3. O’zbekistonda Axborot texnologiyalarning rivojlanishi bo’yicha amalga oshirilgan ishlar
Axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishi jamiyatda kechayotgan jarayonlarga ijobiy ta’sir
ko‘rsatib, islohotlar samaradorligini oshiradi, aholi manfaatlarini ta’minlashga xizmat qiladi,
yangidan-yangi imkoniyatlar eshigini ochadi. Shu nuqtai nazardan aytganda,Ushbu sohani
rivojlantirish bo’yicha O’zbekiston o’z strategik yo’lini belgilab bo’lgan va ushbu yo’lda ko’pdan
ko’p ishlar amalga oshirilmoqda.Men aynan shu ishlar haqida eng so’ngi malumotlarni
bermoqchiman
2019-yil 31-oktyabr kuni Oliy Majlis Senati Sud-huquq masalalari va korruptsiyaga qarshi
kurashish qo‘mitasining majlisi bo‘lib o‘tdi.
Unda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan 2019-
yilning 9-oyida amalga oshirilgan ishlar natijalari bo‘yicha hisobot eshitildi.
Majlisda Qo‘mita a’zolari, tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari, ommaviy axborot vositalari
xodimlari ishtirok etdilar.
Dastlab O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini
rivojlantirish vazirligining joriy yil 9 oyidagi faoliyati to‘g‘risidagi hisoboti eshitildi.
Ta’kidlanganidek, 2019-yil davomida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va
kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi zimmasiga 40 ta maqsadli vazifa yuklatilgan. Ularni
amalga oshirish borasida vazirlik tomonidan izchil ishlar olib borilgan.
Jumladan, chet el investorlarini dasturiy mahsulotlar sohasida qo‘shimcha loyihalarni amalga
oshirishga jalb qilish maqsadida joriy yilning sentyabr oyida “ICTWEEK Uzbekistan 2019” AKT
haftaligi o‘tkazildi. Mazkur tadbir doirasida “DIGITAL UZBEKISTAN” AKT forumi,
“ICTEXPO” ko‘rgazmasi, “Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlarda axborot
texnologiyalari va innovatsion rivojlanish” forumi tashkil etilib, Birlashgan Arab Amirliklari bilan
birgalikda “mGowAward” respublika tanlovi e’lon qilindi.
Aloqa va axborot texnologiyalari sohasidagi yetakchi xorijiy mamlakatlar (Belarus va
Hindiston) oliy o‘quv yurtlari bilan qo‘shma fakultetlarni tashkil etish maqsadida Vazirlar
Mahkamasining “Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari
universiteti tuzilmasida O‘zbek-Belarus qo‘shma fakultetini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori
qabul qilindi. Unga ko‘ra, 2019/2020-o‘quv yilida yangi yo‘nalish bo‘yicha 505 nafar yigit-qizlar
talaba bo‘ldi.
Bundan tashqari, 1-band bo‘yicha investitsiya dasturi doirasida III-IV choraklarda bajarilishi
lozim bo‘lgan “Optik tolali aloqa liniyalarini qurish”, “Radiochastota spektri monitoringi tizimini
kengaytirish va rivojlantirish”, “Magistral va multiservis transport tarmog‘ini kengaytirish”
loyihalari amalga oshirilmoqda.
Shu bilan bir qatorda, majlisda vazirlik faoliyatidagi kamchiliklar ham tahlil qilindi va shundan
kelib chiqib, bir qator tavsiyalar bildirildi. Xususan, magistral telekommunikatsiya transport
tarmoqlarini kengaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyiha doirasida qurilmalarni
respublikaga keltirish va joylarda o‘rnatish ishlarini jadallashtirish lozimligi ta’kidlandi.
Shuningdek, joriy yilda optik tolali aloqa liniyalari qurilishini 10 ming kilometrga yetkazish
choralarini ko‘rish zarurligi, bunda olis qishloq aholi maskanlari va ijtimoiy infratuzilma
ob'yektlariga alohida e’tibor qaratish kerakligi qayd etildi.
29-oktyabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari
universitetida O‘zbekiston Respublikasi hamda Yaponiya hukumatlari kelishuviga muvofiq
mamlakatimizdagi OTMlar orasida yagona bo‘lgan, qiymati 1,6 mln. AQSh dollarini tashkil
etuvchi o‘quv media-markazi ochildi.
O‘quv media-markazining ochilish
marosimida O‘zbekiston Respublikasi axborot
texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov, Yaponiya xalqaro
hamkorlik agentligining (JICA) vitse-prezidenti janob Kazuxiko Kashikava, Yaponiya elchisi
janob Fujiyama Yoshinori, universitet professor-o‘qituvchilari, OAV vakillari hamda talabalar
ishtirok etishdi.
Ochilish marosimidan so‘ng tadbir ishtirokchilari va mehmonlarga media-markazning barcha
imkoniyatlari, eng ilg‘or texnologiyalar, uning faoliyati to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berildi.
O‘quv media-markazida xalqaro tajribalardan kelib chiqib, oliy ta’limning ilg‘or standartlarini
joriy etish, ta’lim tizimida eng so‘nggi zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash, shuningdek,
talabalarga amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirishda foydalaniladi. Bu orqali zamonaviy media
makoniga yuqori tajribaga ega bo‘lgan mutaxassislarni yetkazib berish maqsad qilingan.
4 sentabr kuni, Toshkentdagi Xalqaro savdo markazida ICTWEEK-2019 haftaligi oldidan
matbuot anjumani tashkil etildi. Unda «O‘zbektelekom» AK, Huawei kompaniyasi, Axborot
texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va IT texnoparki vakillari ishtirok
etishdi. Mutasaddilar haftalik doirasida bo‘lib o‘tadigan tadbirlar, tanlovlar, xalqaro hamkorlik va
boshqa muhim masalalar haqida ma'lumot berishdi. Jumladan, 5G tarmog‘i borasida
«O‘zbektelekom» AK tijorat direktori v.b Alisher Zufarov kengroq axborot berdi.
Aholi imkoniyatini hisobga olib, keyin texnologiyani yaxshilashga e'tibor bersak, ancha orqada
qolib ketishimiz mumkin. 14 sentyabrda Toshkent univermagida test rejimida 5G’ni ishga
tushirdik. Keyin «O‘zekspomarkaz»da xuddi shu jarayon o‘tkazildi. U yerda 5G tarmog‘iga
ulangan smartfon, kompyuterlar namoyish etildi. Bu tarmoqni keng foydalanuvchilarga taqdim
qilishdan oldin qiladigan ishlarimiz ko‘p. Eng avvalo, malakali kadrlarni tayyorlash. Keyingi
bosqichlarda 5G’ni aholi gavjum hududlarga o‘rnatish mo‘ljallangan. Shuningdek, qancha qurilma
sotib olishimiz kerakligi, qancha mablag‘ ketishi masalalari ham bor», deydi Zufarov.Uning
ta'kidlashicha, O‘zbekistonda 5G tarmog‘ini ishga tushirishga kamida bir yoki bir yarim yil vaqt
ketadi. Ba'zan rejalar amaliyotdan farq qiladi. Ko‘rsatilgan muddat qisqarishi ham mumkin.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Axborot va
ommaviy kommunikatsiyalar agentligida matbuot anjumani bo'lib o'tdi(4.11.19)
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish
vazirligi 2019 yil 4 noyabr kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida matbuot
anjumanini o‘tkazdi.
Matbuot anjumanida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri
o‘rinbosari Q.Yuldashev va “O‘zbektelekom” AK vakillari ishtirok etdilar.
Matbuot anjumani O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Axborot texnologiyalari va
kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018 yil 19
fevraldagi PF-5349-son Farmoni ijrosiga bag‘ishlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari
sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" 2018 yil 19-fevraldagi PF-5349-son
Farmoni asosida Axborot texnologiyalari vazirligining asosiy vazifalari va faoliyatining ustuvor
vazifalari belgilab berilgan.
Telekommunikatsiyalar yo‘nalishida operator va provayderlar tomonidan amalga oshirilgan
ishlar natijasida respublika bo‘yicha, 786,0 ming portli keng polosali texnologiyalarga asoslangan
uskunalar o‘rnatilib, ularning jami sig‘imi 1,87 mln. portga yetkazildi, shundan 125 ming port (16
foiz) 330 ta qishloq joylariga to‘g‘ri keldi.9 000 km optik tolali aloqa liniyalari qurilib, umumiy
uzunligi 35,6 ming km.ga yetkazildi va buning natijasida 3 117 ta maktab, 1646 ta maktabgacha
ta’lim muassasalari, 962 ta tibbiyot muassasalari optik tolali aloqa liniyalari bilan qamrab
olinishiga erishildi, shuningdek, 201 ta davlat xizmatlari markazlarining ob’ektlari, 544 ta sudlar
ma’lumotlar uzatish tarmog‘iga ulandi.
Mobil aloqa tarmoqlarini rivojlantirish maqsadida mobil aloqa operatorlari tomonidan 1 605 ta
baza stansiyalari o‘rnatilib, tarmoq modernizatsiya qilindi, shundan 132 tasi “Obod qishloq”
dasturi doirasidagi hududlarga to‘g‘ri keladi. Xo‘jalik yurituvchi subektlar, telekommunikatsiya
tarmoqlari operator va provayderlari tomonidan 650 dan ortiq Wi-Fi tarmog‘i orqali Internetga
ulanish nuqtalari o‘rnatilib, ishga tushirildi.
Shu bilan birga axborot texnologiyalarini rivojlantirish yo‘nalishi bo‘yicha respublikamizda milliy
UZ domenida ro‘yxatdan o‘tgan faol domenlar soni 71 mingdan oshdi.
Respublikada Dasturiy mahsulotlar ishlab chiqishni rivojlantirish yo‘nalishida ham bir qator
ishlar amalga oshirildi, jumladan Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 10 yanvardagi 17-son qarori
bilan Hindistonning dasturiy texnologiyalar texnoparki bilan hamkorlikda hind ilg‘or tajribasi
asosida Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki tashkil etildi. Joriy yil
24 iyuldan boshlab Texnopark faoliyati yo‘lga qo‘yilib, hozirda Texnoparkda 300 dan ortiq
rezident-korxona mutaxassislari faoliyat yuritmoqda.
Bugungi kunda pochta aloqasini rivojlantirish bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirilib,
“O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan pochta aloqasini yanada rivojlantirish maqsadida 10 ta
yangi qo‘shimcha xizmat turlari joriy etildi.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga xorijiy
mamlakatlardan 16 ta professor-o‘qituvchilar jalb qilindi Bugungi kunda universitetda 28 ta
doktorlik ishi himoyasi o‘tkazildi. Ushbu universitet tuzilmasida O‘zbek-Belarus qo‘shma
fakulteti tashkil etilib, 2019/2020 o‘quv yilida qo‘shma fakultetga 505 ta talaba qabul qilindi.
Prezidentimizning 2019 yil 7 yanvardagi PQ-4097-son qarori bilan Toshkent shahrida Amiti
universiteti tashkil etilib, joriy yil 24 sentyabrdan boshlab universitet rasman o‘z faoliyatini
boshladi. Hozirda 502 nafar talaba tahsil olmoqda.
Prezidentimiz tomonlaridan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning 3-tashabbusi doirasida
Aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil
etishga qaratilgan, shuningdek ularni axborot texnologiyalari sohasida tadbirkorlik faoliyatiga
keng jalb qilish maqsadida respublika bo‘yicha 18 ta IT-tadbirkorlik va raqamli texnologiyalar
o‘quv markazlari tashkil etildi.
Matbuot anjumani so'ngida savol-javoblar bo'lib o'tdi. Telekommunikatsiya tarmoqlarini
rivojlantirish borasida "O‘zbektelekom" AK jurnalistlarni qiziqtirgan barcha savollarga batafsil
javob berildi.
Xulosa
Men o’ylaymanki, mamlakatimizda axborot texnologiyalarining rivojlanishi va yuksalishi
bundan keyin ham davom etadi. Keyingi o’sib kelayotgan yosh avlod mamlakatimiz berayotgan
imkoniyatlardan to’liq foydalangan holda, bu ishlarni amalga oshiradi.. Biz hamma ta’lim
muassalarda, instut, universitetlarda zamonaviy axborot texnologiyalarini ko’rishimiz mumkin.
Yoshlarga eng katta imkoniyat chet elga borib o’qish imkoniyati berildi. Mana Rossiya, AQSH,
Yaponiya, Angliya, Germaniya, Malaziya, Koreya xullas dunyoning ko’plab mamlakatlariga borib
o’qib ta’lim olishlari mumkin. U yerlarda o’qib sehrli diyorimizga qaytib, yaxshi malakali
mutaxssis bolib yetishib, davlatimizga kerakli inson bo’lib yetishlari shart. Mamlakatimiz axborot
texnologiya mutaxassislari chet ellik IT-mutaxassislari bilan fikr almashib O’zbekistonga foyda
keltirishlari kerak. Vatanimizda axborot texnologiyalarini o’zimiz ishlab chiqarib,
mamlakatimizda birinchi o’rinda shu ishlarni yo’lga qo’yishimiz lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |