Nazorat savollari
Bozor munosabatlariga o’tgan rivojlangan mamlakatlarlar tajribasi qanday?.
Mintaqaviy siyosatni AQSH, Frantsiya va Buyuk Britaniyada qanday olib boriladi?
Rivojlanayotgan mamlakatlarning ichki mintaqaviy siyosatini tushuntiring?
Rivojlanayotgan mamlakatlarning mintaqaviy siyosatining asosiy yo’nalishlarini gapiring?
Nima uchun mamlakatlarda poytaxt shaharlarni rivojlantirish yoki ularning haddan tashqari yiriklashganligini oldini olish uchun mintaqaviy siyosat olib boriladi?
Mavzu test savollari
Rivojlangan mamlakatlarda hududlarni iqtisodiy rivojlantirish uchun qanday omillar yetakchilik qiladi?
ekstensiv omillar
intensiv omillar*
iqtisodiy omillar
tabiiy omillar
Mintaqaviy siyosat ayniqsa qaysi mamlakatlarda samarali olib borilmoqda?
O`zbekiston, Rossiya va Germaniya
Italiya, Tailand va Xitoyda
Braziliya, Fransiya va Xitoyda
AQSH, Fransiya va Buyuk Britaniyada*
Fransiyada Parij shahrining to’xtovsiz rivojlanishini jilovlash maqsadida qanday ishlar amalga oshirilgan?
Parijga yondosh shaharlarga kata etibor qaratilgan.
«kontrmagnit shaharlar» yoki markazlar kontseptsiyasi amalga oshirilgan: poytaxtga ancha yaqin va turli tomonlarda joylashgan shaharlarga katta mablag’lar yo’naltirilgan.
«kontrmagnit shaharlar» yoki markazlar kontseptsiyasi amalga oshirilgan: poytaxtdan ancha olisda va turli tomonlarda joylashgan shaharlarga katta mablag’lar yo’naltirilgan. *
aglomeratsiya shakllantirilgan
«Osiyo kichik ajdaholari» deb ataluvchi Janubiy-Sharqiy Osiyo mamlakatlari guruhini aniqlang?
Singapur, Malayziya, Jan. Koreya*
Singapur, Bruney, Jan. Koreya
Vetnam, Malayziya, Jan. Koreya
Singapur, Malayziya, Myanma
Rivojlanayotgan mamlakatlarning mintaqaviy siyosati asosan qanday yo’nalishlardan iborat?
poytaxt shaharlarni rivojlantirish yoki ularning haddan tashqari yiriklashishini oldini olish
urbanizatsiya jarayonini to’g’ri yo’lga qo’yish
milliy iqtisodiyotning hududiy tarkibini yaxshilash
barcha javoblar to`g`ri*
O’sish markazi va qutblari nazariyasining muallifini aniqlang?
nemis iqtisodchisi Fransua Perru
frantsuz iqtisodchisi A. Lyosh
frantsuz iqtisodchisi Fransua Perru *
frantsuz iqtisodchisi V. Kristaller
O’sish qutb va markazlari odatda qanday xususiyatga ega bo`lgan bo’lgan mamlakatlarda yaratiladi?
hududning iqtisodiy salohiyati (sig’imi) uncha kuchli bo’lmagan, iqtisodiy zichlik past bo’lgan mamlakatlarda yaratiladi.*
hududning iqtisodiy salohiyati (sig’imi) ancha kuchli bo’lgan, ammo iqtisodiy zichlik past bo’lgan mamlakatlarda yaratiladi.
hududning iqtisodiy salohiyati (sig’imi) uncha kuchli bo’lmagan, ammo iqtisodiy zichlik yuqori bo’lgan mamlakatlarda yaratiladi.
hududning iqtisodiy salohiyati (sig’imi) ancha kuchli bo’lgan, hamda iqtisodiy zichlik yuqori bo’lgan mamlakatlarda yaratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |