Universiteti psixologiya kafedrasi



Download 282,2 Kb.
bet17/41
Sana16.06.2022
Hajmi282,2 Kb.
#677400
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   41
Bog'liq
umumiy psixologiya

Xayolning o‘sishi


Maktab yoshidagi bolalarda xayol qilish, asosan, o‘qitishning ta’siri ostida yana o‘sa boradi.
Maktabning birinchi sinfiga kirgan bolada xayol yetarli ravishda rivoj topgan boradi va u xilma-xil tasavvurlarning kattagina boyligiga ega bo‘ladi. Birinchi sinflarda o‘qish natijasida u faqat idrokka va xotira tasavvurlarigagina tayanib qolmasdan, balki, shu bilan birga, xayolida yaratilgan tasav- vurlarga ham tayanib, o‘qitilayotgan materialni asosan yaqqol tarzda o‘zlashtira beradi.
Maktab yoshidagi bolalarda xayol qilish, asosan, o‘qitishning ta’siri ostida yana o‘sa boradi.
Maktabning birinchi sinfiga kirgan bolada xayol yetarli ravishda rivoj topgan boradi va u xilma-xil tasavvurlarning kattagina boyligiga ega bo‘ladi. Birinchi sinflarda o‘qish natijasida u faqat idrokka va xotira tasavvurlarigagina tayanib qolmasdan, balki, shu bilan birga, xayolida yaratilgan tasavvurlarga ham tayanib, o‘qitilayotgan materialni asosan yaqqol tarzda o‘zlashtira beradi.


Diqqat


O‘qish ishida — darsni eshitish, kitob o‘qish, masalalarni yechishda, asosan, ixtiyoriy diqqat talab qilinadi. Shuning bilan birga, o‘qish jarayonining o‘zi ixtiyoriy diqqatning hamda uning turishi va barqarorligining o‘sishiga yordam beradi. Bolalarda ixtiyoriy diqqat bilan ishlash qobiliyatini o‘stirib borish maxsus tarbiya vazifalaridan biridir. Maktabda ta’lim-tarbiya ishlari sohasidagi vazifalarga, jumladan, o‘quvchilar irodasi va intizomini tarbiyalash bilan bog‘liq bo‘lgan ixtiyoriy diqqatni tarbiyalash vazifasi ham kiradi. Bolalaming yoshlari ulg‘aygan sari, diqqatning ayrim sifatlari, uning ko‘lami, ko‘chuvchanligi, bo‘linuvchanligi, kuchi va barqarorligi o‘sa boradi.
Bolalaming diqqati, avvalo, ko‘lamning torligi, bir narsadan ikkinchi narsaga sekinlik bilan ko‘chishi va zo‘rg‘a bo‘linishi bilan ajralib turadi. Bir yoshgacha bo‘lgan bolalarda biz, faqatgina juda tor konsentratsiya- lashgan diqqatni ko‘rishimiz mumkin. Masalan, agar bir qo‘lida olma ushlab turgan bolaning ikkinchi qo‘liga ham olma bersak, u paytda ikkinchi olmani olishi bilanoq, awalgi ushlab turgan olmasini tashlab yubo- radi. Demak, bunda bolaning diqqati o‘z qo‘lida ushlab turgan ikkita narsaga ham taqsimlay olmaydi. Keyinchalik diqqatning bo‘linuvchanligi kattalar yordami bilan bolalaming o‘yin faoliyatlarida, o‘qish jarayonida va amaliy mehnat jarayonida o‘sib boradi. amaliy mehnat jarayonida o‘sib boradi.
Bolalaming yoshlari ulg‘aygan sari, diqqatning kuchi va barqarorligi o‘sa boradi. Diqqatning bu xususiyatlari bolalaming o‘yin faoliyatlarida, mehnatda va asosan o‘qish jarayonida o‘sadi. O‘qish jarayoni uchun diqqatning ma’lum darajada kuchli va barqaror bo‘lishligi talab qilinadi. Diqqat barqarorligining o‘sishiga bolalar ongining mazmunan boyishi va xususan, ular tafakkurining o‘sishi katta yordam beradi.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar diqqatining kuchi va barqarorligi ularning tabiatidagi hissiyotchanlik bilan ko‘p jihatdan bog‘liq. Bu yoshdagi bolalaming hissiyotlari davomli va barqaror bo‘lmaganidek, ularning diqqatlari ham aytarli barqaror bo‘lmaydi. Lekin bolalaming hissiyotlari ko‘pincha juda kuchli bo‘ladi. Shuning uchun ularning diqqatlari, garchi qisqa vaqt ichida davom etsa ham, kuchli bo‘ladi.
Maktab yoshidagi bolalaming hissiyotlari anchagina barqaror bo‘la boshlaydi. Shuning uchun pedagog o‘qish materialini hissiy momentlar bilan boyitar ekan, bu bilan diqqatning barqarorligi va kuchini saqlab turishga yordam beradi. Shuning uchun diqqatga doir bu sifatlaming keyingi taraqqiyoti ham irodaning taraqqiyoti bilan bog‘liqdir.

Nutq


Bolalar nutqining o‘sishida ularning maktabda o‘qishi, ayniqsa, katta rol o‘ynaydi. Bola maktabga kirmasdan oldin o‘zi qanday gapirayotgan!igi ustida o‘ylab o‘tirmasdan, o‘z nutqidan aloqa va bilish vositasi tariqasida foydalanadi. Maktabda esa bola gaplashayotgan til o‘qitiladigan va o‘rganiladigan ilm bo‘lib qoladi. Maktabda o‘qiyotgan bola o‘z ona tilining grammatika- si bilan shug‘ullanish natijasida, o‘z nutqini grammatika qoidalariga muvofiq sur’atda ongli ravishda tuzishni o‘rganadi. Grammatikani o‘qib o‘rganish jarayonida bola nutqining fonetika jihati aniqlanadi, nutqning morfologiya jihati to‘g‘ri bo‘lib boradi, nutqning sintaksis tuzilishi ancha takomillashadi.
Nutqning ayrim jihatlariga xos borgan bu sifatlar faqat grammatikani o‘qib o‘rganish natijasidagina o‘sib qolmasdan, balki, shu bilan birga, maktabda o‘qitilayotgan boshqa fanlarning ta’siri ostida ham o‘sadi. Maktabda o‘qitilayotgan hamma fanlarni o‘rganish va shu faniar bilan shug‘ullanish jarayonida o‘quvchi nutqining lug‘at boyligi boyiydi, so‘zlarning mazmuni chuqurlashadi va kengayadi, har qaysi so‘zning, har qaysi terminning ma’nosi aniqlanadi. Adabiyot darslari bilan shug‘ullanish o‘quvchilar nutqining o‘sishiga, ayniqsa, katta ta’sir qiladi. O‘quvchilar adabiyot darslarida to‘g‘ri tuzilgan nutqning eng yaxshi namunalari bilan tanishadilar.
Tilga doir maxsus mashg‘ulotlarda, shuningdek, boshqa fanlarni o‘qitish vaqtida, o‘qituvchilar o‘quvchilar oldiga o‘z nutqlarini muayyan talablarga javob beradigan qilib tuzish, masalan, muayyan savolga to‘liq va keng javoblar berish, muayyan reja asosida hikoya qilib berish, bir narsani hadeb takrorlayvermaslik, ravon tuzilgan, to‘liq gaplar bilan to‘g‘ri gapirish va boshqa shu kabi vazifalarni qo‘yadilar.
Bolalaning yozma nutqni egallashlari ularning nutqini o‘stirishda muhim bosqich bo‘ladi. O‘quvchi yozma nutqni to‘g‘ri tushunishni o‘rganib oladi, o‘z fikrlarini yozma nutq holida bayon qilish va boshqalarga tushun- tirishni o‘rganadi. Kitob o‘qish va, ayniqsa, o‘zidagi fikrlarni yozma tarzda ifodalab, bayon qilib berish tilning grammatika tuzilishini egallamoq uchun katta ahamiyatga egadir. Yozma bayon qilish vaqtida fikrni to‘liq tushun- tirib berish zarurligi o‘quvchini o‘zi yozayotgan narsaning mazmunigagi- na diqqat berib qolmasdan, balki, shu bilan birga, o‘zining qanday qilib vozayotganiga ham e’tibor berishga majbur qiladi, uni o‘zi yozgan fikrni qayta-qayta o‘qib, o‘z nutqini analiz qilib ko‘rishga majbur qiladi. o‘quvchi yozib bayon qilayotganida, ko‘pincha, bu ishini bir necha marta qayta ko‘rib chiqishga, o‘zgartirishga, to‘ldirishga, qaytadan ishlab chiqishga majbur bo‘ladi.
O‘quvchi o‘qituvchining topshirig‘iga binoan yozma ishlar bajarayot- ganida o‘zining shu ishiga baho berilishini, ammo bu baho ishning faqat mazmuniga qarabgina herilib qolmasdan, balki, shu bilan birga, o‘z fikrining qanday til bilan bayon qilinganiga qarab ham baho berilishini oldindan bilib turadi. Mana shu hollarning hammasi bolani o‘z nutqini grammatika va mantiq talablariga muvofiq keladigan qilib, ongli ravishda tuzishga majbur etadi. Yozma nutqni egallash og‘zaki nutqni va ayniqsa, monolog nutqni to‘g‘ri va kengroq qilib bilib olishga yordam beradi.
O‘quvchi maktabda berilgan topshiriqni tayyorlash vaqtida shu topshiriqni o‘ziga-o‘zi gapirib berishni mutlasil mashq qilib turishi o‘quvchi nulqining o‘sishiga kalta ta’sir qiladi. O‘quvchi darslarni tayyorlayotgan vaqtda shu darslami kitobdan o‘qibgina qolmasdan, balki, odatda, u kitobdan o‘qigan narsalarini kitobni yopib qo‘yib, o‘ziga yoki yonidagi sherigiga so‘zlab ham beradi. Bunday hollarda o‘quvchi o‘zi tayyorlayotgan darsni grammatika qoidalariga to‘g‘ri rioya qilgan holda, ayniqsa, tushunarli qilib og‘zaki gapirib berishga intiladi. O‘qituvchi o‘quvchining nimalarni bilganligi va bilganlarini qanday gapirib berishi bilangina kifoya qilmasdan, balki, shu bilan birga, shu bilgan narsasini qanday qilib va qay tariqa gapirib berayotganiga ham e’tibor berishini o‘quvchi yaxshi biladi.
O‘quvchi ovoz chiqarib, aynan, yoki o‘z so‘zlari bilan takrorlash yo‘li bilan o‘zining artikulatsiya apparatini mashq qildiradi, o‘z nutqining qay darajada to‘g‘riligini nazorat qiladi, shu bilan birga, o‘zi o‘zlashtirgan bilimlarning to‘g‘riligini va mustahkamligini ham nazorat qiladi.
Albatta, o‘quvchi nutqining o‘sishida o‘qituvchining nutqi katta rol o‘ynaydi, chunki o‘qituvchining nutqi o‘quvchilar uchun namunali nutq hisoblanadi. Shu sababli, har bir o‘qituvchi
o‘quvchilar nutqini o‘stirishga intilib, o‘zi ham o‘z nutqini takomillashtirish ustida to‘xtovsiz va tinmay ishlashi lozim.
Mazmunli, to‘liq fikrli, to‘g‘ri tuzilgan va uslub jihatidan chiroyli bo‘lgan nutqni o‘stirish maktabda bolalaming o‘qitish sohasida qo‘yilgan muhim vazifalarning biridir.

Download 282,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish