Университети кимё – технология факультети


«Kúkirt kislotasın islep shıǵarıw» teması boyınsha



Download 56,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet281/291
Sana18.03.2022
Hajmi56,03 Mb.
#500503
1   ...   277   278   279   280   281   282   283   284   ...   291
Bog'liq
Сборник общий с титулом 2021 279-bet

«Kúkirt kislotasın islep shıǵarıw» teması boyınsha 
B.Blum 
taksonomiyası kategoriyaların qollaw arqalı bul temanı oqıtıwdıń nátiyjeliliginiń 
asıwına alıp keledi.


441
OLIY TA’LIMDA KIMYO TA’LIMINING RIVOJIDA ANALITIK 
KIMYONING O’RNI 
a
Ruziyev E.A., 
b
Nurboyev X.I., 
a
Eshonqulov Z.A., 
a
Tilyabov M.A. 
a
Samarqand davlat universiteti 
b
Samarqand tibbiyot instituti 
Bugungi kunda ta’lim sohasida olib borilayotgan keng ko’lamli islohatlar, 
ta’lim mazmunini takomillashtirishga oid qabul qilingan mamlakatimiz 
hukumatining qaror va qonunlari ta’limni hayot bilan bog’lashni, o’qitish 
samaradorligini oshirishni, tez taraqqiy etib borayotgan jamiyat uchun har 
tomonlama rivojlangan barkamol avlodni tarbiyalab yetishtirishni va zaruriy, 
mukammal ta’lim berishni talab qiladi. 
Oliy va o’rta maxsus ta’lim tizimidagi tabiiy fanlarni o’zlashtirish jarayonida 
talabalarda hisoblashga doir masalalarni yechish ko’nikmalarining shakllanishi 
ularning ijodiy fikrlash qobiliyatini oshirib, kimyoviy va elektrokimyoviy analiz 
jarayonlarining mohiyatini har tomonlama chuqur talqin etish va tushunib 
olishlariga turtki bo’ladi. 
Samarqand davlat universiteti analitik kimyo kafedrasida nashr etilgan
kimyoviy va elektrokimyoviy analiz usullaridan masalalar yechishga bag’ishlangan 
o’quv qo’llanma yangi davlat ta’lim standartlari asosida tayyorlangan bo’lib,
ta’lim standartlari, namunaviy va o’quv dasturlariga mos keladigan o’zbek tilidagi 
kitobdir. 
O’quv qo’llanmaga kiritilgan masalalar analizning kimyoviy va 
elektrokimyoviy usullari bo’yicha kimyoviy analiz jarayonida olingan natijalar 
asosida kimyoviy formulalar tuzish, neytrallash usullari, eritmaning muhiti, 
aktivligi, aktivlik koeffitsiyenti, ion kuchi, bufer eritmalarning muhitini, 
cho’kmalarning eruvchanligini aniqlashga doir va titrimetrik analizning kislota – 
asosli, cho’ktirish, kompleks hosil bo’lish, oksidlanish – qaytarilish reaksiyalariga 
asoslangan titrlash usullariga hamda elektrokimyoviy analizning potensiometrik, 
ionometrik, kulonometrik, konduktometrik, polyarografik va amperometrik titrlash 
usullariga bag’ishlangan. Bundan tashqari qo’llanmada analitik kimyodan 
masalalar yechish uchun ba’zi tavsiyalar, kimyoviy va elektrokimyoviy analizning 
boshlang’ich tushunchalari, galvanik elementlar va elektrogravimetrik analiz 
usullari bo’yicha ham masalalar o’rin olgan. Har bir mavzu o’z-o’zini tekshirish 
uchun savollar (20 tadan), kimyoviy va elektrokimyoviy analiz usullari bo’yicha 
qisqacha nazariy tushunchalar, mustaqil yechish uchun masalalardan namunalar va 
mavzuga oid masalalar yechish kabi alohida-alohida bo’limlardan iborat 
ma’lumotlar ham mavjud. Barcha masalalarning yechimlaridan namunalar va 
mustaqil yechish uchun masalalarga javoblar ham berilgan. 


442
Mazkur o’quv qo’llanma kimyo fakultetlarining kimyo mutaxassisligi 
talabalari bilan birgalikda kimyoviy texnologiya, materialshunoslik va kimyo 
o’qitish metodikasi mutaxassisliklari yo’nalishlari bo’yicha ta’lim olayotgan 
talabalari uchun ham foydali bo’ladi, deb hisoblaymiz.
O’quv qo’llanmaga tanlangan masala va mashqlarni tuzishda chet 
mamlakatlarda shu yo’nalishda chop ettirilgan va yurtimiz kimyogar analitiklari 
tomonidan yaratilgan masala va mashqlar to’plamlaridan hamda analitik kimyo 
bo’yicha nazariy manbalardan keng foydalanilgan. 
Analitik kimyodan masalalar (Kimyoviy va elektrokimyoviy analiz usullari) 
o’quv qo’llanmasiga kiritilgan har bir bo’limda kimyo-analitik jarayonlarni 
tushunishga, talaba va magistrantlarga kimyo bo’yicha savodxonligini 
rivojlanishiga yordam beradigan masalalar, namunaviy hisoblar bo’yicha misollar 
batafsil ko’rib chiqilgan. Kimyo mutaxassisligi yo’nalishida va analitik kimyo 
o’qitiladigan boshqa oliy o’quv yurtlarining mutaxassislik yo’nalishlarida ta’lim 
olayotgan talabalarga amaliy, seminar hamda tegishli mavzularni mustahkamlash 
darslarida va talabalarning mustaqil ishlarini tashkil etishda ham qo’llanmadan 
samarali foydalanish imkoniyati mavjud. Bundan tashqari analitik kimyo darslarini 
tashkil etishda rejalashtirilgan masalalar kimyoviy va elektrokimyoviy analiz 
usullari bo’yicha har bir mavzudagi ma’lum bo’limlarni mustaqil o’zlashtirish 
ko’nikmalarini ham rivojlantiradi.

Download 56,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   277   278   279   280   281   282   283   284   ...   291




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish