2.1-rasm12
Mehnatning birinchi belgisi – ongli faoliyatdir. Ongli faoliyatni mehnat va mehnat hisoblanmagan qismlarga boʼlish mumkin. Ongli faoliyatning mehnat qismi oʼz navbatida quyidagi belgilarni qamrab oladi:
• aniq maqsadga yoʼnaltirilganligi;
• maqsadga muvofiqligi;
• qonuniyligi;
• foydaligi;
• bunyodkorligi;
• ehtiyojga muvofiqligi.
Mehnatning aniq maqsadga yoʼnaltirilganligi insonning faoliyatida puxta oʼylangan maqsad mavjudligini anglatadi. U bir ishga kirishishdan oldin reja tuzadi, mehnat amaliyotini amalga oshirishga tayyorgarlik koʼradi. Аna shu tayyorgarlik paytida, eng avvalo, boʼlajak faoliyatning maqsadi aniqlab olinadi. Bu oʼrinda maqsadsiz faoliyat “mehnat” faoliyatiga aloqasi yoʼqligini taʼkidlash kerak.
Mehnat, shuningdek, qonuniy boʼlishini nazarda tutadi. Noqonuniy faoliyat, masalan iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar, jamiyat xavfsizligi va tartibiga qarshi qilmishlar (noqonuniy qurol-yarogʼ, narkotiklar, inson hayotiga zararli mahsulotlar ishlab chiqarish, oʼgʼirlik qilish, odam savdosi va boshqalar) “mehnat” tushunchasiga kirmaydi.
Mehnatning eng muhim mezoni – uning ijtimoiy foydali ekanligidir. Shu bilan birga mehnat – bunyodkorlikdir, yaʼni moddiy va maʼnaviy neʼmatlarni yaratish yoki boy berilgan neʼmatlarni tiklashdir. Olim, muhandis, ishchi, fermer, rassom, shifokor va boshqa bunyodkor shaxslarning mehnati huddi ana shunday faoliyatdir. Mehnat ayni paytda jamiyatda ehtiyojga ega va talab etilishi kerak. Аgar inson hech kimga kerak boʼlmagan ishni ongli ravishda, aniq maqsadni koʼzlab amalga oshirgan boʼlsa xam, u mehnat hisoblanmaydi. Mehnatning sotsial-iqtisodii mohiyatini ifodalovchi umumiy jihatlaridan kelib chiqib, uning serqirraligini ifodalovchi har xil turlarshsh konkret belgilariga qarab tizimlashtirish kerak bo‘ladi. O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar natijasida yangidan shakllanayottan mehnat turlari tasnifining chizmasi 2.2 – rasmda keltirilgan.
Inson kuch-quvvatining sarflanish darajasi faoliyat turiga va ishlatiladigan mehnat vositalariga bog‘liq bo‘ladi. Shunday qilib, agar mehnat jarayoni uchta asosiy tarkibiy qismini o‘z ichiga oladi:
xom ashyo materiali (mehnat predmetlari)
mehnat vositalari;
jonli mehnat sarflari
Mehnat turlarining guruh belgilari bo‘yicha tasnifi
|
Mehnatning
tabiati va
mazmuni
bo‘yicha
|
Mehnatning
predmeti va
mahsuli
bo‘yicha
|
Mehnat
vositasi va
usuli bo‘yicha
|
Mehnatning sharoiti
bo‘yicha
|
Yollanma va
xususiy,yakka va
jamoa, xohish, zaruriy va majburiyat
bo‘yicha,jismoniy
va aqliy, takroriy va ijodiy, mu-rakkab
tarkibli mehnat
|
Ilmiy muhandislik,boshqaruvchilik, ishlab chiqaruvchi,
tadbirkorlik, innovatsiya; sanoat, qishloq, transport
va kommunikatsiya
mehnati
|
Qo‘l (texnika
vositalari bilan qurollangan),
mexanizatsiyalashtirgan va avtomatlashtirilgan
(kompyuterlashtirilgan), quyi, o‘rta va yuqori texnologiyalashtirilgan; inson
ishtiroki turlicha
darajada bo‘lgan
mehnat
|
Turg‘un va
ko‘chma er usti va
er osti, engil, o‘rta
va og‘ir, yoqimli va
yoqimsiz; erkin va
har xil darajadagi
chega-ralangan
mehnat
|
Do'stlaringiz bilan baham: |