29
Izomerlash qurilmasi rektifikatsiya va izomerlash bloklaridan tuzilgan:
rektifikciyalash blokida izomerlashga yuboriladigan xom ashyo oldindan pentan va
geksan fraksiyalariga ajratiladi, shundan so’ng olingan mahsulotni barqarorlashtish
orqali undan tayyor izopentan va izogeksanlar ajratiladi.
Izomerlash blokida izomerizatlar olinadi.
Quyidagi 18-rasmda tarkibi – 27,5% (mass.) izopentan, 44% (mass.) npentan
va 26,2% (mass.) izogeksanni ftor bilan promotorlangan alyumoplatinali katalizotor
orqali olishdagi izomerlash qurilmasi texnologik sxemasi keltirilgan (xom
ashyo
boshlang’ich qaynashi – 62
0
C dagi fraksiya).
Xom ashyo (boshlang’ich fraksiya va resirkulyatsiyalanuvchi pentan
izomerizati aralashmasi) 17-absorberdan to’yingan absorbent bilan birgalikda
8rektifikatsion kolonnaga ajratishga kiritiladi. Izopentan fraksiyasi 8-kolonna
yuqorisidan ajratiladi va keyingi rektifikatsiya uchun 5-butan kolonnasiga
o’tkaziladi, 8-kolonna pastki mahsuloti 9-pentan
rektifikatsiya kolonnasiga
kiritiladi. 9-kolonna yuqorisidan olinuvchi tarkibi 91% (mass.) atrofidagi n-
pentndan iborat pentan fraksiyasi vodorod saqlovchi gaz bilan aralashtirilib,
6issiklik alamashtirgichda isitiladi va so’ngra 12-quvurli
pechda qizdirilib,
11izomerlash reaktoriga tushadi. Pentan kolonnasi pastki mahsuloti 10-izogeksan
kolonnasiga ajratishga yuboriladi.
31
Reaksiya mahsulotlari 6-issiqlik almashtirgichda 7 va 3-sovitkichlarda
sovitiladi so’ngra 2-separatorga tushadi. Separatordan sirkulyatsiyalanuvchi gaz 14-
adsorberga yuboriladi, izomerizat esa 16- kolonnada barqarorlashtirishdan so’ng
xom ashyo aralashmasi bilan aralashgan holda 8-rektifikatsion kolonnaga
jo’natiladi.
Katalizatorni kislotalik funktsiyasini saqlash
uchun toza vodorod va
sirkulyatsiyalanuvchi vodorod saqlovchi gaz oldindan 14-adsorberda NaA tipdagi
seolitlarda quritishdan o’tkaziladi.
Sirkulyatsiyalanuvchi gazdagi vodorod kontsentratsiyasi 80-85% (hajm) ni
tashkil etadi. Jarayonda vodorodni sarfi xom ashyoga nisbatan 0,1-0,3%
(mass.) ni tashkil etadi. Katalizator yuza qavatida hosil bo’lgan koksni har 3-4
oyda kuydirish yo’li bilan qayta tiklanadi.
Izopentan 17-absorberda barqarorlashtirish gazlaridan ajratiladi,
bunda
absorber yuqorisidan geksan fraksiyasi «to’yintirish» hosil qilish uchun beriladi.
Qurilma asosiy mahsuloti 95% (mass.) tozalikdagi izopentan hisoblanadi.
Pentan fraksiyasini izomerlashdan so’ng boshlang’ich distillyat oktan soni 79
dan 90 gacha (tadqiqot usulida) ko’tariladi. Umumiy holda yengil fraksiyalar oktan
sonini izomerlash yordamida 15-20 birlikka oshirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: