vazirliklari, idoralari, tashkilotlari va mutaxasislarining ishtiroki to’g’risida
YUNESKOning kotibiyatiga hamda mintaqaviy vakolotxonalariga takliflar
tayyorlash va taqdim etish;
• Ta’lim, fan, madaniyat va axborot sohasida xalqaro mintaqaviy va ikki
tomonlama hamkorlikni rivojlantirish masalalari bo’yicha YUNESKOning
mintaqaviy vakolotxonalari va markazlari bilan muntazam ravishda muzokaralar
o’tkazish;
• O’zbekiston Respublikasi hududida va jahon miqyosida YUNESKO
tadbirlarini tayyorlash va o’tkazishda qatnashish;
• YUNESKO tomonidan tashkil etiladigan Bosh anjuman hamda boshqa
hukumatlararo tadbirlarini tayyorlashga va o’tkazishga ko’maklashish;
• YUNESKO dasturlarini ishlab chiqish va bajarishda O’zbekiston
Respublikasining davlat va nodavlat tashkilotlarini jalb etish;
• YUNESKO kotibiyatida va mintaqaviy vakolotxonalaridaa ishlash uchun
respublika mutaxassislari zaxirasini tayyorlash;
• YUNESKO vakolati doirasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish
27
.
Tarkibi
Milliy komissiya umumiy majlis va kotibiyatdan tashkil topgan bo’lib,
komissiyaning raisi ta’lim, sog’liqni saqlash va ijtimoiy muhofaza masalalari,
axborot tizimlari va telekommunikatsiya bo’yicha O’zbekiston Respublikasi
Bosh vazirining o’rinbosari hisoblanadi.Umunmiy majlis tarkibiga 32 kishi
a’zodir. Umumiy majlis Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi, tegishli
vazirlik va idoralar (shu jumladan, oliy va o’rta maxsus ta’lim vaziri, Xalq
ta’limi vaziri, Madaniyat va sport ishlari vaziri,Fanlar akademiyasi raisi, Badiiy
akademiya raisi, Aloqa va axborotlashtirish agentligi Bosh direktori, Milliy
27
YUNESCO ishlari bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi.1994-2009. T; 2012, 23-bet.
teleradiokompaniya raisi, Milliy axborot agentligi Bosh direktori), hokimiyatlar,
uyushmalar, jamg’armalar, markaziy muassasalar , nodavlat tashkilotlar
vakillaridan iborat.
Mas’ul kotib tomonidan boshqariladigan kotibiyat Komissiyasining doimiy
faoliyat ko’rsatadigan muassasasi hisoblanadi. Kotibiyat quyidagi ustuvor
yo’nalishlar bo’yicha o’z faoliyatini olib boradi:
▪ Ta’lim sohasida – “Ta’lim barcha uchun” dasturi, barqaror taraqqiyot ta’limi,
inkluziv ta’lim, YUNESKO kafedralari, YUNESKOning birlashgan maktablar
tarmog’i, axborot va kommunikatsiya texnologiyalari sohisidagi ta’lim, jamoat
ta’lim markazlari, kasb-hunar o’quv muassasalari tarmog’i (YUNEVOK),
sog’lom turmush tarsi ta’limi;
▪ Fan sohasida- MOST (Ijtimoiy islohotlarni boshqarish”) dasturi, bioetika
dasturi, Markaziy Osiyo tadqiqotlari xalqaro instituti, qayta tiklanadigan
energiya manbalari, fan ta’limi, aniq fanlar, falsafa;
▪ Madaniyat sohasida – madaniy moddiy va nomoddiy meros;
▪ Kommunikatsiya va axborot sohasida- “Axborot barcha uchun” dasturi,
“Jahon xotirasi” dasturi.
Do'stlaringiz bilan baham: