10-daraja Dunyo xo’jaligi
9-daraja
Evrosiyo va iqtisodiy ittifoqlar – MDH, SHHT va boshq.
8-daraja Markaziy Osiyo
7-daraja O’zbekiston
6-daraja Makroiqtisodiy mintaqalar
Iqtisodiy rayonlar
5-daraja
rasm. O’zbekiston mintaqalari ierarxiyasi dunyo xo’jaligi tizimida
Bugungi, g’oyat murakkab va ko’p qutbli dunyo xo’jaligining rivojlanishida qutbli mintaqa tushunchasi nafaqat yaxlit tabiiy-geografik hududlarga, balki ijtimoiy-iqtisodiy hamjamiyatlarga nisbatan ham qo’llanilmoqda. CHunki, turli bosqichdagi mintaqalar o’z navbatida mintaqalar tizimining quyi bosqichi yoki elementi hisoblanadi. Buni O’zbekiston misolida quyidagi mintaqalar ierarxiyasidan ham ko’rsa bo’ladi.
Demak, keng ko’lamda mintaqa deganda, umumiy tabiiy-geografik, tarixiy, milliy- madaniy birlik va diniy-etnik yaqinlik, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish (xo’jalik ixtisoslashuvi va iqtisodiy rivojlanish, demografik vaziyat, aholi turmush darajasi va boshq.) darajasi, turli bosqichda takomillashmagan boshqaruv tizimi hamda ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik muammolarni yechishdagi ma’muriy-hududiy organlar faoliyatining mushtarakligini taqozo qiluvchi yaxlit hududiy birlikni tushunish maqsadga muvofiq.
Dunyoning yirik makromintaqalarga bo’linishi – megaiqtisodiyot shu makromintaqa uchun umumiy bo’lgan – tabiiy sharoit va resurslar, mamlakatlarning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti, ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanish darajasi, aholi hayotining sifat ko’rsatkichlari (turmush darajasi, aholi daromadlari, intellektual salohiyat), ijtimoiy taraqqiyot va gumanitar rivojlanish, mintaqaviy va umumbashariy muammolar va boshqa ko’rsatkichlar majmuasini o’zida mujassamlashtiradi.
Bugungi kunda ilmiy adabiyotlarda va amaliyotda dunyodagi mamlakatlarni turli tamoyillar asosidagi tipologik belgilarga bo’lib o’rganish nafaqat ilmiy, balki muhim amaliy yo’nalishga ham ega bo’lib, mavjud mamlakatlar joylashgan yirik mintaqalarning uzoq muddatli rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish, murakkab tabiiy-geografik va ijtimoiy-iqtisodiy, harbiy- siyosiy va ekologik muammolar yechimlarini aniqlash imkonini beradi.
Dunyo quyidagi yirik makromintaqalarga: a) SHimoliy Amerika; b) Yevropa – G’arbiy Yevropa va SHarqiy Yevropa; v) MDH va Boltiq bo’yi mamlakatlari; g) Xorijiy Osiyo – Janubi- G’arbiy, Janubiy va Janubi-SHarqiy, Markaziy va SHarqiy Osiyo; d) Lotin Amerikasi – Meksika va Markaziy Amerika, Karib havzasi, SHimoli-SHarq va Braziliya, La-Plata; j) Afrika – SHimoliy, G’arbiy, Markaziy, SHarqiy va Janubiy Afrika; z)Avstraliya va Okeaniyaga bo’linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |