HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI
FAN DASTURI
Bilim sohasi: 100000 - Gumanitar
Ta’lim sohalari: 110000 – Pedagogika
120000 - Gumanitar fanlar
Ta’lim yo‘nalishlari: 5111400 - Xorijiy til va adabiyoti (tillar bo‘yicha)
5120100 - Filologiya va tillarni o‘qitish
(ingliz, nemis, fransuz, ispan tillari)
5120200 - Tarjimonlik (tillar bo‘yicha)
5611500 - Gid hamroxligi va tarjimonlik faoliyati
(ingliz tili)
5220500 - Davlat va nodavlat tuzilmalarida axborot
xizmati
5121200 – Madaniyatlararo kommunikatsiyalarning
lingvistik ta’limoti
Toshkent - 2021
Fan dasturi 2021-2022 o‘quv yili uchun mo‘ljallangan o‘quv reja asosida ishlab chiqildi va belgilangan tartibda tasdiqlandi.
Tuzuvchilar:
Z. Vаliyеvа O‘zDJTU, “Tabiiy fanlar” kafedrasi katta o‘qituvchisi.
N. Тursunоvа O‘zDJTU, “Tabiiy fanlar” kafedrasi katta o‘qituvchisi.
Таqrizchilar:
Sh.M.Narziev TDTU, Hayot faoliyati xavfsizligi kafedrasi dotsenti
R. Mudarisova O‘zDJTU, “Tabiiy fanlar” kafedrasi dotsenti, t.f.n.
Fan dasturi O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Kengashida ko‘rib chiqilgan va tavsiya qilingan (2021 yil “ 26 ” avgustdagi “__1_” -sonli bayonnoma).
O‘quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o‘rni
Ushbu dastur “Hayot faoliyati xavfsizligi” fani tarixi, rivoji va istiqboli hamda Respublikamizdagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar natijalari, ishlab chiqarish va hududiy xavfsizlik muammolarining inson hayot faoliyati xavfsizligiga ta’siri masalalarini qamrab oladi. Ma’lumki hozirgi vaziyatda xavfsiz hayotni ta’minlash masalalari eng dolzarb muammolardan hisoblanadi. Chunki texnosfyeralarda ishlab chiqarish jarayoning buzilishi, ishlovchilar uchun sanitariya - gigiena me’yor va qoidalarining yaratilmasligi, muhit rivojlanishdagi noxush vaziyatlarning murakkablashuvi, davlatlar o‘rtasida insoniyat hayotiga xavf-xatar soluvchi holatlarning ro‘y byerishi, insoniyat tomonidan qo‘llanilayotgan turli zaharli va zararli moddalar hamda vositalar ko‘plab xavflarni yuzaga keltirib, insonlarning hayotiy faoliyatiga, sog‘lig‘iga, atrof-muhit tozaligiga va iqtisodiyotning barqaror rivojlanishiga tahdid solmoqda. Shu sababli ham mamlakatimizning eng muhim va kechiktirib bo‘lmaydigan vazifalari qatorida aholi hayotining xavfsizligini ta’minlash masalalari dolzarb o‘rin olgan. Aynan shu muammolarning echimini “Hayot faoliyati xavfsizligi” fani o‘rganadi. “Hayot faoliyati xavfsizligi” fani “Matematik va tabiiy-ilmiy fanlar” blokiga kiritilgan kurs hisoblanib, 3-bosqichda o‘qitilishi maqsadga muvofiq.
Do'stlaringiz bilan baham: |