Norvegiya Yevropaning shimolida joylashgan davlat. Skandinaviya yarim orolining Shimoliy qismini egallagan. SHpitsbergen arxipelagi. Yan-Mayin va boshqa bir qancha orollar Norvegiyaga tegishli. Hududi 285.2 ming kv.km.. aholisi 5.8 mln. kishi. Yirik shaharlari: Oslo. Bergen. Tronxeym. Stavanger. NATO a‘zosi. Norvegiya yuqori darajada rivojlangan industrial- agrar mamlakat. Iqtisodiyotda neft‘ va gaz sanoati yetakchi bo‘lib. YaMMning 14%ni. umumiy eksportning 30%ni tashkil etadi. YaMM 95.7 mlrd. AQSH dollari. jon boshiga 22170 AQSH dollarini tashkil etadi. Tashqi savdo mamlakat iqtisodiyotida muhim o‘rinni egallaydi. Norvegiya jon boshiga yetishtiriladigan YaIM bo‘yicha eng yuqori o‘rinlarni egallaydi.Norvegiyada ichki hamda xalqaro turizmning asosiy markazi muzeylarga boy bo‘lgan Oslo shahri hisoblanadi. Bu yerda Norvegiyaning yotoqxona biznesining 30%ga yaqin nomer fondi joylashgan. Nomer fondining yana 10%i boshqa ommabop turistik hudud Bergen shahriga to‘g‘ri keladi.Skandinaviya mamlakatlaridan Shimoliy Amerikaga emigratsiya uyushtirilganligi sababli Norvegiya aholisining ko‘pchiligi Shimoliy Amerikaga turistik safarlarga chiqadilar.O‘zbekiston va Norvegiya o‘rtasida diplomatik munosabatlar 1992 yil 10 iyunda o‘rnatilgan.
G) Daniya davlatining turizm iqtisodi
Daniya Yevropaning Shimoliy g‘arbidagi davlat. Unga Far‘er va Grenlandiya orollari kiradi. Hududi - 43 ming kv.km.. aholisi 6 mln. 200 ming kishi. NATO va Yevropa Ittifoqi a‘zosi. Iqtisodiyotida xizmat ko‘rsatish sohalarning ulushi YaIM ning 60%ga teng. Daniya Germaniyaga yaqin bo‘lganligi sababli o‘z mamlakatiga kirish turizm bozorini ushbu mamlakat hisobiga to‘ldiradi. Germaniya Daniya turistik kunlarining 37% ni tashkil qiladi. Daniya tarixiy yodgorliklar va muzeylarga boy mamlakat. Uning asosiy turistik markazi mamlakat poytaxti Kopengagen hisoblanadi.Kopengagen mamalakatga keladigan xorijiy turstlarni 28%ni qabul
qiladi. O‘zining tarixiy yodgorliklaridan tashqari. shahar har yili 4 millionga yaqin xorijiy mehmonlarni qabul qila oladigan Tivoli Garden parki bilan mashhur.Mamlakatning yana bir mashhur parki Legolend har yili bir millionga yaqin xorijiy mehmonlarni qabul qila oladi va u Buyuk Britaniyaliklar orasida o‘z mavqeiga ega. Skandinaviya mamlakatlari aholisi uchun Yevropa mamlakatlari asosan: Germaniya. Frantsiya. Buyuk Britaniya va Pol‘sha ommabop turistik markaz bo‘lib hisoblanadi. Ulardan keyin esa O‘rta yer dengizi mamlakatlari turadi. Skandinaviya mamlakatlarining 18% sayyohlari Ispaniya. Italiya. Gretsiya. shuningdek. Kipr va Turkiyaning qirg‘oq bo‘yi kurortlarida dam oladilar. Hozirgi kunda Kipr va Turkiyaga turistik safarlar ko‘paymoqda.1992 yil yanvarda O‘zbekiston va Daniya o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan.Skandinaviya mamlakatlari (Shimoliy Yevropa) xalqaro turizm harakatlarining iqtisodiy tahlil natijalarini ko‘rsatishicha. jahon bo‘yicha turistik tashriflarning 4.5%i skandinaviya mamlakatlariga to‘g‘ri keladi. 2001 yilga nisbatan 2002 yilda xorijiy turistlar tashrifi 10.0% ga ko‘paygan. Daromadlar bo‘yicha jahon turizm daromadlarining 5.7%i bu mamlakatlarga to‘g‘ri kelgan. 2001 yilga nisbatan 2002 yilda daromadlar miqdori 4.0% ga o‘sgan. Yevropa