Tadqiqotning maqsadi: Bugungi globallashgan davrda xalqaro miqyosda
faoliyat olib boruvchi tashkilotlarning faoliyatini tadqiq etish, YUNESKO
tashkilotining amalga oshirayotgan loyihalar o’rganish, O’zbekiston va
YUNESKO hamkorligining mustahkam asosga ega ekanligi va bu doirada
amalga
oshirilayotgan
ishlarning
mazmun
mohiyatini
ochib
berish,
YUNESKOning yurtimizda faoliyat olib borayotgan Milliy Komissiyasining turli
sohalar rivoji uchun amaldagi loyihalarini tahlil etish va tashkilotning
O’zbekiston taraqqiyotiga qo’shgan hissasini axborot kommunikatsiya bo’limi
tomonidan ommaga taqdim etilayotgan axborotlar orqali o’rganishdan iborat.
Mazkur magistrlik dissertatsiyasining maqsadi O`zbekiston va YUNESKO
hamkorlik masalasini keng ommaga tanishtirish hamda ushbu hamkorlik rivojini
yangi bosqichga olib chiqishga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |