Universiteti tabiiy fanlar kafedrasi


Mehnat faoliyatiga ob-havo muhitining ta’siri



Download 23,75 Mb.
bet23/178
Sana31.05.2022
Hajmi23,75 Mb.
#622654
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   178
Bog'liq
УМК 2021-2022 лотинча

Mehnat faoliyatiga ob-havo muhitining ta’siri.
Sanoat korxonalarining ishlab chiqarish zonalari (texnosfyera) havo muhiti quyidagi ko‘rsatkichlar orqali belgilanadi:
- havo harorati, °C; (18-220C)
- havoning nisbiy namligi, %; (50-60%)
- havo bosimi, mm. simob ust. yoki Pa; (50-60 mm.sim. ust)
Bulardan tashqari metyereologik sharoitga ta’sir etuvchi ishlab chiqarish omillari ham mavjud bo‘lib, ulardan ishlab chiqarish korxonalaridagi har xil qurilma-uskunalar va ishlov byerilayotgan matyeriallar, moddalar yuzasidan tarqaladigan issiqlik nurlari havo haroratining oshishiga olib keladi. Aynan mana shu omillar ish joylaridagi mikroiqlimni tashkil etadi.
Mikroiqlim omillari insonning mehnat faoliyatiga, sog‘lig‘iga juda katta ta’sir ko‘rsatadi. Chunki, mikroiqlim omillarining bir vaqtda hammasi deyarli ta’sir qiladi. Masalan, sovuq sharoitda isituvchi omillar hamda shu bilan birga texnologik jarayonlardan ajralib chiqadigan bug‘ va parlar hisobiga nisbiy namlik ortib ketganida, uni normallashtiruvchi omil bo‘lishi mumkin. Ba’zi hollarda bu omillarning bir-biriga qo‘shilib ketishi natijasida zararli ta’sirlar ortib ketishi mumkin.
Masalan, nisbiy namlik va haroratning ortib ketishi inson uchun og‘ir sharoitni vujudga keltiradi. Bundan tashqari ish joylaridagi havo harakatining oshishi harorat yuqori bo‘lgan vaqtda ijobiy natija byeradi, harorat past bo‘lgan vaqtda esa salbiy natijaga olib keladi.
Organizmning issiqlik boshqarilishi fiziologik va kimyoviy jarayonlar asosida tana haroratining bir xil chegarada (36-37,60 C) saqlab turish demakdir. Tana haroratining ko‘rsatilgan darajadan ortib ketishini «issiqlash», sovushini esa «sovish» deb ataladi. Issiqlash va sovush mehnat faoliyatini buzuvchi halokatli holatni vujudga keltirishi mumkin. Shu sababdan ham inson organizmining tashqi muhit bilan moslashuvi (fiziologik mexanizmi) markaziy nyerv sistemasining nazorati ostida bo‘ladi. Bunday fiziologik mexanizmning asosiy vazifasi organizmda
modda almashuvi natijasida issiqlikning ortiqchasini tashqariga chiqarib, issiqlik balansini ushlab turadi.
Organizmning tashqi muhitga issiqlik chiqarishi 3 yo‘l bilan o‘tishi mumkin:
- odam tanasining umumiy yuzasidan infraqizil nurlanish orqali (radiatsiya) havo almashinuvi;
- tanani o‘rab turgan havo muhitini isitish (konveksiya);
-terining tyerlab, bug‘lanishi va nafas olish yo‘llari orqali suyuqliklarning bug‘lanishi natijasida.
Terning bug‘lanishi havoning harakatiga va nisbiy namligiga, kiygan kiyimning materialiga bog‘liq.
Agar issiqlik yo‘qotilishi faqat tyerlash orqali amalga oshirilayotgan sharoitda havoning nisbiy namligi 75-80% dan ortiq bo‘lsa, terning bug‘lanishi qiyinlashadi va organizmning tashqi muhitga moslashuvi buzilib, organizmda issiqlik ko‘tariladi.
Kuchsiz issiqlik ko‘tarilishi tana haroratining engil ko‘tarilishi, haddan tashqari tyer chiqishi, sovuq qotish, nafas olish va qon tomirlar urushining tezlashishi bilan xarakterlanadi.
Agar kuchli issiqlash yuz byersa, unda nafas olish qiyinlashadi, qattiq bosh og‘rig‘i kuzatiladi, bosh aylanadi, nutq qiyinlashadi. Inson tanasida issiqlik ko‘tarilishi uning tyerlashi orqali ko‘p miqdorda kyerakli tuzlarning kamayishiga olib keladi. Bu holatda teri hujayralaridagi tuz miqdorining kamayishi, tyerining namlikni (suvini) ushlab turish hususiyatining susayishiga olib keladi. Bunda inson organizmi tinmay ichilayotgan suvni chiqarib yuborib, kuchli chanqoqlikni keltirib chiqaradi. Bu esa organizmning suv bilan zaharlanishiga olib keladi. Bunday holatlarda organizm paylarida qaltirashlar paydo bo‘lishi, qonning quyuqlashishi va kuchli tyerlash hamda tana haroratining 40-41 °C ga ko‘tarilishi kuzatiladi.
Qaltirash kasalligi va tana harorati ko‘tarilishining oldi olinmasa, o‘lim bilan yakunlanishi mumkin. Shuning uchun ishlab chiqarish korxonalarida tashkil qilinayotgan gigienik shart-sharoitlar yuqoridagi qaltirash va issiqlik urish kasalliklarining oldini oladi.
Inson organizmiga past haroratli ta’sirlar ham uning fiziologik jarayonlarining buzilishiga, ish qobiliyatining susayishiga va organizmning kasallanishiga olib keladi .
Past harorat ta’sirida qon tomirlari torayadi, uzoq vaqt ta’sir qilishi natijasida qon-tomirlari faoliyati buzilib, organizmning sovuq qotishi seziladi. Asab tizimlarining sovuq qotishi natijasida suyak, qo‘l, oyoq va bel bo‘g‘imlarida kuchli og‘riq, o‘pkaga suv yig‘ilishi (plevrit), bronxit va boshqa shamollash bilan bog‘liq kasalliklar yuzaga keladi.
Inson organizmiga sovuqning ta’siri, ayniqsa, havo harakati kuchli bo‘lib, havoning nisbiy namligi yuqori bo‘lgan vaqtda kuchli bo‘ladi. Chunki, sovuq haroratdagi nam havo issiqlikni yaxshi o‘tkazadi.



Download 23,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish