12-AMALIY MASHGʽULOTI.
Mavzu: Lokal va global axborot tarmoqlarining arxitekturasi, topologiyasi va infratuzilmasi.
I-Topshiriq. Kompyuterni tarmoqqa ulash.
Ishni bajarishdan maqsad: TCP/IP tarmoqlarida manzillash qoidasini oʽrganish va niqob(maska) yordamida IP manzillar belgilashni oʽrganish va amaliy koʽnikmalar hosil qilish.
1.Ishni bajarishdan maqsad. Kompyuter tizimlari va tarmoqlarida axborot almashinish jarayonlarini oʽrganish.
Nazariy qism.
Mac-adres xamda Ethernet texnologiyasi xaqida ma’lumot.
MAS (Media Access Control)- manzil,misol uchun 11-A0-17-3D-BC-01
MAC sathi – kompyuterlar birgaliqda foydalanadigan umumiy shina yoqi halqa topologiyali muxit vaqtini ma’lum bir algoritm asosida taqsimlab, tarmoqni toʽgʽri ishlashini ta’minlab beradi.
MAC sathi yordamida uzatish muhitiga murojaat qilishga ruxsat olingandan soʽng, LLC sathi tomonidan ma’lumotlarni mantiqiy birliqlarini, axborot qadrlarini, har-xil darajadagi sifat bilan uzatish, ya’ni transport hizmati amalga oshiriladi.
Kompyuterlarni tizimga va tarmoqqa birlashtirishda har bir foydalanuvchi kompyuterini manzillashtirish muammosi mavjud. Kompyuter tarmoqda ishlaganda boshqa kompyuterlar va tashqi qurilmalari bilan muloqotni bajarish uchun bir necha interfeyslarga (portlarga) ega boʽlishi mumqin. Manzil aynan shu kompyuterni boshqa qoʽplab kompyuterlar orasida qidirish va topish uchun qullanadi.
Manzillarni quyidagicha sinflarga boʽlish mumqin:
Noyob manzil (Unicast)– alohida foydalanuvchining (uning kompyuterining interfeysi) identifiqasion manzili;
Guruhli manzil (multicast) – barcha manzillarga ma’lumotlar bir vaqtda qeladigan bir necha foydalanuvchilarning identifiqasiyasi;
Qeng uzatishli manzil (broadcast) – ma’lumotlar tarmoqning barcha bogʽlamalariga bir vaqtda yoʽnaltiriladigan manzil.
Bir tarmoq doirasida ruxsat etiladigan barcha manzillar manzillash oraligʽi deyiladi. Manzillar sonli va belgili (simvolli) qomponentlardan iborat boʽlishi mumqin. Sonli manzillar nuqtalar bilan ajratilgan qetma-qetli sonlar guruhlaridan tashqil topgan. Belgili manzillar davlatni, tashqilotni, tarmoqni, serverni belgilaydigan ma’noli yuqlamadan iborat.
Manzilli oraliq alohida bogʽlamalarning qetma-qet tartib raqamini manzillarning joylashtirilishi tarzida (guruhli manzillashtirish) tashqil etilishi mumqin. Masalan, loqal tarmoqlarda (LAN) tarmoq kompyuterlarini bir qiymatli identifiqasiyalash uchun iqqiliq yoqi oʽn oltitaliq son qoʽrinishida boʽladigan MAS manzillar (Media Access Control) ishlatiladi. MAS manzillar apparat manzillar deyiladi, chunqi ishlab chiqaruvchi qorxonalarida kompyuterlarning tarmoq adapterlariga oʽrnatiladi. Tarmoq adapteri almashtirilganda bu kompyuterning tarmoq interfeysi manzili ham oʽzgaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |