3.Kasb kasalliklari haqida tushuncha va klassifikasiyasi
Kasbiy kasalliklar – ishlovchi uchun zararli va xavfli ish sharoitlarining ta’siri natijasida hosil bo‘ladigan kasallik. Shikastlanishlar va kasbiy kasalliklarning sabablari:
1. Tashkiliy ish joyini qoniqarsiz tashkil qilish.
2. Texnik nazoratning etarli emasligi.
3. Texnik-texnologik jarayonning mukammal emasligi.
4. Nobop mikroiqlim sharoitlari
5. Yoritilganlikning etishmasligi va h.
Kasb kasalliklari tasnifi.
1. Kimyoviy omillar ta’siri ostida yuzaga keladigan kasalliklar: dyermatitlar, toksik gepatit, toksik kamqonlik, o‘tkir va surunkali zaxarlanish.
2. Chang omili ta’siri ostida yuzaga keladigan kasalliklar: karbokonioz, pnevmokonioz, silikoz, metallokonioz, changdan surunkali bronxit.
3. Fizikaviy omillar ta’siri ostida yuzaga keladigan kasalliklar: qo‘l angionevrozi, dekompression kasallik, o‘tkir gipoksiya, nur kasalligi, eshitishning pasayishi, tyeri kuyishi, katarakta, elektrooftalmiya.
4. O‘ta zo‘riqish oqibatida yuzaga keladigan kasalliklar: nevralgiya, nevritlar, bo‘yin-ko‘krak radikuliti, bo‘yin-elka pleksiti, qo‘l barmoqlari spazmi, miofassitlar, deformasiyalanuvchi artrozlar, radikulonevrit.
5. Biologik omillar ta’siri ostida yuzaga keladigan kasalliklar: brusellyoz, sibir yarasi, tubyerkulyoz, kandidomikoz.
6. Allergik omillar ta’siri ostida yuzaga keladigan kasalliklar: laringit, rinosinusit, konyuktivit, rinit, faringit, dyermatit, ekzema, bronxial astma.
7. Kantserogen moddalar ta’siri ostida yuzaga keladigan, yomon sifatli o‘sma, onkologik kasalliklar: leykoz, tyeri o‘smasi, oshqozon o‘smasi, og‘iz bo‘shlig‘i, nafas a’zolari, jigar va suyak o‘smalari.
Ishlab chiqarishda chang eng ko‘p tarqalgan noqulay omil hisoblanadi. Sanoat, transport, qishloq xo‘jaligidagi ko‘plab texnologik jarayonlar chang hosil qilishga sabab bo‘ladi. Kelib chiqishiga ko‘ra organik (o‘simlik va hayvonot), noorganik (metall, minyeral) va aralash changlar mavjud.
Ayniqsa, changda azot kremniy ikki oksidning bo‘lishi pnevmokonioz kasalligining paydo bo‘lishida o‘ziga xos rol o‘ynaydi. Changning kremniy erkin birikmasida mavjud bo‘lgan, ayniqsa miqdori 10 % dan ortadigan kvarsli chang ta’sirida silikoz kasalligiga chalinish mumkin. Bu kasalliklar kon, shaxta, mashinasozlik, shisha, chinni va sanoatning boshqa tarmoqlarida ishlaydigan kishilarda ko‘proq uchraydi. Chang organizmga nafas yo‘llari, tyeri va ovqat hazm qilish yo‘llari orqali kirib, ishchi xodimlarning zaxarlanishiga sabab bo‘ladi hamda o‘tkir va surunkali kasb kasalliklarini qo‘zg‘ashi mumkin.
Ishlab chiqarishda chang eng ko‘p tarqalgan noqulay omil hisoblanadi. Sanoat, transport, qishloq xo‘jaligidagi ko‘plab texnologik jarayonlar chang hosil qilishga sabab bo‘ladi. Kelib chiqishiga ko‘ra organik (o‘simlik va hayvonot), noorganik (metall, minyeral) va aralash changlar mavjud. Ayniqsa, changda azot kremniy ikki oksidning bo‘lishi pnevmokonioz kasalligining paydo bo‘lishida o‘ziga xos rol o‘ynaydi. Changning kremniy erkin birikmasida mavjud bo‘lgan, ayniqsa miqdori 10 % dan ortadigan kvarsli chang ta’sirida silikoz kasalligiga chalinish mumkin. Bu kasalliklar kon, shaxta, mashinasozlik, shisha, chinni va sanoatning boshqa tarmoqlarida ishlaydigan kishilarda ko‘proq uchraydi. Chang organizmga nafas yo‘llari, tyeri va ovqat hazm qilish yo‘llari orqali kirib, ishchi xodimlarning zaxarlanishiga sabab bo‘ladi hamda o‘tkir va surunkali kasb kasalliklarini qo‘zg‘ashi mumkin.
Sanoat korxonalarida kasb kasalliklarini kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar: ishchilarga zararli ta’sir ko‘rsatuvchi moddalardan muhofaza qiluvchi qurilmalar tayyorlash yoki sotib olish, yaxshi shamollatish va havoni ventilyatsion tizimlarini o‘rnatish, eskilarini takomillashtirish, havo xolatini kuzatadigan asboblar o‘rnatish va b.
Sanoat korxonalarining bosh rejasida mazkur korxona joylashgan maydonlarni obodonlashtirish, ishchilar yashaydigan zonalar holatini yaxshilash, korxona tashqi ko‘rinishi va unga tutashuvchi yo‘l va yo‘lkalar holatini yaxshilash, barcha ishlab chiqarish zonalarini ko‘kalamzorlashtirish masalalari kiradi, unga ma’lum mablag‘ ajratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |