Univеrsitеti maktabgacha ta’lim fakulteti maktabgacha


MTT rahbari: tashkilotchi, ma'muriyatchi, yuqori malakali pedagog va unga qo'yilgan talablar



Download 373,81 Kb.
bet4/7
Sana04.04.2022
Hajmi373,81 Kb.
#528070
1   2   3   4   5   6   7
MTT rahbari: tashkilotchi, ma'muriyatchi, yuqori malakali pedagog va unga qo'yilgan talablar.

Maktabgacha ta'lim muassasasi - murakkab tarmoq bo'lib, mudiraning undagi roli, faoliyati ko'p qirralidir. Mudira - maktabgacha ta'lim muassasasining tashkilotchisi, rahbari, malakali pedagog, uning faoliyati maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarni komil inson qilib tarbiyalash vazifalarini to'laqonli hal etishga qaratilgan. U maktabgacha ta'lim muassasalaridagi ta'lim-tarbiyaviy, pedagogik va gigiyenik talablarga muvofiq ravishda amalga oshirilishi uchun zarur lozim-sharoitlarni ta'minlaydi. O'z jamoasida ishchanlik, maqsadga qaratilgan inoqlik vaziyatini yaratadi. Ularga umumiy rahbarlik qiladi.
Mudira o'z ishida davlatimiz va Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan qabul qilingan qaror, qonunlarga amal qiladi va o'z ustida ijodiy ravishda ishlashni amalga oshiradi. Yuksakonglilik va siyosiy yetuklik, tamoyillilik, o'ziga va qo'l ostidagilarga talabchanlik - bu mudiraga qo'yiladigan asosiy talablardir.
Davlat maktabgacha ta'lim muassasasi muassis tomonidan tashkil etiladi va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ro'yxatdan o'tkaziladi.
Davlat organlari, shu jumladan mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda qonun hujjatlariga muvofiq davlat maktabgacha ta'lim muassasasining muassislari bo'lishi mumkin.
Davlat maktabgacha ta’lim muassasasiga bevosita rahbarlik qilish O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda tegishlicha Qoraqalpog'iston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi, viloyatlar maktabgacha ta'lim boshqarmalari hamda Toshkent shahar maktabgacha ta'lim bosh boshqarmasi tomonidan tayinlanadigan mudir tomonidan amalga oshiriladi.
Davlat maktabgacha ta'lim muassasasi mudiri bilan mehnat shartnomasi bir yil muddatga tuziladi.
Davlat maktabgacha ta'lim muassasasi mudiri lavozimiga qo'yiladigan malaka talablari O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan belgilanadi.
Davlat maktabgacha ta'lim muassasasi mudiri: davlat maktabgacha ta'lim muassasasi faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi;
bolalar hayoti va sog'lig'ini muhofaza qilish hamda ta'lim- tarbiya jarayonining samarali tashkil etilishini ta'minlaydi;davlat maktabgacha ta'lim muassasasi nomidan faoliyat ko'rsatadi va barcha tashkilotlarda uning manfaatlarini ifodalaydi;
davlat maktabgacha ta'lim muassasasi mol-mulkini o'ziga berilgan vakolatlar doirasida tasarruf etadi;
davlat maktabgacha ta'lim muassasasi xodimlarini mehnat to'g'risidagi qonun hujjatlariga muvofiq ishga qabul qiladi va ular bilan tuzilgan mehnat shartnomalarini bekor qiladi;
davlat maktabgacha ta'lim muassasasi xodimlarini moddiy va ma'naviy rag'batlantiradi, ularga nisbatan intizomiy jazo choralarini qo'llaydi;
o'z vakolatlari doirasida buyruqlar chiqaradi;
davlat maktabgacha ta'lim muassasasining faoliyatini takomillashtirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, xodimlarni ijtimoiy muhofaza qilishni ta'minlash bo'yicha takliflarni ko'rib chiqish uchun maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo'limiga kiritadi;
davlat maktabgacha ta'lim muassasasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, zamonaviy talablarga javob beradigan inventar, jihoz, o'quv- metodik qo'llanmalar va multimediali vositalar bilan ta'minlash ishlarini tashkil etadi;
davlat maktabgacha ta'lim muassasasining moliya-xo'jalik faoliyatiga javob beradi.
Davlat maktabgacha ta'lim muassasasida ta’lim-tarbiya jarayonini takomillashtirish, maktabgacha ta'limning innovatsion shakllarim rivojiantirish maqsadida pedagogik kengash faoliyat ko'rsatadi. Pedagogik kengash a'zolarini saylash tartibi va uning vakolatiga kiradigan masalalar davlat maktabgacha ta'lim muassasasi ustavida belgilanadi.
Maktabgacha ta'lim muassasasi mudiri lavozimining malaka tavsiflari Lavozim vazifalari:

  1. maktabgacha ta’lim muassasasi umumiy faoliyatiga rahbarlik qilish;

  2. pedagogik jamoa va boshqa xodimlarni bolalar bilan olib boradigan tarbiyaviy ishlarda yuqori samaraga erishishini tashkil qilish;

v) tarbiyaviy jarayonda mehnatni tashkil qilishning zamonaviy shakllaridan foydalanish;
g) bolalarni boshlang'ich sinfda o'qitishga tayyorlash bo'yicha davlat talablariga muvofiq tarbiyalash dasturlarining bajarilishini nazorat qilish;

  1. bolalar sog'lig'ini mustahkamlash, ularni pedagogika va gigiyena talablariga muvofiq tarbiyalash va o'qitish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishni ta'minlash;

  2. pedagogik kengashga rahbarlik qilish, oilada farzand tarbiyasi masalalari bo'yicha ota-onalar bilan ishlashni tashkil qilish;

j) sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong'in xavfsizligi qoidalariga rioya qilinishini ta'minlash;
z) bolalarning ovqatlanishini, yozgi sog'lomlashtirish tadbirlarini tashkil qilish,
i) muassasada tasdiqlangan rejaga muvofiq ish yuritishni tashkil qilish tarbiyalanuvchilar ro'yxati bo'yicha to'ldirilishini amalga oshirish;
y) jihozlardan to'g'ri foydalanish, ularning hisobini yuritish va saqlashni ta'minlash;
k) kadrlarni tanlash, joy-joyiga to'g'ri (optimal, samarali) qo'yishni ta'minlash, ularning ishlashi uchun zarur shart- sharoitlar yaratish;
1) byudjet mablag'laridan oqilona foydalanish va muassasa mulkiga ehtiyotkorona munosabatda bo'Iish, korxona, muassasa va tashkilotlar bilan xo'jalik shartnomalari tuzish maktabgacha ta'lim muassasasi nomidan faoliyat yuritish, uning manfaatlarini himoya qilish, ishonchnomalar berish, turli yo'nalishlardagi davlat va nodavlat jamg'armalar bilan o'zaro hamkorlikda ish yuritish;

  1. ichki mehnat tartib-qoidalarini o'rnatish, maktabgacha ta’lim muassasasi shtatlar jadvalida tarbiyachi-uslubiyotchi lavozimi bo'lmaganda uning vazifalarini bajarish;

  2. tarbiyalanuvchilarni ichimlik suvi bilan ta'minlash va bolalar uchun qo'yilgan sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilish.

Bilishi lozim:

  1. O'zbekiston Respublikasining "Ta’lim to'g'risida'gi, "Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi to'g'risida"gi va “Bola huquqlarining kafolatlari to'g'risida'’gi qonunlarini;

  2. maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo'yilgan davlat talablarining mazmunini;

v) hukumatning tegishli qarorlari, Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan chiqarilgan normativ-huquqiy hujjatlarni;
g) bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash dasturi va tarbiyaviy ishlar konsepsiyasini;

  1. maktabgacha pedagogika va psixologiyani, maktabgacha yoshdagi bolalarni o'qitish va tarbiyalash shakl va metodlarini;

  2. pedagogik fan va amaliyotda ishlab chiqilgan metodik hujjatlarni, o'quv va tarbiya jarayonida o'qitish texnikaviy vositalaridan foydalanish amaliyotini;

j) pedagogika, pedagogik psixologiya, bolalar fiziologiyasi, ta’lim muassasasa faoliyatiga qo'yilgan sanitariya- gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong'in xavfsizligi qoidalarini.
Malaka talablari:

  1. o'z yo'nalishi bo'yicha kamida bakalavr darajasidagi oliy ma’lumot yoki kamida bakalavr darajasidagi oliy ma'lumot va kichik yoshdagi bolalarni tarbiyalash bo'yicha kurslarni tugatganlik;

  2. xorijiy tillardan birining boshlang'ich bosqichini va axborot- kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni bilishi;

v) uch yildan kam bo'lmagan ish staji. Jamoadagi to'g'ri, o'zaro munosabatlar har
bir xodimning mehnat va ishlab chiqarish intizomiga rioya qilishni ta’minlaydi.
Rahbarlik mavqeyi mudira o'z g'oyaviy, ma'naviy-ma'rifiy, siyosiy, huquqiy saviyasini va mutaxassislik mahoratini doimo ongli ravishda pedagogik bilimlarni bolalarga ta'lim-tarbiya berish nazariyasi va amaliyotini puxta egallashga, hozirgi bosqichda maktabgacha ta’lim oldida turgan vazifalarni bilishga, o'z bilimlaridan amaliy faoliyatida foydalanishga majbur etadi. U dastur, metodik instruktiv, me'yoriy hujjatlarni yaxshi bilishi va unga amal qilishi kerak. U pedagogik jarayonning mohiyatini chuqur bilib, yutuq va kamchiliklar ini darhol bartaraf qilish choralarini ko'rishi lozim.
Maktabgacha ta'lim muassasasi mudiri Maktabgacha ta'limni boshqarish organlari tomonidan oliy ma'lumotga va 3 yildan kam bo'lmagan pedagogik ish stajiga ega bo'lgan shaxslardan tayinlanadi. Maktabgacha ta'lim muassasasida kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo'yish tarbiyalash bo'yicha ishni mehnat jamoasi, maktabgacha ta'lim muassasasi kengashining faollari ishtirokida ma'muriyat amalga oshiradi. Maktabgacha ta'lim muassasasi rahbarlari kadrlarning kasb mahoratini, umumiy ta'lim mahoratini, umumiy ta'lim va madaniy darajasini muntazam o'stirib borishiga g'amxo'rlik qiladi: xodimlar malakasini hisobga olgan holda va maktabgacha ta'lim muassasasi manfatlaridan kelib chiqib, ularni ratsional va o'z vaqtida joydan-joyga ko'chirib turilishini ta'minlaydi.
Maktabgacha ta'lim muassasasida kadrlar zaxirasi shakllantirilib, ular bilan doimiy ish olib boriladi.
Mudira - ma'naviy, siyosiy huquqiy axloqiy yetuklik-saviya, ong ma'rifatchilik, madaniyatlilik, xodimlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, halollik, vijdonlilik, tanqidga chidamli bo'lish, mehnatsevarlik istiqbolni oldindan ko'ra olish kabi xususiyatlar mavjud bo'lishi kerak.
Demokratik rahbar Bunday turdagi rahbar:

  • boshqarish funksiyalarini jamoa fikri bilan hisoblashib amalga oshiradi;

  • ishlab chiqarishni boshqarishga xodimlarni jalb qiladi;

  • ularning bildirgan fikriga quloq soladi;

  • ular bilan maslahatlashadi, ijobiy tomonlarini inobatga oladi;

  • barcha bilan barobar va samimiy munosabatda bo'Iadi, ustunligini bildirmaydi;

  • buyruq berish yo'li bilan emas, balki ishontirish uslubida ish tutadi;

  • buyruq rahbarlik uslubi bo'ysunuvchilarning shaxsiy tashabbusini, ijodiy faoliyatini rivojlantiradi va jamoada o'rtoqlik va ishchan muhitni yaratadi.

Avtoritar rahbar Bunday turdagi rahbar:

  • buyruq chiqarish, qaror qabul qilish, xodimlarga jazo berish yoki rag'batlantirishda jamoa fikrini hisobga olmaydi;

  • o'zini jamoadan uzoq tutadi; jamoa a’zolarini bevosita muloqotda bo'lishini chegaralab qo'yadi;

  • o'zining noo'rin harakatlarining tanqid qilinishiga chiday olmaydi;

o'ziga bo'ysunuvchilarning harakatlarini keskin ravishda tanqid qilishni yaxshi ko'radi;

  • muttasil buyruq berishga, hammani o'z istaklariga so'zsiz bo'ysundirishga intiiadi;

  • ko'p gapirishni yoqtirmaydi, lekin bo'ysunuvchilari bilan muomalada bo'lganda uning rahbarlik g'ururi balandligi, o'zini katta tutishi sezilib turadi;

  • o'ziga bo'ysunuvchilar oldida qovog'i solingan kayfiyatda bo'ladi.

Xullas, avtoritar rahbar o'ziga bino qo'ygan, dimog'dor, o'z qobiliyati va imkoniyatlariga ortiqcha ishonadigan, hukmini o'tkazishga intiladigan kishilardan yetishib chiqadi.
Bunday rahbar nazoratdan chetda qolsa o'sha yerda dag'allik, takabburlik, tayziq o'tkazish, majbur qilish kabi o'ta salbiy holatlar avj oladi.
Biroq avtoritar boshqaruv usulini har jihatdan, yomon deb bo'lmaydi. Ba'zi bir hollarda bo'ysunuvchilarning madaniy darajasi, axloqi pastligi sababli avtoritar uslubini tanlab olish ham ish berib holishi mumkin
Libera! rahbar
Bunday turdagi rahbar;

  • idorasiz, tashabbussiz bo'ladi;

  • o'z zimmasiga mas’uliyat olishni yoqtirmaydi;

  • ishni o'z holiga tashlab ko'yadi;

  • idoraga nisbatan qat'iy bo'lishdan hayiqadi;

  • o'zini haddan tashqari ehtiyot qiladi;

  • biron xodim bilan ham aloqani buzishni istamaydi;

  • talabchan emas, sust nazorat qiladi;

  • suiiste'mollarga bevosita yo'l qo'ymasa ham o'zini bilmaslikka soladi;

Bunday rahbar tashqaridan ko'rsatiladigan ta’sirga moyilligi bilan ko'zga tashlanib turadi. Har bir rahbar quyidagi xususiyatlarga ega bo'lishi lozim:
Ma'naviy yetuklik darajasi boadablik
iltifotlilik
Rahbarga mos ma'naviy-ruhiy xislatlar jo‘shqinlik sabotlilik
barqarorlik
Rahbarga xos tadbirkorlik xislatlari mas’uliyatlilik
serharakatlilik tirishqoqlik tadbirkorlik insoflilik halollik
aniqlik tejamkorlik malakalilik epchillik tavakkalchilik
ta’masizlik barkamollik
Siyosiy-huquqiy va ma'naviy-marifiy jihatdan:

  • Siyosiy va huquqiy yetuklik;

  • Bilimdonlik;

  • Xodimlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda qodirlik;

  • Topshirilgan ish uchun shaxsiy javobgarlikni his qilish, halollik, vijdonlilik;

  • Shaxsiy manfaatlarni jamoat manfaatlariga bo'ysundirish- ga qodirlik;

  • Kishilarga nisbatan mehribon va e’tiborli bo'lish;

  • Tashabbus va ilg'orlikni qo'llab-quvvatlash qobiliyati;

  • Tamoyillik;

  • Tanqidga chidamli bo'lish, o'z-o'ziga tanqid qila bilish;

  • Intizom va mehnatga bo'lgan munosabati;

  • Mehnatsevarlik;

  • Jamoa o'rtasida intizomni yo'lga qo'ya bilish;

  • Atrofdagilarga mehnatsevarlikni tarbiyalay bilish;

  • Ishni rejali olib bera bilish, rejasiz ishlagan rahbar

xodimlar jamoasi oldiga qo'yilgan vazifalarni muvafaqqiyatli bajara ololmaydi. Bilim darajasi
Iqtisodiyotni bilishi;
Texnika va texnologiyani bilishi;
Boshqarish ilmini, funksiyalari va tuzilishini bilish; Istiqbolni bilimga qodirligi va hokazo.
Rahbar aniq, chuqur va keng bilimga ega bo'lishi, uni doimo to'ldirib va yangilab borish kerak. Aks holda u obro' qozona olmaydi, xodimlarning ishonchiga sazovor bo'la olmaydi.
Tashkilotchilik qobiliyati
Xodimlarni tanlay bilish va ular dan samarali foydalanishni ta'minlay olishligi; Qo'l ostidagilarni mehnatga o'rgatish va tarbiyalashni bilish;
Jipslashgan jamoani vujudga keltira olish; Maqsad sari intiluvchanlik;
Kutilmagan vaziyatlarda boshqarish qobiliyatini yo'qotmaslik. Boshqarish samaradorligini ta'minlay olish.
Boshqarishni kollegial tarzda tashkil qila olish qobiliyati; Ish haqida qisqa va aniq gapirish qobiliyati;
Ishga oid xatlar, buyruqlar, farmoyishlar yoza bilish;
Turli manbalardan ish uchun zarur axborotlarni olish qobiliyati; Rahbarlarni va qo'l ostidagilarni tinglay bilish qobiliyati;
Asoslangan qarorlarni mustaqil va tez qabul qila bilish qobiliyati;
Rejalarni bajarishdan xodimlarning moddiy va ma'naviy manfaatdorligini ta'minlash qobiliyati;
Boshqaruv organi qarorlari bajarish ustidan nazoratni ta'minlay bilish; Boshqarish tuzilishini takomillashtirib berish qobiliyati va hokazo.
Rahbarning madaniy saviyasi ko'rsatkichlari:

  • so'z bilan ishning birligi;

  • o'z kasbiy mahoratini, iqtidoriy-ma’naviy komilligini o'stirish ustida qayg'urish;

  • oqilona turmush tarzi, jismoniy sog'lomligini saqlash;

  • o'z-o'zini tanqid asosida o'z kamchiliklarini bo'yniga olmoq;

  • o'zini intizomga bo'ysundirish;

  • o'z malakasini oshirishga bo'lgan intilish va uning uddasidan chiqa olish;

  • harakatning maqsadga qaratilganligi va qat'iyligi;

  • o'ziga va mehnat faoliyatiga bo'lgan talabchanlik;

  • axloqning quyidagi alifbolariga qat'iy rioya qilish:

Rahbarning axloqiy xislatlari

  • kamtarinlik

  • haqgo'ylik

  • halollik

  • o'zini tuta bilishlik

  • oddiylik

  • to'g'rilik, vijdonlik

  • insoflilik

  • mehr-oqibat

  • saxovat

Rahbarning jamoaga nisbatan madaniyatliligi:

  • kishilarga e'tibor va hurmat;

  • kishilarga xayrixoh va iltifotli bo'lish;

  • olijanoblik va beg'arazlik,

  • xolislik;

  • insoning qadr-qimmatiga yetish kabilar. Fuqarolik va kasbiy burchini bajarish.

  • Odamlarga ishonch, kishilarning o'z kuchiga, qobiliyatiga bo'lgan ishonchini qo'llab-quvvatlay olish, uni shaxsiy kamchiliklarini bartaraf qilishga yo'naltirishni bilish;

  • Yuqori nutq madaniyatigi ega bo'lish va tashqi ko'rinishdagi ozodaligi;

  • Salbiy fazilatlargi ega bo'lgan, qonun-qoidalarga rioya qilmaydigan, adabsiz kishilarga, shu jumladan, qavm-qarindosh va yaqin-tanish, bilishlarga nisbatan toqati yo'q.

O'zaro munosabatdagi quyidagi oddiy etiket qoidalariga rioya qilish:

  • xushmuomala;

  • sipolik;

  • kamsuqumlik;

  • andishali;

  • vazminlik.

Mehnat va do'stlikdagi sherikchilikda:

  • o'zaro yordam va quvvatlash;

  • hozirjavoblik va majburiylik, so'zsiz bajarishlik;

  • tamoyillik ishonch;

  • talabchanlik.

Rahbarning jamiyatga nisbatan madaniyatliligi:

  • Yuqori darajadagi fuqarolik, vatanparvarlik va baynalminallik;

  • Jamiyat baxt-saodati yo'lida halol mehnat qilish, jamiyat boyligini ko'paytirish haqida g'amxo'rlik qilish;

  • Qonunlarga, huquqiy akt va bitimlarga, davlat intizomiga qat'iy rioya qilish;

  • Ijtimoiy burchni yuksak darajada anglash, jamiyat manfaatlarini buzilishlariga nisbatan shafqatsiz bo'lish;

  • Huquqiy, moddiy va ma'naviy javobgarlikni tan olish va rioya qilish;

  • Ko'p fikrlilikka ochiqko'ngillik bo'lish va uni hurmat qilish.

Har qanday holatda ham qaysi bo'g'inda rahbar bo'lishidan qat'iy nazar o'zining asosiy majburiyati, ya'ni qo'l ostidagilarni mazkur talablar negizida ish olib borishni unutmasligi kerak.
Mudira faoliyatining mazmuni:

  1. mudiraning ma'muriy xo'jalik ishlari.

Mudira maktabgacha ta'lim muassasalarning butun faoliyatiga rahbarlik qilib, u obodonlashtir ish, ko'kalamzorlashtirish ishlariga rahbarlik qiladi. Smeta bo'yicha xarajatlarni to'g'ri taqsimlash, muassasasini boy oziq-ovqat moddalari bilan ta'minlash, kun tartibini to'g'ri tashkil etish, reja bo'yicha maktabgacha ta'lim muassasalarni bolalar bilan to'ldirish, ta'lim-tarbiya dasturining bajarilishi uchun javobgar, yozgi sog'lomlashtirish ishlari, taomnoma sifatini vitaminga boy bo'lgan moddalar bilan ta'minlashi (kamida haftada 2 marta], xamir ovqatlari (bulochka, pechene], pedagogik va xizmat ko'rsatuvchi xodimlarning bilimi, ishga nisbatan munosabati, ularning malakasini oshirish ishlari bo'yicha bosh rahbardir.
Mudira bolalar hayotini saqlash, muhofaza qilishi uchun maktabgacha ta'lim
muassasasida to'g'ri kun tartibi jarayonlari, lozim-sharoit yaratadi. Sanitariya va gigiyenik qoidalarningbajarilishiga, yong'inga qarshi tadbirlar o'tkazadi.
Qishga boy oziq-ovqat va mahsulotlarini g'amlaydi. Vitaminga boy bo'lgan mevali o'simliklarni o'stiradi. Maktabgacha ta'lim muassasalar xodimlari o'z vaqtida oylik maosh bilan ta'minlanadi. Ishchilarning mehnat intizomiga qat'iy rioya qilishlarini nazorat qiladi. Ish yuritishni qattiq nazorat qiladi.
Bo'sh guruhlarni xodimlar bilan o'z vaqtida ta'minlaydi. Faol xodimlarni rag'batlantiradi. Maktabgacha ta’lim muassasalarda o'tkaziladigan joriy, kapital ta'mirlashga bosh rahbardir. Moliyaviy-xo'jalik ishlari bo'yicha javobgar shaxs,
oziq-ovqat mahsulotlari bo'yicha javobgar shaxs, kir yuvuvchi, bog'bon, duradgor, farrosh, qorovul, elektrik, santexnik, haydovchi bilan yakkama-yakka suhbat o'tkazadi. Ularning ishlari ustidan qat’iy nazorat tashkil etadi.
Mudira muassasani kerakli texnikaviy va xo'jalik materiallari bilan muntazam ravishda ta'minlab turish, binoni jihozlash bilan (qattiq va yumshoq inventarlar) jihozlash, binoni o'z vaqtida ta'mirlash va o'quv-ko'rgazmali qurollari bilan to'ldirib borishi, turli yosh guruhi uchun dastur - metodik hujjatlarda tavsiya etilgan. Ularning fiziologik, aqliy, axloqiy, mehnat, estetik tarbiyalash maqsadida bolalar badiiy adabiyoti va pedagogik adabiyotlar bilan ta'minlash, bolalar maydonchasini to'g'ri rejali jihozlash, kadrlarni joylashtirishda ularni bolalar bilan ishlash tajribasiga qarab, xodimlarning individual xususiyatlarini hisobga olishi, shifokor bilan birgalikda tibbiy yordam ishlarini nazorati va bolalarni tizimli tibbiy yordam ko'rigidan o'tkazish ishlari kiradi.
Moliyaviy-xo'jalik va boshqa faoliyati, jamoada ijodiy, ma'naviy-ruhiy muhit yaratilishi uchun qonunda belgilangan tartibda shaxsiy javobgardir.

  1. tashkiliy pedagogik ishlarga rahbarligi. Mudiraning tashkiliy-pedagogik ishlarga rahbarligi. Tashkiliy-pedagogik jarayonlarga quyidagilar kiradi:

    1. Bayram ertaklarini o'tkazish va rahbarlik qilish.

    2. Ochiq tadbirlarni tashkil etish va rahbarlik qilish, ochiq tadbirlar va pedagogik jarayonlarni jamoa asosida kuzatish va tahlil qilish (masalan, ochiq mashg'uloti sayrlarni kuzatish).

    3. Maktabgacha ta'lim bo'limlari tomonidan berilgan topshiriq asosida tarbiyachi va bolalarni ko'rik-tanlovlarga qatnashishi, yil tarbiyachisi, san'at va sport bayramlarini o'tkazish.

v) ta'lim-tarbiyaviy va metodik ishlarga rahbarlik.Mudiraning ta'lim-tarbiyaviy jarayonlarga rahbarligi quyidagilar:
a) har bir guruhdagi ta'lim-tarbiyaviy reja asosida ishlarni kuzatish va tahlil qilish, tarbiyachining ish hujjatlarini o'rganish va tahlil qilish, guruhning ta'lim- tarbiyaviy ish rejasi, diagnostika daftari: bu o'tkazilgan ishlarning hisobotidir.
Mudira ota-onalar majlisini tashkil etadi. Majlisni ota-onalar qo'mitaning raisi olib boradi yoki yordam beradi. Mudira haftada 2 marta ota-onalarni qabul qiladi, Bunda ota-onalar tomonidan ba'zi bir muammo, kamchiliklar bilan birga bolalar tarbiyasiga oid muammolar hal etiladi.
Mudira tomonidan ta'lim-tarbiya ishlarini kuzatish, nazorat qilish usul va uslublari.
"Ilk qadam" Dasturida maktabgacha yoshdagi bolalarning mehnat tarbiyasining quyidagi vazifalari belgilandi:

  1. mehnat faoliyati zaminlarini tarbiyalash;

  2. mehnat malakalarini shakllantirish

v) bolalar mehnat faoliyati mazmunini asta-sekin kengay tira borib, ularni takomillashtirish;
g) shaxsning muhim sifatlari: mehnatga intilish odatini, mas'uliyat, g'amxo'rlik, tejamkorlik, mehnatsevarlik, mehnatda qatnashishga tayyorgarlik, qat'iylikni zarurat tug'ilganda mehnatga qo'shila bilshni tarbiyalash;

  1. topshiriqni bajarishning boshlanishi va pirovard natija o'rtasida bog'liqlikni aniqlashni o'rgatish, mehnatning ahamiyatni tushuntirish, mehnat natijalariga tejamkorlik bilan yondashishni tarbiyalash;

  2. topshiriqlarga mas'uliyatli munosabat, ishni oxirigacha yetkazish ko'nikmasi ishtiyoqi, uni sifatli bajarishga intilish asosiarini shakllantirish;

j) mehnat madaniyatini tarkib toptirish; o'zining ishini va umumishni rejalashtirish va uyushtirishning elementar malakalarini, uning izchilligini taqsimlash, ish uchun kerakli hamma narsani hozirlash, jihozlardan to'g'ri foydalanish, mehnat jarayoni tugagach, hamma narsani joy-joyida olib borib, qiyin malakalarni tayyorlash.
z) o'z harakatlarini o'rtoqlarining harakatlari bilan muvofiqlashtirish, yordam zarurligini ko'ra bilish, yordamni o'z tashabbusi bilan ko'rsatishni o'rgatish.
Bolalarning mehnat faoliyatlari turli yosh guruhlarda tegishli shakllar yordamida amalga oshiriladi.


  1. Download 373,81 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish