular bilan biron xatti- 
harakatlar amalga oshiradi. Bu vaqtda guruh azolari javob qaytarish huquqiga ega bo’ladilar. Mazkur 
texnika guruh azolarini faollashtirish, ularni yangicha xulq-atvor va o’zini ifodalash ozodligida 
tavakkal qilishga undash maqsadida qo’llaniladi. Qo’p hollarda quyidagiga o’xshash tugallanmagan 
jumlali ko’rsatma beriladi: «Marhamat, har bir katnashchining oldiga borib, quyidagi jumlani 
yakunlang- Menda 
bo’lganligi sababli, men o’zimni noqulay sezyapman». 
Mijoz 
har bir qatnashchini oldiga borib, o’zini xavotirlantirayotgan savol bilan murojaat qilishi 
mumkin. Bu usul atrofdagilar bilan birgaliqda o’z kechinmalarini yanada differensiatsiyalashgan tarzda 
aniqlashtirish imkonin beradi. 


«Aks» texnikasi. Texnika mazmuni mijoz o’ziga xush keluvchi xulq-atvorga qarama-qarshi xulq-atvor 
ijro etishidan iborat. Masalan, uyatchan - hech narsadan tortinmaydigan, juda saxiy o’zini xasisdek tuta 
boshlaydi. Texnika mijoz o’zini yangicha xulq-atvorini qabul qilishi va «Men»ga yangi tajriba 
strukturasini integratsiyalashga yo’naltirilgan. 
Eksperimental «oshirib yuborish». Texnika tana, ovoz va boshqa xatti-harakatlarni giperbolizatsiyalash 
orqali o’zini anglash jarayonini yanada rivojlantirishga yo’naltirilgan. Bunda ba’zi jumlalarni 
balandlashuvchi ovozda takrorlash, imo-ishoralarni yaqqolroq bajarish orqali u yoki bu xulq-atvorga 
oid hissiyotlar intensifikatsiyalanadi. 
Tugallanmagan ish. Har bir yakunlanmagan geshtalt - bu yakunlashni talab etuvchi tugallanmagan 
ishdir. Ko’pchilik odamlarda qarindoshlari, ota-onasi, hamkasblari va h.z.lar bilan bog‘liq ko’pgina hal 
etilmagan muammolar mavjud. Ko’p hollarda ular aytilmagan shikoyatlar va qarshiliklardan iborat 
bo’ladi. Bunda mijozga «bo’sh kursi» usuli orqali hayoliy suhbatdoshga yoki tugallanmagan ishga 
bog‘liq guruh azosiga o’z hissiyotlarini so’zlab berish taklif etiladi. Bu hissiyotlar qatorida aybdorlik 
va xafalik hislari asosiy o’rin egallaydi. 
Tasavvurga proyeksiyalash o’yinlarida proyeksiya jarayonini illyustratsiyalaydilar hamda 
qatnashchilarga shaxsnig rad etilayotgan aspektlarini identifikatsiyalashga yordam beradilar.

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish