Promtda ishni boshlash
Promtda ishlash uchun bu dastur xotiraga chaqiriladi va создать piktogrammasi bosiladi.
Natijada Hanpaлeние пepевод (tarjima yoʽnalishi) oynasi hosil boʽladi.
Biror tilda yozilgan matnni tarjima qilish uchun Hanpaлeние пepевода bandidan foydalaniladi. Bu yerda, masalan, rus tilidan ingliz tiliga tarjima qilish uchun Pyccко-английский bandi tanlanadi va OK bosiladi. Bunda kompyuter avtomatik ravishda rus tilida yozilgan matnni ingliz tiliga tarjima qiladi va tarjima qilingan mam ekranning quyi qismida koʽrsatiladi. Shuni aytish kerakki, kompyuter hozircha 100% toʽla va aniq tarjima qila olmaydi, albatta. Lekin tarjima sifati oshib boruvchi dasturlar yaratilish jarayoni davom etmoqda.
Avtomatik tarjima
Biror faylda joylashgan matnni tarjima qilish uchun avtomatik tarjima qilish imkoniyati mavjud. Buning uchun, awalo, faylni boshlangʽich matn bilan toʽldirish kerak albatta. Bu amalni bajarish Oaftji/OTKpbiTb bilan yoki asboblar paneli yordamida bajariladi.
Boshlangʽich faylning nomini tanlagandan soʽng dastur KoHBepTHpoBaTb (paiiji - faylni oʽzgartirish muloqot oynasini ochadi. Buning sababi matn fayllar turli formatga ega boʽlishi mumkinligidadir. Shuning uchun ushbu muloqot oynasida avtomatik tarzda fayl formati va tarjimaning zaruriy yoʽnalishi tanlanadi. Foydalanuvchi faqat parametrlar turi berilganligiga ishonch hosil qilib, OK tugmasi bosishi kerak boʽladi, xolos. Boshlangʽich hujjat kompyuterga kiritiladi va awaliga vaqtinchalik tarjima qilinuvchi matn va u bilan birga tarjima oʽz oʽmida aks etadi. Tarjima amalga oshishi uchun ITepeBoa/ Becb tckct bandini tanlash kerak. Tarjima anchagina murakkab va sekin oʽtuvchi amaldir. Shuning uchun tarjima jarayonida dasturning asosiy oynasida boshlangʽich matnni oʽtkazib turish va boshlangʽich matnni boshqa tildagi matn bilan almashtirib borish mumkin.
Hujjatning oxiriga yetib kelgach, boshlangʽich tarjima natijasi matnlarini koʽrib chiqish va shu bilan birga tahrir ham qihsh mumkin.
Agar tarjima qilinuvchi matnga oʽzgartirishlar kiritilsa, oʽzgartirilgan abzaslarnigina tarjima qilinadi. Buning uchun IlepeBoa TeKymero afnaua (joriy abzas tarjimasi) buyingʽidan foydalaniladi yoki tarjima dasturi asboblar panelidagi TeKymHii aGian (joriy abzas) bandi bosiladi. Ushbu holatda tarjimaning barcha qolgan abzaslari oʽzgarishsiz qoladi.
Lugʽatlar bilan ishlash
Avtomatik tarjimaning sifati qanday lugʽatdan foydalanilayotgan-ligiga bogʽliq. Promt tizimi umum iste'moldagi soʽzlardan iborat boʽlgan bosh lugʽat, shuningdek, turli sohaning ixtisoslashgan lugʽatlarini oʽz ichiga oladi.
Ixtisoslashgan lugʽatlarga boʽlgan zaruriyat inson faoliyatining turli jabhalarida ushbu sohaga tegishli tushunchalarni ifodalovchi turli termin (atama)lar qoʽllanilishi bilan bogʽliq Bu terminlardan ba'zilari oʽziga xos ma'noga ega boʽlishi, ba'zilari kundalik turmushda, ba'zilari boshqacha ma'noda ishlatilishi mumkin. Maxsus matnlar tarjimasida terminlar faqat muvofiq keluvchi mazmunda ishlatilishi kerak.
Misol uchun inglizcha solution soʽzini olamiz. Universal lugʽatlar uni har xil tarjima qilishlari mumkin. Lekin u matematikada yechim deb, kimyoda esa qorishma ma'nosini anglatadi.
Tarjima sifatini oshirishning boshqa usuli dasturga u tarjima qila olmaydigan yoki tarjima qilmasligi kerak boʽlgan ba'zi soʽzlami ishlatish usulini koʽrsatishdan iborat. Buning uchun tarjima qilinmay-digan soʽzlar (masalan, Windows) band qilib qoʽyish va dastur lugʽatida boʽlmagan soʽzlar tarjimasining sinonimlarini berish zarur.
Lugʽatni tanlash
Foydalaniladigan lugʽatlar roʽyxati axborot panelidagi foydala-niladigan lugʽatlar qoʽshimcha varaqasida keltirilgan. Lugʽatlar koʽrsatilgan tartibda koʽriladi, shu bilan birga keyingi lugʽatga oʽtish koʽrilayotgan lugʽatda kerakli soʽz boʽlmagan taqdirdagina amalga oshiriladi. Tarjima sifatiga nafaqat lugʽatlarning soni, balki ulaming dasturda terilish tartibi ham ta'sir koʽrsatadi.
Shunga alohida e'tibor berish kerakki, dasturdagi terilishda, odatda, birinchi boʽlib iste'mol lugʽati turadi. Iste'mol lugʽatlari tahrir qilish va oʽzgartirish uchun ochiq boʽladi. Shu tariqa, foydalanuvchi tomonidan toʽldirilgan va oʽzgartirilgan maqolalar birinchi navbatda e'tiborga olinadi.
Foydalanilayotgan lugʽatlar roʽyxatini oʽzgartirish uchun CnoBapn (lugʽatlar) menyu bandini va tarjimaning kerakli yoʽhalishini (masalan, pyccivo-aiii jihhckhh yoki aHTJio-pyccKHii) tanlash kerak. Shuningdek nepeBOfl asboblar panelidagi CjioBapn (lugʽatlar) bandini bosish mumkin. Bunda tarjimaning tanlangan yoʽnalishiga muvofiq keluvchi qoʽshimcha varaqadan iborat boʽlgan CnoBapn (lug 'atlar) muloqot oynasi ochiladi.
Bu muloqot oynasi qoʽshimcha lugʽatlami koʽrish, ulash va oʽchirish, yangi iste'mol lugʽatlarini yaratish, shuningdek, lugʽatlami koʽrish tartibini boshqarish imkonini beradi.
Shu bilan birga har ehtimolga qarshi qoʽshimcha lugʽatlami qoʽshish tavsiya etilmaydi, chunki bu dastur ishini sekinlashtiradi va tarjima sifatiga salbiy ta'sir koʽrsatadi.
Soʽzlarni band qilish
Koʽpgina hujjatlar faqat qisman tarjimani talab etadi. Atama soʽzlar va tushunchalar asli yaratilgan tilida koʽrilishi kerak. Masalan, kompyuterga doir adabiyotlarda dastur, operatsion tizimlar va ishlab chiqaruvchi kompaniyalar nomlarini tarjima qilish yoki ulami oʽzgartirish maqbul emas.
Avtomatik tarjima tizimi ma'lum soʽz yo soʽz birikmasini tarjima qilmasligi uchun ushbu soʽzni band qilish darkor. Band qilingan soʽzlar axborot panelidagi 3ape3epBHpoBaTb cjiobo (soʽzlarni band qilish) qoʽshimcha varaqasidagi roʽyxatda sanab oʽtiladi. Hujjat matnida band qilingan soʽz uchrashi bilan u boshqa rangda ajratib koʽrinadi.
Band qilingan soʽzlar roʽyxatiga biron bir soʽzni qoʽshish CepBHc/ 3ape3epBHpoBaTb (servis/ band qilish) buyrugʽini berish yoki IlepeBOA asboblar paneli guruhidagi 3ape3epBHpoBaTb cjiobo (so 'zni band qilish) bandini tanlash bilan bajariladi.
Hujjatni dastur ichki formatida saqlash paytida band qilingan soʽzlar roʽyxati fayl bilan birgalikda saqlanadi. Promt dasturida, shuningdek, band qilingan soʽzlar roʽyxatini keyinchalik tarjima qilinayotgan hujjatga qoʽshish bilan birgalikda mustaqil ravishda saqlash, shuningdek, shunday roʽyxatni boshqa hujjatdan olish imkoni koʽzda tutilgan.
Band qilingan' soʽzlaming yagona lugʽatidan foydalanish imkoniyati bir mavzuga aloqador bir guruh hujjatlar bilan yoki bitta katta hujjatning koʽplab qismlari bilan ishlashda nihoyatda qulaydir.
Lugʽatlami toʽldirish va sozlash]
Promt dasturi tarkibiga kiritilgan lugʽatlar ancha boy ekanligiga qaramay, hujjatlarda uchrovchi hamma soʽzlar kiritilganligini kafolatlab boʽlmaydi. Notanish soʽzlarni dastur qizil rangda ajratib koʽrsatadi.
Lekin hamma notanish soʽzlar ham lugʽatga kiravermaydi. Ular orasida band qilish lozim boʽlgan soʽzlar ham uchrashi mumkin. Shuningdek, bu soʽzlar toʽgʽri yozilganligini tekshirib koʽrish kerak. Agar lugʽat haqiqatan ham toʽliq boʽlmasa, unda soʽzni iste'mol lugʽatiga qoʽshish mumkin.
Lugʽatni malakali tarzda toʽldirish juda muhim va mas'uliyatli tadbir. Lugʽatning haddan ziyod zichligi tarjima sifatini pasaytirishi mumkin. Shuningdek, bir soʽz turlicha ma'no koʽrinishlariga ega boʽlishi mumkinligini ham nazarda tutish kerak.
Promt dasturi soʽzni lugʽatga qoʽshishda ikki: boshlangʽich va mutaxassis rejimini koʽzda tutadi. Birinchi rejimda soʽzning yetish-maydigan hamma grammatik shakllari avtomatik tarzda qoʽshiladi, lekin ular doim ham toʽgʽri boʽlavermaydi. Ikkinchi rejimda foydalanuvchining oʽzi hamma grammatik shakllarni beradi, lekin bu ikkala til grammatikasini yaxshi bilishni talab etadi.
Mutaxassis rejimida soʽzlarni qoʽshish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |